Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

She'riyatga oshno qalblar

9 years 4 months ago #201 frozen

  • Platinum Member
  • Platinum Member

  • Izohlari: 732
  • Rahmat olgan: 317

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by frozen on topic She'riyatga oshno qalblar
    "Hay-hay uyat"

    Hay-hay, uyat, jon o'lan,
    Kelin keldi, yo'lni och,
    Ne ko'z bilan ko'rayki,
    Kelin yarim yalang'och.

    Sharqning qizi bo'lganda,
    Bo'lib sharmu hayosi,
    Bunchalar ochiq-sochiq,
    Bo'lmas edi libosi.

    - Kelin qaydan? - so'radim
    Bitta kelin-oyidan,
    Kesatdi: - Shu qishloqning
    "Parij" degan joyidan.

    - Yo, tavba! O'zimizning
    Qizimizmi bu hali?
    Otabeklar, Kumushlar
    Kiygan liboslar qani?

    Ko'ylagi uzuq-yuliq,
    Yelkalari yap-yalang,
    Voy-o'lay! Qo'ltiqlari
    Ko'rinyaptiku, qarang.

    Ayol kishi bo'lsam ham,
    Junjikib ketti etim,
    Ko'krak yarim ochilib,
    Bo'b turibdi bir yutum.

    Bu libosda qizlarni,
    Ko'rgandim kinolarda,
    Bo'lar edi g'arbdagi
    Ko'ngilochar joylarda.

    Yozilardi u joylar
    Eshigiga hammasin:
    "O'n oltiga to'lmagan
    Bolakaylar kirmasin".

    Yopiqqina bo'lmasmi
    Axir, "siyna", degan joy
    Hamma ko'rdi, kuyovga
    Nima qoldi endi, voy?!

    Yirtilib ketganmikin,
    Yoki ochgan jo'rtaga?
    Qaynotasi uyalib
    Chiqib ketti ko'chaga.

    O'g'lin so'kar ichida,
    Qanday bo'g'ilmay tursin:
    "Uni - u, buni - bu", deb
    Topgan xotinig qursin.

    Badaniga qarasam,
    Oriyatdan qaqshayman,
    Xotinlar xammomida
    O'tirganga o'xshayman.

    Qaynona: "Yelkasini
    Yoping!" deb imlayapti,
    Yanga der: "Yopay desam,
    Kelin unamayapti".

    Qaynonasi garg'azab,
    Ichida der: "To'y o'tsin,
    Kuningni ko'rsataman,
    Qiz bo'lmay beting qursin!"

    Ro'molin uchin bilan,
    Bekitvolib og'zini,
    Kampirsholar uyalib
    Chetga olar o'zini.

    Namoyishga ochilgan,
    Bo'yin, qo'ltiq, yanoqlar,
    Ko'zi bilan "yeb qo'ysam",
    Deb turipti bo'ydoqlar.

    Qanday chidab tiripti,
    Kuyov munchalar royish,
    Kelinnnig ziynatlarin
    Qilib qo'yib namoyish.

    Kuyovga qaradimu,
    Orim keldi, bo'ldim lol,
    O'tiribdilar "okam"
    Tirjayvolib bemalol.

    Shom bo'ldi, tugadi to'y,
    Karnayning o'chdi uni,
    Tamom bo''ldi, ming shukr,
    "Ochiq yelkalar kuni".

    Qasd qildim: to'y qilaman,
    Qizim Osiyoxonga,
    Sharqona to'yliboslar
    Chiqqanida do'konga.

    ^xoxo$ kechagina shu she'rni uqib qolodim sizlar bilan bi bulishe dib joyladim forumga :sevgi
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, begoyim, adolat, Mushtariybonu

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #202 frozen

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 732
  • Rahmat olgan: 317

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by frozen on topic She'riyatga oshno qalblar
    "Eng go'zal qarg'ish"

    Bir sahroyi ayolning
    O'g'ilchasi sho'x ekan.
    Undan zarar ko'rmagan,
    Biron kuni yo'q ekan.

    Qozondagi taomin,
    Tepib qochib ketarkan,
    Meshidagi suvini,
    Sepib qochib ketarkan.

    Qarg'ar ekan bolasin,
    Qilolmasdan epini.
    Qirqib qochganida kir
    yoyadigan ipini:

    "Hoy, ipimni qirqmagin,
    Qalbingga ilm to'lgur.
    Hoy, meshimni teshmagin,
    Ka'baga imom bo'lgur!

    Sichqon dumin kesmagin,
    Beozor bo'l, to'g'ri yur.
    G'arib yo'lin to'smagan,
    Ka'baga imom bo'lgur".

    Demas ekan: "Juvonmarg",
    "Haromi", "Maraz", "O'lgur".
    Bitta ekan qarg'shi:
    "Ka'baga imom bo'lgur!"

