Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

Sochni parvarishlash

8 years 8 months ago - 8 years 8 months ago #121 mahfuza

  • Platinum Member
  • Platinum Member
  • hayotning har lahzasi shirin

  • Izohlari: 2643
  • Rahmat olgan: 1311

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Sep 1991
  • Replied by mahfuza on topic Sochni parvarishlash
    shodiya menimcha sizdagi muamoga hech qanday vositalar yordam bermasa kerak menimcha chunki gullagan sochni tiklab qoyolmidiku togrimi uni tez tez kestirib yursangiz keyin orniga tushadi oz boshimdan otgan sizdagi holat hozir juda yahshi sochlarim #yahoo## #yahoo## #yahoo##
    Last edit: 8 years 8 months ago by mahfuza.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Shodiya

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 8 months ago - 8 years 8 months ago #122 mahfuza

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • hayotning har lahzasi shirin

  • Izohlari: 2643
  • Rahmat olgan: 1311

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Sep 1991
  • Replied by mahfuza on topic Sochni parvarishlash
    voooyyyyy hozirgi izohimda naq 15 hato qilibman qarasam kompdagi harflar boshqacha yozuv bolib chiqyabdi masalan a ni bossab m chiqyabdi :woohoo: erimdan yana sokishlar eshitadigan boldim sizga uylanib sog narsam qolmadi deb turadi bechoragina :lol: hihi
    Last edit: 8 years 8 months ago by mahfuza.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #123 Shaxnoz

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 367
  • Rahmat olgan: 279

  • Gender: Female
  • Birthdate: 26 Sep 1994
  • Replied by Shaxnoz on topic Sochni parvarishlash
    Qizla maslahat beriyla erimni sochlari shunaqa to‘kilayapti ko‘rib o‘zim hayron qoldim. Qanday vrachga ko‘rsitsak bo‘ladi. Yoki qanday muolaja . O‘zim bilgan niqoblani ula xoxlamaydila. Shunga o‘ylanib o‘tiriban. Bu ketishda ula kal bo‘lib qoladilar please

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #124 Soliha7770

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 654
  • Rahmat olgan: 1794

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Soliha7770 on topic Sochni parvarishlash
    Soch muammolari b-n shug'ullanuvchi trixolog degan mutaxassislar bor, uzb.da ularni uchratish oson bo'lmasa kerak. Shaxnoz, xo'jayiniz dermotolog yoki endokrinologga uchrasinlar. Umuman olganda ikkalovini nazoratidan ham o'tganlari yaxshi, chunki kelib chiqish sabablariga qarab davolash yo'llari ham turlicha bo'ladi.

    Davlat va mansabni ALLOH suygan bandasiga ham, suymaganiga ham beradi. Lekin iymon atalmish bebaho ne'matini faqat suygan bandasiga ravo ko'rarkan. Shu bebaho ne'matimiz doimo salomat va umriboqiy bo'lsin!...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Shaxnoz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #125 ☆ZIZI☆

    • Moderator
    • Moderator
    • Dunyolarga alishmasman seni qizalog'im....

  • Izohlari: 2158
  • Rahmat olgan: 2151

  • Gender: Female
  • Birthdate: 03 Jul 1991
  • Replied by ☆ZIZI☆ on topic Sochni parvarishlash
    salom :dugona$Тўкилаётган сочлар учун мевалардан тайёрланган ниқоб яхши ёрдам беради. 3 ош.қ. мева бўтқаси, 1 ош.қ. ёғ, 1 ош.қ. глицерин. Ёғли сочлар учун глицерин ўрнига асал ишлатилади.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Самира, muslima1

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #126 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic Sochni parvarishlash
    Tuqqanimdan keyin sochlarim yaxshigina to'kilardi, yod yetishmochiligidan soch to'kiladi deb yod preparatini ichardim, yordam bergan lekin yaxshigina o'zgarish bo'lmagan ancha bo'ldi sochimni anchagina qilib kaltaqilib kesib tashagandim to'kilmay qoldi

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #127 Hafsa

    • Senior Member
    • Senior Member
    • Alhamdullilah. I am happy!

