Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

Baxtli yashash sirlari

9 years 3 months ago #41 dilnozz

  • Platinum Member
  • Platinum Member
  • Bahtliman....

  • Izohlari: 2870
  • Rahmat olgan: 1783

  • Gender: Male
  • Birthdate: 07 Dec 2014
  • Replied by dilnozz on topic Baxtli yashash sirlari
    Toppa togri bu suyaksiz tilni tiyish juda qiyin ekanda mult:

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #42 mohirabonu

    • Junior Member
    • Junior Member

  • Izohlari: 21
  • Rahmat olgan: 9

  • Gender: Female
  • Birthdate: 24 Sep 1992
  • Replied by mohirabonu on topic Baxtli yashash sirlari
    salom :dugona$ yahshimisila.

    Ayollar go'zalligi ibo-hayodadir
    Erkaklar go'zalligi mard va samiymiligidadir.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #43 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • Replied by Oymomo on topic Baxtli yashash sirlari
    Deyl Karnegining aytishicha, agar barcha insonlar o'z oila a'zolariga ko'chadagi insonlarga qilganlari kabi muomalada bo'lganlarida edi, dunyoda baxtsiz inson bo'lmasdi. Darhaqiqat, ba'zida notanish haydovchiga aytgan rahmatimizni turmush o'rtog'imizga aytmaymiz. Begona sotuvchiga "iltimos, olib bersangiz, ko'rsatib yuborsangiz" deya qilgan iltifotimizni yaqinlarimizga bildira olmaymiz.

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Qizaloq, dilnozz, Shodiya

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #44 dilnozz

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Bahtliman....

  • Izohlari: 2870
  • Rahmat olgan: 1783

  • Gender: Male
  • Birthdate: 07 Dec 2014
  • Replied by dilnozz on topic Baxtli yashash sirlari
    Toppa togri Oymomo molodes bu forumda bir biridan aqilli ayollar borda doim bir nima organsa boladi %ZZ@ %ZZ@ %ZZ@
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 9 months ago #45 sevarushka

    • Moderator
    • Moderator
    • ALLOHIM O'ZINGGA MING BOR SHUKUR!

  • Izohlari: 1344
  • Rahmat olgan: 1574

  • Gender: Female
  • Birthdate: 03 Apr 1991
  • Replied by sevarushka on topic Baxtli yashash sirlari
    Er – xotinlarga tavsiyalar, ayniqsa ayollarga...

