Homiladorlikda jinsiy aloqaning zarari

Homiladorlik davrida ayollarning jinisy aloqaga bo'lgan munosabati o'zgarishi mumkin. Bunga organizmda bo'layotgan keskin gormonal o'zgarishlar sabab bo'ladi.

homiladorlikda koronavirus

Homilador ayolning pandemiya davridagi psixologik holati

Homiladorlik payti ayolning psixologik holati zaiflashadi. Pandemiya esa bu holatlarni murakkablashtiriishi mumkin. Quyida Angliyaning Royal College of Psychiatrics universitetini bu boradagi tavsiyalarini taqdim etamiz.

O'g'il homila belgilari

Ota-onalar ko'pincha homila o'g'ilmi qizmi oldindan bilishni yoki taxmin qilishni istaydilar.

Abort - homilani tushirish yoki oldirish

Istalmagan homiladorlikni to'xtatishning iloji bormi? Shifokorga bormay turib homiladorlikning ilk davrida homilani tushirsa bo'ladimi?

Homiladorlikda ich qotishi (qabziyat): oldini olish va davolash

Homiladorlikda ich qotishi (qabziyat): oldini olish va davolash

Qabziyat erkaklardan ko'ra ayollarda ko'p uchraydigan holatdir. Homiladorlikda esa qabziyat bo'lishi ehtimoli yanada oshadi. 

Homiladorlikda qanday uxlash(yotish) lozim

Ayol yotganida badani karavoti bilan kurashishi ayollarga tanish holat. Unday yotsa ham, bunday yotsa ham joyini topa olmaydi. 

Homiladorlikda asabiy bo'lish, yig'lash

Homiladorlikning alomatlaridan biri asabiylashish, yig'lash desak adashmagan bo'lamiz. Aslida xursand bo'lib yuradigan ushbu davrda ko'pchilik ayollar asabiy, yig'loqi bo'lib qoladi. Nega?

Homiladorlik davomida homila razmeri (solishtirish)

Homila bachadonda rivojlanayotganda uni razmerini qaysi meva bilan solishtirsa bo'ladi?

O'lik homila - homilaning nobud bo'lishi

Homilaning bachadonda rivojlanmay qolib tushib qolishi yoki bachadon ichida nobud bo'lishi o'lik homilaga olib keladi. 

homila oldi suvi

Qog'onoq suvi (homila oldi suvi)

Homila oldi (qog'onoq) suvi ko'p yoki kam bo'lishi ba'zida patologik holat mavjudligidan dalolat beradi.

Bolaning bachadonda noto'g'ri joylashuvi

Homilaning bachadonda noto'g'ri joylashuvi

Homiladorlikning 32-35 haftasidan so'ng bola chiqish yo'li tomon boshi bilan emas, yoni yoki tozi bilan joylashgan bo'lsa, noto'g'ri joylashuv hisoblanadi va kesarcha kesish orqali tug'dirilishni taqazo etishi mumkin.

yo'ldosh joylashuvi

Yo'ldoshning joylashuvi

Homiladorlik davomida yo'ldoshning to'g'ri joylashuvi muhim ahamiyatga ega. Normada yo'ldosh bachadonning yuqori qismida joylashgan bo'lishi kerak.

siyib qo'yish

Homiladorlik payti siydikni ushlay olmaslik

Bu holat ko'pincha 2 chi va undan keyingi homiladorliklarda namoyon bo'ladi. Undan tashqari 3 trimestrda ham siydik pufagi ezilishi natijasida tez-tez ichki kiyim xo'l bo'lib qolishi kuzatladi.

Homiladorlikda og'riqlar

Homiladorlikda og'riqlar

Homiladorlik davomida ayolni turli xil og'riqlar bezota qilishi mumkin. Bularning ba'zilari homiladorlik uchun xavf soluvchi og'riqlar bo'lsa, ba'zilari xavfsiz normal og'riqar hisoblanadi.  Ularni qanday ajratsa bo'ladi?

anemiya homiladorlik

Ayolda kamqonlik (anemiya)

Kamqonlik (anemiya) holati organizmga xavf tug'dirishi mumkinligi tufayli albatta davolanishi kerak. Lekin, anemiya turini bilmay turib uni davolash foyda keltirmasligi mumkin.

Har qanday anemiyani davolashda 2 yo'ldan foydalaniladi:

1. Qondagi qozil moddalarning yoki gemoglobinning darajasini normaga keltirish. Natijada tana a'zolari kislorod bilan kerakligicha ta'minlanadi.

