Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

She'riyatga oshno qalblar

9 years 1 month ago #301 Nigush

  • Senior Member
  • Senior Member

  • Izohlari: 55
  • Rahmat olgan: 15

  • Gender: Female
  • Birthdate: 11 Oct 1993
  • Replied by Nigush on topic She'riyatga oshno qalblar
    Sochlarin turmaklari,
    Yarashganini qarang.
    O'ziga ko'ylaklari,
    Yarashganini qarang.

    Qarang qanday qomati,
    Balki shudir omadi,
    Siyratiga surati,
    Yarashganini qarang.

    Yuragim yonar cho'g'day,
    Uning bahosi yo'qday,
    Nigohlar tiyra o'qday,
    Yarashganini qarang.

    Termulib turishlari,
    Hattoki yurishlari,
    Betakror kulishlari,
    Yarashganini qarang.

    Ko'rmaganman bunday qiz,
    Qo'llarim yetmas yulduz,
    Lablar chizilgan tengsiz,
    Yarashganini qarang.

    Gapirganda so'zlari,
    Yonib turar ko'zlari,
    Ibo bilan nozlari,
    Yarashganiga qarang.

    Bir ko'rib bo'ldi sarmast,
    Devona oshiq Ahad,
    U, mening bilan faqat,
    Yarashganini qarang.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 month ago #302 Mohi

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 372
  • Rahmat olgan: 190

  • Gender: Female
  • Birthdate: 25 Mar 1993
  • Replied by Mohi on topic She'riyatga oshno qalblar
    MENI JANNATLARGA YETAKLANG BEGIM!

    Meni jannatlarga yetaklang begim,
    Baxtimdan lol qolsin hatto hurlar ham
    Ikki dunyo seving o'ksitmang ko'nglim
    Taxsin aytsin hatto farishtalar ham!
    Meni jannatlarga yetaklang begim
    Namozim bo'lmasin dunyo deb qazo
    O'rgating Qur'onni qabrim nurlansin
    Toki jahannamda olmayin jazo
    Menga jannatlarni anglating begim
    Neki bo'lasa yengaylik birga
    Tik qotmasin hech, egilsin jismim
    Sajdada turaylik doimo birga
    Meni jahannamdan asrang sultonim
    Toki qovurilmasin o'tdda bu tanim
    Alloh uchun sevaylik bir birimizni
    Bizni Alloh suysin shu meni baxtim
    Meni jannatda ham alishmang aslo
    Hech qanday hurliqo go'zal hurlarga
    Aslida men sizni alishmam aslo
    O'tkinchi hislaru dur-u zarlarga
    Bizga jannatda ham tole yor bo'lsin
    Qolsin ortimizdan solih farzandlar
    O'rgating ularga namoz Qur'onni
    Ohirat rahmati axir dilbandlar
    Meni jannatlarga yetkalab boring
    Aslo bilmay o'tay ayriliq hissin
    BEGIM ikki dunyo men bilan qoling
    Oxiratda qalbim siz bn tinsin!!

    To'g'ri yo'ldan adashtirmasin robbim!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Nigora2013, Zahroxon, Shaxnoz, happy baby

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 month ago #303 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Replied by Zahroxon on topic She'riyatga oshno qalblar
    Ajoyib sher uchun :rah# Mohi judayam chiroyli sher ekan


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Mohi

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 month ago #304 Mohi

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 372
  • Rahmat olgan: 190

  • Gender: Female
  • Birthdate: 25 Mar 1993
  • Replied by Mohi on topic She'riyatga oshno qalblar

    Zahroxon wrote: Ajoyib sher uchun :rah# Mohi judayam chiroyli sher ekan

    Rahmat! men o'zim ham shu she'rni rossayam yoqtiraman

    To'g'ri yo'ldan adashtirmasin robbim!

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 weeks ago #305 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Ustozim deganing sherfurush chiqsa,
    Suyganim deganing erfurush chiqsa,
    Podshohim deganing elfurush chiqsa,
    Chidagin bolam-a, chidagin,
    Dardlaring taningga joylansin.
    Chidagin bolam-a, chidagin
    Oxlaring qo'shiqqa aylansin!

    Chin qolib yolg'onlar topsa marhamat,
    Yaxshimas yomonlar topsa marhamat,
    Aldamchi zamonlar topsa marhamat,
    Chidagin bolam-a, chidagin,
    Dardlaring taningga joylansin.
    Chidagin bolam-a, chidagin
    Oxlaring qo'shiqqa aylansin!