    1⃣. Har bir oila ma’lum yoshlarda inqirozlardan o’tishi muqarrar ekanligini bilib olishingiz, unga tayyor bo’lishingiz, shu jumladan mulohaza yuritilgan yoshda ham ehtiyot bo’lishingiz kerak. Bunda muomala madaniyatiga katta e’tibor berish shirin so’zlar, maqtovlarga xasis bo’lmaslik kerak. Buni bilmaslik, bilsa ham foydalanmaslik er – xotin munosabatlaridagi eng zaif joylaridan biri ekanligini unutmang. So’z qudratidan mehr – oqibat, oila baxti va shaxs ma’naviyati manfaatida foydalanmaslik shaxsning madaniyatsizligi hisoblanadi.
    2⃣. Eringiz hayotida mazkur yoshda o’zga ayol paydo bo’lsa, bong urib hammaga jar solmang. Bunday qilsangiz o’zingizga qarshi ishlagan bo’lasiz va eringizni Sizga bo’lgan munosabatini keskin yomonlashuviga, mavjud bo’lgan mehri, muhabbatini va hurmatini yo’qolishiga zamin yaratgan bo’lasiz. Bunday xabarni eshitish qanchalik og’ir bo’lmasin, unga falasafiy qarang, uni oilaviy fojeaga aylantirmang. Eringiz uchun bu shunchaki vaqtini xush o’tkazish, oila doirasida qondirilmagan psixofizioligik ehtiyojlarini oiladan tashqari qondirishning bir ko’rinishi bo’lishi yoki o’z yoshligi va imkoniyatlarini yana bir marotaba sinab ko’rish ham bo’lishi mumkin. Qanday bo’lishidan qat’i nazar turmush o’rtog’ingizni oiladan tashqari munosabatlari Siz o’ylagandek Sizga nisbatan qalb xiyonati emas, balki tan sho’xligidir. Bunday vaziyatda Siz eringiz bilan ilgarigi munosabatlaringizni faqatgina sabr – chidam, donoligingiz bilan saqlab qolishingiz va eringizni tez vaqtda bu « xastalik » dan tuzalishiga yordam berishingiz mumkin. Aks holda oilada urush - janjallar, qarindosh va ish joylariga borib shikoyat qilishlar eringizni, o’z qo’lingiz bilan o’zga ayol qo’liga abadiy topshirishingiz bilan tugaydi.
    3⃣. Erning ko’zini o’zgalardan qayirgandan ko’ra ko’proq o’zingizga qarashni odat qiling. O’zingizni tashqi qiyofangizga qarashni odat qiling. O’zingizni tashqi qiyofangiz, toza - pokizaligingiz, did bilan kiyinishingiz, qaddi – qomatingizni ko’rinishi, ortiqcha vaznlardan xalos bo’lish, eng muhimi xulq go’zalligini yanada takomillashtirishga, eringizni turli masalalarda ifodalanadigan psixofizilogik ehtiyojlarini to’liq qondirishga alohida e’tibor bering.
    4⃣. Erkaklarni uyga mahkam bog’lashga intilmang. Ular uyda o’tirish uchunn yaratilmaganligini unutmang (salomatlik yoki kasbi yuzasidan uyda ishlaydiganlardan tashqari ). Ma’lum sabablarga ko’ra, bir necha kun uyda olib o’tirganingizdan keyin gaplarni mag’zini chaqib, xursandchilik bilan ishiga kuzatib qo’yasiz.
    5⃣. Hayotda hech bir chorasiz vaziyatni o’zi bo’lmaydi. Faqat ayolligingizga borib, ko’pda aqlingiz juganini hissiyot qo’liga bermang. Qanday g’azab yoki tushkunlik holatida bo’lmang, har doim hissiyotingizdan aqlingiz ustunlik qilsin.
    6⃣. Ayol mehri manabai bo’lishi zarurligini unutmang. Mehringizga faqat qalbingizda emas, balki oila a’zolaringiz, jumladan er – xotin, ona – bola munosabatlarida yetarli ifodalashga e’tibor bering va uni ifodalashga e’tibor bering va uni ifodalash malakalarini bolalaringizda ham shakllantiring.
    7⃣. Hayotning eng damlarida, Sizning tasavvuringizda eng chorasiz va qayg’uli kunlarida Sizni to’laqonli shaxs sifatida borligingiz, hayot ekanligingizni o’zi yuksak baxtligini unutmang.
    8⃣. Hayotning eng og’ir damlarida qalbingizdagi dardni eng yaqin kishingizga aytib dardingizni yengillashtiring, agr shunday Sizni tushunadigan odam bo’lamasa, psixologlarga murojaat qiling, U, mutaxassis sifatida doimo Sizning xizmatingizda bo’lishiga tayyor.
    9⃣. Er – xotin orasida kuzatiladigan nizolarni tahlil qilishda, ulardan xulosa chiqarishda, ilgarigi sevgi – muhabbat, mehr – oqibat va o’zaro hurmat hislarini yanada tiklashda hatto adolat qoidalari ojizlik qilishini va qalblarda yuzaga kelgan « muz » ni faqat meht – muhabbat o’ti bilan eritish mumkinligini unutmang. Oilaviy hayotda qonun va inson huquqlaridan ko’ra, ba’zan qalb qonunlari va mehr – muhabbat mezonlariga tayanish ko’proq samara berishi mumkinligini unutmang!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Nigora2013, dilimda

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 6 months ago #46 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Replied by Zahroxon on topic Baxtli yashash sirlari
    Хотинли ҳаёт!

