Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

Qaynona va kelin

9 years 2 months ago #221 mahfuza

  • Platinum Member
  • Platinum Member
  • hayotning har lahzasi shirin

  • Izohlari: 2643
  • Rahmat olgan: 1311

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Sep 1991
  • Replied by mahfuza on topic Qaynona va kelin
    dilnoza dugonajonim yozganlarizi oqib yiglab yubordim @yiglash konglim boshab ketti kozyosh qaynonezi yozganini qayta qayta oqib chiqibman umrilarni ohirigacha ahil qaynona kelin bolilar
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: dilnozz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 months ago #222 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • Replied by Oymomo on topic Qaynona va kelin
    Dilnoza, yozganlaringizdan titrab ketgan bo'lsam, oyingizning javoblaridan yig'lab yubordim. Ortidan bunday shirin so'z eshitish uchun tanbeh eshitishga ham roziman!!! Har bir qaynona ham bunday ta'sirli va samimiy gapni ayta olmaydi. Sizning ham uddaburonligingizdan ibrat oldim. Oilangiz ulug'larining duosi qo'llab, Allohim solih farzand ato etsin!

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: dilnozz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 months ago #223 dilnozz

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Bahtliman....

  • Izohlari: 2870
  • Rahmat olgan: 1783

  • Gender: Male
  • Birthdate: 07 Dec 2014
  • Replied by dilnozz on topic Qaynona va kelin
    :rah# qadrdon dugonalarim hammangizga! Özim ham juda ğalati böldim bugun örtamizda tushunmovchiliklar böldi man ulardan ular manda köp hafa böldik .Nima bölganda ham kelin hech qachon haq bölmas ekan haq bölgan taqdirda ham kelinligini bilib pastda turish kere ekan mult: Hammamizni ikkala onajonlarimiz ham bahtimizga sog bolishsin ularni borlilar bizni bahtimiz ekan %ZZ@ %ZZ@ %ZZ@
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, begoyim, Layloshka, Nigora2013

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 months ago #224 begoyim

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2687
  • Rahmat olgan: 1915

  • Gender: Female
  • Birthdate: 24 Oct 1991
  • Replied by begoyim on topic Qaynona va kelin
    Dilnoza qaynonez sizni tushunib yana oldingidek inoq bolib ketibsizlar qoyil dugon molodes doim bir biringizni tushunib yashelar aqlizga xam tassanno hlopok ortadagi kelishmochilikariz yaxshi tamonga ozgarganidan xursand boldim ayniqsa qaynonez yozganlaridan tasirlanib ketdim baxtingiz butun bolib farzandlariz eriz oyilangiz bn qosha qaring @sevim@
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: dilnozz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 months ago #225 Qizaloq

    • Moderator
    • Moderator
    • Alhamdulillah,I`m a MOM :)

  • Izohlari: 1284
  • Rahmat olgan: 1177

  • Gender: Female
  • Birthdate: 10 Nov 2013
  • Replied by Qizaloq on topic Qaynona va kelin
    Ollohni o`zi buyuk chevar! deyishadiku, sizni g`ashlanib yurganizni ko`rib, posilka bervorishdek bir sababni sizga yo`llabdi, bundan siz juda oqilona foydalanibsiz singlim! aqlizga balli, ota-onezga bergan tarbiyasiga raxmat! Umrilarni ohirigacha ona-boladek qadrdon , sevimli bo`lib yurishlik nasib qilsin, OMIN! (qari kampirlardek gapirib, duo qivordim ^xoxo$ )
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, dilnozz, Layloshka

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 months ago #226 dilnozz

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Bahtliman....

  • Izohlari: 2870
  • Rahmat olgan: 1783

  • Gender: Male
  • Birthdate: 07 Dec 2014
  • Replied by dilnozz on topic Qaynona va kelin

    Qizaloq wrote: Ollohni o`zi buyuk chevar! deyishadiku, sizni g`ashlanib yurganizni ko`rib, posilka bervorishdek bir sababni sizga yo`llabdi, bundan siz juda oqilona foydalanibsiz singlim! aqlizga balli, ota-onezga bergan tarbiyasiga raxmat! Umrilarni ohirigacha ona-boladek qadrdon , sevimli bo`lib yurishlik nasib qilsin, OMIN! (qari kampirlardek gapirib, duo qivordim ^xoxo$ )

