Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

She'riyatga oshno qalblar

9 years 3 months ago #221 Niratsan

  • Platinum Member
  • Platinum Member
  • Nowadays the world needs some love not medicine!

  • Izohlari: 1429
  • Rahmat olgan: 2274

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Aug 1992
  • Replied by Niratsan on topic She'riyatga oshno qalblar
    Olislarga boshim olib ketayin,
    Körmagansiz mendek nochor bir garib
    Sevmasangiz sevmang mayli netayin,
    Yuragimni bering faqat qaytarib!
    Har kimning öz suygan yori bor,
    Sizni sevgan bu yurakning zori bor
    Bir mushtipar onaginam zori bor,
    Yuragimni bering faqat qaytarib!
    Yaxshi kunlar ötdi misli tushdayin
    Gaplaringiz botar,nina nishdayin
    Titrab turgan chorasiz bir qushdayin,
    Yuragimni bering faqat qaytarib!
    Ich ichimni örtar nola alamlar
    Qalbim tutar sizga jonini titrab
    Nima desa desin mayli odamlar
    Yuragimni bering faqat qaytarib!
    Orzularim sarob ekan orzumas,
    Tuyguyingiz ötkinchidir,tuygumas
    Iltimosim,iltijoyim arzimas
    Yuragimni bering faqat qaytarib!
    Olislarga boshim olib ketayin,
    Kördingizmi meni nochor bir garib?
    Sevmasangiz sevmang mayli netayin,
    Yuragimni bering faqat qaytarib!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, begoyim, dilnozz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #222 Niratsan

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Nowadays the world needs some love not medicine!

  • Izohlari: 1429
  • Rahmat olgan: 2274

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Aug 1992
  • Replied by Niratsan on topic She'riyatga oshno qalblar
    Sira hafa bo'lmagin erkam,
    Topilmaydi g'am ko'rmagan bosh.
    Seni qanday yupatsam ekan,
    O'zim ko'zdan to'kib turib yosh..!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, dilnozz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #223 dilnozz

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Bahtliman....

  • Izohlari: 2870
  • Rahmat olgan: 1783

  • Gender: Male
  • Birthdate: 07 Dec 2014
  • Replied by dilnozz on topic She'riyatga oshno qalblar

    Niratsan wrote: Olislarga boshim olib ketayin,
    Körmagansiz mendek nochor bir garib
    Sevmasangiz sevmang mayli netayin,
    Yuragimni bering faqat qaytarib!
    Har kimning öz suygan yori bor,
    Sizni sevgan bu yurakning zori bor
    Bir mushtipar onaginam zori bor,
    Yuragimni bering faqat qaytarib!
    Yaxshi kunlar ötdi misli tushdayin
    Gaplaringiz botar,nina nishdayin
    Titrab turgan chorasiz bir qushdayin,
    Yuragimni bering faqat qaytarib!
    Ich ichimni örtar nola alamlar
    Qalbim tutar sizga jonini titrab
    Nima desa desin mayli odamlar
    Yuragimni bering faqat qaytarib!
    Orzularim sarob ekan orzumas,
    Tuyguyingiz ötkinchidir,tuygumas
    Iltimosim,iltijoyim arzimas
    Yuragimni bering faqat qaytarib!
    Olislarga boshim olib ketayin,
    Kördingizmi meni nochor bir garib?
    Sevmasangiz sevmang mayli netayin,
    Yuragimni bering faqat qaytarib!






    Nastarin juda zor sher ekan shunisi juda yoqdi .oziz yozganmisiz ?
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #224 Niratsan

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Nowadays the world needs some love not medicine!

  • Izohlari: 1429
  • Rahmat olgan: 2274

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Aug 1992
  • Replied by Niratsan on topic She'riyatga oshno qalblar
    yöq Dilnozaxon,videodan eshitgandim S.Rahimxon shu sherlarni chiroyli qb öqib berganakan,shunga mangayam yoqudi.Özim sevgi mavzusida sher yozmaganman,uyalganman lol:

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago - 9 years 3 months ago #225 Sofiyya.

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 508
  • Rahmat olgan: 490

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sofiyya. on topic She'riyatga oshno qalblar
    HAYOT.
    Hayot-tushunmagan falsafam mening,
    Umr -gundalikka uhshagan daftar,
    Dunyo-kiprigimda qotip qolgan mung,
    Ajal-ruh kukida yovvoyi kaptar.



    Osmon-olamlarga siģmas vujudim,
    Quyosh-yonib turgan yuragim mening,
    Imon-olam aro mening bor-budim,
    Bardosh -yerga tegmas kuragim mening.



