chaqaloq kindigi

Yangi tug'ilgan chaqaloq kindigining tushishi

Tug'ruqxonadan uyga chiqgach chaqaloqning kindigi hali tushmagan bo'ladi. Shu davrda chaqaloq kindigida muammolar, chaqaloq kindigi yiringlashi, kindikning uzoq tushmasligi, kindikdan suyuqlik ajralishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin. 

2 oylik chaqaloq uxlashi

Chaqaloqning uyqusi

Yangi tug'ilgan chaqaloqning uyqusi uning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Chaqaloqda TORCH infeksiya

Ba'zida homiladorlik yaxshi kechadi, chaqaloq vaqtida tug'iladi va hammasi yaxshidek ko'rinadi-yu, keyin bir necha kun o'tgach bola ahvoli yomonlashishni boshlaydi. Shunda bola tug'ilayotganida onasidan TORCH infeksiyani yuqtirib olgan bo'lishi mumkinligi tekshiriladi.  

Bolaning barmoq uchida yurishi: sababi va yechimlari

Bolaning barmoq uchida yurishi: sababi va yechimlari

Bolaning barmoq uchida yurishi qachon muammo bo'lishi mumkin?

Qachon bola o'tiradi?

Chaqaloqning jismoniy rivojlanishi

Bolalarning o'sish va rivojlanishini kuzatib holda olimlar quyidagi natijalarga keldilar. Bolada, ayniqsa 0-3 yoshdagi bolalarda judayam katta psixologik va jismoniy rivojlanish sodir bo'ladi. Bu rivojlanish kun sayin emas, balki har bir daqiqada sodir bo'larkan. 

chaqaloqni parvarish qilish

Chaqaloq parvarishi

Chaqaloq parvarishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar quyidagi 10 tamoyilga asoslansalar bola parvarishi osonroq bo'ladi.

O'g'il bolani qachon kestirish(xatna, sunnat qildirish) kerak?

Musulmonchilikda ham tibbiyot nuqtai nazaridan ham o'g'il bolani kestirish kerak hisoblanadi.

Chaqaloq "injiqliklari"

Chaqaloqning yig'lashi va injiqliklari

Chaqaloq ham injiq bo'ladimi? Yo'q, albatta. Lekin uning ba'zi qiliqlari ota-onani qiynab qo'yishi mumkin. Nima qilsa bo'ladi?

Bola boshi bilan yiqilsa

Bola boshi bilan yiqilsa nima qilish kerak?

Bolaning bosh suyaklari juda qattiq bo'lib, miyani lat yeyishidan himoya qilib turadi. Aynan shu suyaklar tufayli yiqilganda miya shikkastlanmay, asosan boshning ustki qoplami zarba yeydi. Buning alomatlari quyidagicha namoyon bo'ladi:

bolaning yiqilishi

Chaqaloq tushib ketsa, nima qilish kerak?

Bolaning yiqilishi unga jiddiy ziyon yoki jarohat keltirishi mumkinligi uchun ota-onani qattiq vahimaga soladi. Lekin ko'pincha bolaning yiqilishi jiddiy bo'lmaydi. Quyidagi maslahatlar ota-onaga bola yiqilsa qanday yo'l tutishi mumkinligini ko'rsatib beradi. 

Zaharli o'yinchoqlar

O'yinchoqlarning zarari

Bolalar uchun yaratilgan o'yinchoqlar aslida eng zararsiz bo'lishi kerak, axir bolaning deyarli butun bolalik umri o'yinchoqlar yonida o'tadi. Lekin hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun sizning farzandingiz salomatli hech qanday o'rin egallamaydi. Ba'zi o'yinchoqlar ichidagi komyoviy vositalar hatto saraton kasalligini ham keltirib chiqarishga sababchi bo'lishi mumkin ekan. Shunday ekan bolani zaharli o'yinchoqlardan asrash ota-onaning vazifasidir.

bolada raxit

RAXIT: alomatlari va davolanishi

Bola organizmida D vitaminining yetishmovchiligi raxit kasalligiga, immunitet pasayishiga va ko'z ko'rish qobiliyatining buzulishiga olib keladi. Negadur, shifokorlar deyarli barcha bolalarda raxit bor deb qo'shimcha vitamin D ichishni tavsiya qiladilar. Aslida vitamin D yetishmovchiligini aniq bilmasdan uni qo'shimcha ravishda ichish organizmda vitamin D miqdorini oshib ketishiga bu esa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qanday qilib bolaga tabiiy vitamin D yetyaptimi, yo'qmi aniqlasa bo'ladi?