    :rah# qizaloq sizni bu forum uchun juda kotta yordamiz tekkan ekan ,Sizdan va köp qizlardan chiroyli ibratlar oldim olib kelyapman haliyam yaho: yaho: yaho:

    Begoyim qadrdonim rahmat sizga :sevgi
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Qizaloq, begoyim

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 months ago #227 Kumush

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ❤ ❤ ❤ ❤ ❤

  • Izohlari: 759
  • Rahmat olgan: 953

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Kumush on topic Qaynona va kelin
    Dilnozhon bunaqa voqealar faqat kinoda bo'ladi deb o'ylagan ekanman. qisish@ Molodes molodes


    It is hard to be a woman...You must think like a man, Act like a lady, Look like a young girl, And work like a horse.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Qizaloq, dilnozz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 months ago #228 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Replied by Nigora2013 on topic Qaynona va kelin
    Dilnoza molodes .Juda yaxshi yo'lni tanlabsiz.Aqlizga tasanno.Munosabatlariz yaxshilanganidan xursandman.oxirigacha shunaqa bo'lsin. :sevgi :sevgi
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: dilnozz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 month ago #229 Shodiya

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Allohga shukr

  • Izohlari: 412
  • Rahmat olgan: 307

  • Gender: Female
  • Birthdate: 21 Nov 1989
  • Replied by Shodiya on topic Qaynona va kelin
    Dilnozaxon, postingizni o'qib, ko'zimga yosh keldi, aqlingizga qoyil, o'rtalaringdagi mehrga ko'z tegmasin, doim shunday ahil bo'linglar.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 month ago #230 Shaxnoz

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 367
  • Rahmat olgan: 279

  • Gender: Female
  • Birthdate: 26 Sep 1994
  • Replied by Shaxnoz on topic Qaynona va kelin
    Biz Shaxruz akam bn sevishib turmush qurganmiz. to‘yimizaga endigina 10 oy bo‘ldi. ula o‘qiydilar 4 kursda. endi bitiradilar. men esa qaynonam bn yashiyman. Shaxruz akamla haftada 1 marta yakshanba kuni kunduzi 4-5 soatga keladilar. shunday bo‘lsa ham qaynonam juda rashkchi. Shaxruz akamni meni oldimga qo‘yvorgilari kelmiydi. hali bolamizayam yo‘q. meni o‘zimga yomon gapirmiydilar. yo ayam larnikiga borib kelsam yoki. Shaxruz akam kelib ketganlaridan keyin nimadandir naxona topib abezatilni meni urshib beradilar. ular hammasi Shaxruz akamga atib begim keladiyu. lekin ular uzoqda o‘qiyotganliklari va o‘qishlari qiyin bo‘lganliklari un indamayman. boshida atardim ular bir meni bir ayalarini yonini olardilar munday etibor bersam bu
    uydagi mayda gaplar aytib ular i qiynayotganimni tushundim va aytmaslikka qaynonamni nima qilib bo‘lsa ham konglini olishga kirishdim . oqshomlari sotlab belari qo‘lari yu oyoqlarini o‘qalab chiqardim qo‘llarini biron ishga urdurgani qo‘ymasdim . bilmadim bu ishlardan keyin ham o‘zgarmadilar.
    mayli meni erim sevadiku ula bitirb olsalar alihida chiqamizku deb (ular bitirgandan so‘ng boshqa viloyatga ishlaydilar) chidayapman umuman gap qaytarmiyma qavogimni ham solmamiman. birkuni ertalab hovlini supurish un suv sepdim shu sepilgan suvda qaynonam yiqib oyoqlari sindi. hazir balintsadalar. Shaxruz akam ko‘rgan borganida ular meni rosa ish qilmaydi xoting menga qaramaydi xullas rosa mendan nolibdlar. Shaxruz akam menga tel qilib rasa urshib berdilar qanaqa kelinsiz. seb mana shu gapga 5 kun bo‘lgan bo‘lsa boshqa yomon gapirmasilar lekin sezib turibman ko‘ngilri mendan qola boshlaganlarini. men o‘zim oqlab qaynonami menga aytgan gaplari yoki ularga bo‘lgan meng munosabatlarim haqida hechnarsa demadim . chunki ular haziz egzamin topshirayaptilar uni ustiga juda charchaganlar. yana urush bo‘lishini xoxlamayman. lekin erimi ko‘ngliga qanday yo‘l topishni ham unqa emasligini qanday isbotlashni ham bilmayapman. aziz opajonlar hozir stresdaman maslahat beringlar
    k

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 month ago #231 uzbaby

    • Administrator
    • Administrator
    • Sizning xizmatingizdaman!

