1 trimestr

Homiladorlikning 1-trimestri (dastlabki 13 hafta)

Spermatazoid bilan tuxumdon uchrashgan hujayra bachadonga o'rnashishi (implantatsiya), homilaga aylanishi va uning deyarli barcha organlarining shakllanishi davri. Odatda 1-trimestr oxiriga kelib, homila uzunligi 9 sm ni tashkil etadi.

2 trimestr

Homiladorlikning 2-trimestri (14-28 haftalar)

Ushbu davr mobaynida homilaning bo'yi 30 sm gacha o'sadi, vazni 700gr gacha oshadi. Homiladorlikning 2-trimestrida bo'lajak farzand jinsini aniqlash mumkin.

3 trimestr

Homiladorlikning 3-trimestri (28-42 haftalar)

Homila razmerlari tezlik bilan ko'payadigan davr. Uchinchi trimestr mobaynida homila o'rtacha 3.2-3.5 kg og'irlikda bo'lib, bo'yi o'rtacha 48-52 smga teng bo'ladi.

Homiladorlikning 7-oyi ham yetib keldi. Ko'pchilik ayollar shu muddatga kelib yana oz qolganidan yengil tortadilar.

homiladorlikning 40 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 40-haftasi

Onaning holati

Bola tug'ilishini kutayotib tinch bo'lishga asabiylashmaslikka harakat qiling. Og'riqlar bezovta qilgan payti chuqur nafas oling. 

homiladorlikning 39 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 39-haftasi

Onaning holati

Hozir bachadon bo'yni qisqarib ochilmoqda. Siydik pufagi esa o'zida juda katta bosim his etmoqda. Tug'ish payti yaqinlashayotgan sari biroz asabiylashishingiz mumkin. Tug'ish jarayoni boshlanayotganidan muntazam ravishda qaytarilayotgan to'lg'oqlar dalolat beradi. Tug'ish jarayoni

homiladorlikning 38 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 38-haftasi

Onaning holati

Haqiqiy to'lg'oqlar boshlanishidan oldin siz aldamchi to'lg'oqlarga duch kelishingiz mumkin. Ular Brekston-Xiks to'lg'oqlaridan farqlanadi. Haiqiqiy tug'ish jarayoni boshlandimi, yo'qmi-siz o'zingiz his eta olasiz. Ba'zi-ba'zida qorin va tos sohangizda keskin elektrik tok o'tgandek og'riqlar bolaning boshi tosda mahkamlanayotganidan dalolat beradi.

homiladorlikning 37 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 37-haftasi

Onaning holati

Shu hafta yoki keyingi haftalarda tug'ish alomatlari paydo bo'lishi mumkin. Bu degani bola boshi (agar uning holati boshi bilan pastga bo'lsa) bilan tos tomon tobora ko'proq tushganini bildiradi. 

homiladorlikning 36 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 36-haftasi

Onaning holati

Bachadon yuqori qismi shundoq ko'krak tagida joylashgan. Nafas olish qiyinlashmoqda, gohida bolaning oyoqlari sizning qovurg'alaringizni tepkilab og'ritib qo'ymoqda. Endi sizning butun hayotingiz va xayolingiz bo'lajak onalik davri bilan bog'liq. 

homiladorlikning 35 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 35-haftasi

Onaning holati

Sizning qorningiz ko'krak qafasingizni siqishni boshlamoqda, sizga nafas olish va ovqatni hazm qilish borgan sari qiyinlashmoqda. Kun mobaynida tez-tez oz-ozdan yeganingiz ma'qul. 

homiladorlikning 34 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 34-haftasi

Onaning holati

Endi Brekston-Xiks to'lg'oqlari muntazamlashmoqda. Bu og'riqlar bachadonning yuqori qismida boshlanib, keyin past tomonga yoyilib, yo'q bo'ladi. Ba'zi ayollar bu haqiqiy to'lg'oqlar, deb bezovta bo'ladilar. Lekin ularning haqiqiy to'lg'oqlardan farqi - ular tez tugab, yaqin orada qaytmaydi. 