Muddatidan oldin (chala) tug'ilgan bola

Muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloq

Bolaning ona qornida rivojlanish davri 38-40 hafta davom etadi. Homila tashqi muhit ta'siridan onaning organizmida himoyalanadi va ona organizmi orqali hayot uchun muhim bo'lgan ozuqa oladi va to'liq rivojlanadi. Normada bola homiladorlikning oxiriga kelib tug'ilishi lozim. Bu muddatda uning barcha organlari tashqi muhitda bemalol faoliyat ko'rsata oladi. Agar bola muddatidan oldin tug'ilib qolsa, u holda u shifoxonada maxsus nazorat ostiga olinadi.

Chaqaloqning qusishi

Chaqaloqning qusishi

Ba'zi chaqaloqlar emgan sutini ma'lum bir qismini qusib yuboradilar. Qusish sababi nima? Bu haqda bezovta bo'lish kerakmi? 
Aslida chaqaloqning qusishi uni emas ko'proq onani bezota qiladi. Odatda bola emgan sutining arzimas qismini qusib yuboradi. Bir osh qoshiq qusib yuborilgan sut kiyimda ko'pdek tuyulishi hech gap emas.

Emlash, kerakmi?

Bolani emlatish (emlash)

Pediatrlar fikricha, barcha bolalar yoshligida emlanishi kerak. Lekin ayrim ota-onalar bolasini emlatishdan bosh tortadilar.

Quyidagi material emlash haqida kengroq ma'lumot beradi:

Tish chiqishi alomatlari

Chaqaloqning tishi chiqishi

Bolaning tishi chiqishi ba'zida qiyinchiliklar bilan kechadi. Ba'zi bolalar bu davrdan oson o'tadi. Har qanday vaziyatda ota-onalar bilishi kerak bo'lgan narsalar mavjud. 

bo'yin qiyshiqligi

Bo'yin qiyshiqligi

Bo'yin qiyshiqligi - bo'yin deforatsiyasi bo'lib, bunda bosh bir tomonga egilgan bo'ladi. Bo'yin qiyshiqligi suyak, mushak va asab to'qimalarining holatini buzulganligidan dalolat beradi.

bolaning teri

Bolaning terisi

Bolaning terisi kattalarnikidan farq qiladi, shuning uchun bolaning terisiga alohida ahamiyat berish lozim.

Birinchidan, bolada ter chiqaruvchi bezlar rivojlanmagan bo'ladi. Shuning uchun bola badanidan issiqlikni ter orqali emas, o'pkasi orqali chiqaradi. Quruq yoki issiq havo o'pka orqali badan issiqligini chiqarishga to'sqinlik qiladi va bolaning hali yaxshi rivojlanmagan ter bezlariga og'irilik tushib, bola terisiga ziyon yetadi.

zaharlanishi

Bola zaharlanishi

Bola zaharli modda iste'mol qilganini bilsangiz, darhol toksikologik markaziga olib boring yoki kasalxonadan tez yordam xizmatini chaqirtiring !

Ularga quyidagi ma'lumot kerak bo'ladi:

Bolaning kechasi uyg'onishi

Bolaning kechasi uyg'onish sabablari

Bolaning kechasi uyg'onish sabablari quyidagilardan iborat:

Bola so'rg'ich so'rishi

So'rg'ich so'rish zararmi?