    Niyat ketdi, vaqt o'tti,
    Misli yel yo shabada.
    Shu onaning, shu o'g'li
    Imom bo'ldi Ka'baga.

    Ne-ne shohu sultonlar,
    Orqasidan turib g'oz.
    Unga iqtido qilib,
    O'qir edilar namoz.

    Duo-la shum boladan,
    Chiqdi bir xush nafasli
    Olim, hofizi Qur'on -
    Abdurahmon Sudaysiy.

    Nazoratda insonning,
    Har so'z, har bir nafasi.
    Ibrat bo'lsin bizga bu
    Allohning mo'jizasi.

    Komil inson ko'rdingmi,
    Marxabo, bilki ular -
    Ota-ona, elidan
    Duo olgan bolalar.

    Bu she'r judayam manga yoqti har bir so'zida ma'no molodes
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: adolat, Mushtariybonu, Sofiyya.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #203 frozen

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 732
  • Rahmat olgan: 317

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by frozen on topic She'riyatga oshno qalblar
    Galati san'at

    Bolani qarg'mang,
    Duo qiling bolani.
    "It", "Eshak" deb so'kishga,
    Hayo qiling, bolani.

    Rosululloh derdilar,
    Yuzlaridan yog'ib nur:
    "Bolalar bu - jannatning
    Gulu rayhonlaridir".

    Tog'ri ba'zida "Gulu
    Rayhon"lar ham kuydirar.
    Sho'xligi oshib ketsa,
    Joningizdan to'ydirar.

    Bobom derdi: "Bolani
    So'kmoq asli emas ep,
    Jahlingiz chiqsa ayting:
    "Nodon", "Xumpar" deb.

    "Boy bo'lgur", "Ko'paygur" deng
    Aslo demang "O'l", "La'nat",
    Shuni bilib qo'yingki,
    So'kininsh ham bir san'at.

    Qaniydi, payg'ambarday
    So'ksangiz, qilsam huzur.
    Ul zot derdilar, so'ksa:
    "Burning erga ishqalgur".

    Tildan chiqqan har so'zda,
    Ma'rifat, ziyo bo'lsin.
    Hatto so'kishingiz ham
    Yaxshi bir duo bo'lsin.

    Ixlos bilan qilingan,
    Har niyating ushalar.
    Har so'zga ko'kda "Omin!",
    Deb turar farishtalar.

    "It" desangiz, it bo'lib,
    O'zingizni qopadi.
    "Eshak"dan eshak, har kim
    O'z tilidan topadi.

    Farzandingiz bilan el
    Faxrlanib yashasin.
    Itu eshak fe'llardan
    Parvardigor asrasin.

    Olim, shoir, hunarmand,
    Polvon bo'lsin bolalar.
    Yurtga kerakli, halol,
    Inson bo'lsin bolalar.

    Bolangizni so'ksangiz,
    "Poshsho" bo'lgur", deb so'king.
    "Olim bo'lgur", "Xizrga
    Oshno bo'lgur", deb so'king.

    Og'izdan chiqqan har so'z,
    Marhabo, bilki, kushod.
    Inson ma'rifatini
    O'lchaydigan darajot.

    Bu she'rdan uzimga kerakli hulosa chiqarib oldim molodes
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: adolat, Mushtariybonu, munojatxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago - 9 years 4 months ago #204 frozen

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 732
  • Rahmat olgan: 317

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by frozen on topic She'riyatga oshno qalblar
    "Cho'ntagi bor daraxtlar"

    Ishdan kelsam hovli betartib,
    Xuddi uyda kelinim yo'qday.
    Dadamizga murojaat qildim
    Eshittirib kelinga atay:

    - Dadasi-chi, endi bozordan
    Oyog'i bor supurgi oling.
    Qolib ketsa yo'lakda darrov
    Topib olsin o'zi o'z joyin.

    - Nima gap? - deb, dadasi hayron,
    Jinnilikka soldim o'zimni.
    "Hazil" degan ishora bilan
    Qisib qo'ydim unga ko'zimni.

    - Olimlar ham topa qolmadi,
    Cho'ntak, qo'llik daraxt navini.
    Kunda ikki marta supurib
    Charchayapti kelin hovlini.

    Har daraxt o'z bargini terib,
    Cho'ntagiga yig'ib yurardi.
    Uyalmasdan mehmon kelsa ham,
    Hovlimiz ham toza turardi.

    Gaz plitam eskirdi, chog'i,
    Qachon ko'rsam bir qarich olov.
    Choy qaynatib bo'lgandan keyin,
    O'zi o'chsa bo'lardi darrov.