2. Anemiya holati sababchisi bo'lgan kasallikni aniqlash va davolash.

Anemiya davolanmasa nima bo'ladi?

Anemiya davolanmasa tana a'zolari kislorod yetishmovchiligidan qiynaladi va zaiflashadi. Anemiya holatida yurak faoliyati tezlashgani tufayli yurakka zarba yetishi mumkin.

Anemiya alohida bir kasallik bo'lmay, organizmdagi boshqa kasallikning alomatidir. Ba'zi hollarda anemiya juda katta xavf tug'dirishi mumkin.

Anemiya nima degani?

Anemiya holati qonda qizil hujayralarining normadan kamroq bo'lishiga yoki qondagi qizil hujayralari keraklicha gemoglobin ishlab chiqara olmasligiga aytiladi. Gemoglobin - bu protein bo'lib, qonga qizil rang beradi. Uning asosiy funksiyasi organizmdagi barcha a'zolarga qon orqali kislorod yetkazib berish. Tana a'zolariga kislorod yetishmasa, ular o'z faoliyatini yaxshi bajara olmaydi.

Anemiya turlari qanday?

Anemiya quyidagi hollarda yuzaga keladi:
1. Organizm ko'p qon yo'qotayotgan bo'lsa (hayzning ko'p kelishi, shikkast, ba'zi kasalliklar);
2. Organizmda qizil qon hujayralarini ishlab chiqarish muammosi mavjud;
3. Yangi qizil qon hujayralari yuzaga kelishidan oldin mavjud qon hujayralari tez nobud bo'lmoqda;
4. Yuqoridagi holatlar bir vaqtning o'zida birgalikda o'rin olmoqda.

Anemiyaning kelib chiqishi sababiga ko'ra bir necha xil turlari mavjud:

Temir moddasi yetishmovchiligi bilan bog'liq anemiya (Iron deficiency anemia). Anemiyaning bu turi eng ko'p tarqalgan turidir. Bu anemiya organizmga temir moddasi yetishmovchili tufayli yuzaga keladi. Temir moddasi esa gemoglobin yaratish uchun zarur. Bunday anemiyaga infeksiyalar, jarrohlik operatsiyasi, ko'p miqdorda va uzoq davm etadigan hayz sikli, saraton kasalligi, poliplar va aspirin kabi dori vositalarining ko'p qabul qilinishi sabab bo'ladi.

Homiladorlikda yetarlicha temir moddasini qabul qilmaslik anemiyaga temir moddasi yetishmovchiligi anemiyasiga olib kelishi mumkin. Go'sht, baliq, tuxum va temir moddasi bilan boyitilgan mahsulotlarni ko'proq yeyish anemiyaning ushbu turini oldini olishga yordam beradi.
Ba'zi kasalliklar (Kron kasalligi) va dori vositalari temir moddasini organizmga singishini qiyinlashtiradi.

Vitamin yetishmovchiligi bilan bog'liq anemiya. Ushbi anemiyani yuzaga kelishiga organizmga asosan vitamin B12 yoki foliya kislotasining yetishmovchiligi sabab bo'ladi. B12 vitamini qizil qon hujayralarini ishlab chiqarish va asab tizimini normada bo'lishi uchun kerak. Uning yetishmovchiligi xotiraning pasayishiga, oyoqlarning og'rishiga olib kelishi mumkin. B12 vitamini hayvonot mahsulotlarda mavjud. Lekin ba'zi kasalliklar (immun kasalliklari) B12 vitaminini organizmga singishiga to'sqinlik qiladi.

Foliya kislotasi yetishmovchiligi bilan bog'liq anemiya. Anemiyaning ushbu turi ko'pincha homiladorlikning 3 trumestrida yuzaga keladi. Aynan shu davrda organizmning foliya kislotasi (vitamin B) ga muhtojligi ortadi.

Tana a'zolari kasalliklari natijasida yuzaga kelgan anemiya. Ba'zi kasalliklar organizm qizil qon hujayralarini ishlab chiqarish funksiyasiga zarba beradi. Masalan, buyrak kasalliklari ko'pincha anemiya sababchisi bo'ladi.

Qon kasalliklari bilan bog'liq anemiya. Bu kam uchraydigan anemiya bo'lib, bunga talassemiya, aplastik anemiya, sickle cell anemiya qon kasalliklari sabab bo'lishi mumkin. Agar oila a'zolari ushbu kasalliklarga chalingan bo'lsa, u holda anemiyaning bu turini vujudga kelish xavfi yuqori bo'ladi.