So'rg'ichga o'rganib qolgan bolani undan ajratish unchalik oson ish emas. Bolani psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatmay so'rg'ichdan voz kechish muddatini bola 2 yosdan oshganda amalga oshirgan ma'qul. Uzoq davr mobaynida (2-4 yildan ko'p) bola so'rg'ichni so'rib yursa, uning jag'i noto'g'ri shakllanadi, tish qisishi ochiq holda qoladi, o'rta quloq kasalliklari yuzaga kelishi mumkin va hokazo.

Bolaga qo'shimcha ovqat berish tartibi

Qo'shimcha ovqat berish boshlaganda eng asosiy tamoyil - bu shoshmaslik.

girshikka borish

Bolani 7 qadamda tuvakka o'rgatish

Quyidagilarni amalga oshirib ko'ring:

1. Bolangiz gorshokka o'tirishga tayyor ekanligiga amin bo'ling.

Gorshokka o'rganish bola rivojlanishidagi yangi bir bosqichdir. Qanday bo'lmasin, yangi bosqichdan o'tish bolada ma'lum bir psixologik va jismoniy o'zgarishni talab etadi. Bolaning turmush tarziga yangilik kiritayotganingizda avallambor uning o'ziga qarang. Bola bunga tayyormi, yo'qmi? Gorshokka tayyor bo'lganini quyidagilardan aniqlashingiz mumkin:

emizishdan chiqarish

Bolani emizishdan chiqarish

Bolani ko'krak sutidan ajratish ona uchun ham, bola uchun ham juda yoqimsiz va achinarli holat. Ko'krakdan ajratishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'rish kerak. Imkoniyat va xohishingiz bo'lsa, bola sutdan o'zi chiqib ketguncha emizganingiz yaxshi, lekin bu davr kamida 1-2 yilni tashkil qilishi kerak.

Ko'krak sutini ko'paytirish

Ko'krak suti: ko'paytirish, sog'ish va saqlash

Quyidagi maslahatlar ko'krakda sut ishlab chiqarilishini ko'paytirishga yordam beradi.

EMIZISH

EMIZISH

Homiladorlik davridan o'zingizga niyat qilib qo'ying: "bolamni o'z sutim bilan emizaman" deb, siz qanchalik bunga jismonan va psixologik yondashgan bo'lsangiz, shunchalik emizish jarayoni oson va qulay kechadi.

Emizish tug'ish kabi tayyorgarlikni talab etadi. Emizishga siz jismonan, psixologik qanchalik tayyor bo'lsangiz, emizish jarayoni ham shunchalik oson kechadi.

g'ilaylik

Chaqaloqning ko'zi g'ilay bo'lib qolishi

Ko'pincha yangi tug'ilgan chaqaloqning ko'z ikki chetga yoki o'rtaga qarab siljib qoladi. Shunda ko'zlari g'ilay bo'lib qolganidan ota-ona cho'chib ketadi. Ko'zi har xil tomonga ketib qolishi bir necha soniya davom etadi. 

Chaqaloqning qorni og'rishi (gazlar, meteorizm)

Chaqaloqning qorni og'rishi (gazlar, meteorizm)

O'sayotgan bola uchun havo yutib olib, chiqarish oddiy holdir. Lekin qorni ichida gazlarning ortib ketishi kichik bolada qiyinchiliklar keltirishi mumkin. Bola organizmida gazlar yig'ilib qolsa, ularni chiqarish yo'llari mavjud.

Bola organizmda havo kamroq kirishini ta'minlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilaylik:

quloq eshitishi

Chaqaloqning eshitishi

Yangi tug'ilgan chaqaloqning qulog'i yaxshi eshitadimi, yo'qmi? Buni uy sharoitida tekshirib ko'rish mumkin. 

5 yoshlik bola rivojlanishi

5 yoshlik bola rivojlanishi

Yoshi 5 ga to'lgan bola ko'p narsalarni mustaqil ravishda bajara oladi. Bu davrda ularning ma'naviy rivojlanishi nihoyatda keskin bo'ladi. Oila 5 yoshlik bola uchun eng muhim va eng kerakli maskan. Aynan oila davrasida u ochiladi. 

