Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

She'riyatga oshno qalblar

10 years 2 months ago #101 muxsiya
  • muxsiya

  • Visitor
  • Visitor

  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muxsiya on topic She'riyatga oshno qalblar
    Bundoq do'ppini boshdan olib qo'yib men onam uchun nima qildim deb o'ylashga majbur qiladi bu she'r

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #102 Sari

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 387
  • Rahmat olgan: 281

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sari on topic She'riyatga oshno qalblar
    qizla bu she'rlarni o'qib ko'nglim ko'tariladi. o'qigan odam mazza qiladi

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #103 Dilobar

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ★★★★★★★★

  • Izohlari: 787
  • Rahmat olgan: 720

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Dilobar on topic She'riyatga oshno qalblar
    Xudoga solmasman sizni, azizim,
    Yog’dirib tashlamam malomatlarni.
    Axir hayotingiz har lahzasida
    Boshdan kechiryapsiz qiyomatlarni.

    Kulfat sog’inmasman sizga hyech qachon,
    Umidim ko’z yoshmas, umidim g’ammas.
    Axir qahqahangiz kadarim qadar,
    Axir quvonchingiz g’amimdan kammas.

    Zimdan tuzoq qo’ymam omadingizga,
    Siqilib poylamam yo’llaringizni.
    «Baxt», deb topganingiz, baxtsizlik axir,
    Men emas, dard tutgan qo’llaringizni.

    Qarg’ab o’tirmayman, qayta va qayta,
    Hijron tilamasman, jonimni koyib.
    Mard ishimas chetdan tig’ sanchmoq axir,
    Sizning hayotingiz butun ayriliq.

    Zarra yomonlikni ko’rmasman ravo,
    Ko’nglimda siz tomon yo’q bir kudurat.
    Sizsiz hayotim bir bo’shliqdir, ammo
    Mensiz umringizga achingum faqat…

    Kulfat sog’inmasman sizga, azizim…

    Sabr... Og'riqlarni qoldiradigan achchiq bir giyohga o'xshedi.,
    Ham jonni og'ritadi, ham davoledi!!!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan, Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #104 zakiya

    • Elite Member
    • Elite Member

  • Izohlari: 290
  • Rahmat olgan: 372

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by zakiya on topic She'riyatga oshno qalblar
    ҚИЗГИНА

    Гуллар ўздим сиз учун,
    Сиздай гўзал қиз учун.
    Ҳамон маҳтал бўламан,
    Бир бор ширин сўз учун.

    Нечун менга боқмайсиз,
    Дилга олов ёқмайсиз.
    Тумор тутсам эркалаб,
    Бўйнингизга тақмайсиз.

    Кўнглим доим сиздадир,
    Сиздай гўзал қиздадир.
    Юрак сизсиз қалбимда,
    Ёниб ётган издадир.

    Мудом сизни ўйлайман,
    Ҳаёлимдан қўймайман.
    Кўрармиман деб зора,
    Дунёларга бўйлайман.

    Сизсиз энди нетарман,
    Кимга гуллар тутарман.
    Ўзга билан яшолмай,
    Дунёдан тоғ ўтарман.

    Омон бўлинг қизгина,
    Қилдиз бунча нозгина.
    Эритмади сизни ҳеч,
    Шунча ширин сўзгина

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #105 zakiya

    • Elite Member
    • Elite Member

  • Izohlari: 290
  • Rahmat olgan: 372

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by zakiya on topic She'riyatga oshno qalblar
    ОДДИЙ КИЗЛАР.

    Бўз йигитлар бахши бўлади,
    Ошиқларнинг нақши бўлади.
    Ҳаётимда билдимки шуни:
    Оддий қизлар яхши бўлади!

    Ҳаёлари йўлни тўсаркан,
    Обрўлари обдон ўсаркан,
    Гап отсангиз юзи қизарган
    Оддий қизлар яхши бўлади!

    Ҳузурига не бор, олиб кел,
    Сарпо айлаб барин солиб кел!
    Кўзлари мунг, юзлари сепкил
    Оддий қизлар яхши бўлади!

    Ориятнинг боғида юрган
    Совчига чой кулиб келтирган,
    Онасининг гапига кирган
    Оддий қизлар яхши бўлади!