    Amir o'g'ri bo'lsa, qozi riyokor,
    Vazir shuhratparast, o'g'ri ziyokor,
    Va ular xalqingdan kulsalar beor,
    Chidagin bolam-a, chidagin,
    Dardlaring taningga joylansin.
    Chidagin bolam-a, chidagin
    Oxlaring qo'shiqqa aylansin!

    Donolar qorani oppoq desalar,
    Shoirlar haromni shu pok desalar,
    Qo'rqsalar, dushmanni o'rtoq desalar,
    Chidagin bolam-a, chidagin,
    Dardlaring taningga joylansin.
    Chidagin bolam-a, chidagin
    Oxlaring qo'shiqqa aylansin!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, dilnozz, muslima1

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 weeks ago - 9 years 2 weeks ago #306 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Maysaga ezmayman deb ayttim,
    Daraxtga kesmayman deb ayttim.
    tuprog'imga sen deb o'lsam,
    Og'riqni sezmayman deb ayttim.

    Qushlarga otmayman deb ayttim,
    Yerimga sotmayman deb ayttim.
    xaqni aytsam ,xaqni aytsam o'tta kuymayman,
    Suvlarga botmayman deb aytim.

    Tog'ustiga chiqdim maston,
    Ko'z oldimda O'zbekiston.
    yig'layverdim-yig'layverdim,
    Dedim,Iloyim bo'l omon.

    Ko'z yoshga arzir sen dedim,
    Quvonchga arzir sen dedim.
    Bu boshim dunyoga arzir,
    Shu boshga arzir sen dedim.

    Qo'shig'im tarzi sen dedim,
    Yuragim mag'zi sen dedim.
    Otamdan meros qolgansan,
    Onamdan qarzim sen dedim.
    Yig'layverdim-yig'layverdim,
    Dedim,Iloyim bo'l omon.
    Last edit: 9 years 2 weeks ago by Nigora2013.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: dilnozz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 weeks ago #307 dilnozz

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Bahtliman....

  • Izohlari: 2870
  • Rahmat olgan: 1783

  • Gender: Male
  • Birthdate: 07 Dec 2014
  • Replied by dilnozz on topic She'riyatga oshno qalblar
    farida :rah# ajoyib sherlar uchun ilk eshtiganimdan rossa yeg'lahgandim ^yiglash ^yiglash ^yiglash hozir ham ko'zimga yosh keldi :blush:
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Nigora2013

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 weeks ago #308 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • dilnoza sultonova wrote: farida :rah# ajoyib sherlar uchun ilk eshtiganimdan rossa yeg'lahgandim ^yiglash ^yiglash ^yiglash hozir ham ko'zimga yosh keldi :blush:

    Gumrohlar kinoasida shu she'rlarni aytgan ekan.Menga ham yoqqanligi uchun shu yerga yozdim mult: .Haqiqatdan yig'latadigan she'r ekan. kozyosh

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 week ago #309 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Соғинч нима, билай десангиз,
    Қалб тубини кўрай десангиз.
    Қишдан ёзни сўрай десангиз,
    Бир мусофир бўлиб кўринг сиз.

    Юртнинг кадрин улардан
    сўранг,
    Ишкнинг дардин улардан
    сўранг.
    Такдир зарбин улардан
    сўранг,
    Бир мусофир бўлиб кўринг сиз.

    Кечалари уйкуси кочар,
    Хаёлидан не ўйлар кечар.
    Тушларида юртига учар,
    Бир мусофир бўлиб кўринг
    сиз.

    Тоби кочиб, ётар гохида,
    Ким сўрайди, холин, ё худо.
    Ширин жондан килмагин
    жудо,
    Бир мусофир бўлиб кўринг
    сиз.

    Боласини туш кўрар,
    бирок,
    Онажонин кўролмас, узок.
    Мусофирлик оёкка тузок,
    Бир мусофир бўлиб кўринг сиз.

    Уйин эслаб кўнгли бузилар,
    Кўзларидан ёшлар тизилар.
    Бутун юрак-бағри эзилар,
    Бир мусофир бўлиб кўринг сиз.