  • Izohlari: 61
  • Rahmat olgan: 65

  • Gender: Female
  • Birthdate: 07 Jul 1994
  • Replied by Hafsa on topic Sochni parvarishlash
    Sog'lom, qalin, mayin va jilvakor sochlar har bir ayolning orzusi hisoblanadi. Bu orzuni amalga oshirish uchun nafaqat kosmetik vositalar, balki tabiiy usullardan ham foydalanish mumkin. Sizning noto'g'ri ovqatlanishingiz yoki sochlarni to'g'ri parvarishlamasligingiz natijasida ular shikastlanib, o'z jilvasini yo'qotib, sinuvchan bo'lib qolishi mumkin. Sochlarning bir kunda 50-60 tagacha to'kilishi me'yoriy hol hisoblanadi. Sochlarning to'rtdan bir qismini suv tashkil qiladi va u egiluvchanlikni ta'minlaydi. Organizmdagi namlikni tutib turish uchun esa kun davomida 1,5-2 litrgacha suv ichish kerak. Oqsil sochni mustahkamlaydi va tashqi ta'sirlarga chidamliligini oshiradi. Oqsil baliq, mol go'shti, qo'y go'shti, sut va pishloqda mavjud. Temir moddasi soch tomiridagi piyozchalarni kislorod bilan ta'minlaydi. Temir moddasi go'sht mahsulotlari va ho'l mevalar tarkibida bor. Rux moddasi soch to'kilishining oldini oladi va u go'sht mahsulotlari, dengiz mahsulotlarida mavjud. Vitamin A ning kunlik iste'moli 1,5 mg bo'lib, u bosh terisi sog'lomligini ta'minlaydi. Sho'r va tuzlamalarni me'yordan ortiq iste'mol qilishning sochlarga zarari bor. Shuningdek, shokoladlar, qahva, choyni ham me'yorida iste'mol qilish lozim. Boshni muntazam ravishda uqalab turish qon aylanishini yaxshilaydi. Sochlarni bir kunda ikki marotaba tarash lozim. Uzun sochlarni pastdan tepaga, kalta sochlarni esa asosidan pastga qaratib tarash kerak. Quruq sochlarni haftada bir-ikki marta, yog'li sochlarni esa ikki-uch marta yuvish foydali. Shampun tanlayotganda sochingiz turiga qarab tanlashni unutmang.
    Sochni yuvish tartibi: sochlar iliq suv bilan namlanadi. Avval shampun, keyin balzam bilan yuviladi. Sochni iloji boricha quyosh nurida quritish foydali, qishda esa sochiq bilan artib quritish lozim. Fenni iloji boricha kamroq ishlatishga harakat qiling. Gel, muss, lak va shu kabi kosmetik vositalarni kamroq ishlatgan ma'qul. Chunki ko'p ishlatish sochlarning ko'p to'kilishiga olib keladi. Sochlarni bir yilda ikki-uch marta xina va basmaga bo'yash foydalidir. Soch uchlari gullab ketmasligi uchun tez-tez qirqib turish lozim. Nihoyatda issiq hamda siqib turadigan bosh kiyimi boshning ko'p terlashiga va qazg'oqlanishiga, soch to'kilishiga sabab bo'ladi. Boshni kir sovuni bilan yuvish yaramaydi, aks holda sochni yog'sizlantirib, mo'rtlashtirib qo'yadi. Juda issiq yoki sovuq suvda yuvish ham soch to'kilishiga sabab bo'ladi. Bir oyda bir marta sochlarni tagigacha kanakunjut moyida artib uqalash bosh terisini oziqlantiradi. Qalampir nastoykasi soch to'kilishining oldini oladi. Sochlarni achchiq damlangan qora choyga chaysa, jilvakor bo'ladi. Boshni har oyda bir marta limon sharbati bilan artib turilsa, bosh terisi qon tomirlari faoliyatini yaxshilab, soch ildizini mustahkamlaydi. Shuningdek, limon antiseptik xususiyatga egaligi bois, sochda uchraydigan ayrim kasalliklarning oldini oladi. Shuni esda tutish kerakki, boshga limon sharbati surtilganda, soch uchlariga tegmasligi kerak. Odatda, limon sharbati surtilganidan 20 daqiqa o'tgach, soch chayiladi.
    Boshni qatiq zardobi bilan yuvish qadimiy amallardan hisoblanadi. Zardob tarkibidagi biologik faol moddalar soch ildizini mustahkamlabgina qolmasdan, sochni mayin qiladi, mo'rtligini yo'qotadi, soch uchlarining gullashiga yo'l qo'ymaydi, o'sishini yaxshilaydi, teri hujayralarining hayotiyligini oshiradi.