  • Izohlari: 2597
  • Rahmat olgan: 4666

  • Gender: Female
  • Birthdate: 07 Jul 1981
  • Replied by uzbaby on topic Qaynona va kelin
    Shaxnoz eng oson yo'l siz qaynonangiz aldayotganlarini yoki nohaq ekanliklarini isbotlashga urunmang. Bunday qilib faqat eringiz ko'ziga yomon ko'rinasiz. Aksincha, eringizni ichiga kiring. Shirin so'zlaringiz bilan uni iliting. Eringizga qancha shirin gapirib, erkalanib, ko'nglini olishga harakat qilsangiz shunhca yutasiz. Voy bilmi qolibman, voy boshqa bunday qaytarilmaydi, voy sizni sevganim uchun yana ko'p harakat qilaman. Oyijonimni ko'ngillarini albatta olaman deb eringizni ishontiring.
    Bu yolg'on emas. Gaplaringizdan ko'rinib turibdiki qaynonagizga yaxshi xizmat qilasiz, afsus ayrim sabablar bilan qaynonangizga yoqmaysiz. Yoqishingiz ham shart emas.
    Eringizni shu be'manigarchiliklar tufayli yo'qotib qo'ymang.

    Ba'zi yomon ayollar hatto xiyonat qilganliklarini eri bilib qolsa, shirin so'ziyu mahorati bilan eri uni kechira olib yana birga yashashiga unday oladilar.
    Siz xiyonat qilmadingiz, biron ayb ish ham qilganingiz yo'q. Shunchaki kimgadur yoqmayapsiz xolos.
    Ayollik mahoratingiz bilan, eringizni eritib yuboring.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: OYISHA NUR, Oymomo, Shodiya, Mohi, lena, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 month ago #232 Mohi

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 372
  • Rahmat olgan: 190

  • Gender: Female
  • Birthdate: 25 Mar 1993
  • Replied by Mohi on topic Qaynona va kelin
    avvalambor Shahxnoza forumimizaga 1welcome siz avval o'zingiz haqingizda 2 og'iz "o'zim haqimda" degan mavzuga izoh qoldirsangiz yaxshi bo'lar edi, undan keyin bu mavzuni o'zbek oilasi degan kategoriyaga yozsangiz nur ustiga a'lo nur bo'lardi qolaversa hatolar ham ko'p ekan to'g'risini etsam o'qishga biroz qiynaldim

    To'g'ri yo'ldan adashtirmasin robbim!

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 month ago #233 OYISHA NUR

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ONALIK BAXTIGA YETKAZGANIGA SHUKUR

  • Izohlari: 2922
  • Rahmat olgan: 2239

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Jan 1991
  • Replied by OYISHA NUR on topic Qaynona va kelin
    1welcome shaxnoz menham uzbabyni gaplariga qio'shilAMAN DINARA OPA SIZ HAR DOYIM TOGRI MASLAHAT BERASIZ :rah# QAYNONEZGA FAQAT YAXSHI MUOMILA QILING ULAR ALBATTA SIZNI TUSHUNADI %mua#

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 month ago #234 Mohi

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 372
  • Rahmat olgan: 190

  • Gender: Female
  • Birthdate: 25 Mar 1993
  • Replied by Mohi on topic Qaynona va kelin
    Shahnoza bular hammasi o'tkinchi narsalar, qaynonangiz bilan 10 oy yashabsiz ularni fellarini ancha tushunib olganga o'xshaysiz, bunday vaziyatlarga tayyor turin va unutmangki bularning bari o'tkinchi!!! sizdan endi oila mustahkamligi uchun sabr talab qilinadi

    To'g'ri yo'ldan adashtirmasin robbim!