    Sherim-nafasimning yuragi-havo,
    Qalam-oq qoģozda titragan kunglim,
    Adolad-suvlari qurimas daryo,
    Haqiqat-yuragi qonalgan Onam.



    Orzu-osmonlarga siģmagan oq qush,
    Armon-orzularni singan qanoti,
    Baht-men kurolmagan guzal-guzal tush,
    Dard-shoir Odamning yana bir oti.
    Last edit: 9 years 3 months ago by Sofiyya..
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Mubina1995

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #226 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Menga atab she'r yoz deganding.

    Uyg'onadi dunyo har bahor,
    Har ko'klamning bordir o'z guli.
    Meni ma'zur tutsin gar bahor
    Ko'zlarimga yoqsa kuz guli.

    Umrim darddan tizilgan shoda,
    Jim tingladim ko'ksim nolishin.
    Erta o'lar-ketar dunyoda
    Bilmagandim sevib qolishim.

    Goh shamolday uchqur, beega,
    Goh tun kabi sokin va jimsan.
    Xayolimdan ketmaysan nega,
    Aytgin axir men uchun kimsan.

    Menga atab she'r yoz deganding,
    She'rda yolg'on bosa olmayman.
    Sevdim deyish o'lim bilan teng,
    Sevmayman deb yoza olmayman.

    Umrim o'tdi bu quv dunyoda
    Goh mansab, goh nomus talashib.
    Qara, bugun yoningda hatto
    Turolmayman senga yarashib.

    Mayxonaga chorlar meni may,
    Bilmam uning ne zori bo'lsam.
    Senga atab qanday she'r yozay,
    Shoirmas, g'irt bezori bo'lsam.

    Bir kuni tong boshqacha otar
    Va qo'lingdan tutadi kimdir.
    Mening esa bor bo'yim xatar,
    Balki bu eng so'ngi she'rimdir.
    Menga atab she'r yoz deganding..

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #227 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Uchrashuv

    Biz uchrashdik, yo’q, bizlar emas,
    Yolg’on bilmas ko’zlar uchrashdi.
    Chaqmoq chaqib o’tdi bir nafas,
    Kul qoplagan hislar uchrashdi.

    Ikkimiz ham tobora yolg’iz
    Odam to’la bu tor bekatda.
    Sen – beparvo, qaraysan tez-tez
    Qo’lingdagi pushti soatga.

    Men o’ylayman: yo’qmi xotirot
    Bu qizning tosh yuraklarida?!
    Barin ko’mib yuborgan nahot
    Dorilfunun yo’laklariga?!

    Biroq men ham befarqman go’yo,
    Unutganday tutib o’zimni,
    Iztirobim sezmagin deya
    Yashiraman sendan ko’zimni.

    So’ng birinchi kelib to’xtagan
    Avtobusga chiqaman shoshib.
    Ketay deyman ko’ksimga tikan
    Sanchayotgan hislardan qochib.

    Bir o’y qiynar: menga bir zamon
    Baxtlar bergan bunday uchrashuv
    Nahot endi yoq’dirar armon,
    Nahot endi ulashar qayg’u?!

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago - 9 years 3 months ago #228 Sofiyya.

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 508
  • Rahmat olgan: 490

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sofiyya. on topic She'riyatga oshno qalblar
    %mua#
    Last edit: 9 years 3 months ago by Sofiyya..

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #229 Sofiyya.

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 508
  • Rahmat olgan: 490

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sofiyya. on topic She'riyatga oshno qalblar
    Musofirlar taqdiri.

    Соғинч нима, билай десангиз, 
    Қалб тубини кўрай десангиз. 
    Қишдан ёзни сўрай десангиз, 
    Бир мусофир бўлиб кўринг сиз. 

    Юртнинг кадрин улардан 
    сўранг, 
    Ишкнинг дардин улардан 
    сўранг. 
    Такдир зарбин улардан 
    сўранг, 
    Бир мусофир бўлиб кўринг сиз. 

    Кечалари уйкуси кочар, 
    Хаёлидан не ўйлар кечар. 
    Тушларида юртига учар, 
    Бир мусофир бўлиб кўринг 
    сиз. 

    Тоби кочиб, ётар гохида, 
    Ким сўрайди, холин, ё худо. 
    Ширин жондан килмагин 
    жудо, 
    Бир мусофир бўлиб кўринг 
    сиз. 

    Боласини туш кўрар, 
    бирок, 
    Онажонин кўролмас, узок. 
    Мусофирлик оёкка тузок, 
    Бир мусофир бўлиб кўринг сиз. 

    Уйин эслаб кўнгли бузилар, 
    Кўзларидан ёшлар тизилар. 
    Бутун юрак-бағри эзилар, 
    Бир мусофир бўлиб кўринг сиз. 