    Soch to'kilishini davolashda avallambor ularni tog'ri parvarish qilish talab etiladi. Quyidagi maslahatlar uy sharoitida soch to'kilishini
    davolash va oldini olishda yordam beradi.
    1. Soch to'kilishining
    asosiy sababi bosh teridan
    qon aylanishining
    buzilishida bo'lgani uchun,
    boshni massaj qilish katta
    foyda keltiradi. Massajni
    maxsus soch massaji
    vositalari yoki barmoqlar
    bilan kunida bir marta
    amalga oshirish maqsadga
    muvofiq bo'ladi.
    2. Vitamin va minerallarga
    boy mahsulotlar bilan
    ovqatlanish sochning
    yahshi o'sishiga yordamb
    beradi. Sho'r va dudlangan
    mahsulotlardan iste'mol
    qilmaslik tavsiya etiladi.
    3. Kir sochlar toza
    sochlarga nisbatana
    osonroq va tezroq
    to'kilishga moyil bo'ladi.
    Chunki teri yo'gi yig'ilib
    soch to'kilishini keltiradi.
    Shuning uchun sochni toza
    bo'lishini ta'minlash lozim.
    Soch massaji uchun maska:
    Vitaminlarga boy va soch
    uchun juda foydali
    oblepixa yog'idan 1 osh
    qoshiq isitiladi. Ozgina
    shampun qo'shib sochga
    massaj qilib surtiladi.
    Ustidan selofan va sochiq
    o'rab 1-2 soat qoldirish
    kerak. Keyin yaxhsilab
    shampun bilan yuvib
    tashlanadi. Ushbu maska
    soch o'sishini va uning
    qalin va sog'lom bo'lishini
    ta'minlaydi. Agar soch
    yog'liq bo'lsa u holda
    maskadan so'ng shampun
    bilan yuvilgan sochlarni
    olma sirkasi (0.5 stakan)
    bilan suv (1 stakan)
    aralashmasida chayib
    tashlasa bo'ladi.
    4. Shahsiy gigiyenaga
    rioya qilish. O'z soch
    vositalaringizni birov bilan
    bo'lishib ishlatamagan
    ma'qul. Ba'zi soch va teri
    kasalliklari oddiy taroq
    orqali ham yuqishi
    mumkin.
    5. Soch sog'lom organizm
    ko'rsatkichidir. Organizm
    salomatligi uchun jismoniy
    mashg'ulotlar juda foydali
    va kerakli. Sport
    yordamida organizmda
    qon aylanish tizimi
    yahshilanadi, qon orqali
    ozuqa moddalari bosh
    terini ta'minlashda ham
    samarasi katta bo'ladi.
    6. Organizm charchagini
    sigari sochlar ham ba'zida
    charchaydi. Ular ham dam
    olishi kerak. Tashqaridagi
    sovuq yoki issiq havo, fen,
    turmaklar, kimyo
    vositalari va hokazolar
    sochni "charchatib
    qo'yadi". Shuning uchun
    uyda albatta soch
    turmagini yechib, massaj
    tarog'i bilan tarab chiqish
    kerak. Shunda tolalar
    orasiga havo kirib terida
    qon aylanishi tezlashadi.
    Sochlarni fen bilan
    quritayotganda kamida 20
    sm uzoqlikda tutish kerak.
    Soch bo'yash, kimyo qilish
    kabi muolajalarni nozik va
    to'kilayotgan sochlarga
    qo'llamaslik maqsadga
    muvofiq bo'ladi.

    Alhamdulillah. I am happy!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Mohinur2017

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #128 Hafsa

    • Senior Member
    • Senior Member
    • Alhamdullilah. I am happy!

  • Izohlari: 61
  • Rahmat olgan: 65

  • Gender: Female
  • Birthdate: 07 Jul 1994
  • Replied by Hafsa on topic Sochni parvarishlash
    Ayollar go‘zal bo‘lish uchun nimalarni uylab topmaydi deysiz! Mana bir necha ming yillardirki butun dunyo ayollari turli toshli taqinchoqlar taqadi, ajinlardan xalos bo‘lish uchun o‘t va yog‘lardan niqoblar tayyorlaydi, kilogrammlab bo‘yoqdan foydalanadi. Hatto beg‘ubor yoshlik go‘zalligi ham innovatsiyasiz bo‘lmaydi. Yosh qizchalar sochlarini kesadi, o‘stiradi, turli shaklda o‘raydi, turli ranglarga bo‘yaydi.

    Bugun biz maftunkor ayollarga uy sharoitida sochlarni to‘g‘ri va ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelmaydigan bo‘yash usullari haqida so‘zlab beramiz.

    Necha gramm?

    Siz do‘konga keldingiz va turli bo‘yash vositalari jamlangan vetrina oldida o‘ylanib turib qoldingiz. Qay birini tanlasam ekan? Arzonrog‘inimi yoki qimmatrog‘ini, axir balzam uchun ham bir oz pul qolishi kerakda.