Kamqonlik alomatlari qanday?

  • Anemiya ma'lum davr ichida rivojlanadi. Uning boshida alomatlar deyarli sezilmaydi, lekin kasallik rivojlangan sari quyidagi alomatlar paydo bo'lishi mumkin:
  • Bosh og'riq;
  • Bo'shashish;
  • Bosh aylanish;
  • Ko'ngil aynash;
  • Titroq;
  • Qo'l va oyoqlarning muzlashi;
  • Tana haroratining pastligi;
  • Terining och rangli bo'lishi;
  • Yurak urishining tez yoki nomuntazam bo'lishi;
  • Nafas olishning qisqarishi;
  • Ko'krak og'rig'i;
  • Ish faoliyatining buzulishi.

Yuqoridagi barcha alomatlar yurak qonni tezroq yurgazishni, natijada tana a'zolariga yetarlicha kislorod yetkazib berilishi uchun tezroq harakat qilishidan vujudga keladi.

Temir moddasi bola organlarining rivojlanishida juda muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy roli qon tarkibida kislorod tashuvchi gemoglobin moddasini qurishdir. Kislorod organizm bo'ylab qanchalik yaxshi tarqalsa, organlars hunchalik yaxshi rivojlanadi va yaxshi faoliyat ko'rsatadi. Gemoglobin moddasining kamligi anemiyaga olib keladi.

Bolalar ham, xomilador ayollar ham kamqonlikni oldini olish uchun temir moddasiga boy mahsulotlardan ko'proq iste'mol qilish lozim. Bu mahsulotlar...

1. Ko'krak suti;
2. Temir moddasiga boyitilgan chaqaloqlar uchun sun'iy sut;
3. Ertalabki tayyor temir moddasi bilan boyitilgan boshoqli nonushtalar;
4. Ustritsa;
5. Jigar;
6. Qizil rangli go'sht;
7. Parranda go'shti;
8. Baliq;
9. Qovoq danagi;
10. Pista.

Shuni unutmang-ki, go'sht mahsulotidagi temir moddasi organizm tomonidan 20% qabul qilinsa, boshqa temir moddasi mavjud o'simlik va sabzavot manba'lardagi temir moddaning atigi 5 % organizm tomonidan qabul qilinadi.

Bolani tug'ilganidanoq temir moddasi bilan ta'minlashni istasangiz, albatta uni ko'krak suti bilan emizing.

  • Vitamin C ga boy mahsulotlar temir moddasini organizmga singishiga yordam beradi (masalan, apelsin sharbati, brokkoli, qulupnay ba hokazo).
  • Ovqatlanayotganda choy va kofeni birga is'temol qilmaslik kerak, chunki ular temir moddasini singishiga to'sqinlik qiladi.
  • Kalsiy va temir moddasini bir vaqtda qabul qilmaslik kerak.
  • Organizmda B12 vitamini va foliya kislotasida yetishmovchilik bo'lmasligi zarur.
  • Shifokor bilan maslahatlashgan holda temir moddasi vitaminini qabul qilish foydadan holi bo'lmaydi.

Homiladorlikda temir moddasini qancha ist'emol qolish kerak?

Homilador ayol temir moddasiga oddiy ayolga ko'ra ikki barobar ko'proq muhtoj. Homiladorlikda anemiyaga ehtiyot bo'lish kerak, chunki o'sayotgan homilaning sog'lom rivojlanishi uchun temir moddasi juda zarur. Shuning uchun shifokor maslahatiga ko'ra, ba'zi homilador ayollar temir moddasini vitamin shaklida qabul qilishlari talab etiladi. Bunda anemiya borligini qon tekshirvulari orqali amin bo'lish shart.

MUHIM! Temir moddasi darajasining organizmda meyoridan ortib ketishi unga zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun faqatgina shifokor maslahati bilan temir moddasi vitaminini qabul qilish tavsiya etiladi.

Homilador ayollarning deyarli 30 foizi anemiyani boshidan kechiradi. Vaqtida davolanmagan anemiya homilaga ham, homilador ayolga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Anemiyaning bir necha turi mavjud bo'lib, homiladorlik davrida asosan temir moddasi yetishmovchiligi anemiyasi yuzaga keladi.  

Homilador ayolda anemiya borligini qanday bilsa bo'ladi?