    Aqilligin keltirib bering,
    Olov poylab o'tar tun-kunim.
    Hali o'chir, hali pasaytir,
    Charchaydi-da, sho'rlik, kelinim.

    Hisoblagich bu yog'da "g'ir-g'ir",
    Pulingizni yozib yotibdi.
    Tejamasak bo'lmas, uch uyni,
    O'sha olov isitayotibdi.

    Qumg'on bo'lmay har narsa bo'lsin,
    Artib ololmaydi yuzini.
    Choy qaynatib, suv tashiydi-yu,
    Chomiltirolmaydi o'zini.

    Yuvib qo'y, deb, qarab turadi,
    Kelinimga shuncha ish kammi?
    O'n yil yuvdim, ovora bo'pti,
    Kutayotgan bo'lsa u meni.

    Jo'mraklardan to'xtamaydi suv,
    Jon dadasi, uvol-ku, ko'ring.
    Bu esi past jo'mrakni olib,
    Esligidan qo'ydirib bering.

    "Suvni tejang soy bo'yida ham",
    Deyilganin yaxshi bilamiz.
    "Har tomchiga javob ber", desa,
    Oxiratda nima qilamiz?

    Xojayin der: - Do'kon qaerda?
    Dedim: - Uni topasiz oson.
    "Nodonlarga dono jihozlar"
    Deb ustiga yozilgan do'kon.

    Izlab chiqib ketdi xo'jayin,
    Topdimi, topmadi, kim bilsin.
    Olov o'chdi, choynak yuvildi,
    Mening gapim topdi egasin.

    Baqir-chaqir, qovoq-tumshuq yo'q,
    Marxaboga shu usul qulay.
    Ilonni ham indan chiqargan,
    Shirin so'zdan o'zim o'rgilay.

    ^xoxo$ bu she'r ham ajoyib ^xoxo$
    Last edit: 9 years 4 months ago by frozen.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, adolat, Mushtariybonu, Sofiyya.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #205 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • Replied by Oymomo on topic She'riyatga oshno qalblar
    Men ham she'rni o'qiganimdan keyin qizimni "doktor bo'lgur", "aya bo'lgur" deb so'ka boshlaganman ^xoxo$

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, frozen

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #206 frozen

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 732
  • Rahmat olgan: 317

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by frozen on topic She'riyatga oshno qalblar

    Oymomo wrote: Men ham she'rni o'qiganimdan keyin qizimni "doktor bo'lgur", "aya bo'lgur" deb so'ka boshlaganman ^xoxo$


    ha tug'ri aytasiz Oymomo man ham hozirdan uzimni tayyorlab boryapan ^xoxo$ ^xoxo$ ^xoxo$
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, begoyim

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #207 frozen

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 732
  • Rahmat olgan: 317

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by frozen on topic She'riyatga oshno qalblar
    ҚИЗИМ, ҚАЙНОНАНГ - ТИЛЛО

    Қизгинамни узатдим,
    Уз уйига кузатдим,
    Кетарда бир сўз айтдим:
    Қизим, қайнонанг - тилло.

    Аразлаб келар кизим.
    Жовдираб турар кўзим,
    Безиллаб турар кўзим,
    Дедим: қайнонанг - тилло.

    Дер: "Қайнонам тили ўқ,
    Койиб, нолиб, урар дўқ,
    Кўнгил билан иши йўқ... "
    Дедим: қайнонанг - тилло.

    — Кечирмас, бурни осмон,
    Эрим яхши, у - ёмон
    — Бекор айтибсан, нодон, -
    Дедим, Қайнонанг - тилло.

    Икки кўлдан чиқар қарс,
    Мулойим бўл, келгин паст,
    "Хўп бўлади ", десанг бас,
    Қизим, қайнонанг - тилло.

    Арз килиб келгандаям,
    Хар нима дегандаям,
    Қизим ҳақ бўлгандаям,
    Дедим: - Қайнонанг - тилло.

    Кутиб олиб ўзини,
    Бошламасдан сўзини,
    Бекитаман оғзини:
    Қизим, қайнонанг - тилло.

    Қайнаб келса, "бор", - дедим,
    "Сенга уйим тор", -дедим,
    "Пешона бозор ", - дедим,
    Дедим: Қайнонанг - тилло.

    Қизгинамни оврайман.
    Телефондаям сайрайман,
    Уйкумдаям жоврайман:
    Қизим, қайнонанг - тилло.

    Чархни бузган - парраси,
    Қизни бузган - онаси,
    Бузмай ўлсин - онаси,
    Қизим, қайнонанг - тилло.

    Уйини-уй бўлсин деб,
    Айрилмоқни кўрмай эп, .
    Битта билан ўтсин, деб,
    Дедим: Қайнонанг - тилло.