    Мусофиринг асра худойим,
    Омон-эсон кайтсин илойим.
    Кабул айла бу илтижойим,
    Адашмасин, йўлидан доим.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Shaxnoz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 1 week ago #310 sokinqalb

    • Senior Member
    • Senior Member
    • Qalbim sokinlik istaydi....

  • Izohlari: 51
  • Rahmat olgan: 22

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by sokinqalb on topic She'riyatga oshno qalblar
    Амрикодан уйланаман (хазил)

    Айланаман, шаркни кезиб айланаман,
    Иболи бир ёр тополмай кийналаман.
    М.Юсуф

    Онам углим уйлан деса нолиб келдим,
    Иболи киз шаркда йук – деб голиб келдим,
    Кимни айтса айбин топиб тониб келдим,
    Дедим – Бориб Амрикодан уйланаман.

    Юз угирдим нигохларин саволига,
    Бир бокмадим паридайин рухсорига,
    Колдим узбек сулувларин уволига,
    Ёдга тушса багрим куйиб, уртанаман.

    Амриконинг гузаллари олдин дедим,
    Блондинка, куриб севиб колдим дедим,
    Мошин хайдар…, етишмасам улдим дедим,
    Эрта туриб Амрикога шайланаман.

    Келсам тикка, ола-була кокиллари,
    Кийимига боксам дунё охирлари,
    Ун туртида “васлин” кучар “Тохирлари”
    Деворларга бошим уриб ингланаман.

    Беш йил излаб охир топдим энг зурини,
    Бердим сенга жоним – дедим – калб курини,
    Кандай ювай пешонамнинг шур-шурини,
    Килмишимдан хуноб булиб кийналаман.

    Чукиб кетди юрагимнинг коялари,
    Боласини катта килар доялари,
    Мендан устун турар ёрнинг соялари,
    Узим тиниб, узим яна лойланаман.

    “Онанг..” дегин остонагда миршаб кутар,
    Бир мушт урсанг камогида кунинг битар,
    Ажрашолсанг тулов тулаб умринг утар,
    Вох тилгинам куйди-я, деб войланаман.

    Онажоним, калбим вайрон, кузим хайрон,
    Гунохимдан кечарми у кунгли уммон,
    Боргунимча бир киз топинг жон онажон,
    Узбек кизин кузга суриб уйланаман.

    ——————————————————————————–
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: madina95, ummu Hadicha

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 10 months ago #311 OYISHA NUR

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ONALIK BAXTIGA YETKAZGANIGA SHUKUR

  • Izohlari: 2922
  • Rahmat olgan: 2239

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Jan 1991
  • ЎРТОҚ ЎЗБЕКФИЛЬМ!
    (М.Юсуфга ўхшатма)

    Ўртоқ “Ўзбекфильм”, қумсайди кўнгил,
    Шунча йил мизғидинг, уйғонгил энди.
    Ҳозирги фильмлар жудаям енгил,
    Бошингни кўтар-ей, тўлғонгил энди.

    Ҳозирги фильмлар вазни пар, енгил,
    Туғилиб, уч кунда ўлаверади.
    Яна “Ёр-ёрлар”га тортади кўнгил,
    “Суюнчи”ни кўргим келаверади.

    “Севгинаторлар”му ишқ тарбияси,
    Чорлар нурсизликнинг дастурхонига.
    “Суперкелинчак”нинг бўш савияси
    Тортмайди “Келинлар қўзғолони”га.

    Ногоҳ "Улфат"ларга тушади кўзим,
    Озгина ҳазилдан сўйлар лофчилар.
    Эшик таққиласа, қарайсиз, у ким?
    Бари “Замонавий янги совчилар”...

    Бу бир парча саҳна, фильмлар эмас,
    Бошланса, ўрнимдан тургим келади.
    Тўғриси, қандайдир “Бўрилар”нимас,
    “Тўйлар муборак”ни кўргим келади.

    Раззоқ Ҳамроларни қумсайди кўнгил,
    Наби Раҳимларга тортар ҳуморлар.
    Эргаш Каримлардан бир қатра шингил,
    Наҳот қайтмас энди Ҳамза Умарлар?!

    Ўртоқ “Ўзбекфильм”, бермайсан жавоб,
    Ўзингга топдингму ҳар хил “паноҳлар”,
    Оинаи жаҳонга термулиш азоб,
    Чарчатиб қўймоқда бир хил нигоҳлар!