3 yoshlik bola rivojlanishi

3 yoshlik bola rivojlanishi

Uch yoshli bola o'rtacha kuniga har 3.5-4 soat oralig'ida 4 marta ovqatlanadi. Kuniga bir marta 2-2.5 soat davomida uxlaydi. Uch yoshga kelib bola 1500 ga yaqin so'zni biladi va murakkab iboralarni ishlata oladi. O'g'il bolalarning o'rtacha vazni bu davrga kelib 13.7-16.1 kg tashkil etsa, qiz bolalarniki 13.0-16.5 kg ni tashkil etadi. Qizlar bo'yi o'rtacha 91-99 sm bo'lsa, o'gil bolalarniki 92-99 sm bo'ladi.

2.5 yosh

2.5 yoshlik bola rivojlanishi

Ikki yarim yoshli bola kuniga 12-12.5 soat uxlaydi. Shundan kunduzi o'rtacha 2-2.5 soat uxlaydi. Ikki yoshdan keyin shu davrgacha bola 1.5-2 kg semirgan bo'lib, 2-3 smga bo'yi o'sgan bo'ladi. Aqliy rivojlanishi esa ancha oldinda.

2 yoshlik bola rivojlanishi

18-24 oylik (2 yosh) bola - rivojlanishi

Bu davrda bola kim ekanligini, qayerda ekanligini va nima qila olishini aniq biladi. Bolaning intellektual rivojlanishi 2 yoshdan boshlab tezlashadi. Endi u xayolida buyumlarni tasavvur qilib, nimadir qilishdan yoki gapirishdan oldin o'ylaydi.

1.5 yoshlik bola rivojlanishi

15-18 oy(1.5 yosh)lik bola - rivojlanishi

Bola rivojlanishining bu bosqichida ko'rsatkichlar tezligi oshadi, ya'ni bola tezroq yuradi, yuguradi, zina yoki mebel jihozlari ustiga tezda chiqib oladi. Shu yoshdagi bolaga 4 g'ildirakli mashinani olib berishingiz mumkin, chunki mashina ustida o'tirib, oyoqlari bilan harakat qilish uning eng sevimli mashg'ulotidir.

12 oylik bola rivojlanishi

12-15 oylik bola - rivojlanishi

Bola 1 yoshdan o'tganda uning jismoniy rivojlanishidan ko'ra ma'naviy rivojlanishi tezlashadi. Agar 1 yoshgacha siz uning har oyda bir necha grammga semirganini kuzatib xursand bo'lib yurgan bo'lsangiz, endi esa uning har bir qilayotgan qilig'iga, uning fikrlay olish qobiliyatiga xursandchilik bilan qaray boshlaysiz.

1 yoshlik bola

10-12 oylik bola - rivojlanishi

O'n- o'n ikki oylik bola kun sayin o'sib bormoqda. Uning vazni o'rtacha 8-11.8 kg (o'g'il bola bo'lsa) yoki 7.7-11.3 kg (qiz bola bo'lsa) bo'ladi. Bo'yi o'rtacha 68.8 sm dan 77.1 sm gacha bo'ladi.

9 oylik bola rivojlanishi

9 oylik bola - rivojlanishi

To'qqiz oyga kelib bola ota-onaning e'tiboriga yanada mushtoq bo'ladi. Ota-ona bilan o'ynagisi keladi. Atrof muhitga qiziqishi kuchayadi. Bu davrda bolalarning aksariyati q'shimcha ovqatga o'tgan bo'ladi, lekin ko'krak suti hali ham eng asosiy taom bo'lib qolishi lozim.

8 oylik bola rivojlanishi

8 oylik bola - rivojlanishi

Bu oy bolajoningiz vazniga qo'shimcha qilib 400-500 gramm berdi. Bo'yi esa 2 sm ga oshdi. Bosh aylanmasi 0.5 sm ga va ko'krak aylanmasi 0.5 sm ga ko'paydi. Bu davrda ko'pchilik 3 yoki 4 dona tishi bilan maqtanishi ham mumkin. Lekin ayrim bolalarda bu davrda endi-endi birinchi tishlari chiqayotgan bo'lishi ham mumkin.