    Қиз узатиб тўйлабман, Қутилдим деб уйлабман,
    Бекорларни суйлабман,
    Қизим, Қайнонанг - тилло

    Қизингмидур ўғлингдир-
    Бари юрак қўрингдир,
    Тинчмаса шўрингдир,
    Қизим, Қайнонанг - тилло

    Марҳабохон йиғлаб дер:
    Юрагим қони - бу шеър,
    “Тиллахонга “ инсоф бер,
    Қизим, Қайнонанг - тилло

    Тугамайди ғавғоси,
    Адо қилди савдоси,
    Қиз туққаннинг жазоси-
    “Қизим, Қайнонанг – тилло”

    Onajonlarimizni umirlari uzun bulsin ilohim %mua# oppogim!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, begoyim, dilnozz, adolat, Mushtariybonu

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #208 frozen

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 732
  • Rahmat olgan: 317

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by frozen on topic She'riyatga oshno qalblar
    КЕЛИН ТАНЛАГАНДА АДАШМАНГ

    Ёлғизгина ўғли бор аёл,
    Ширин-ширин сурасиз хаёл,
    Бир гап айтай келмасин малол,
    Келин танлаганда адашманг.

    Суриштирасиз ким онаси,
    Озодами, ховли - хонаси,
    Ичидадур одам оласи,
    Келин танлаганда адашманг.

    Кимларгадир бой келин керак,
    Кимга юзи ой келин керак,
    Сиз қидиринг бир тоза юрак,
    Келин танлаганда адашманг.

    Деманг, гўзал қўғирчоқ бўлсин,
    Ўғилчамга овунчоқ бўлсин,
    Ҳаёт эмас қўғирчоқ ўйин,
    Келин танлаганда адашманг.

    Ўғлингизга нажот бўлсин у,
    Кишан эмас, қанот бўлсин у,
    Доно бўлсин сиз топган сулув,
    Келин танлаганда адашанг.

    Агар бўлса молпараст, нодон,
    Рашкчи, бетга чопар, бадгумон,
    Болангизга юттиради қон,
    Келин танлаганда адашманг.

    Ўғлингизни бор қилган ҳам шу,
    Ва ё, хору зор қилган ҳам, шу,
    Нозик, аммо буюк кучдир у,
    Келин танлаганда адашманг.

    Дарахтни силкитсанг ёгар қиз,
    Қайси тилло, қайси бири мис,
    Ўгли кўплар адашсаям, сиз,
    Келин танлаганда адаишанг.

    Бўлсин қўли ширин, меҳрибон.
    Шу қўллардан ейсиз ошу нон,
    Балки шу қўлда берасиз жон,
    Келин танлаганда адашманг.

    Яқин қилар йироғингизни,
    Кутар дўсту, ўртоғингизни,
    Шу қиз ёқар чироғингизни,
    Келин танлаганда адашманг.

    Қай қизники одоби бордир,
    Қалбида нур, офтоби бордир,
    Керак бўлса тинчлик, бахт, хузур,
    Келин танлаганда адашманг.

    Яхши бўлса, пошшо бўласиз,
    Ёмон бўлса, расво бўласиз,
    Қон босим бўласиз, ўласиз,
    Келин танлаганда адашманг.

    Ҳайрон бўлманг, дўстларим асло.
    Агар ўлар бўлса Марҳабо,
    Қабридан ҳам чиқар шу нидо:
    Келин танлаганда адашманг.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, begoyim, dilnozz, Mubina1995, adolat, Mushtariybonu

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #209 Mushtariybonu

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Ollohga shukurki ayol bulib yaraldim

  • Izohlari: 717
  • Rahmat olgan: 332

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • :sevgi Frozen oo%^ barakollo biram ajoyib sherlar topibsiz, manga hammasi maqul buldi hlopok hlopok hlopok :rah# yashavoring molodes
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: frozen

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #210 frozen

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 732
  • Rahmat olgan: 317

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by frozen on topic She'riyatga oshno qalblar
    Arzimedi Mushtariybonu yoqanidan judaym hursandman %mua# yaho:
    :rah# %mua# %mua# :sevgi :sevgi :lol:
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Mushtariybonu

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #211 frozen

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 732
  • Rahmat olgan: 317

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by frozen on topic She'riyatga oshno qalblar
    Jannatdagi kundoshim!

    Ichim to’la o’kinish, Ellik yoshdan oshsayam,
    Araq, ishrat so’kinish Shunday bezor bo’ldim-ki,

    Zirrilardim kesayam, Hapa bo’masdim agar
    Javobimni bersayam, Ohirati ne bo’ladi?!

    Endi Alloh biladi, Naqqoshligini tashab,
    Sudxo’rlik ham qiladi.