    Мусофиринг асра худойим, 
    Омон-эсон кайтсин илойим. 
    Кабул айла бу илтижойим, 
    Адашмасин, йўлидан доим.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, dilnozz, Mubina1995, mahfuza, adolat

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #230 mahfuza

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • hayotning har lahzasi shirin

  • Izohlari: 2643
  • Rahmat olgan: 1311

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Sep 1991
  • Replied by mahfuza on topic She'riyatga oshno qalblar
    zor ekan sheringiz ozingiz yozganmisiz lol: lol: lol:

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #231 Sofiyya.

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 508
  • Rahmat olgan: 490

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sofiyya. on topic She'riyatga oshno qalblar
    Mahfuza yoqqan bulsa hursandman uree@@ yuq enter nettan uqidim.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #232 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, Layloshka

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #233 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Xazon fasli kelsada ammo.
    Xazon b6lmas orzu va tilak.
    Birovlarga iwonmang aslo.
    Mexribon y6q olloxdan b6lak.
    Goxi d6sting aldaydi pinxon.
    Goxi esa aldaydi yurak.
    Qadirdonim s6zimga iwon.
    Mexribon y6q olloxdan b6lak.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, Nigush

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #234 Sofiyya.

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 508
  • Rahmat olgan: 490

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sofiyya. on topic She'riyatga oshno qalblar
    Osmonlar ishonsa Ayol zotiga,

     Uni sevib qolsa nuqrada Quyosh.

     OLLOH onalikni ravo etganda,

     Hatto farishtalar qilarkan havas.

    Ayol farishtaday bo`lishi mumkin,

    Vafosiz yor uchun o`lishi mumkin.

    Jonidan jon yasab tug`ishi mumkin,

     Nega farishtalar qilmasin havas!!!

    Ayol muqaddas.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Hilolaxon, Niratsan, Oymomo, begoyim, Mubina1995, Nigush

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #235 Hilolaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Shukronalik hissi qalbimizda bölsin...

  • Izohlari: 1901
  • Rahmat olgan: 1974

  • Gender: Female
  • Birthdate: 19 Dec 1991
  • Replied by Hilolaxon on topic She'riyatga oshno qalblar

    Sofiyya. wrote: Osmonlar ishonsa Ayol zotiga,

     Uni sevib qolsa nuqrada Quyosh.

     OLLOH onalikni ravo etganda,

     Hatto farishtalar qilarkan havas.

    Ayol farishtaday bo`lishi mumkin,

    Vafosiz yor uchun o`lishi mumkin.

    Jonidan jon yasab tug`ishi mumkin,

     Nega farishtalar qilmasin havas!!!

    Ayol muqaddas.


    Naqadar ta'sirli, go'zal va haqiqat aytilgan she'r ekan. Tasanno! hlopok

    Olloh hammamizni panohida asrasin

    [IMG


    [IMG
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Sofiyya.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #236 Sofiyya.

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 508
  • Rahmat olgan: 490

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sofiyya. on topic She'riyatga oshno qalblar
    SOG‘INUB
    Ey dilbaro, ishqing bila devona bo‘ldum sog‘inub,
    Bulbul kabi tun kechalar giryona bo‘ldum sog‘inub.
    Bir necha kunlardan beri ko‘rmay visoling, ey pari,
    Turlik balo ming g‘am bila hamxona bo‘ldum sog‘inub.
    Hech kim maningdek kuymagan hajring o‘tiga, ey sanam,
    Tanho tutashdim man o‘zim so‘zona bo‘ldum sog‘inub.
    Tushdi sani deb boshima jabru sitam, hadsiz azob,
    Aqlu hushimdan oqibat begona bo‘ldum sog‘inub.
    Kelgay eding, ey mahliqo har damda ahvolim so‘rab,
    Bir necha kundur kelmading, hayrona bo‘ldum sog‘inub.
    Kim desa jononing kelur bu haftaning oxirlari,
    Atrofidan ming aylanub, parvona bo‘ldum sog‘inub.
    Tashlab g‘arib devonani muncha uzog‘ etding safar,
    To kelg‘ucha qoplar yutub, biryona bo‘ldum sog‘inub.
    Izlab sani har ko‘chada sandan xabar bersa kimi,
    El ichra ko‘p sharmanda ham afsona bo‘ldum sog‘inub.
    Ming shukrkim kelding bu kun sihhat salomat, shodmen,
    Aylay Nihoniy jon fido, qurbona bo‘ldum sog‘inub.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #237 Sofiyya.