    ➖Саҳарда барвақт уйғонган эр, хотинини уйғотиб мен билан бирга югуриш машқига чиқишни хохлайсизми деб сўради.
    ➖Хотин: Сиз мени семиз деб гумон қиласизми?
    ➖Эр: Йўқ. Югуриш соғлиқ учун фойдали.
    ➖Хотин: Бўлмаса мени касал деб гумон қилябсизми?
    ➖Эр: Йўқ, йўқ агар туришни хохласангиз туринг бўлмаса ҳаммаси жойида.
    ➖Хотин: Ҳаа шундайми.. энди мени дангаса деб ўйлаябсизми?
    ➖Эр: Йўқ йўқ, сиз нотўғри тушундингиз, мен буни назарда тутмадим.
    ➖Хотин: Аҳаа энди сиз мени саводсиз деб ўйлаябсизми?
    ➖Эр: Қаранг, ахир мен буни айтмадим...
    ➖Хотин: Мени алдади демоқчимисиз?
    ➖Эр: Илтимос сиздан эрталабдан асабийлашманг..
    ➖Хотин: Энди мен сизнингча жанжалкаш бўлдимми?
    ➖Эр: Бўлди хўп, Сиз ётиб ухланг, мен ўзим ёлғиз чиқиб югуриб келаман.
    ➖Хотин: Сиз доим ҳамма ерга бир ўзингиз бориб хордиқ чиқарасиз.
    ➖Эр: Илтимос қиламан, мени бошим айланиб кетябди.
    ➖Хотин: Кўрдингизми? Сиз шундай худбинсиз. Фақат ўзингиз ҳақингизда ўйлайсиз. Мени соғлиғим ҳақида ўйламайсиз.
    ➖Эр ўтириб қаерида хато қилганлиги ҳақида ўйга толди...

    Шайх Ҳасан ал-Ҳанафий саҳифасидан.

    qayerga yozishni bilmadim


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: dilimda

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 6 months ago #47 dilimda

    • Qirolicha
    • Qirolicha

  • Izohlari: 2272
  • Rahmat olgan: 1983

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by dilimda on topic Baxtli yashash sirlari
    Бунақа одамлар ҳам бор орамизда...бечора эр...асабий, тирноқ остидан кир қидирадиган аёлини уйғотганига минг пушаймон бўлгандир...

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 6 months ago #48 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Replied by Самира on topic Baxtli yashash sirlari

    dilimda wrote: Бунақа одамлар ҳам бор орамизда...бечора эр...асабий, тирноқ остидан кир қидирадиган аёлини уйғотганига минг пушаймон бўлгандир...


    😂😂😂😂😂 нимасини айтасиз, КЕЛИНЛАР ҚУЗҒОЛОНИДАГИ ЛУТФИНИ ойдин кечада ойни томоша қилишга чақирган сахна куз олдимга келди.


    Ёзувчини хикоясига келса, жуда оширворибди, ё жуда тантиқ қизга уйланган экан деган хаёлга бориш мумкин. Лекин бизни узбек оилаларда бундай аёллар жудаям кам булса керак.

    Биз узбек аёллар доим эрни кунглига қараб яшаймиз, яна билмадим узимдан келиб чиқиб фикр билдирдим, балки орамизда шундай эркатой қизларимиз хам борми?

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 6 months ago #49 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Replied by Самира on topic Baxtli yashash sirlari
    #mobodode

    Агар "ХОТИНСИФАТ" эркак бўлмаса, "ЭРКАКСИФАТ" аёл юзага келмас эди!!!

    – Агар "тушунмайдиган" ЭРКАК бўлмаса, "асабий" АЁЛ ҳам бўлмас эди.

    – Агар "меҳр ва ҳиссиёт" улашишда бахил ЭРКАК бўлмаса, "беэътибор" ХОТИН ҳам бўлмас эди.

    – Агар "зулмкор" ЭР бўлмаса, "исёнкор" ХОТИН ҳам бўлмас эди.

    – Агар ЭРНИНГ эркаклик "ҳисси" кучайса, ХОТИННИНГ ҳам АЁЛЛИК "латофати" ўз ўрнига қайтади.

    – Агар ЭР "тушунишни" бошласа, ХОТИНДАГИ "асабийлик" ҳам барҳам топади.

    – Агар ЭР "севишни" бошласа, ХОТИНДА ҳам "нозиклик" ва "мулойимлик" ўрнашади.

    – Агар ЭР "мулойимлик" билан бир иш талаб қилса, ХОТИН ҳам ўзи истамасада "итоат" қила бошлайди.

    ЭРКАКНИНГ эркаклиги ХОТИН устидан ҳақиқий маънодаги бошлиқлигидир. Яъни, унга ЯХШИ муомалада бўлади, оқибатда ХОТИН ҳам ЭР хоҳлаганидек ҳолатда бўлади.

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zahroxon, dilimda

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.610 seconds

    Kitob do'koni