Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting
She'riyatga oshno qalblar
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
- lola
- Visitor
-
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Urar bugun tinmay yuragim,
Chunki yonimdadir sizdek keragim,
Urar shoshqaloqdek quvonchga to'lib,
Keldingiz xayotimga ma'nodek bo'lib.
Bizga atalgan bu sevgi yo'lida,
Sevgimiz sinaldi taqdir qo'lida.
Bardosh bera oldik bo'lib bir butun,
Taqdir bizni taqdirlar bugun.
Istagim sevgimiz olamni tutsin,
Sizning qo'llaringiz qo'limni tutsin,
Baxt yetaklasin o'z qasri tomon,
Sevgimiz bo'lmasin yurakda armon!
![:) :)](/media/kunena/emoticons/8.png)
bu kursdoshimni iltimosiga köra yozgan sherim edi.Irodaga.U sevgiliga taqdim qilgandi.Xozir ular sevib oila qurib,baxtli bb ketishgan :sevgi
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Bu insonga qancha she'rlar bitmayin
Aytolmasman barcha dil izxorlarim
Tilim ojiz bo'lar, so'zlar yetmaydi,
Tuyg'ularga cho'kib ketar hayolim.
Ul inson otamdir, mening qadrli
Mening baxtim, dono hayot ustozim!
Men uchun yagona hayot misoli,
Otajonim mening eng katta fahrim!
Dunyoda topilmas bunday sof ko'ngil,
Bunday mehridaryo, qalbi pok inson.
Izlamang, topmaysiz, bunday hurmatni,
Faqat otajonim unga sazovor!
Dono so'zlariga quloq tutarman,
O'tkir zehn sohibi, Otajonimdir!
Ul inson gaplarin esda tutarman,
Boshimda oltin toj-Otajonimdir!
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
uzbaby wrote: Bu she'rni adamlarning tug'ilgan kunlariga to'qigan edim. Slaydshou qilib yuborgan edim.
Bu insonga qancha she'rlar bitmayin
Aytolmasman barcha dil izxorlarim
Tilim ojiz bo'lar, so'zlar yetmaydi,
Tuyg'ularga cho'kib ketar hayolim.
Ul inson otamdir, mening qadrli
Mening baxtim, dono hayot ustozim!
Men uchun yagona hayot misoli,
Otajonim mening eng katta fahrim!
Dunyoda topilmas bunday sof ko'ngil,
Bunday mehridaryo, qalbi pok inson.
Izlamang, topmaysiz, bunday hurmatni,
Faqat otajonim unga sazovor!
Dono so'zlariga quloq tutarman,
O'tkir zehn sohibi, Otajonimdir!
Ul inson gaplarin esda tutarman,
Boshimda oltin toj-Otajonimdir!
judayam manoli sher bo'ganakan uzbaby. hlopok otajoniz o'qib judayam xursan bo'gan bo'lsala kere. qaniydi maniyam otam bo'sayu sherla yozib bersam mult:
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
bundam mexridaryo qalbi pok insinn ....
juda xam yoqdi wu eri uqib maza qildim dadajonimni yonlariga etiwimga 1 oy qoldi eson omon yorug' yuz bn kuriwiwlik nasib qilsin barchamizga azizlarim dunyoda ota onadanda yaqin dust mexribon inson bulmasa keri ular bor biz egilme yuramiz kunglimiz tog'de bb turadi baxtimizga barchamizdi ota onamizdi umirlari uzoq bulsin .
utganlarini ALLOH raxmat qilsin
SABIR BERGIN ALLOHIM UZINGDAN UZGASIGA MUHTOJ QILMAGIN
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
qani bu yerdagilar bilmiman?