homiladorlikning 33 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 33-haftasi

Onaning holati

Urug'lanish davridan boshlab bachadoningiz ancha kattalashgan. Endi fiziologik anemiiya keskinligini yo'qotmoqda. 

homiladorlikning 32 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 32-haftasi

Onaning holati

Bu haftada o'sib borayotgan qorningiz sizga oz muncha tashvish ham keltirishi mumkin. Agar bola bu davrga kelib boshi bilan pastga joylashib olgan bo'lsa, uning oyoqlari sizning qovurg'alaringizga botishi sezilishi mumkin. Shuning uchun maksimal ravishda qaddingizni rostlab yuring.

homiladorlikning 31 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 31-haftasi

Onaning holati

Homiladorlikning oxirgi oylarida beldagi og'riqlardan afsuski qutulib bo'lmaydi. Buning sababi, bel mushaklarining bo'lajak tug'ish jarayoniga tayyorgarlik ko'rib, hozir bo'shashganidir. Oyoqlarda tomirlarning kengayishi ham hozirgi davrga kelib ko'p uchraydigan holat. 

homiladorlikning 30 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 30-haftasi

Onaning holati

Homiladorlikning 28-32 hafta oralig'iga bolaga hali ham vitaminlar, minerallar va foydali ozuqalar juda kerak. Bularning barchasini onaning organizmi ta'minlab beradi.
Tug'ishdan oldin ko'proq dam olish kerakligi haqida unutmang. Uyda remont, katta o'zgarishlar, ko'chish kabi tashvishlarni boshlamang. Albatta, ertalabdan kechgacha uxlash kerak emas. 

homiladorlikning 29 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 29-haftasi

Onaning holati

Bu davrga kelib, ko'pchilik ayollar ko'kragidan birinchi suyuqlik - og'iz suti ajralishi boshlanadi. Og'iz suti bolangizning birinchi ozuqasidir. U asosiy sut ajralishidan oldin kelib bola uchun juda foydali hisoblanadi. 

homiladorlikning 28 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 28-haftasi

Onaning holati

Endi siz ginekolog huzurida kamida 2 haftada bir marta bo'lishinigiz talab etiladi. Aynan shu haftada siz bir qator analizlar topshirasiz.

homiladorlikning 27 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 27-haftasi

Onaning holati

Homiladorlikning oxirgi oylarida ayol qonidagi xolesterin darajasi ko'payadi. Xolesterin yo'ldoshning rivojlanishida muhim modda bo'lib, uning yordamida yo'ldosh ba'zi gormonlarni ishlab chiqaradi. 

homiladorlikning 26 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 26-haftasi

Onaning holati

Vazningiz oshgan sari sizni kichik muammolar bezovta qilib turadi. Bu bosh og'riq, oyoq tomirlarining tortishishi, bel va tosdagi og'riqlar. 

homiladorlikning 25 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 25-haftasi

Onaning holati

Sizning bachadoningiz hajmi  futbol koptogiga teng desak bo'ladi. U sizning oshqozoningizga bosim bermoqda. 

homiladorlikning 24 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 24-haftasi

Onaning holati

Vazningiz tobora oshib bormoqda. Natijada esa bosh og'riqlari, oyoqqa og'irlik va umumiy holsizlanish ham ko'payib kelmoqda. Shuning uchun yotganingizda oyoqlaringiz tanangizdan doim balandroqda bo'lishiga ahamiyat bering.

homiladorlikning 23 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 23-haftasi

Onaning holati

Homiladorlikning shu davridan boshlab Brekston-Xiks to'lg'oqlari boshlanishi mumkin. Ular to'satdan vujudga keladigan qisqa muddatli bachadondagi og'riq sifatida namoyon bo'ladi. Bu to'lg'oqlar bir necha soniya davom etib, bachadonni asta-sekin kutilayotgan tug'ish jarayoniga tayyorlaydilar. 