    Маънисиз оламда кўзларим толди,
    Оқмай қўйдилар-ей дил жолалар ҳам.
    "Тангалик болалар" ўтмишда қолди,
    Қайта туғилмайди “шум болалар” ҳам.

    Айтақол, қайлардан бу қадар зулминг,
    Бориб-бориб сандан охир кечгумдир.
    Бугун ишлаётган жуда кўп фильминг
    Номига яраша “жаноб ҳеч кимдир”.

    Гоҳида чинқирсам аччиқ аламдан,
    Гоҳ кулгим қистайди гиналарингга.
    Қочгим келмоқдадир рангли оламдан
    Оқ-қора тасвирли киноларингга!
    muallif x. hamidov
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: muslima1, ummu Hadicha

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 10 months ago #312 Shaxnoz

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 367
  • Rahmat olgan: 279

  • Gender: Female
  • Birthdate: 26 Sep 1994
  • Replied by Shaxnoz on topic She'riyatga oshno qalblar
    SEVING SIZNI SEVGAN AYOLINGIZNI!!!
    Turfa jilo bn misoli tovus.
    Go‘zallar olsa ham hayolingizni.
    Bedor tong otguncha kutguchi hanuz.
    Seving sizni sevgan ayolingizni.

    Siz desa tilidan sachrab tursa bol.
    Yashirib yaxshi yu yomoningizni.
    Og‘ziga bir luqma solmagan siz siz.
    Seving sizni sevgan ayolingizni.

    Tuting yelkangizni aziz boshiga.
    Unga panoh qilib yaratgan sizni.
    Dunyolarni to‘kmang uning qoshiga.
    Seving sizni sevgan ayolingizni.

    Ming bitta zaxarni yutib siz uchun.
    Jim kutib bir shirin kalomingizni.
    Keling o‘dha tog‘day g‘ururni egib seving sizni sevgan ayolingizni...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: OYISHA NUR, Nigora2013, muslima1

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 10 months ago #313 Shaxnoz

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 367
  • Rahmat olgan: 279

  • Gender: Female
  • Birthdate: 26 Sep 1994
  • Replied by Shaxnoz on topic She'riyatga oshno qalblar
    Oysha Nur opa juda zo‘r sher bo‘libdida gap yo‘q. malatsi.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: OYISHA NUR

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 10 months ago #314 Shaxnoz

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 367
  • Rahmat olgan: 279

  • Gender: Female
  • Birthdate: 26 Sep 1994
  • Replied by Shaxnoz on topic She'riyatga oshno qalblar
    So‘qmoqlar eskirdi o‘zgardi bog‘lar.
    Kukoqqa chalinar kuylar ham yangi.
    Biraq muhabbatning yuzida dog‘lar.
    Biroq artilmagan xatlarning changi.

    Har baxor olamda turfa o‘zgarish.
    "Tug‘ular o‘zgarar keksayar" - derlar.
    Faqat Muxabbatning ranglari sarg‘ish
    Faqat keksayishni bilmaydi sherlar.

    Hanuz isxorini kutayotgan ishq
    Tunlar yug‘lab chiqar Sevgi qarri qiz.
    Bo‘gizda aylanar faqat bir qo‘shiq.
    "Men sizni..." Siz esa ... siz-chi?! siz?!

    Bu baxor ham o‘tar gullamayotir
    Bog‘larda ishq degan tanho bir daraxt.
    Ko‘ksini hijron qush cho‘qilayotir.
    Kismatidan lol vujudi karaxt.
    U gullamaydi....
    O‘zgardi bog‘lar

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 10 months ago #315 Shaxnoz

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 367
  • Rahmat olgan: 279

  • Gender: Female
  • Birthdate: 26 Sep 1994
  • Replied by Shaxnoz on topic She'riyatga oshno qalblar
    SOVCHILAR
    Ichimdan nimadir uzulib ketti
    Shirin hayollarim buzulib ketti.
    Bu kecha tong otmay cho‘zilib ketti.
    Boshim bog‘lab ketmish kelgan sovchilar.
    Sevishimni senga ayta olmadim.
    Ammo bu yo‘limdan qayta olmadim.
    Mavridi kelar deb paytin poyladim
    Kalbim dog‘lab ketmish kelgan sovchilar.
    Shashtim past ko‘zimda aylanar yoshim.
    Sezdirmay deymanu yetmas bardoshim.
    Vujudim zirqirar egilgan boshim.
    Yurakka tig‘ sanchmish kelgan sovchilar.
    Endi seni o‘zga oshyoning kutar.
    Baxtli yoring shodon qo‘lingdan tutar.
    Balki mening umrim armonda o‘tar.
    Orzularim chil chil etmish sovchilar.
    Endi kech ollohdan baxt tilay senga .
    Sog‘ina sog‘ina taxt tilay senga
    ...Yaratgan qanoat oto et menga
    Yurakka g‘ul g‘ula bitmish sovchilar.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, madina95, Nigora2013

