Tuqqandan so'ng bo'ladigan depressiya
Featured

Tuqqandan so'ng bo'ladigan depressiya

To'qqiz oy davomida ayol katta bir voqeaga tayyorlanib yuradi. Nihoyat 9 oy tugaydi va ayol dunyodagi eng baxtli inson bo'ladi. Bu borada unung yaqinlari ayolning har bir iltimos-u talabini bajarishga tayyor bo'lib turadilar. Chunki farzand ko'rgan ayol eng yuqori, eng chiroyli mehrga to'la e'tiborga loyiqdir.

Lekin bir hafta o'tar - o'tmas yaqinda ona bo'lganidan qanot qoqib yurgan ayolni ko'z yosh bilan ko'rib qolishingiz ajab emas.

 

 

Bunga sabab birinchi navbatda ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlardir. Undan tashqari tunda uyqu bo'lmasligi, ko'krakda og'riqlar, beldagi og'riq, erning munosabati ayol istaganicha emasligi, og'ir tug'ishdan so'ng jinsiy organlarda og'riq, ko'krakda sut yetishmasligi ayolni tushkunlikka tushib qolishiga olib keladi.

{xtypo_quote_left}Tuqqan ayollarning 75 foizida depressiya holati uchraydi. {/xtypo_quote_left}Depressiya tushkunlik, qo'rquv, vahima, yig'lash, uyqusizlikda namoyon bo'ladi. Agar ayolda depressiya belgilari  kuzatilsa, demak organizm qiynalayotganidan, ya'ni yetarlicha dam olmaslik, kuchli stress, umuman jismonan va psixologik kuch yetishmovchiligi, mehr va e'tiborning kamligidan dalolat beradi. Bu faktorlar qanchalik tez bartaraf etilsa, tug'ishdan so'ng ayol shunchalik tez o'ziga keladi va ortiqcha kasalliklarga duch bo'lmaydi. Depressiya holati ayolning organizm bo'shligidan emas, o'z psixologik va jismoniy kuchini haddan tashqari ko'p ishlatib yuborganidan dalolat beradi.

Quyidagi maslahatlar depressiya holatini yengillashtirishga yoki uni bartaraf etishga yordam beradi:

Tuqqan ayolning dam olishini hurmat qiling.
Tuqqan ayol o'zi emas, balki barcha unga e'tibor qilishi, unga g'amxo'r bo'lishi kerak. Ovqat qilish, uy yumushlari, katta farzand tashvishi bilan bir qatorda yangi tug'ilgan chaqaloq ehtiyojlarini qondirish juda qiyin. Hech kimning bunga kuchi yetmaydi.

Tuqqan ayol uchun mehringizni ayamang.
Er tuqqan ayol uchun eng yaqin va qadrli inson. Aynan er bilan ayol o'z tashvishlari, hissiyotlarini bo'lishgisi keladi. Shuning uchun erlardan juda katta harakat talab etiladi. To'g'ri, oilaga yangi chaqaloq kelganda er uchun bu juda katta mas'uliyat. Lekin ayolingizni shu ozgina vaqt davomida erkalab turib, qadrini ko'tarib, unga jismonan va ruhan yordam va ko'mak berib tursangiz, siz sog'lom baxtli ayol suyukli yori va xotirjam sog'lom bolaning suyukli otasi bo'lganingizdan o'zingiz yutasiz.

Ayol o'zi uchun eng muhim narsani ajratib olishi kerak.
Ayrim kunlari "hech narsaga vaqtim yetmayapti", "hech narsaga ulgurmayapman" degan xayol ayolni qiynab yuboradi. Aslo tushkunlikka tushmang. {xtypo_quote}Siz dunyodagi eng muhim narsani amalga oshirmoqdasiz - siz yangi tug'ilgan chaqaloqni voyaga yetkazmoqdasiz.{/xtypo_quote}

Bir joyda o'tirib qolmaslik - uydan chiqish kerak.
Hech qayerda yangi tug'ilgan chaqaloq ko'chaga chiqish mumkin emas deb aytilmagan. Chaqaloq uchun uy bu onasi mavjud bo'lgan joydir. Shuning uchun bolangizni olib ko'chaga toza havoga aylanishga chiqing.

O'zingizga o'xshagan yangi onalar bilan do'stlashish kerak.
Chaqalog'i bor onalar bilan suhbatda bo'lish, dardlashish ancha yengillik keltiradi. Chunki ularchalik sizni tushunadigan inson bo'lmasa kerak.

Yaxshi ovqatlanish lozim.
Yaxshi ovqatlanmaslik depressiya kuchayishiga sabab bo'ladi. Sizning har kungi yeguligingizda foydali, vitaminga boy yegulik bo'lishi shart.

Tuqqan ayol o'ziga qarashni boshlashi lozim.
Homiladorlikdan so'ng hali o'z holingizga qaytmagan bo'lsangizda, o'zingizni chiroyli qilib yursangiz, depressiya pasayishining guvohi bo'lasiz.

Erkalik qilish kerak.
Yangi tuqqan ayol eng ko'p erkalashga loyiqdir. Kosmetolog, massaj, gidromassaj, aromaterapiya kabi hordiq siz uchun hozir juda kerak.


Qadrli ayollar, farzand ko'rish - bu dunyodagi eng ulug' ne'mat. Shuni unutmang. Dunyoga farzand keltirib, uni voyaga yetkazish naqadar buyuk ish ekanligini unutmang!!!

Kitob do'koni