    Сой бўйида хаёл сурса ҳам,
    Йиғласа ҳам, кулиб турса ҳам,
    Узун кўйлак кийиб юрса ҳам
    Оддий қизлар яхши бўлади!

    Ичларида сақлаган рашкин,
    Кўз ёшлари дарёдан тошқин...
    Рўмолига яширган ишқин
    Оддий қизлар яхши бўлади!

    Билинг, дўстлар азалдан азал
    Арзир алар шаънига ғазал!
    Изласангиз вафодор гўзал
    Оддий қизлар яхши бўлади!

    Ўтмишлардан изласак имо,
    Момолардан келмиш бир сабо:
    «Таннозхонлар келтирар бало,
    Оддий қизлар яхши бўлади!»
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Dilobar

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #106 ruxshon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Farzandlarimiz -hayotimiz mazmuni

  • Izohlari: 587
  • Rahmat olgan: 554

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ruxshon on topic She'riyatga oshno qalblar
    Shunday baxt topginki o'zga bir inson,
    Sen tufayli baxtsiz bo'lib qolmasin.
    Shunday baxt topginki orzumand ko'ngil,
    So'ngra pushaymonga tushib qolmasin.


    Shunday baxt topginki kulgan toleying ,
    Yolg'iz senga emas barchaga boqsin.
    Baxtinga baxt tilab baxtli odamlar
    Ortingdan shodlanib havasga qolsin.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Dilobar

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #107 ruxshon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Farzandlarimiz -hayotimiz mazmuni

  • Izohlari: 587
  • Rahmat olgan: 554

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ruxshon on topic She'riyatga oshno qalblar
    Qayg'u bo'lsa bu dunyoda bir kun bo'lar kulish ham,
    Yonsamda gar parvo qilma ket yolg'izim xotirjam
    Kelar bo'lsam bu dunyoda bir kun bo'lar ketish ham
    Ado bo'lsam bu dunyoning bitta g'amxonasi kam,
    Iltimosim jonim olma shunda kipriginga nam


    Bir kun kelib bu dunyoning menga qurilsa dori
    Safar qilsam so'nggi yo'ldan mangu koshona sari,
    So'ng ortimdan yig'lab qolsa bilgan bilmaganlarim
    Ado bo'lsam bu dunyoning bitta g'amxonasi kam
    Iltimosim shunda olma kipriginga nam.

    Men kulmadim bu dunyada mendan qolib kul jonim
    Yoringni suy bag'ringa bos baxting o'zi shul jonim,
    Yurt sevmaslar bu dunyoda o'z nafsiga qul jonim,
    Ketar bo'lsam bu dunyoning bitta g'amxonasi kam,
    Iltimosim jonim shunda olma kipringda nam.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Dilobar

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #108 ruxshon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Farzandlarimiz -hayotimiz mazmuni

  • Izohlari: 587
  • Rahmat olgan: 554

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ruxshon on topic She'riyatga oshno qalblar
    Men seni baxtiyor ko'rmoq istayman
    Quvonchdan kulishing, yayrashing chindan
    Yurakda borini bermoq istayman,
    Ezgu niyatlarni aytib ko'ngildan.

    Musaffo osmoning moviy rangini
    Va tunning malagi oyning sehrini
    Tog'lar shalolasin ,sho'x jarangini
    Senda jamligini tuymoq istayman.

    Hayotning mushkulin engib hamnafas
    Noumid o'ylarga qo'yib men qafas,
    Baxtli isnsonlar qilib chin havas,
    Sen birla bir yo'ldan yurmoq istayman

    Doimo mast bo'lib baxt sururidan
    Ajratib joy senga yurak to'ridan
    Quyoshning eng aziz yorqin nuridan
    Qalbimda jannatni qurmoq istayman,
    Men seni baxtiyor ko'rmoq istayman.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Dilobar

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #109 ruxshon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Farzandlarimiz -hayotimiz mazmuni

  • Izohlari: 587
  • Rahmat olgan: 554

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ruxshon on topic She'riyatga oshno qalblar
    Muxabbatdan dedim men nima desam
    Ishqimga bog'ladim o'ylasm neni,
    Kecha-yu bugun ,ertamdan qolsam
    Sevdim! Sevayapman. Sevaman seni.