Odatda homilador ayol ginekolog nazoratida bo'lganida, bir necha bor qon analizlarini topshiradi. Shunda uning qonidagi gemoglobin darajasi ham aniqlanadi. Gemoglobin darajasi pasayib ketgan bo'lsa, onada anemiya rivojlanayotgani aniqlanadi. Agar homilador ayol egizaklarni ko'tarayotgan bo'lsa, u holda homiladorlik davomida gemoglobin tez-tez tekshirilib turadi.

Odatda, normal homiladorlikda qondagi gemoglobin darajasi o'zgarib turadi. Agar homiladorlikning boshida u kerakli darajada bo'lsa, uchinchi trimestrga kelib pasayishi namoyon bo'ladi.

Agar anemiya rivojlanayotgani aniqlansa, u holda ginekolog qo'shimcha temir moddasini vitamin shaklida qabul qilishni tavsiya etishi mumkin.

Temir moddasi yetishmovchiligi tufayli anemiya kimda yuzaga keladi?

  • Temir moddasiga boy mahsulotlar (qizil go'sht, o'rik, uzum, banan, mayiz va hokazolar)ni kam iste'mol qiluvchilarda;
  • Homilador bo'lishdan oldin ko'p qon ketadigan hayz ko'radigan ayollarda;
  • Egizaklarni ko'tarayotgan homilador ayollarda;
  • Yoshi 20dan kam bo'lgan ayollarda.

Anemiyaning alomatlari qanday bo'lishi mumkin?

  • Kuchsizlanish va holsizlik;
  • Tez charchash;
  • Yurakning tez urishi;
  • Ba'zi homilador ayollar bosh og'riq, bosh aylanish, quloq shang'illashini ham sezishi mumkin.

{xtypo_quote} Bu alomatlarni homiladorlikning ilk trimestrida yuzaga keladigan toksikoz va holsizlik bilan adashtirmaslik lozim.{/xtypo_quote}

Organizmni temir moddasi bilan boyitish uchun nima qilsa bo'ladi?

Temir moddasining yetishmovchiligini qoplash uchun eng yaxshi yo'l, kerakli mahsulotlarni muntazam ravishda yeyish.

Temir moddasiga boy ikki xil mahsulot mavjud:

1. Qizil go'sht, baliq va parranda go'shti tarkibidagi temir modda bo'lib, u organizm tomonidan oson qabul qilinadi.  

2. Quritilgan meva, boyitilgan quymoqlar, butun bug'doydan pishirilgan non mahsulotlari, to'q yashil rang ko'katlar tarkibidagi temir modda bo'lib, uning organizmga singishi biroz qiyin bo'ladi.

Odatda vitamin C temir moddasini organizm tomonidan qabul qilinishiga yordam beradi. Shuning uchun 2 guruhdagi temir moddasiga boy mahsulotlarni 1 stakan apelsin sharbati bilan qabul qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ba'zi mahsulotlar temir moddasini organizmga singishiga to'sqinlik qiladi:

  • Choy va kofe;
  • Jig'ildoq qaynashi va ovqatni xazm qilish uchun mo'ljallangan dori-vositalari;
  • Sut va sut mahsulotlari.

Homilador ayolda temir moddasi yetishmovchiligi tufayli anemiya bo'lsa, homilaga ta'sir qiladimi?

Homilador ayolda organizm temir moddasini birinchi navbatda homilaga yetishtirib beradi. Shuning uchun anemiya holati o'tkir bo'lmaganda, homilaga deyarli sezilmaydi. Lekin ona tez charchaydigan, holsiz bo'lib yuradi.

Agar homilador ayolga shifokor temir moddasini ichishni tavsiya qilgan bo'lsa, albatta unga amal qilish zarur. Anemiya kuchayib ketsa, quyidagi salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin:

  • Muddatidan oldin tug'ish;
  • Bola tug'ilganida vazni kichik bo'lishi;
  • Bola tug'ilganida muddatiga nisbatan kamroq rivojlangan bo'lishi;
  • Tug'ilgan bolada temir yetishmovchiligi kuzatilishi. Bu holat uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Temir moddasi yetishmovchiligi anemiyasi qanday davolanadi?

Odatda temir moddasi dori-vositasini shifokor tavsiya etadi. Ba'zi temir moddasi dori-vositalari tarkibida foliya kislotasi ham bo'lishi mumkin.

Imkon qadar temir moddasi dori-vositalari apelsin sharbati bilan iste'mol qilinishi kerak.

Ba'zida temir moddasi dori-vositalari homilador ayolda quyidagi nohush holatlarni keltirib chiqaradi:

  • Ich qotishi;
  • Ko'ngil aynishi;
  • Qusish;
  • Ich ketishi;
  • Jig'ildoq qaynashi;
  • Qorin og'rishi.