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
ONALAR
Bir parcha et holingda vujudida saqlagan
Sog-salomat dunyoga kelishingni hohlagan
Olim bilan olishib oz burchini oqlagan
Farzand uchun jonini fido qilgan onalar
Tunu kun xaqqimizga duo qilgan onalar
Alla aytib tongacha tunni kunga boglardi
Ertak aytib ,erkalab kongilarni choglardi
Bemor bolsang ox chekib yurak bagrin doglardi
Farzand uchun jonini fido qilgan onalar
Tunu kun xaqqimizga duo qilgan onalar
Ogli kuyov bolganda kelin suyib dur topganda
Qizi kelin bolganda kuyoviga ton yopgan
Nabiralar korganda quvonib xar yon chopgan
Farzand uchun jonini fido qilgan onalar
Tunu kun xaqqimizga duo qilgan onalar
Poyondoz bol ey farzand onajoning poyiga
Xizmat qilib ezozlab xurmatini qoygin joyiga
Hech bolmasa bir bora xabar olgin oyiga
Farzand uchun jonini fido qilgan onalar
Tunu kun xaqqimizga duo qilgan onalar
Achchiq yoshlar oqmasin ,xech bir ona kozidan
Rozi bolsin bir umir bergan nonu tuzidan
Korib farzand kamolini nur taralsin yuzidan
Farzand uchun jonini fido qilgan onalar
Tunu kun xaqqimizga duo qilgan onalar!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Ишонма ўзгалар сўзлари ёлғон,
Чин севги ҳеч қачон бўлмайди армон,
Бир куни ҳаммасин қилиб лол-ҳайрон,
Биз бахтли бўламиз, бахтли бўламиз.
Эй менинг ой юзли, юлдуз кўзлигим,
Нозлигим, нозигим, ширин сўзлигим,
Гулдек қўлларингдан тутганча қўлим,
Биз бахтли бўламиз, бахтли бўламиз.
Фақат кут, синалар севгида бардош,
Чидагин, отилса гоҳи туҳмат тош,
Умидинг узиб лек тўкмагин кўз ёш,
Биз бахтли бўламиз, бахтли бўламиз.
Ҳозирча дил яқин, лек манзил йироқ,
Дилларни ўртатиб қийнайди фироқ,
Айт ким ҳам бахтига етгандир шундоқ,
Биз бахтли бўламиз, бахтли бўламиз.
Айланар тин билмай чархпалак чархи,
Арзонмас, бебаҳо севгимиз нархи,
Азизам, ўша соф севгимиз кадри,
Биз бахтли бўламиз, бахтли бўламиз.
Биз бекор дунёга келмагандирмиз,
Бекорга биз кўнгил бермагандирмиз,
Биз бахтли бўлиш-чун яралгандирмиз,
Биз бахтли бўламиз, бахтли бўламиз.
Ишонма уларга дил яйрар чоғда,
Юраги тошларга жой йўқ бу боғда,
Азизам ҳаммасин қолдириб ортда,
Биз бахтли бўламиз, бахтли бўламиз.
muallifi kimdir edi eslolmayapman, ajoyib she'r! qachon siqilsam o'qiganimda ko'nglim ochiladi
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Tilimdan so’zlarim o’g’irlar armon
Ko’zlarimga go’yo osmon bo’lgan jo –
Jo bo’lgan, afsuski, bulutli osmon
Tamom o’zga korga chindan berilib
Yuragim misoli urishdan tolgan
Tolgan unsiz baxtdan umidlar tilab
Mudom dard chekishga ko’nikib qolgan
Ko’zlarimda armon, dilimda yomg’ir
Bunda baland kuylar qo’shig’in sog’inch
Uning misralari naqadar og’ir
Uning kuylarida yig’laydi o’tinch
Hasta o’rtanadi o’tinib ko’ngil
Jonsiz o’rtanadi – sassiz sadosiz
Chehrasida uning kechmishi yengil
Ammo ichda uning dardi davosiz
Uzoq ro’yolardan nur sochar visol
O’shal dam yuragim sog’inchdan tonar
O’shal dam kalomsiz shivirlar hayol:
“Balki sog’inganing seni sog’inar…”
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
U shoir emas!
Nazmidan kelmasa gulning mazasi,
Yonmasa, kul sochib tursa har nafas.
She'rim deb ko'rsatgan mingta misrasi -
U arzon matohdir,
U shoir emas!
She'rlar aytsinki u, ruhni elitsin,
She'rlar aytsinki u, muzni ilitsin.
Ohangi bulutni paxtaday titsin -
Yo'qsa u gumrohdir,
U shoir emas!
Qarang, sodda shumtol qushga dil yozar,
Gul hidlab kapalak aqldan ozar.
Tuyg'g'u ko'zi bilan solmasa nazar -
Shunchaki guvohdir,
U shoir emas!
Ko'ngliga o'zgalar dardin yuqtirib,
Yurmasa hammaga baxtni uqtirib.