    Birinchi va eng asosiy qoida - go‘zallik yo‘lida tejamkorlik yaramaydi, shunday ekan xna singari barcha arzon bo‘yash vositalarini unuting. Tanlashda shoshilmang: qutini diqqat bilan o‘qing, rang sizga yarashadimi yoki yo‘qmi tasavvur qilib ko‘ring (bu haqda maqola so‘ngida), siz alohida xususiyatli vositadan foydalanmoqchimisiz (masalan olmos kabi yorqin jilov, oq sochlarni 100 foizga bo‘yash, ichida balzami bo‘lgan va h.k.z.).

    Endi yana bir savol: mening sochlarimga qancha bo‘yoq ketadi? Agarda sochlaringiz kalta yoki o‘rta uzunlikda bo‘lsa, u holda bitta quti kifoya. Agarda siz uzun sochlar egasi bo‘lsangiz unda ikkita quti olganingiz ma'qul.

    Odatda emulsiya, perekis, oksidlovchi modda va boshqalarni aralashtirish bo‘yoq qutisi ichidagi yo‘riqnomada batafsil keltiriladi. Faqatgina shuni eslatib o‘tmoqchimizki, birinchidan, aralashma bir turdagi ko‘rinishga kelishi lozim, ikkinchidan, uni tayyorlagan zahoti ishlatish darkor.

    Bevosita bo‘yashdan avval (agarda siz yangi, hali foydalanmagan vositani xarid qilgan bo‘lsangiz) unga terining ta'sirchanligini tekshirib ko‘rishingiz kerak bo‘ladi. Buning uchun oksidlovchi modda bilan aralashgan bir oz bo‘yoqdan olib tirsakning bukilish qismidagi teriga surtib ko‘ring. Agarda 48 soat ichida bu joyda hech qanday reaksiya hosil bo‘lmagan bo‘lsa, masalan, achishish, qizarish, toshma yoki qichishish, unda kutilmagan oqibatlardan cho‘chimay bevosita sochlaringizni bo‘yashga kirishishingiz mumkin.



    Birlamchi bo‘yash



    1. Birinchi marotaba bo‘yash oldidan sochlar yuvilmaydi, bo‘yoq shundoq ham sochlarga chuqur singadi. Bunda bo‘yash emulsiyasi quruq tolalarga surtiladi.

    2. Sochlar atrofidagi terining bo‘yalib qolishidan saqlanish uchun peshona va chakkalardagi sochlarning o‘sish qismi bo‘ylab himoyalovchi krem surtish maqsadga muvofiq.

    3. Qo‘lqoplarni kiyib oling.

    4. Sochlarni ingichka tolalarga ajrating va bir maromda va iloji boricha bo‘yoqni kistochka orqali sochlarga tez surtib chiqing: boshning ensa qismidan chakkalar tomon. Bunda bo‘yoq ildizdan tortib to sochlarning butun uzungili bo‘ylab surtilishiga alohida e'tibor bering.

    5. Sochlarni bo‘yab bo‘lganingizdan so‘ng ularni mayda tishli taroq bilan yana bir bor tarab chiqing.

    6. Emulsiyani sochlarda 35-40 daqiqaga qoldiring (boshingizni zinhor hech narsa bilan o‘ramang). Agarda oq sochlaringiz juda ko‘p bo‘lsa, bo‘yash vaqtini yana 10 daqiqaga cho‘zing. Aytgancha, bo‘yoqning ta'sir etish vaqti sochlaringiz tolasiga bog‘liq (qattiq, juda to‘q va h.k.z)



    O‘sgan ildizlarni bo‘yash.

    1. Soch ildizlarini bo‘yashda, bo‘yoqni boshning ensa qismidan boshlab ildizlarga surtib chiqing.

    2. 20 daqiqadan so‘ng qolgan emulsiyani sochlarning butun uzunligi bo‘ylab uchlarigacha surting. Bo‘yoq bir maromda singishi uchun yana bir bor sochlaringizni tarang.

    3. Bo‘yoqni yana 10 daqiqaga qoldiring.



    Yakuniy bosqich.

    Belgilangan vaqt o‘tganidan so‘ng bo‘yash emulsiyasini kam miqdordagi suv bilan ko‘pirtiring, so‘ng iliq suv bilan sochlarni yaxshilab chayib tashlang. Bo‘yoq elementlaridan xalos bo‘lish uchun sochlarni shampun bilan yuvsa ham bo‘ladi. Hosil bo‘lgan rangni, uning yorqinligi va tiniqligini saqlab qolish uchun bo‘yalgan sochlar uchun mo‘ljallangan balzamdan foydalanish tavsiya etiladi. Sochlar bo‘yalganidan so‘ng hech bo‘lmaganda haftada bir marotaba tiklovchi, oziqlantiruvchi va namlovchi vositalardan (konditsionerlar, niqoblar, krem va balzamlar) foydalanishni ham unutmang.