Undan tashqari qabul qilinayotgan temir moddasi tufayli siydik rangi ham to'qlashadi.

Lekin bu nohush holatlar vaqt o'tgan sayin yo'q bo'lib ketadi, shuning uchun shifokor bilan maslahatlashmay turib ularni qabul qilishni to'xtatmaslik zarur.

Anemiyaning kuchli holatlarida temir moddasi ukollari ham qo'llaniladi.

{xtypo_quote}Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, homiladorlik davrida anemiyasi bo'lgan ayollar tuqqandan so'ng depressiyaga boshqa ayollarga nisbatan ko'proq chalinar ekanlar.{/xtypo_quote} 

Manba: hemotology.org, babycenter.com, nhs.uk.

Qo'lda chaqaloq bilan homilador bo'lish

Emizish payti homilador bo'lish

Katta farzandini emizayotgan ayol homilador bo'lib qolish hollari ko'p uchraydi. Qo'lida 1 yoshga to'lmagan chaqalog'i bor ona emizishni ham to'xtatishni istamaydi, homilasini ham saqlab qolish niyatida bo'ladi. Homiladorlik davrida bolani emizish mumkinmi?

qon bosimining oshishi

Preeklampsiya (homiladorlikda qon bosimining oshishi)

Preeklampsiya ko'p uchraydigan kasallik bo'lib, homiladorlikning 20 haftalaridan so'ng namoyon bo'ladi.

Gepatit va homiladorlik

Gepatit va homiladorlik

Gepatit (sariq kasal) jigar kasalligidir. Uning bir necha xili mavjud bo'lib, surunkali kechish hollari ko'p bo'ladi.

(homiladorlik diabeti)

Homiladorlikda qand kasalligi

Homilador ayollarning 4%da gestasion diabet (qand kasalligi) namoyon bo'ladi. Gestasion diabetning oddiy diabetdan farqi bor.

Homilador ayol yeyishi mumkin bo'lmagan mahsulotlar

Homilador ayolning ovqatlanishi

Homilador ayol iste'mol qilayotgan har bir mahsulot homilaga to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Shuni inobatga olgan holda, quyidagi mahsulotlardan voz kechish tavsiya etiladi.

xavfli homiladorlik

Homiladorlikda xavfli holatlar

Agar homilador ayol yoki tug'ilajak bolaning salomatligida muammo bo'lish xavfi yuqori bo'lsa, bunday homiladorlikka xavfga ega homiladorlik deb aytiladi.

homila_qimirlashi

Homilaning birinchi bor qimirlashi

Homilador ayollarda homila qimirlashi har xil davrda boshlanib, ayollarning hissiyotlari ham bunda bir-biridan farq qiladi.

qon_guruhi

ABO kelishmovchilik (qon guruhi bo'yicha)

Homiladorlikda rezus-faktor bo'yicha uchraydigan kelishmovchilik ko'pchilikka ayon. Qon guruhi bo'yicha (ABO) kelishmovchilik ham homiladorlikda ko'p uchraydigan holat.

Homilador ayolning muammolari

Shunday kasalliklar borki, ular sog'lom ayolda aynan homiladorlik davrida rivojlanadi. Ana shu va boshqa homiladorlik davrida uchraydigan kasalliklar haqida ma'lumot.

ko'p so'lak ajralishi

Homiladorlik davrida ko'p so'lak ajralishi

Ba'zi ayollar homiladorlik davrida ko'p so'lak ajralishini sezadilar. Bu holat ayniqsa, 1-trimestrda ko'p namoyon bo'ladi. Bunga qo'shilib jig'ildoq qaynashi ham kuzatiladi. Buning sababi nima ekan?

istma chiqishi

Homilador ayolning tana harorati

Homilador ayolda tana haroratining ba'zida qisqa vaqtga biroz ko'tarilishi (masalan 37.5 darajagacha) ko'p kuzatiladi. Buning sababi immunitet pasayishi va ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

Lekin haroratning keskin va 37.5 darajadan yuqori bo'lishi homilador ayol va homilaga xavfli bo'lishi mumkin.