homiladorlikning 22 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 22-haftasi

Onaning holati

Xuddi o'tgan haftalar singari sizdagi qon hajmi tobora oshib bormoqda. Bunga qondagi plazma sababchi. Plazma bu qon suyuqligining tarkibi bo'lib, u qon moddalarini eritish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ko'p homilador ayollarda fiziologik anemiya kuzatiladi. 

homiladorlikning 21 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 21-haftasi

Onaning holati

Keyingi 10 hafta davomida bola yog' saqlashni boshlagani uchun sizning vazningiz tez ko'payishni boshlaydi. Bu davrda vazningiz oshish darajasi butun homiladorlik davomida orttirilgan vazn miqdorining yarmiga teng bo'ladi. 

homiladorlikning 20 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 20-haftasi

Onaning holati

Urug'lanishdan so'ng 18 hafta o'tgani bilan sizning homiladorligingiz endi hammaga ayon. Qorningiz ham dumaloq shaklga ega. Bachadonning yuqori qismi deyarli kindik darajasida joylashgan. O'sayotgan bachadon siydik pufagiga, oshqozon va o'pkaga bosim bermoqda. Natijada tez-tez siydik qistashi, hansirash sizni bezovta qilib turishi mumkin.
Odatda, hansirash tug'ishdan oldin 4-6 haftada yo'qoladi.

homiladorlikning 19 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 19-haftasi

Onaning holati

Siz bag'ringizdagi bolangiz qimirlashini sezmoqdasiz. Vazningiz oshib, bo'ksalaringiz asta kengaymoqda. Qorin ham sekin kattalashib bormoqda.

homiladorlikning 18 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 18-haftasi

Onaning holati

Agar bu sizning birinchi homiladorligingiz bo'lsa, u holda aynan shu hafta siz uchun juda hayajonli davr. Chunki aynan shu davr ichida siz birinchi bor bolangiz qimirlashini seza olasiz. Lekin vazni og'ir ayollar bola qimirlashini birinchi bor 19-20 haftalarda his qilishlari mumkin.

homiladorlikning 17 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 17-haftasi

Onaning holati

O'sayotgan homilani oziqlantirishda yo'ldoshga yordam beruvchi sizning yurak faoliyatingiz 40%ga oshgan. Kuchli qon aylanish kichik qon tomirlariga og'irlik qilishi mumkin. Shuning uchun burundan qon oqishi yoki milklar qonashi shu davrda tez-tez kuzatilib turishi mumkin. 

homiladorlikning 16 haftasi

Homiladorlik taqvim i- homiladorlikning 16-haftasi

Onaning holati

O'sayotgan homilaga joy bo'lishi uchun sizning bachadoningiz tobora kengayib bormoqda. Homila oldi suvlarning miqdori bu haftaga kelib 250 ml ni tashkil qiladi. Odatda, homiladorlikning 16-20 haftasida ko'plab test va analizlar topshiriladi. Aynan shu davrda AFP va uchlamchi test amalga oshiriladi.

homiladorlikning 15 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 15-haftasi

Onaning holati

Ko'pchilik ayollarda aynan shu kunlardan boshlab kiyimlarning siqishi kuzatiladi. Bu davrdan asta-sekin maxsus homilador ayollar kiyimi haqida o'ylashni boshlasangiz bo'ladi. Deyarli hammada toksikoz alomatlari o'tib ketdi. Endi homiladorlikning yengil davri boshlandi.

homiladorlikning 14 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 14-haftasi

Onaning holati

Homiladorlikning eng chiroyli davri boshlandi. Bu davrda onani deyarli hech narsa bezovta qilmaydi. U o'zining bo'lajak ona bo'lishidan bahramand bo'lib yuradi. Bachadon tobora qorin qismi tomon ko'tarilib kindikdan yuqorida ekanligi bilinmoqda. 