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 month ago #235 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic Qaynona va kelin
    Ибратли хикоя

    Ёш келинчак уйига келди. Онасига эрининг
    хиёнати ҳақида айтиб йиғлади. Онаси бироз
    ўйлаб турдида, бундай қиламиз деди:
    -Сен менга йўлбарснинг тукини келтирасан, деди.
    Бу гапни эшитган қиз ўрнидан туриб зкетдию;
    Ахир қандай қилиб?
    Онажон у ёввойи махлуқ бўлса дерди,
    йиғламсираб.
    Эрингни қайтараман десанг, маслаҳатим шу,
    бўлмаса иҳтиёринг деди Она.
    Қиз нима қилишни билмай роса ўйланди, охири
    бир қўйни сўйдирдида, озгина гўштини олиб
    йўлбарсни излаб, йўлга тушди. Бир ўрмонсифат
    дала даштга етиб келди. Узоқдан бир йўлбарс
    кўринди. Қизни қўрқув босди. У гўштни узоқдан
    йўлбарс томон ташлади-ю, ўзи яшириниб олди..
    Қиз бу ҳолни ҳар куни такрорларди. Эртасига
    яқинроқ, эртасига янада яқинроқ бориб, охири қиз
    гўшт олиб келганида йўлбарс олдига бемалол
    бора оладиган, ҳаттоки ёнида ўтириб эркалаб,
    силайдиган бўлди. Қиз йўлбарс тукидан
    бирнечтасини олдида, онаси ёнига шошилди. Уйга
    шошиб кираркан, хурсанд холда, Онажон мана,
    айтганингизни олиб келдим, деди. Буни кўриб
    онаси ҳам жуда ҳурсанд бўлди. Қизини ёнига
    ўтказиб, қизим энди уйинга бор, сен мана шу
    ёввойи махлуқни ўзинга ўргата олдинг. Наҳотки
    эрингни ўзинга боғлай олмасанг ахир у одамку! деб, маслаҳат
    берди.
    Қиз айб ўзида эканини сезиб, бироз уйландида.
    - Хўп онажон, сиз айтгандай бўлади, деди-ю,
    хурсанд ҳолда уйига қайтди...!

    Эркак ҳам, аёл ҳам жамийки инсон зоти бир оғиз
    ширин гапни гадоси. Шундай экан азизлар текин
    бўлган, туганмас меҳр муҳаббатимизни, ширин
    гапимизни бир биримиздан аямайлик. Токи ҳеч
    бир оила ҳиёнат деб аталмиш ифлосликдан, озор
    чекмасин.
    Юрак, юрагингиздаги энг, энг, энг қиммат
    гапларингизни ўз аҳли оилангизга айтинг. Сиз
    шундай муомила қилиб айтингки, хотинингиз ёки
    эрингиз шу гапни яна соғиниб қайтадиган бўлсин.
    Оила муқаддас уни асраб авайлаш керак...

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: uzbaby, Mukhlisa, Oymomo, begoyim, lena

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 month ago #236 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • Replied by Oymomo on topic Qaynona va kelin
    Allohim ko'rguvchi va bilguvchidir. Shaxnoz, Uzbaby aytganlaridek, holatni sabr bilan yengib o'ting. Eringizga hozir oilaviy muammolarning hech ham keragi yo'q. O'qishidagi tig'iz holatlar uning asabini taranglashtirib turganda, sizning har qanday fikringiz, o'zingizni oqlashga urinishingiz sizni sabrsiz va erini umuman tushunmaydigan rafiqadek ko'rsatadi, xolos. Vaziyatga ko'z yumib, oyingizni kasalxonaga ko'rishga boring. Eringizga qo'ng'iroq qilib, ularning ahvollari yaxshi ekanini aytib, farzand sifatida hol-ahvol so'rashi kerakligini va onalari hozir mehrga muhtojligini eslatib turing. Albatta, chin dildan qilgan amalingiz javobsiz qolmaydi. Solih va soliha farzandlar ato etsin!

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Hilolaxon, Mukhlisa

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #237 Hafsa

    • Senior Member
    • Senior Member
    • Alhamdullilah. I am happy!