Bolaning jinsini bilish

Homila jinsini aniqlash - momolar udumlari

Qadimda ulrta tovushli diagnostika kabi vositalar bo'lmaganida, homilador ayol holatining ba'zi belgilariga qarab bolaning jinsini taxmin qilishgan. Ko'pincha taxminlar tog'ri chiqar edi. Shuning uchun bu udumlar bizning kunlarga qadar saqlanib kelmoqda.

jinsiy infeksiyalar

Homiladorlik va infeksiyalar

Homiladorlikda infeksiyalar homila va homilador ayol salomatligi uchun xavf tug'diradi. 

homiladorlik

HOMILADORLIK

Homiladorlik haqida eng muhim savol-javoblar

1. Homiladorlik qachon vujudga keladi?

homiladorlik alomatlari

Homiladorlikning ilk belgilari va alomatlari

Homiladorlikning dastlabki alomatlari turlicha bo'ladi. Homiladorlikni orzu qilib yashayotgan ayol bu alomatlarni bilib, o'zida tezroq his etishni istaydi. Axir homiladorlik bu juda ajoyib, ilohiy bir davrdir. 

homila tushishi

Homila tushishi

Homiladorlik davrining 20-haftasigacha homiladorlikni o'z-o'zidan yakunlanishiga homila tushishi deb ataladi.
Aslida homiladorliklarning taxminan 15-20% homila tushishi bilan yakunlanadi.

egizaklar

Bir nechta homilali homiladorlik (egizaklar)

1. Ikki va undan ko'p homilali homiladorlik qachon ro'y beradi?

Ikki va undan ko'p homila ayolning urug'langan tuxumining bo'linishi natijasida (odatda urug'langandan so'ng ikkinchi kuni) sodir bo'lishi mumkin yoki urug'lanish jarayonida ayolning bir necha tuxumi bir vaqtning o'zida urug'lanishi natijasida vujudga keladi.

tomir tortishi

Homiladorlikda tomir tortishishi

Homilador ayolda oyoq yoki qo'l tomirlarining tortishib qolishi to'satdan yuz beradi. Ayniqsa dam olish payti, uyquda bunday holat soni ko'payishi mumkin.

Homiladorlik paytida tomir tortishish sabablari turlicha bo'lib, ularning asosiylari

dog' tushishi

Homiladorlikda yuzga dog' tushishi

Homiladorlik davrida yuzga dog' tushishining sababi nima?

Asosiy sabab bu homilador ayolning organizmidagi gormonal o'zgarishlardir. Gormonlar ta'siri ostida terida melanin moddasi ko'payib dog'lar paydo bo'ladi.

homiladorlik davri

Homiladorlikda shifokorga borish va analizlar

Homiladorlik davrida ayol shifokor nazoratida bo'lishi, o'z vaqtida analiz topshirishi shart. Turli mamlakatlarda homiladorlik davrida shifokor qabulida bo'lish muddatlari ko'p ham farq qilmaydi. Undan tashqari homilador ayolning yoki homilaning holatiga qarab shu muddatlar o'zgarishi mumkin.

Homiladorlik davrida shifokor qabulida bo'lish:

utd

Ultra tovushli diagnostika (UZD, UTD)

Hozirgi kunda homilador ayolning ultratovushli diagnostika (UTD) qilinishi oddiy hol bo'lib qolgan. O'zbekistonda normal homiladorlik jarayonida bunday tashhis usuli homiladorlik davrida 3 marta (10-12 haftada, 20-24 haftada va 32 haftada) amalga oshirilsa, chet elda homilador ayolning deyarli har bir ginekologga qatnashi UTD (UZD, UZI) bilan tekshirilishini talab etadi. Buning zarari yo'qmikan degan savol barchani qiziqtirsa kerak.

toksikoz

Toksikoz

Toksikoz homiladorlik boshida namoyon bo'ladigan holsizlikdir. Bu holatning sababi bo'yicha olimlar munozaralar olib bormoqda. Toksikozni yo'q qilish shifokorning qo'lida emas, lekin bu holatni yengillashtirish uchun quyidagi maslahatlar mavjud.

shamollash

Homiladorlik davrida shamollash

Afsuski, farzand kutayotgan davrimizda ham viruslardan holi bo'la olmaymiz. Albatta epidemiya payti bo'lajak ona nihoyatda ehtiyot bo'lib, o'zini gavjum joylardan saqlab, jamoat transportida kamroq bo'lib, shamollagan odamlar bilan muloqotda bo'lmaslikka harakat qilishi lozim. Lekin bu harakatlar ham shamollashdan 100% saqlay olmasligi mumkin albatta. Agar homilador ayol shamollab qolgan bo'lsa, quyidagi qoidalarga amal qilishini tavsiya etamiz:

Kitob do'koni