    Uy sharoitida YO‘L QO‘YILMAYDIGAN HOLATLAR:

    Xarid qilingan emulsiyadan boshqa maqsadlarda, masalan qosh yoki kipriklarni bo‘yash uchun foydalanish.

    Qo‘lqoplarni kiymasdan bo‘yash.

    Bo‘yashdan bevosita oldin yoki keyin ximik turmak qilish.

    Agarda bosh terisida yarachalar yoki tirnalgan joylar bo‘lsa sochlarni bo‘yash.

    Agarda sochlar avval tabiiy bo‘yoqlar (xna, basma) yoki tarkibida metall tuzlar bo‘lgan vositalar yordamida bo‘yalgan bo‘lsa emulsiyadan foydalanish.

    Qutida ko‘rsatilgan vaqtdan o‘tib ketish.

    Tayyorlangan emulsiyani saqlash yoki ikkinchi marotaba foydalanish.

    Tajribalar va ularning oqibatlari



    Biz, ayollar, tajriba o‘tkazishni yoqtiramiz. Doim nimalarnidir sinab ko‘rmoqchi bo‘lamiz: bugun biz oq malla bo‘lamiz, ertaga jozibador qora soch ayolga aylanamiz, yana bir haftadan so‘ng esa qarabsizki sochlarimiz yorqin apelsin tusiga kiradi. Darhaqiqat, xilma-xillik bu juda yaxshi. Ayniqsa, natija ko‘zlarni quvontirsa. Biroq qo‘vontirmasachi? Agarda tajribadan so‘ng g‘azab o‘tida yonib o‘zingizni qo‘yarga joy topa olmasangizchi?

    Qisqasi, biror keskin qarorga kelishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘rish lozim. Biror rangni tanlashdan avval o‘z ko‘rinishingizni, ayniqsa yuz ko‘rinishingizni to‘g‘ri baholashingiz lozim (masalan qarg‘aning qanotiga o‘xshash rang nozik yuz qirrali, och terili, ya'ni qish tipidagi qizlarga yarashadi).



    Yana bir muhim xulosani keltiramiz: sochlarni uy sharoitida bo‘yash iqtisodiy jihatdan foydali albatta, biroq shu bilan birga juda xavfli hamdir. Biror tolalarga bo‘yoq yaxshi surtilmagan bo‘lsa sochlar bo‘yalmay qoladi. Yo‘riqnomaning biror qismida chalkashib ketsangiz, oksidlovchi modda miqdorini yoki bo‘yash vaqtini ko‘paytirib yuborsangiz sochlaringiz kutilgan qahrabo rangi o‘rniga to‘q qizil rangga kiradi qoladi. Shunday ekan, bu jarayonni professionalga ishongan ma'qulroq deb bilamiz. Shundagina, har safar ko‘zguga qarar ekansiz o‘z go‘zalligingizga yana va yana amin bo‘laverasiz.

    Alhamdulillah. I am happy!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 9 months ago #129 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Replied by Ummu Maryam on topic Sochni parvarishlash
    1 чой қошиқ туйилган ҳилба зайтун ва қора седана ёғи билан аралаштирилади, озгина қора мурчдан ҳам қўшса бўлади. Ушбу қоришмани соч илдизига массаж қилиб, бошни иссиқ тутинг. Маскани бошда ярим соат ушлаб, ювиб ташланг. Соч ўсишини тезлаштиради, қазғоқни йўқотади ва бошда бўладиган дерматитларни кетказади.

    ***

    Туйилган ҳилбани суюқ қоришмасини соч илдизларига суртсангиз, соч ўсишини кучайтиради, ундирилган ҳилбани таом ва салатларда ишлатинг эффект кучайтириш учун. Қазғоққа қарши кечаси 2 ош қошиқ ҳилбани бир стакан сувга ивитиб қўйинг ва эрталаб ивиган уруғни туйинг ва бошга бир соатга маска қилинг. Кейин бошингизни яхшилаб ювинг.

    ***

    4 ош қошиқ ҳилба уруғини 1 стакан сувда қайнатиб, докадан ўтказиб, сувини тери муолажасида, соч тўкилишига ва хира рангли сочларга қарши ишлатинг.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: muslima1, ☆ZIZI☆

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 9 months ago #130 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Replied by Ummu Maryam on topic Sochni parvarishlash
    [IMG


    Hilbaning rasmi
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: muslima1, Ummu Soliha