    Yalinaman yoshmassiz, Namoz o’qing dadasi,
    Jon omonat, o’lim haq, Desam qotar ensasi.

    Bu odamni tek qo’ysam, Endi shundoq o’tadi,
    Agar bir gap bo’lsayam, Naq do’zaxga ketadi.

    Voy-voy Xudo saqlasin, Qo’rqitaman do’zaxdan
    Parvoyi palak bir kun Gap boshladim, Jannatdan

    Dedim daryosida may, Tubida laal durlar bor,
    Dadasi-chii Jannatda, O’n besh yoshli hurler bor

    Qomatlari kelishgan, Harirdir ko’ylaklari
    Ko’rinib turar shundoq, Boldirin iliklari

    Biqinlari tasmaday, Semizmas manga o’xshab
    Rohat qilasiz nafis, Barmoqlarini ushab

    Ko’zlaringiz qamashar badanining nuriga,
    Faqat pok erkak loyiq, Jannatning bu huriga

    Dediyu erimning lovilladi yuzlari,
    O’sha hurni ko’rganday dedi yonib ko’zlari

    O’ylabmanki Jannatda meva-cheva bor holos,
    Unga qanday kiradi o’rgatib qo’y iltimos…

    Dedim ichishni tashab, halol hunar kasb qiling
    Hulqingiz bo’lsin go’zal sudho’rlikni bas qiling.

    Alloh deb do’st bo’lasi ilm, hunar, san’atga
    Poklik-u iymon bilan kiriladi Jannatga

    Dedi: “Hurdan rashk qilib, hurpaydimi pating?!”
    Dedim: “ming bor roziman, iloyo qo’sha qaring”

    Tongda mani uyg’atdi yuzi to’la nur bilan,
    Bir qo’lida joynamoz, bir qo’lida gul bilan

    Dedim: “hay nima bo’ldi, nega tegdiz gulimga?!”
    Dedi: “ilinib ketdim, Jannatdagi hurimga”

    Alloh, Alloh qoyilman dedim ko’ksimga urib,
    Shu ergayam bir gapni bo’lar ekan uqtirib,

    Tutagan shamchiroqqa quygan kabi moyini
    Voy-voy shu qaysarniyam topdim nozik joyini

    Boshladi yangi hayot, chizdi go’zal naqshlar,
    Hatto chet eldan kelib, sotib olar muhlislar

    Yashar qalbi jismi pok, el-yurtini sevadi
    Vaqt topib ba’zan hatto tennis o’ynab keladi.

    Endi bizning mavlono manga qilar nasihabt
    Har so’zida yuz ma’no, har ishida yuz hikmat

    Undan bezor bo’lgandim, kulsangiz ham aytaman,
    Bugun uni shu yoshda sevib qoldim qaytadan,

    Hatto o’sha hurlardan rashk qilib qoldim andak,
    Jannat eshigidan ham mo’ralab tursam kerak,

    Darvozasiga yozib qo’yaman shu she’rimni,
    Ey Jannatning hurlari hapa qimang erimni…

    Sizga loyiq qilguncha araqho’r bu kishimni,
    Yerdan terib olganman, singan qancha tishimni

    Yorildi qancha kursi, qancha eshik oynaklar,
    Uchib o’tgan boshimdan qancha likop choynaklar.

    Mehnatini man ko’rdim, oqdi qancha ko’z-yoshim
    Rohatini siz ko’ring Jannatdagi kundoshim

    Erim qayta yosharib yoningizga kirgan dam,
    Duo qilib qo’ying bir, Marhabo sho’rlikni ham

    Siz haqda bir eshitgan erkak holi shu bo’sa,
    Nima bo’lar ekan-a, o’zingizni bir ko’rsa?!...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, mahfuza

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #212 Mubina1995

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 780
  • Rahmat olgan: 281

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Bir sahroyi ayolning
    O'g'ilchasi sho'x ekan.
    Undan zarar ko'rmagan,
    Biron kuni yo'q ekan.

    Qozondagi taomin,
    Tepib qochib ketarkan,
    Meshidagi suvini,
    Sepib qochib ketarkan.

    Qarg'ar ekan bolasin,
    Qilolmasdan epini.
    Qirqib qochganida kir
    yoyadigan ipini:

    "Hoy, ipimni qirqmagin,
    Qalbingga ilm to'lgur.
    Hoy, meshimni teshmagin,
    Ka'baga imom bo'lgur!

    Sichqon dumin kesmagin,
    Beozor bo'l, to'g'ri yur.
    G'arib yo'lin to'smagan,
    Ka'baga imom bo'lgur".

    Demas ekan: "Juvonmarg",
    "Haromi", "Maraz", "O'lgur".
    Bitta ekan qarg'shi:
    "Ka'baga imom bo'lgur!"