  • Izohlari: 61
  • Rahmat olgan: 65

  • Gender: Female
  • Birthdate: 07 Jul 1994
  • Replied by Hafsa on topic Qaynona va kelin
    Qizlar yangi xonadonga kelin bo'lib tushgach, qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu er bilan yangi munosabatlar qurish, erining uydagilari bilan yaxshi muomalada bo'lish, uy ishlari, uyquga to'ymaslik va boshqalar. Shu o'rinda qaynana bilan til topishish alohida kuch va matonat talab etadi. Qaynana ham, kelin ham ayol sifatida qanchalik yaxshi bo'lmasin bir-biri bilan yaxshi muomalada bo'lish oson bo'lmaydi. Nega?
    Buning sababi juda ko'p bo'lib, biz ularni tahlil qilib o'tirmaymiz. Undan ko'ra qaynana-kelin munosabatlarini yaxshi bo'lishi uchun nima qilish kerakligi haqida so'z yuritamiz.
    Shuni ta'kidlab o'tish muhimki, bu munosabatlarni yaxshilash uchun 90% harakatni kelin qilishi kerak. Agar kelin "Qaynanam yomon", "Qaynanam aybdor", "Erim baribir meni deydi" degan xayollar bilan yursa, oilaviy hayoti baxtli bo'lmaydi.
    Demak,
    1. Unutmang, eringiz bilan yolg'iz qolganingizda sizga qanchalik mehribon, jismonan zor bo'lmasin, sizga qanday gaplar gapirmasin baribir tanlash kerak bo'lganda u Onasini tanlaydi. To'g'ri, siz uning oilasisiz, aslida dili sizni deydi, muhabbati va hayoti ham sizniki, lekin u ONA bo'lgani uchun uni tanlaydi. Agar qandaydir sabablar bilan sizni desa ham, siz bundan yutuqda qolmaysiz. Onani ranjitib baxtli bo'la olmaysiz. Er uchun siz ham, onasi ham birdek muhim va kerak. Munosabatlaringizni tanlov qilish darajasigacha olib bormang... yutqizasiz.
    2. Qaynanangizni tushuning. To'qqiz oy bag'rida ko'targan, keyin mehr va sabr bilan voyaga yetkazgan, shunday ajoyib qilib tarbiyalab qo'ygan o'g'lini bir kuni sizga topshiradi. Nafaqat o'g'lini, sevgisini ham, mehrini ham, xayollarini ham sizga berib qo'yadi. O'ziga deyarli hech narsa qoldirmaydi. Faqatgina uning o'g'lining g'amxo'rligi va shirin so'zi unga kerak bo'ladi xolos. Bundan qaynanangizni ayirmang, agar o'g'lini sizdan rashq qilayotgan bo'lsa, uni tushuna biling.
    3. Eringiz bilan qaynanangiz oldida suykalanmang. Erkalash, shirin so'zlashish va boshqa shu kabi intim munosabatlaringizni barchadan yiroqda, yagona qolganingizda amalga oshiring.
    4. Qaynanagiz nima desa u haq ekanligiga boshidan o'rganing. Noto'g'ri ekanligiga 100% amin bo'lsangizgina shirin so'z bilan shuni unga tushuntira oling.
    5. Uy ishlarini bekamu ko'st bajaring.
    6. Farzandlaringiz tarbiyasiga, sog'lig'iga ahamiyatli bo'ling.
    7. Eringiz kiyimlariga, ovqatlanishiga ahamiyatli bo'ling.
    8. Qaynanangiz haqidagi gaplarni qizlik uyingizga olib bormang. Juda ham siqilib ketsangiz, dugonalar bilan dardlashing, lekin hech qachon maslahat so'ramang. Baribir noto'g'ri maslahat berishadi.
    9. Qaynanangizni yaxshi ko'ra olmasangiz ham hurmat qilishingiz shart.
    10. Ayb ish qilib qo'ysangiz, kechirim so'rashni biling.
    11. Qaynanangiz bilan muammo paydo bo'lsa, eringizdan hal qilib berishini kutmang. Er-xotin munosabatlari qaynana-kelin munosabatlariga aralashtirmang. Birini yaxshilaysiz, ikkinchisiga zarb yetadi.
    12. Qaynanangizga gap qaytarmang. Nohaq bo'lsa, bir ozdan so'ng o'z fikringizni tushuntirib bering.
    Agar yuqoridagi maslahatlarni amalga oshirsangiz ham, qaynanangiz sizga nisbatan adolatsiz bo'lsa, u holda bunga ko'z yumib yashashni o'rganing. Asabiylashish uchun shundoq ham sizda muammolar kam emas, qaynana bilan aloqangiz yaxshi emasligi asabiylashishga arzimaydi. Oila - bu er va farzandlaringiz. Qaynana bilan munosabatlaringiz esa ana shu oilani baxtli qilishi uchun mavjud bo'lgan 100ta omillardan birigina xolos.