    Ko'nglimning tubidan fazolar topdim.
    Ishqsiz dunyolarda qazolar topdim.
    Marhamatlar topdim, jazolar topdim,
    Sevdim. Sevayapman. Sevaman seni.

    Boshim osmondadir tovonim yerda,
    Kamolim ko'kdayu , zavolim yerda
    To'fonim samoda ,shamolim yerda
    Sevdim. Sevayapman.Sevaman seni.

    Qalb sevgiga loyiq teng bo'lsang yetar
    Ko'ksim ikki dilga keng bo'lsang yetar.
    Diloro habibim sen bo'lsang yeter,
    Sevdim. Sevayapman.Sevaman seni.

    Himmatini qistadi motam dunyoning
    Kulgusi qistadi motam dunyoning
    Qaynoq ruh o'tida vujudim yonib
    Sevdim. Sevayapman. Sevaman seni .

    Ko'zimni sipqorib keldim chanqasam
    Ruh qasam jon qasam qolsa tan qasam,
    Kecha-yu ,bugunim ertamdan qasam
    Sevdim. Sevayapman. Sevaman seni
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Lily, Dilobar

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago - 10 years 2 months ago #110 ruxshon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Farzandlarimiz -hayotimiz mazmuni

  • Izohlari: 587
  • Rahmat olgan: 554

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ruxshon on topic She'riyatga oshno qalblar
    O'tgan hafta uyga borgandim qizligimda tutgan she'r daftarimni topib oldim. ha-ha Bu she'rlar o'sha daftardan 8-9 yil oldingi yaho: lol:
    Last edit: 10 years 2 months ago by ruxshon.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Lily, Oymomo, Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #111 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Ruhshon qizlik vaqtlarda hamma sevgi haqida sher yozishni hush korsa kerak, mendayam 2ta daftarlarim bor. Shu yerda men ham qachonlardir menga sevimli bolgan sherni yozmoqchiman.

    Men sizni sevardim, sevgim ehtimol,
    Qalbimdan butunlay so'nmagan hali,
    Lekin endi sevgim sizga kelmasin malol,
    Haddim yo'qdir sizni hafa qilgani.

    Goho cho'chib, goho rashk bilan,
    Sevar edim sizni so'zsiz, umidsiz,
    Har kishi sevsa ham men kabi sevsin,
    Chin yurakdan, samimiy, cheksiz.

    (A.S.Pushkin tarjimasi.)

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ruxshon, Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #112 Lily

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Alhamdullillah shu kunlarga yetib keldik

  • Izohlari: 2241
  • Rahmat olgan: 1620

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Dec 1993
  • Replied by Lily on topic She'riyatga oshno qalblar

    Самира wrote: Ruhshon qizlik vaqtlarda hamma sevgi haqida sher yozishni hush korsa kerak, mendayam 2ta daftarlarim bor. Shu yerda men ham qachonlardir menga sevimli bolgan sherni yozmoqchiman.

    Men sizni sevardim, sevgim ehtimol,
    Qalbimdan butunlay so'nmagan hali,
    Lekin endi sevgim sizga kelmasin malol,
    Haddim yo'qdir sizni hafa qilgani.

    Goho cho'chib, goho rashk bilan,
    Sevar edim sizni so'zsiz, umidsiz,
    Har kishi sevsa ham men kabi sevsin,
    Chin yurakdan, samimiy, cheksiz.