    Niyat ketdi, vaqt o'tti,
    Misli yel yo shabada.
    Shu onaning, shu o'g'li
    Imom bo'ldi Ka'baga.

    Ne-ne shohu sultonlar,
    Orqasidan turib g'oz.
    Unga iqtido qilib,
    O'qir edilar namoz.

    Duo-la shum boladan,
    Chiqdi bir xush nafasli
    Olim, hofizi Qur'on -
    Abdurahmon Sudaysiy.

    Nazoratda insonning,
    Har so'z, har bir nafasi.
    Ibrat bo'lsin bizga bu
    Allohning mo'jizasi.

    Komil inson ko'rdingmi,
    Marxabo, bilki ular - 
    Ota-ona, elidan
    Duo olgan bolalar.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: mahfuza, Sofiyya.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #213 Mubina1995

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 780
  • Rahmat olgan: 281

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Galati san'at

    Bolani qarg'mang,
    Duo qiling bolani.
    "It", "Eshak" deb so'kishga,
    Hayo qiling, bolani.

    Rosululloh derdilar,
    Yuzlaridan yog'ib nur:
    "Bolalar bu - jannatning
    Gulu rayhonlaridir".

    Tog'ri ba'zida "Gulu
    Rayhon"lar ham kuydirar.
    Sho'xligi oshib ketsa,
    Joningizdan to'ydirar.

    Bobom derdi: "Bolani
    So'kmoq asli emas ep,
    Jahlingiz chiqsa ayting:
    "Nodon", "Xumpar" deb.

    "Boy bo'lgur", "Ko'paygur" deng
    Aslo demang "O'l", "La'nat",
    Shuni bilib qo'yingki,
    So'kininsh ham bir san'at.

    Qaniydi, payg'ambarday
    So'ksangiz, qilsam huzur.
    Ul zot derdilar, so'ksa:
    "Burning erga ishqalgur".

    Tildan chiqqan har so'zda,
    Ma'rifat, ziyo bo'lsin.
    Hatto so'kishingiz ham
    Yaxshi bir duo bo'lsin.

    Ixlos bilan qilingan,
    Har niyating ushalar.
    Har so'zga ko'kda "Omin!",
    Deb turar farishtalar.

    "It" desangiz, it bo'lib,
    O'zingizni qopadi.
    "Eshak"dan eshak, har kim
    O'z tilidan topadi.

    Farzandingiz bilan el
    Faxrlanib yashasin.
    Itu eshak fe'llardan
    Parvardigor asrasin.

    Olim, shoir, hunarmand,
    Polvon bo'lsin bolalar.
    Yurtga kerakli, halol,
    Inson bo'lsin bolalar.

    Bolangizni so'ksangiz,
    "Poshsho" bo'lgur", deb so'king.
    "Olim bo'lgur", "Xizrga
    Oshno bo'lgur", deb so'king.

    Og'izdan chiqqan har so'z,
    Marhabo, bilki, kushod.
    Inson ma'rifatini
    O'lchaydigan darajot.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #214 Mubina1995

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 780
  • Rahmat olgan: 281

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • УЗИНГИЗНИ ЭХТИЁТ КИЛИНГ

    Азизларим, мехрибонларим, Дусту ёрон, кадрдонларим, Жонингизга куяр жонларим, Узингизни эхтиёт килинг. Тириклик деб, чопган оталар, Рузгорим деб, шошган оналар, Жонингизга куймас болалар, Узингизни эхтиёт килинг. Киз аразлаб келса юрак кон, Келин чимирилса дил вайрон, Агдар-тунтар булса хам жахон, Узингизни эхтиёт килинг. Таранг-таранг тортилар асаб, Емираркан инсонни газаб, Кон томирлар бунча мурт, ё Раб?! Узингизни эхтиёт килинг. Унг томонда жойлашса юрак, Булмасмиди шунчалар хуркак, Чикса чикар гуручдан курмак, Узингизни эхтиёт килинг. Тортишувда бир суздан колиб, Нохуш гапни хазилга олиб, Дилозорни Худога солиб, Узингизни эхтиёт килинг. Эй дуст, хар не касби корингиз, Хамрох сизга ташвиш, зорингиз, Ёнингизда юрсин дорингиз, Узингизни эхтиёт килинг. Улим - ёмон, дахшатли такдир, Аммо дузах олдида бахтдир, Асли уша оловдан хозир, Узингизни эхтиёт килинг. Энг аввало ношукр булманг, Жохил билан хамфикр булманг, Беибодат, безикр булманг, Узингизни эхтиёт килинг. Хаккингизни бермаса бахил, Кургизсалар зулуму кахр, Хисоб куни келар-ку ахир, Узингизни эхтиёт килинг. Кандай шараф - АЛЛОХга кайтиш?! Шартмас шунча улимдан куркиш, Охиратда колган хамма иш, Узингизни эхтиёт килинг. Сизга санчиб сузнинг найзасин, Яйраса шу нодон яйрасин, Сукут билан енгинг хаммасин, Узингизни эхтиёт килинг. Кечирганни кечирур АЛЛОХ, Панох берган топади панох, Ёмонликдан не чикади, ох! Узингизни эхтиёт килинг. Дуст томонга талпининг хар дам, Куринг кувонч ташвишни бахам, Одам тафтин олади одам, Узингизни эхтиёт килинг. Куръон, хадис, шеърият, санъат, Доно билан бир ширин сухбат, Шумасми сиз кидирган жаннат? Узингизни эхтиёт килинг. Гам келганда куюниб кетманг, Бахт келганда суюниб кетманг, Сокин яшанг, осуда яшанг, Узингизни эхтиёт килинг. Кузлар хали куриб турганда, Юрак хали уриб турганда, Оёгингиз юриб турганда, Узингизни эхтиёт килинг. Елкангизда икки фаришта, Уларнинг куллари ёзишда, Узингизни эхтиёт килинг. Шукр дустлар, борингиз учун, Фарзанд, жигар, ёрингиз учун, Узингизни эхтиёт килинг!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, mahfuza, Sofiyya.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #215 mahfuza