    Alhamdulillah. I am happy!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Shodiya, jonim jaxonim

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #238 Hafsa

    • Senior Member
    • Senior Member
    • Alhamdullilah. I am happy!

  • Izohlari: 61
  • Rahmat olgan: 65

  • Gender: Female
  • Birthdate: 07 Jul 1994
  • Replied by Hafsa on topic Qaynona va kelin
    Qaynotalarni oilada kelinlarning himoyachisi, yosh oilaning posboni, deyish mumkin. Sababi nikoh to‘yining qiz tanlash, sep-sidirg‘a tomonlari ayol zimmasiga tushsa, to‘yning asosiy xarajatlari, uni uyushtirish, kelin-kuyovni uy va jihozlar, ro‘zg‘or buyumlari bilan ta’minlash oilaning xojasi hisoblangan erkakning chekiga tushadi. Shuning uchun ham u oilaning mustahkam, kelin-kuyovning ahil, totuv bo‘lishi uchun qayg‘uradi. Shu maqsadda ko‘pincha oilaviy mojarolarda kelinni himoya qilishga urinadi. Qaynona va kelin mojarolarida adolat tarozisi bilan ish ko‘radi. Erlarning bu «qilig‘i» ko‘pincha qaynonalarga yoqmaydi. O’ttiz yil, qirq yil birga yashagan, hamma ishda sirdosh va hamkor bo‘lgan kishining birdaniga kecha kelgan kelin tomonga o‘tib olishi, g‘ishavalarda ko‘proq uning yonini olishi, gohida esa kelinni himoya qilmoq uchun o‘z xotiniga qattiq-quruq tegishi o‘z-o‘zidan qaynonaning izzat-nafsiga tegadi. O’zini xo‘rlangan his etadi, himoyasiz qolganday tuyuladi. U buning sabablarini yuqoridagi holatlardan izlamaydi-yu, boshqa «dalillar»ni axtarishga tushadi. Bu «dalillar»ning tagi puch bo‘lsa ham, qaynonalar unga mahkam yopishib olishadi. «Yonini olyaptimi, demak, unda ko‘ngli bor» yoki «Shuncha yil turmush qurib, bir-birimizga sirdosh bo‘lib, qarigan chog‘imda yoqmay qolibman-da, shu zumrasha mendan aziz bo‘pti-da» yoxud «Bir balosi borki, keliniga shirinso‘z bo‘lib qoldi, menga biror marta bunaqa mehribonlik ko‘rsatmagandi» va shunga o‘xshash «tahlil»lar, shubhalar, g‘ashliklar ularning qalbini kemirib, nihoyat «barcha kulfatlarda kelin aybdor», degan xulosa chiqarishga olib keladi. VOQYEA. Mahallamizdan uzatilgan Mashkura ismli qizning turmushi yarim yilga bormay buzilib ketdi. Buning sababini so‘raganlarga sho‘rlik ota-ona nima deb javob qaytarishga hayron. Ularning yalinib-yolvorishlari ham, mahalladagi baobro‘ odamlarning o‘rtaga tushishlari ham - hech narsa yordam bermadi. Oxiri kelinning ko‘ch-ko‘ronini kuyovnikidan yig‘ishtirib kelishdi. Mashkuraning o‘zi ham hayron, «Oramizdan hech gap o‘tmagandi, Anvar akam bilan juda ahil edik, ota-onalarini ham juda hurmat qilardim», deb yig‘larmish, xolos. Keyin surishtirishsa, qaynona kelinini yoqtirmay qolibdi. Oilaning erkaklariga «Yo shu kelin turadi bu uyda, yo men», deb keskin shart qo‘yibdi. Kuyov bechora «Keliningizning aybi nima o‘zi?» deb so‘rab baloga qolibdi. «Yo xotinni qo‘yasan, yo duoibad qilaman, oq qilaman, bir umr rozi bo‘lmayman», debdi ona. Eri ham hayronmish. «Hech bo‘lmasa, nima gap o‘tganini men bilib qolay, axir qudalarimizga biror bahona aytish kerak-ku!» deb so‘rasa, «Qo‘li egri, deng, yolg‘onchi, deng, xullas, biror gap toping. Agar u qoladigan bo‘lsa, unda men ketaman», deb qo‘rqitibdi. Xullas, oila buzilib ketdi, shiringina turmushga og‘u tomdi. Bu mashmashalarning hammasiga qaynota sho‘rlik o‘zi bilmagan holda «aybdor» bo‘lib qolgan ekan. Xushro‘ygina, donogina, epchilgina kelinni u otalarcha mehr bilan yaxshi ko‘rgan, «siz-siz»lab erkalagan, yumushi ko‘payib ketsa, xotinini turg‘izgan. «Axir birovning bolasi, yangi kelin, ja zulm qilib yubormaylik, sen ham munday qarashvor», deb yonini olgan. Oila davrasida «Kelinim zo‘r-da, saranjom-sarishta, imoga dik etib yuguradi», deb maqtagan. Bularning hammasi toshni teshgan tomchi yanglig‘ asta-sekin qaynonaning asabini parmalay boshlagan. Avval shunchaki g‘ashi kelgan. Keyinchalik hasad o‘ti, rashk balosi chirmay boshlagan. Bu og‘riqlar chidab bo‘lmas holatga yetishi bilan hech bir gunohsiz yoshgina kelin uning yovuz dushmaniga aylangan. Ikki yovning bir joyda turishi mumkin emas. Har jihatdan himoyasiz, sodda juvon shunday qilib rashk balosining qurboni bo‘lgan. Qaynona erini kelinidan qizg‘anib nima qilib bo‘lsa-da, uni yo‘qotish payiga tushgan va bunga erishgan ham. Demak, yuqoridagi voqeadan qaynotalar ham, qaynonalar ham, kelin-kuyovlar ham baravariga to‘g‘ri xulosa chiqarib olishlari kerak bo‘ladi.