homiladorlikning 13 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 13-haftasi

Onaning holati

Shu davrga kelib, ko'pchilik toksikozdan butunlay holi bo'ladi. Endi gormonal o'zgarishlar natijasi bo'lmish onaning kayfiyatidagi o'zgaruvchanlik, bezovtalik va vahima yo'qqa chiqmoqda.

homiladorlikning 12 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 12-haftasi

Onaning holati

Bachadon taxminan 10 smga kattalashgan bo'lib, tos qismiga sig'may, qorin tomon ko'tarilmoqda. Endi ultra tovushli diagnostika yordamida shifokor homila o'lchamlarini va tug'ish muddatini aniqroq aytib berishi mumkin.

homiladorlikning 11 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 11-haftasi

Onaning holati

Bu davrda onani quyidagi holatlar bezovta qilishi mumkin:

homiladorlikning 10 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 10-haftasi

Onaning holati

Gormonlar miqdorining ko'pligi ayol jismoniy va ruhiy holatiga katta ta'sir o'tkazmoda. Asta-sekinlik bilan bel yo'qolishi boshlamoqda. Toksikoz alomatlari bo'lajak onani kuchli bezovta qilmoqda. 

homiladorlikning 9 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 9-haftasi

Onaning holati

To'qqizinchi hafta juda muhim hafta hisoblanadi. Chunki bu davrga kelib ayol tuxumdonidagi sariq moddaning gormon ishlab chiqarish faoliyati sustlashib, ushbu faoliyatni asta sekinlik bilan yo'ldosh o'z zimmasiga olishi kuzatiladi.

homiladorlikning 8 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 8-haftasi

Onaning holati

Ayol bachadoni kattalashgani bilan tashqaridan hali homiladorlik bilinmaydi. Toksikoz alomatlari saqlanibgina qolmay kuchayishi ham mumkin. Ayrim ayollarda tomirlarning kengayishi namoyon bo'lishi mumkin.

homiladorlikning 7 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 7-haftasi

Onaning holati

Ko'p ayollar bu davrda quyidagi jismoniy va psixologik ko'rinishlarini his etadilar:

homiladorlikning 6 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 6-haftasi

Onaning holati

Toksikozdan qiynalayotgan ayollar quyidagi maslahatlarga amal qilsalar, toksikoz belgilari kamroq bilinadi:

homiladorlikning 5 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 5-haftasi

Shu haftada homiladorlikni aniqlovchi testni amalga oshirish mumkin. 

homiladorlikning 4 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 4-haftasi

Homila xorion ganodropin gormonini ishlab chiqarishni boshladi. Aynan shu gormon yaqin kunlarda homiladorlik test natijasining ijobiy chiqishida yordam beradi. 

homiladorlikning 3 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 3-haftasi

Ayolning urug'langan tuxum hujayrasi 3 kun davomida bachadonga kelib tushadi. Bunda hujayra bir necha bor bo'linib, haftaning oxiriga kelib o'z ichida 250 ta hujayraga ega bo'ladi. 

homiladorlikning 2 haftasi

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 2-haftasi

Bu haftada ayol tuxumdonida ovulyatsiyaga tayyorlanish avj olmoqda. Haftaning oxiriga kelib, tuxumdonda tuxum hujayralari vujudga kelib bachadon yo'llariga tushish va erkak spermatozoidlari bilan uchrashish ehtimoli bor. 

Homiladorlik taqvimi - homiladorlikning 1-haftasi

Aslida homila hali vujudga kelmagan bu davrni ham ginekologlar homiladorlik davri deb atashadi. Bu davr ayolning homiladorlikkacha bo'lgan oxirgi hayz ko'rishining birinchi kunidan boshlab hisobga olinadi.

Kitob do'koni