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 9 months ago #131 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Replied by Ummu Maryam on topic Sochni parvarishlash
    Шарқнинг гўзаллик сирлари ҳақида сўз кетганда хина ҳақида алоҳида тўхталиб ўтиш жоиздир. У табиий бўяш воситасидир. Таркибида эфир мойлари бўлиб, соялар учун фойдалидир. У сочларни соғломлаштириб, уларга ўзига хос товланиш беради. Шарқда хинадан эркаклар ҳам фойдаланишади.
    Хина тирноқларни ҳам мустаҳкамлайди. Суюқ қилиб тайёрланган хина эритмасига ярим соатга бармоқларни солиб ўтириш керак.
    Сочни хина билан бўяш.
    Х нага қайноқ сув солиниб, қуюқ каша ҳолига келтирилади. Сочларни бироз қорайган ҳолатга келтириш учун хинага бир чой қошиқ кофе қўшиб юбориш мумкин. Хина сочларда бир соатча ушланади, сўнг илиқ сув билан ювилади.
    Агар сочингизни бўяшни истамасангиз, 2 ош қошиқ хинани 1 литр сувга аралаштириб сочларни чайиш мумкин.
    Сочларни янада мустаҳкамлаш ва уларнинг жилоли қилиш учун қуйидаги мевали бальзамни ҳам қўллаш мумкин. Бу бальзамни шунингдек шампунь ўрнида ҳам ишлатиш мумкин.

    1 тухумнинг оқи.
    2 апельсин соки
    1/2қирғичдан ўтказилган олма
    1/2 банан

    Ҳамма маҳсулотларни миксер билан яхшилаб аралаштирилиб, тайёр бўлган сургини бироз намланган сочларга суртилади. Илиқ сочиқ билан бошни ўраб қўйилса, масканинг фойдаси янада ортади. Агар сургидан бироз қолса, уни юзга ҳам суртиш мумкин
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: muslima1

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #132 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Replied by Ummu Maryam on topic Sochni parvarishlash
    Sochlarni to‘g‘ri yuvish haqida tavsiyalar

    Parijlik mashhur mutaxassis Kristof Robinning sochlar har doim chiroyli va sog‘lom bo‘lib turishi uchun nimalar qilish kerakligi haqida bir necha maslahatlari bilan tanishing.

    sochni yuvish

    Birinchi qadam

    Yuvishdan keyin tarash oson bo‘lishi uchun boshida ularni tarang. Kristof Robin avvalo sochlarning uchini, keyin esa ildizlarini tarashni tavsiya qiladi.

    Ikkinchi qadam

    Sochlaringizning uchlariga biror-bir tabiiy yog‘ suring va ularni yana tarang. Toza bodom yoki argan yog‘lari juda mos keladi. Aslida ularni sochlaringizda bir kecha qoldirsangiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi, lekin buni istamasangiz 15 daqiqa ham yetadi.

    Uchinchi qadam

    Sochingizning turiga mos keluvchi shampundan foydalaning.

    Mutaxassisning fikricha, bo‘yalgan sochlarni yaxshisi sulfatsiz shampunlar bilan yuvganingiz ma’qul. Sulfatli shampunlarni esa bo‘yalmagan va ildizlari yog‘li bo‘lgan sochlar uchun ishlatish mumkin. Jingalak sochlilar esa ularning sochlari quruqlikka moyil bo‘lgani uchun tozalovchi konditsionerlardan foydalanishlari mumkin. Va eng asosiysi, shampunni (bir choy qoshig‘i yetarli bo‘ladi) sochning uchlariga emas balki ildizlariga surish kerak.

    To‘rtinchi qadam

    Shampunni yaxshilab yuvib tashlang. “Ko‘pchilik bu jarayonga yetarlicha vaqt sarflamaydi va yuvish vositasini to‘liq ketkazmaydi, — deydi Kristof. — Sochlar tozalikdan g‘ichirlashlari kerak”.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: muslima1, Ummu Soliha

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #133 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Replied by Ummu Maryam on topic Sochni parvarishlash
    Sochlarning to‘kilishi, «gullashi» va qazg‘oqqa qarshi!

    «Ta’bi nozik» soch­larimiz har bir mavsumda, ayniqsa kuz faslida alohida parvarishni talab etadi. Shampun tanlashda ikkilansangiz, qazg‘oq, soch to‘kilishi yoki yog‘lanib ketishidan shikoyat qilsangiz, quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

    Soch «gullaganda»

    «Gullab», sinib-sinib borayotgan sochlaringizning bir necha santimetridan hech ikkilanmay voz kech­ganingiz ma’qul. Bu birinchidan, tartibli ko‘rinish bersa, ik­kinchidan, soch ildizi parvarishi buzilganda kaltaroq tolalarni «oziq­lantirish» imkonini beradi. Endi uy sharoitidagi muolajalarga kirishishingiz mumkin.