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 508
  • Rahmat olgan: 490

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sofiyya. on topic She'riyatga oshno qalblar
    UMR O‘TMOQDA
    Esiz-esiz bolalikni qoldirib ortda,
    Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
    Qoldirib qoldirmay iz bu hayotda
    Umr o‘tmoqdadir daryo misoli.
    Har safar to‘rg‘aydan avval uyg‘onib,
    Chamanlar yaratish ishqida yonib,
    Ko‘cha-guzarlardan ko‘ngul dog‘lanib,
    Dilni buzarlardan ko‘ngul dog‘lanib,
    Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
    Ba’zan boy berilib bebaho onlar
    Bekor o‘tgan damga ko‘ngul ezilar,
    Ba’zan g‘olib kelib tulkisimonlar,
    Umr o‘tmoqdadir, daryo misoli.
    Dengizdek mavj urib, qirg‘oqdan toshib,
    Yurar yo‘limizdan ba’zan adashib,
    Kimlar bilandir zimdan mansab talashib,
    Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
    O‘rinsiz nolayu navozish bilan,
    Ba’zan g‘am-tashvish ham honish bilan,
    Kimlargadur asta chox qazish bilan,
    Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
    Keksalik mo‘ralab eshik qoqmoqda,
    Bolalik qaytadan qaytarilmoqda
    Bizdan erta kunga nelar qolmoqda,
    Umr o‘tmoqdadir daryo misoli.
    Mard bilan nomardni farqiga bormay,
    Yaxshi-yomonni ham ajrata olmay,
    Sevgan yorlarimiz qadriga yetmay,
    Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
    O‘lmas sozdan so‘ylab tugatolmasman,
    O‘chmas izdan so‘ylab tugatolmasman,
    Mangulikdan so‘ylab tugatolmasman,
    Umr o‘tmoqdadir, daryo misoli.
    Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Mubina1995

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #238 Sofiyya.

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 508
  • Rahmat olgan: 490

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sofiyya. on topic She'riyatga oshno qalblar
    SHUKUR DEYSAN SEN QACHON?
    Ta'magirni tortqilab,
    Nafsi qo`ymas deydilar.
    Nokas o`zi to`ysa ham,
    Ko`zi to`ymas deydilar.
    Boq bir yorug` olamga —
    Kimlar zo`rg`a kun ko`rar.
    Odamlar bor, bog`dagi
    Bulbuldan ham pul so`rar.
    Yolg`on dunyo — bu dunyo,
    Arzon dunyo — bu dunyo.
    Ne-ne hokim, beklardan
    Qolgan dunyo — bu dunyo.
    Kiprikdan ham qisqadir
    Molu dunyo yo`llari.
    Ibrat bo`lsin Iskandar
    Ochiq ketgan qo`llari!..
    Uzat deysan, ber deysan,
    Hech qo`ymading odamzod.
    Tuya to`ydi, fil to`ydi,
    Sen to`ymading, odamzod.
    Shukr qilar hattoki
    Qumursqa-parrandalar.
    Shukr deysan sen qachon,
    Xom sut emgan bandalar?..
    Bu uch kunlik dunyoda
    Savlatigga kerilma.
    Qasr qurma, bog` qoldir,
    Davlatingga kerilma.
    O`z elingni qaqshatsang,
    Xor bo`lasan o`zing ham.
    Bir kun shu el mehriga
    Zor bo`lasan o`zing ham!..
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Mubina1995

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #239 Nilusha

    • Elite Member
    • Elite Member

  • Izohlari: 225
  • Rahmat olgan: 99

  • Gender: Female
  • Birthdate: 04 Nov 1992
  • Replied by Nilusha on topic She'riyatga oshno qalblar
    ERKAKLARIMIZ BOR BO'LISHSIN!!!!!!

    Erkaklar bo'lmasa aytilmas azon,
    Erkaklar bo'lmasa qaynamas qazon,
    Erkaklar bo'lmasa chaqaloq qayda,
    Erkaklar bo'lmasa shapaloq qayda.
    ^xoxo$ %mua# :sevgi

    Farzandni oyoqqa turgizish uchun, Uni avval yelkadan tushirish lozim.....!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Nigora2013

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #240 Sofiyya.

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 508
  • Rahmat olgan: 490

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sofiyya. on topic She'riyatga oshno qalblar
    Kichik qalbim keng jahonga sig’maydi,

    Kechalari zirqiraydi, siqtaydi,

    Hech kim dardim hosilini yig’maydi,

    Ishqim bog’i xomush-xomush yig’laydi.

    Men ishq elining nola-yu afg’onida kuydim,

    Ko’ngil uyining otashu armonida kuydim.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.713 seconds

    Kitob do'koni