    (A.S.Pushkin tarjimasi.)


    manam rosa yaxshi ko;rardim shu she'rni hozir eslasam kulaman huddi yigiti tashlab ketganlarga o'xshaganakanman dib

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #113 ruxshon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Farzandlarimiz -hayotimiz mazmuni

  • Izohlari: 587
  • Rahmat olgan: 554

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ruxshon on topic She'riyatga oshno qalblar
    Men seni sevaman g'uncha labida
    O'pichga titragan shabnam misoli
    Men seni sevaman kunning yuzida
    Tundek eriyotgan bir sham misoli
    Men seni sevaman ko'kka intilib
    Cho'qqiga osilib turgan qoyadek
    Men seni sevaman o'zidan cho'chib
    O'zidan bekinib yurgan soyadek
    Men seni sevaman o bundan ortiq
    Ishqni mendan talab qilmagin jonim
    Bundan ortiq ishqni etolmas tortiq
    Bundan ortiq sevgi bo'ladi o'lim
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan, Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago - 10 years 2 months ago #114 ruxshon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Farzandlarimiz -hayotimiz mazmuni

  • Izohlari: 587
  • Rahmat olgan: 554

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ruxshon on topic She'riyatga oshno qalblar
    Bir qush bo'lsam edi uchardim uzoq
    Olis osmonlarning bag'rida erkin
    Tabiat sehridan zavq olib shu choq
    Biroz g'am tashvishlardan olar edim tin

    Bir qush bo'lsam edi baland tog'lardan
    Keng qir adirlardan uchib o'tardim
    Ko'm -ko'k dalalardan yashil bog'lardan
    Uy kulbayu qasirlardan uchib o'tardim

    Bir qush bo'lsam edi moviy ummonga
    Qanotim keng yoyib uchardi sokin
    Nara tortib yana butun jahonga
    Notinch yuragimga berardim taskin

    Bir qush bo'lsam edi dunyoni kezib
    Sajda qilar bo'lsam keng osmonimga
    Bir kuni ruhimning dardini sezib,
    Albatta qaytardim edim oshiyonimga
    Last edit: 10 years 2 months ago by ruxshon.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Sakura

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #115 Lily

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Alhamdullillah shu kunlarga yetib keldik

  • Izohlari: 2241
  • Rahmat olgan: 1620

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Dec 1993
  • Replied by Lily on topic She'riyatga oshno qalblar
    OYMOMO ona haqidagi she'r manga juda ta'sir qildi. mani hayotimga o'xshirkan. manam hovlidan domga kelin bo'ldimku shunga ba'zi joylarini o'zgartirib uyga olib bordim. tog'amlar akamlar hamma qarindoshlar yig'lashdi @yiglash

    Sog'inch

    Uyquni ko'zim ilmas,
    Tushimga kirar gullar.
    Onamni sog'intirar,
    Qaldirg'ochi yo'q uylar.
    Mahallamda o'riklar,
    Gulin to'kar bormayman.
    Ustim but, qornim to'qu,
    So’rtaklarga zordayman.
    Shaxar katta termulib,
    Ko'zing tinar bilmaysan.
    Lekin rayxon hidini,
    Yashash qiyin bilmasdan.
    Ming katta dengizidan,
    Issiq kulcha oqmaydi.
    Uyg'on endi qizim deb,
    Onam eshik qoqmaydi.
    Kulsang birov eshitmas,
    Tushunmaydi dardingni.
    Til boshqa dillar bo'lak
    Tushunmaysan qadringni.
    Kelinlikning gashti shu -
    Ko'ngling ozir to'q uyda.
    Ona sizni sog'indim...
    Qaldirg’ochi yo’q uyda


    uzr o'zgartirish uchun
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Hilolaxon, zakiya, OYISHA NUR, Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #116 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • Replied by Oymomo on topic She'riyatga oshno qalblar
    Lily, ajoyib. Manam onamga she'rlarni sms qilib jo'natishni, o'qib berishni juda yaxshi ko'raman. Onajonim M.Yusuf she'rlarini juda yaxshi ko'rishadi. Vafot etganini eshitib astoydil yig'laganlar. Bolaligimdan she'riy, badiiy kitoblar sovg'a qiladilar. Kursdoshim Iqbol Mirzoni shogirdi. Iqbol Mirzo M.Yusufni ustoz deb biladi. Shu bois she'rlari sodda, ravon, xalqchil tilda yoziladi.

    Baxtimizga onajonlarimiz omon bo'lsinlar!