    Shampun tanlashda adashmang

    Birinchi galda vositalarning ikkitasi 1 da («2 v 1») turi — kompleks parvarishdan hozircha, bahorgacha voz kechib turing. Shampun va balzam (konditsioner)ni alohida flakonlarda xarid qi­ling. Bugungi kunda do‘kon rastalaridan shampunь, balzam, soch uchun maxsus niqoblarning anvoyi xillarini topishingiz mumkin. Kunlar soviy boshlaganda boshni harorati balandroq suvda yuvmagan ma’qul.

    «Qazg‘oq dastidan do-od! »

    Sochdagi qazg‘oqdan xalos bo‘lish va tez sinishining oldini olish uchun tuxum ko‘pigi bilan yuvish tavsiya etiladi. Bu­ning uchun tuxumni oz­roq suv bilan yaxshilab ko‘pirtirish lozim. Sochlaringizni ko‘pik bilan yuving, avval oddiy suv bilan, so‘ngra nordon (masalan, limon kislotali) suv bilan obdon chaysangiz kifoya.

    Qo‘lbola shampun tayyorlaymiz

    Umuman olganda, doim ham flakondagi shampundan foydalanish shart emas. Tuxum sarig‘i soch ildizini mustahkamlaydi. Oqidan ajratilgan tuxum sarig‘ini ko‘pirtirib, biroz suv va 50 ml aroq qo‘shing. Tayyor aralashmani bosh terisiga uqalovchi harakatlar bilan surting. So‘ng iliq suvda ­cha­yib oling.

    Yaxshisi, qatiq!

    Ko‘pchilik xonimlar sochlarini oddiy qatiqda yuvishni amalda sinab ko‘rishgan. Soch tolalari va bosh terisiga qatiq surtib, ro‘mol yoki sochiq bilan 10 daqiqaga o‘rab qo‘­yiladi. So‘ng iliq suvda hech qanday yuvish vositalarisiz yuvib tashlanadi.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Ummu Soliha

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #134 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Replied by Ummu Maryam on topic Sochni parvarishlash
    Sochlaringiz sog‘­lom ko‘rinishi uchun!

    1 choy qoshiq bura (tanakor) va 2 osh qoshiq qir­g‘ichdan o‘tkazilgan bolalar sovunini 1 stakan moychechak damlamasiga aralashtirib, 2 soatga olib qo‘ying. Aralashmani shampunь o‘rnida qo‘l­lashingiz mumkin. So‘ng sochlarni kuchsizroq sirkali suv (1 litr suvga 1 osh qoshiq olma sirkasi) yoki nordon (1 litr suvga 0, 5 choy qoshiq limon kislotasi) bilan chayish mumkin.

    Soch to‘kilishiga qarshi

    2 ta tuxum sarig‘i, 1 choy qoshiqdan sarimsoq sharbati, asal va aloe sharbatini oling. Barchasini aralashtiring, niqobni nam sochlaringizga surtib, tsel­­­­­­­lofan paket va sochiq bilan o‘rab qo‘ying. 20 daqiqadan keyin boshingizni shampunь bilan yuving. Sarimsoq hidini yo‘qotish uchun sochlaringizni quruq xantal aralashtirilgan suvda chayib oling.

    Yog‘li sochlar uchun

    1: 1: 1 choy qoshiq nisbatda asal, limon va aloe sharbati, maydalangan bir palla sarimsoq aralashtiriladi. Massa nam soch­lar ildiziga surtiladi. 30 daqiqacha sochiq bilan o‘rab qo‘­­­­­yilgandan keyin iliq suvda yuvib olinadi.

    «Tim qora sochlarim…»

    Agar sochlaringiz rangi to‘qroq bo‘lsa, ularni chayish uchun qichitqi o‘t, qulmoq (xmel), qariqiz, loviya qo‘zog‘i kabi damlamalardan foydalaning. Chuningdek, sochlaringiz yaltirab turishini istasangiz, 2 osh qoshiq choyni 1 litr suvda 5 daqiqa mobaynida qaynating. Keyin sochlaringizni iliq damlamada chayib oling.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Ummu Soliha

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 11 months ago #135 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Replied by Nigora2013 on topic Sochni parvarishlash
    Muzlatgichingizda kefir yoki mayonez bormi? Ular sochlar parvarishi uchun eng asqotuvchi mahsulotlardir. Ushbu maxsulotlardan birini soch ildiziga surtib, boshga selofan qalpoq kiyib, sochiq bilan o’rab olish lozim.

    Yuvganda ham shampun bilan emas, o’simliklar qaynatmasi yoki bir necha tomchi sirka qo’shilgan iliq suvdan foydalanish tavsiya qilinadi.