    Alhamdulillah. I am happy!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    7 years 7 months ago #239 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Replied by Самира on topic Qaynona va kelin
    Хорошо, я еще не келинка :-D
    Я узбекская келинка!!! Я- не человек, я НАНО робот?. У меня сотни обязательных программ- поздно ложится и рано вставать, готовить еду -первое, второе, третье.....десятое, при этом это должно быть очень быстро, вкусно и необычно;? убирать за каждым, при этом это должно быть немедленно, чисто и постоянно; стирать вещи, и не забудь когда высохнут погладить, а также одновременно успевать угождать мужу, родить ему детей и воспитать их?. Я многое должна, - это же совсем не трудно, ведь наши кайненешки тоже это все делали с удовольствием!!!? Я не старею, не болею, не устаю, не отдыхаю. Мне не нужна одежда,мне не нужны деньги, мне не нужен воздух. Я люблю мужа, родственников мужа, друзей мужа, любовниц мужа?. Я не люблю родителей своих, сестер своих, братьев своих, их вообще не должно быть после замужества!?У меня нет души, у меня нет сердца, у меня нет мозгов - но я должна быть образованной келинкой. ?Муж не приходит домой- я улыбаюсь, муж злой- я улыбаюсь, муж лежит- я улыбаюсь, муж гонит - я улыбаюсь☺. Я всем довольна, я счастлива - Я - узбекская келинка я не человек, я келин робот!!! ?Разошли всем узбекским женщинам, все должны быть счастливы!?

    Фейсбукдан кучира қолдим?

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: OYISHA NUR, Oymomo, dilnozz, ☆ZIZI☆

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    7 years 7 months ago #240 nora

    • Senior Member
    • Senior Member

  • Izohlari: 60
  • Rahmat olgan: 52

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by nora on topic Qaynona va kelin
    %hihi$ juda qiziq yozilgan ekan . Ming afsuski shunday oilalar ham bor kelinga hizmatkorday qaraydigan :whistle:

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.517 seconds

    Kitob do'koni