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • hayotning har lahzasi shirin

  • Izohlari: 2643
  • Rahmat olgan: 1311

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Sep 1991
  • Replied by mahfuza on topic She'riyatga oshno qalblar
    mubinahon nodirahon sherlaringni oqib mazza qildim baraka topinglar singiljonlarim hlopok hlopok hlopok hlopok hlopok hlopok hlopok hlopok
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Mubina1995, frozen

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #216 Mushtariybonu

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Ollohga shukurki ayol bulib yaraldim

  • Izohlari: 717
  • Rahmat olgan: 332

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • ИНТЕРНЕТДАН ТОПГАН ДЎСТЛАРИМ
    Билмайсиз – кўнглимдан ўтказдим нени,
    Билмайсиз – нимани ўйлар кўзларим.
    Гарчи йўқотмаган эдингиз мени,
    Мени интернетдан топган дўстларим.

    Меҳр кўзда дерлар, ростми бу сўзлар,
    Шартмиди кўзларга тушиши кўзлар?
    Унда нега бунча самимийсизлар,
    Мени интернетдан топган дўстларим.
    Кимдир қоқ кўксимга ўқ отгани чин,
    Бошқаси пайт пойлаб жим ётгани чин,
    Кимдир ҳаётидан йўқотгани чин,
    Мени интернетдан топган дўстларим.
    Ўзим ҳам кимнингдир ортидан чопдим,
    Ким учун кўнглимнинг эшигин ёпдим.
    Сиз меними ёки мен сизни топдим,
    Мени интернетдан топган дўстларим.
    Асли биз хизматсиз дўстга айландик,
    Ҳеч қандай тилхатсиз дўстга айландик.
    Муҳими – миннатсиз дўстга айландик,
    Мени интернетдан топган дўстларим.
    Яшаш қийин ҳаддинг сиғмаслар бўлса,
    Кул бўлганинг кўриб куймаслар бўлса.
    Атрофингда ўзинг суймаслар бўлса...
    Мени интернетдан топган дўстларим.
    Аяйсиз, чин сўзни канда қилмайсиз,
    Хатоларим баъзан кўзга илмайсиз.
    Яхшиманми, ёмон – буни билмайсиз...
    Мени интернетдан топган дўстларим.
    Барчамизни еру само асрасин,
    Чин юракдан чиққан дуо асрасин.
    Сизни йўқотишдан Худо асрасин,
    Менинг интернетдан топган дўстларим!
    ЖУРАБЕК РАИАЗОНОВ
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: dilnozz, Mubina1995, munojatxon, Nilusha

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 4 months ago #217 Mubina1995

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 780
  • Rahmat olgan: 281

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • BAHOR TILAKLARI

    Nechun ko‘klam madhi tushmas g‘azaldan,
    Shoirlar bahorni kuylar azaldan?

    Oshiqlar zangori kenglikka boqib,
    Qo‘shiqlar aytadi bag‘rini yoqib.

    Tabarruk chollarning chakkasida gul,
    Momolar o‘yida bahordir nuqul.

    Bir lahza yasharar qarri qo‘rg‘onlar,
    Ajib dilbar bo‘lib qolar insonlar.

    Ha, bahor misrasi menda ham talay,
    Bu holning boisi bordir harqalay.

    Azizim, g‘unchaga nazar sol bir on,
    Bag‘rida hozircha turfa hol pinhon.