    Soch uchun qimmat bo'lmagan lekin samaraga ega bo’lgan parvarish vositasini qidiryabsizmi?Dorixonaga choping, u yerdan A, E yoki V vitaminlarini sotib oling. Ajoyib samaraga ega. Uni shampunga qo'shishda 1 ta tabletka bir marta foydalanish uchun ekanligini hisobga olish zarur. Tabletkani har qanday efir moyiga qo'shib ishlatsa ham bo’ladi.

    Tuz nafaqat taom mazasini meyorga keltiradi balki sochlar parvarishiga ham samarali ta’sir etadi. Qanday foydalanish mumkin? Kam hajmda tuzni olasiz ( imkon qadar yodlanganini), nam sochga boshni massaj qilgan holatda surtib chiqasiz. Shundan so’ng qolgan jarayonlar esa oddiy, sochga niqob yoki balzam surtib iliq suv bilan yuvib tashlaysiz. Natija : soch to’kilishi kamayganini va sochlar yumshoqlashganini seza boshlaysiz.

    Dori qutichangizda aspirin tabletkasi bormi? Shampuningizga ikki dona aspirin tabletkasi qo’shib yuborin. Sochlar chigallanish so’zini unuta boshlaydi. Kafolatlangan natijani esa o’zingiz ham payqay boshlaysiz.

    Eng arzon turadigan konyakka tuhum sarig’ini qo’shing. Tayyor bo’lgan suyuqlikni soch ildiziga surtib sellofan qalpoq kiyib oling va sochiq bilan orab oling. 20 daqiqadan so’ng niqobni yuvib tashlang. Ilk foydalanishingizdan so’ng sochlardagi yoqimli o’zgarish va mayinlikni seza boshlaysiz.

    Quyidagi usullar soch parvarishi uchun ko’p pul sarflashning hojati yo’q ekanligini isbotlat oladi. Yana bir kerakli maslaxat: ushbu jarayonlar kuchli ta’sirga ega biroq har kuni foydalanishni maslaxat bermaymiz. Ushbu niqoblardan haftada ikki bora foydalanish yetarli.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zumrad, dilimda, Muhlisaxon, Sattorova

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 11 months ago #136 Muhlisaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 787
  • Rahmat olgan: 320

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Muhlisaxon on topic Sochni parvarishlash
    👍👍👍👍👍rahmat Farida. Shunaqa maskalani o'qiganimda rasa tayyalab ko'rgim keladiyuu hiich qimiman lekin😂😂😂
    Yaqinda qaynisinm ettila tarvuzi pochgini suvini chiqarib (sokiviyjmalkada bosa kere) sochi chayish kerekan. Eeng zo'r foydali usul didila
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Nigora2013

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 11 months ago #137 Muhlisaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 787
  • Rahmat olgan: 320

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Muhlisaxon on topic Sochni parvarishlash
    Tarvuz sezoni boganiga silgayam etvomaan😀😀😀

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 11 months ago #138 dilimda

    • Qirolicha
    • Qirolicha

  • Izohlari: 2272
  • Rahmat olgan: 1983

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by dilimda on topic Sochni parvarishlash
    Тарвузни эшитмаган эканман, қилиб кўрсаммикан-а?

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 11 months ago #139 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Replied by Nigora2013 on topic Sochni parvarishlash

    dilimda wrote: Тарвузни эшитмаган эканман, қилиб кўрсаммикан-а?

    Qilib ko'ring Dilfuza opa natijasini aytarsiz?
    Muxlisa menham xech toqat qilolmiyman.Erinmaydigan qizlarimizga foydasi tegib qolar dedimda.1 kun qunt bilan bajarib ko'raman 2 kuni erinchoqligim tutib qoladi 😁.Dilfuza opam ajinga qarshi niqob qilib yuzidagi natijani ko'rib menham niqob qilib ko'rdim 4 kun qildim 2 kundan beri erinchoqligim tutib qoldi 🙁

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 11 months ago #140 dilimda

    • Qirolicha
    • Qirolicha

  • Izohlari: 2272
  • Rahmat olgan: 1983

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by dilimda on topic Sochni parvarishlash
    Кеча уйда тарвуз турганди, бир қилмоқчи эдим, қарасам кеч бўлиб қолибди, чарчаганим учун эриндим. Фарида мен ҳам бир-бир шунақа эриниб қоламан. киришсам ҳар куни қиламан. Кеча помидорли маска қилдим юзимга. Помидорга туз сепиб юзимга ишқаладим. Бу юзни оқартиришга фойдали экан. Ростан эрталаб юзим анча оқаргандек кўринди менга. Ярмини еб, ярмини юзимга суриб юзни парваришладим.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.496 seconds

    Kitob do'koni