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Soliha7770, Sakura

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #117 Lily

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Alhamdullillah shu kunlarga yetib keldik

  • Izohlari: 2241
  • Rahmat olgan: 1620

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Dec 1993
  • Replied by Lily on topic She'riyatga oshno qalblar

    Oymomo wrote: Lily, ajoyib. Manam onamga she'rlarni sms qilib jo'natishni, o'qib berishni juda yaxshi ko'raman. Onajonim M.Yusuf she'rlarini juda yaxshi ko'rishadi. Vafot etganini eshitib astoydil yig'laganlar. Bolaligimdan she'riy, badiiy kitoblar sovg'a qiladilar. Kursdoshim Iqbol Mirzoni shogirdi. Iqbol Mirzo M.Yusufni ustoz deb biladi. Shu bois she'rlari sodda, ravon, xalqchil tilda yoziladi.

    Baxtimizga onajonlarimiz omon bo'lsinlar!


    manga ham Mhammad Yusuf Shavkat Rahmon Iqbol Mirzo she'rlari juda yoqadi, mangayam doim kitob sovg'a qilishardi. :lol:

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #118 Lily

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Alhamdullillah shu kunlarga yetib keldik

  • Izohlari: 2241
  • Rahmat olgan: 1620

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Dec 1993
  • Replied by Lily on topic She'riyatga oshno qalblar
    MENING DARDIM

    Tuzalmaydi dardim mening,
    O`lsam kerak.
    Tuproq bilan og`a-ini
    Bo`lsam kerak.

    O`lim nima? Bu ham bitta
    Sayr, Ona.
    O`g`ling qaro yerga ketdi,
    Xayr ona…

    Tuzalmas bu dardim mening,
    Umidim yo`q.
    Xira shamdek ko`zlarimda
    So`nmoqda cho`g`.

    Cho`g nimadir? Cho`g` ham tutab,
    Kul bo`ladi.
    Inson bir kun o`z mayliga
    Qul bo`ladi…

    Yuragimni tamom qildim,
    Yig`layverib.
    Huzurimda ajal turar,
    Qoshin kerib.

    Men hayotda o`limga tik
    Boqib o`sdim…
    Qani menga atalgan joy,
    Ketdik, do`stim!

    Muhammad Yusuf

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #119 Lily

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Alhamdullillah shu kunlarga yetib keldik

  • Izohlari: 2241
  • Rahmat olgan: 1620

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Dec 1993
  • Replied by Lily on topic She'riyatga oshno qalblar
    FARISHTALI

    Cholu kampir
    shoshilmay salkam
    bir asrni ham yashab qo’yishdi.
    Kunjaraga, zog’ora, patir,
    tomoshaga rosa to’yishdi.
    Kampirini eshitmaydi chol,
    eshitmaydi cholni kampiri.
    Bir-biriga suyanib qolgan,
    biri ketsa,
    yiqilar biri.
    Lek ko’zlari hamon kuladi,
    yuzlarida aylanar ziyo.
    Buziladi dunyo tasviri
    cholu kampir bo’lmasa go’yo.
    Har narsaga qodir tabiat
    asramagin bunday qarishdan!
    Ikkisining kiftidan ketmas,
    sakson yildir
    ikki farishta.

    Shavkat Rahmon
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #120 Lily

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Alhamdullillah shu kunlarga yetib keldik

  • Izohlari: 2241
  • Rahmat olgan: 1620

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Dec 1993
  • Replied by Lily on topic She'riyatga oshno qalblar
    СОҒИНЧ


    Бир зариф туйғулар қўлида,

    Бир Қариб орзулар йўлида,

    Бир лаҳза — чўзилган бир фасл,

    Бир умр, онажон, ним аср

    Наҳотки аламлар оша жим,

    Мен сизни соғинмай яшадим.


    Умидлар, армонлар уяси — ҳаёт,

    Гоҳ гулгун, гоҳида бебаёт.

    Бир чўнг тоғ тилгайдир елкамни,

    Бир Аллоҳ билгайдир эртамни...

    Юракда овунчим шеърмикан?

    У мени сирдошим дермикан...


    Ёндирар гулларнинг жамоли,

    Сўндирар йилларнинг шамоли.

    Ҳар сори оҳларим сачраб-да

    Куярман бир ёруғ ҳасратда...

    Майсадек титрайди яна жон,

    Мен сизни соғиндим, онажон...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.546 seconds

    Kitob do'koni