    Ranglar yashar unda balki pushti, oq,
    Ajab, tikoni ham hozircha yumshoq.

    Tong chog‘i shabboda ko‘taradi bosh,
    Oh, nechog‘ latifu nechog‘lik yovvosh.

    Asli qahratonning nabirasi u,
    Nash’u namolari hozircha ezgu.

    Inson fe’li qiziq, yashagay hurkib,
    Shervachchani silab, sherdan-chi, qo‘rqib.

    Bahor norasida go‘dakday shirin,
    Qo‘ynida ezgulik armon yashirin.

    Nashtar bo‘lmasidan g‘unchaning xori
    Shirin tuyuladi uning diydori.

    Bo‘ronga aylanmay shabboda - go‘dak
    Ozurda dillarni yayratar beshak.

    Odam bolasiga doim umid yor,
    Shul sabab bahorga tilagi bisyor:

    Olamga qabohat zahrin sochmasa,
    Mas’um yuraklarda yara ochmasa.

    Qoplamasa basdur yeru samoni
    Mudhish qirg‘inlarning qora to‘zoni.
    1983

    Abdulla Oripov

    « 
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, Layloshka

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #218 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Ayol bo`lmasa


    Yashashdan hech ma'no bo’larmi,
    Gul bo’lurmi, ra'no bo’lurmi,
    Yor bo’lurmi, ona bo’lurmi?-
    Bu dunyoda ayol bo’lmasa.

    Bu tiriklik, xayot bo’lurmi,
    Kuy bo’lurmi, bayot bo’lurmi,
    Tojmaxallar bunyod bo’lurmi?
    Bu dunyoda ayol bo’lmasa

    Jaloliddin, Temurbek qayda,
    Alisheru Ulugbek qayda?
    Bo’larmidi yo’qlikdan paydo?
    Bu dunyoda ayol bo’lmasa.

    Yozilarmu she'ru dostonlar,
    Tinch bo’larmi yer-u osmonlar,
    Tug’ilarmi yurtga posbonlar?
    Bu dunyoda ayol bo’lmasa.

    Yolig’izlikning chekib g’amini,
    To’ldirolmay ko’ngil kamini,
    O’chirardik xayot shamini,
    Bu dunyoda ayol bo’lmasa.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #219 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Bahor keldi seni so‘roqlab…


    Salqin saharlarda, bodom gulida,
    Binafsha labida, yerlarda bahor.
    Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
    Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

    Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
    O‘rik gullarining eding maftuni.
    Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
    Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.


    Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
    Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
    Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
    Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.

    Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
    Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
    Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
    Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.

    O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
    Jarliklarga olib ketdi boshini.
    Farhod tog‘laridan daraging izlab,
    Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.

    Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
    Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
    Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
    Horib-charchab keldi, toqatlari toq…

    So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
    Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
    Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
    Sekin xabar berdi menga o‘zidan.

    Lekin yotog‘imda seni topolmay,
    Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
    Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
    Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:

    “Qani men kelganda kulib qarshilab,
    Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
    “Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab”
    Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?

    O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
    Elda hilpiratib jingala sochin?
    Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
    Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

    Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
    Kamol toptirardi keng xayolimni.
    Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
    Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.

    Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
    Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
    Nechun qora libos, sochlaringda oq,
    Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?”

    Qanday javob aytay, loldir tillarim,
    Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
    U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
    Boqib turolmayin qabring toshiga.

    Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
    Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
    Sening yoding bilan yelib beqaror,
    Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.

    Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
    Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
    Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
    Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.

    Bahorga burkangan sen sevgan elda,
    Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
    O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
    Men ham hali sensiz olmadim nafas.

    Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
    Hayotni kuylayman, chekinar alam.
    Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
    Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
    Zulfiya
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, dilnozz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago - 9 years 3 months ago #220 Niratsan

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Nowadays the world needs some love not medicine!

  • Izohlari: 1429
  • Rahmat olgan: 2274

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Aug 1992
  • Replied by Niratsan on topic She'riyatga oshno qalblar
    Sen shamoldan shoshqinroq,
    Yomgirlarda ivibsan
    Yurakda ayb yöq,biroq
    Meni bekor sevibsan!
    Ovlama,nishonmasman,
    Sevgiga ishonmasman,
    Umringga kishanmasman
    Meni bekor sevibsan!
    Köngil qöyish shartmidi?
    Sevgi shunday dardmidi?
    Közingdagi gardmidi?
    Meni bekor sevibsan!
    Mehr körsatma,tushunaman
    Senga arzishim gumon
    Oshiqligim xam yolgon
    Meni bekor sevibsan!
    Qadr-u himmating bilmay
    Azobni pisand qilmay
    Könglingga shafqat qilmay
    Meni bekor sevibsan!
    Last edit: 9 years 3 months ago by Niratsan.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: dilnozz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.802 seconds

    Kitob do'koni