7 oylik bola rivojlanishi

7 oylik bola - rivojlanishi

Yetti oyda bola hayotining 2 yarim yilligi boshlanganidan dalolat beradi. Odatda 7 oyning oxirlariga kelib, bola qandaydir harakat usulini o'rganib olgan bo'ladi (emaklash, siljib yurish, xodunokda yurish). Agar oldin ota-ona bemalolroq bo'lib, stol ustida dori, yoki mayda narsalarni tashlab ketishga qo'rqmagan bo'lsa, endi juda ziyrak bo'lmoqlari talab etiladi. Bolani qo'li endi ko'p joyga yeta oladi.

6 oylik bola rivojlanishi

6 oylik bola - rivojlanishi

Bola hayotining birinchi yarim yilligi o'tdi. Shu oyda bolaning vazni yana 600-650 grammga, bo'yi esa 2.5-3 sm ga oshdi. Shu davrda ko'pchilik bolalarda tish chiqishi boshlanadi. AKDS emlatishning uchinchi bosqichi amalga oshiriladi. Bolaning miya rivojlanishi jadal sur'at bilan ketmoqda.

5 oylik bola rivojlanishi

5 oylik bola-rivojlanishi

Beshinchi oyda bola vazni 650-700 grammga oshadi, bo'yi esa o'rtacha 3 smga ortadi. Bosh aylanmasi 1 sm ga va ko'krak aylanmasi 1.5-2 sm kengayadi. Albatta psixik rivojlanish ham jaddal bormoqda.

4 oylik bola rivojlanishi

4 oylik chaqaloq - rivojlanishi

To'rt oylik chaqaloq rivojlanishi jaddal kechadi. Bu tezlik birinchi 3 oydagi tezlikka qaraganda biroz past bo'lsada, lekin baribir keyingi oylarga nisbatan yuqori. To'rtinchi oyning oxiriga kelib bola tana massasi o'rtacha 750-800 grammga ortadi, bosh aylanasi 1-1.5 sm ga kattalashadi, ko'krak qism aylanasi 1.5-2 sm ga oshadi. Bolaning umumiy bo'yi esa 2.5 sm ga ortadi.

3 oylik bola rivojlanishi

3 oylik chaqaloq rivojlanishi

Agar bir oylik chaqaloq, 2 oylik chaqaloq bilan ota-ona muloqot qilib hali unchalik javob olmagan bo'lsalar, 3 oylik chaqaloq bilan endi xursand bo'lish vaqti keldi:

2 oylik bola rivojlanishi

2 oylik chaqaloq-rivojlanishi

Ikki oylik chaqaloq 1 oylikdan ko'ra ancha katta desak adashmaymiz. Oradan bir oy o'tgan bo'lsada, uning rivojlanish darajasi keskin ortib boradi. Bu davrdan boshlab iloji boricha bola bilan ko'proq gaplashing, unga tabassumingizni ayamang. Bolangiz uchun yoqimli qo'shiqlarni ayting, ota yoki ona ovozi bilan aytilgan mayin qo'shiq bola uchun butun umrga esdalik bo'lib qoladi. Bolaning ko'rish qobiliyati ham keskin kuchayib boradi.

1 oylik bola rivojlanishi

1 oylik chaqaloq-rivojlanishi

Bu davr bola hayotidagi boshlang'ich davr hisoblanadi. Bola 9 oy ona qornida bo'lib, dunyoga kelib u yerga moslashishni, ehtiyojlarini qondira olishni, talablarini eta bilishni o'rganadigan davr desak bo'ladi. Bir oyning oxiriga kelib bola buyumlarni bir necha soniya davomida kuzata oladi, tovushlarga ahamiyat bera boshlaydi. Ayrim baxtiyor ota-onalar farzandining birinchi tabassumini guvohi bo'lishga sazovor bo'ladilar.

Kitob do'koni