Qo'yadi so'z qadrin faqat cho'ktirib -
U aqli gustohdir,
U shoir emas!
Rab bermasa, suyak surmasa nazm,
Chiranib umrini o'tkazsa abas.
Qo'liga qalammas, aso tutqazing -
U oddiy maddohdir,
U shoir emas!
Iroda Umarova
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Дунё арзирмикан кўзёшларингга?!
Ғаму ташвишлардан келавергин зўр,
Тоғни бостириб қўй бардошларингга.
Гулга артиб ол ва дунёга кўрсат
Қуёш юқи қолган кулгичларингни.
Тортиниб ўтирмай Худога узат
Юлдузни ҳиди бор ҳовучларингни.
Гуллар нафасингга уради нафас,
Ҳурлар юрагингга қилиб ўтар суқ.
Билсанг, сенгга кимдир қилади ҳавас,
Билсанг, сенинг умринг бошқаларда йўқ.
Қизғалдоқдай нозик, нурдай тозасан –
Ҳумолар кўзидай кўзмунчоқ тилан.
Уларнинг дастидан шеърлар ёзасан –
Фахрланиб яша дардларинг билан!
Гулга артиб ол ва дунёга кўрсат
Қуёш юқи қолган кулгучларингни...
Ирода УМАРОВА
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
It is hard to be a woman...You must think like a man, Act like a lady, Look like a young girl, And work like a horse.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Kumush wrote: salom hush kelibsiz forumimizga. Adabiyotsevar forumdoshlarimiz safi kengayganidan hursandmiz. Sir bo'lmasa ayting Iroda Umarova kim - o'zingizmi, yoki sevimli shoirangizmi?
Kumush oldin erkak kishimisiz ayol kishimi dip so'ren. lol: #hm :silly: :silly: :silly:
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Sabr... Og'riqlarni qoldiradigan achchiq bir giyohga o'xshedi.,
Ham jonni og'ritadi, ham davoledi!!!
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
hiona wrote:
Kumush wrote: salom hush kelibsiz forumimizga. Adabiyotsevar forumdoshlarimiz safi kengayganidan hursandmiz. Sir bo'lmasa ayting Iroda Umarova kim - o'zingizmi, yoki sevimli shoirangizmi?
Kumush oldin erkak kishimisiz ayol kishimi dip so'ren. lol: #hm :silly: :silly: :silly:
Hiona siz qayerdan bilas, tanishib ulgurdizmi? :lol:
It is hard to be a woman...You must think like a man, Act like a lady, Look like a young girl, And work like a horse.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
yo' miyyamga urib qoldi shunchaki. :sevgi
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Кулишга, ёлгондан адл юришга.
Юришга ургандим гуё хотиржам,
Хотиржам барини кабул килишга.
Гарчи Ишонч тарк этган аллакачонлар,
Аллакачонлар кетдим, булиб бегона.
Бегона булдиму, жимликда сукут,
ва сукут саклашни ургандим яна....
Barno Isakova
Ona hayosi bilan go'zal.Bola odobi bilan aziz!
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Орқамдан гапириб, тутовчилар кўп,
Гуллаб ўсганимда бутовчилар кўп.
Чўққига чиққанда қутловчилар кўп…
Мен эса оқ кўнгил бир дўстга зорман.
Тўйимда қутлашиб, ичувчилар кўп,
Айбимни ошириб, очувчилар кўп,
Сўзимни шамолга сочувчилар кўп…
Мен эса оў кўнгил бир дўстга зорман.
Болам тенги бетга чопувчилар кўп,
Пулимга мукофот топувчилар кўп,
Айбимни порага ёпувчилар кўп…
Мен эса оқ кўнгил бир дўстга зорман.
Йиқилсам бир тепиб ўтгувчилар кўп,
Тиклансам қучоқлаб ўпгувчилар кўп,
Керагимда излаб топгувчилар кўп…
Мен эса оқ кўнгил бир дўстга зорман.
Кўнглим кенг, ҳаммага жой топилар кўп,
Мансабу унвонлар хўп сотилар, хўп.
Хақни сўзлаганга айб топилар кўп…
Мен эса оқ кўнгил бир дўстга зорман.
Х.Садинова
Ona hayosi bilan go'zal.Bola odobi bilan aziz!
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.