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 10 months ago #316 OYISHA NUR

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ONALIK BAXTIGA YETKAZGANIGA SHUKUR

  • Izohlari: 2922
  • Rahmat olgan: 2239

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Jan 1991
  • Marsiya

    Muhammad Yusuf…
    Muhammad Yusuf…
    Labimda qoldi
    Taronam mening.
    Havoda qoldi
    Qo‘lim gul uzib.
    Endi kerakmas
    Bahonam mening.

    Bunchalar qalin
    Dunyoning po‘sti.
    Bug‘doyday hoksor
    Bir shoir o‘sdi.
    Nogoh bir xabar
    Tongimni to‘sdi.
    Titradi olam,
    Yig‘ladi onam:
    — Bolamning do‘sti…
    — Bolamning do‘sti…

    Senmi, she’riyat,
    Senmi jon qadar.
    Dildagi so‘ngi
    Tomchi qon qadar.
    Tuproqday aziz
    Ham osmon qadar.
    Ko‘kni o‘sha kun
    Qaldirg‘och bosdi
    Xorazmdan to
    Andijon qadar.

    Hayot – goh bir baxt,
    Bir omadgacha.
    Yo mingta nomard
    Yo bir mardgacha.
    Toshkentdan toki
    Marhamatgacha,
    Keta ketguncha,
    Qiyomatgacha –
    Teraklar, tollar
    Qoldi bo‘y cho‘zib,
    Muhammad Yusuf…
    Muhammad Yusuf…

    Kuylari qoldi
    Tog‘u toshida,
    O’ylari qoldi
    Oy – quyoshida,
    Buloq boshida,
    Xirmon boshida,
    O’zbekning qora
    Ko‘zu qoshida.
    Bir shoir ketdi,
    Bir shoir o‘tdi
    Bobur yoshida,
    Bobur yoshida.

    Ey bulbullarga
    Kuy-g‘azal, Vatan.
    Sen – abad Vatan,
    Sen – azal Vatan.
    Kim sendan yuldi,
    Kim – o‘sal, Vatan.
    Gul, asal Vatan,
    Sen yuksal, Vatan,
    Sen yuksal, Vatan,
    O’yladi bolang,
    Kuyladi bolang,
    Ey, go‘zal Vatan!
    Ey, go‘zal Vatan!

    Biz uni – yoshu –
    Tuproqqa qo‘ydik.
    Tuproqni qoshu
    Qaboqqa qo‘ydik.
    Tushmi, deb avval
    Ro‘yoga yo‘ydik.
    O’zi suygan shu
    Tuproqqa qo‘ydik
    So‘ngi sabr bu,
    So‘ngi safar bu –
    Ko‘proqqa qo‘ydik,
    Ko‘proqqa qo‘ydik.

    Chirqirab qo‘nmay
    Makonlariga –
    Otadin yodgor
    Ayvonlariga
    Singillari ham
    Rayhonlariga.
    Armonlariga,
    Hijronlariga –
    Qo‘shib jo‘natdi
    Ruh, jonlariga.
    Olib ketdilar
    Qaldirg‘ochlari
    Osmonlariga,
    Osmonlariga.

    Aylanar charxning
    Charxpalaklari
    Almashib rangu
    Kamalaklari.
    Qoldi ona uy
    Sumalaklari,
    Majnuntollarning
    Jamalaklari.
    Nozima qoldi,
    Madina qoldi –
    Kapalaklari,
    Handalaklari.

    Do‘stu yor yo‘li
    Doim yirog‘dir.
    Gohi diydoru
    Gohi firog‘dir.
    Dilbandlariga
    Vatan qarog‘dir.
    Chin farzandlar ham
    O’chmas chirog‘dir.
    Hozir ham balki
    Jim o‘ylayotir.
    Yurtiga sha’nu
    Shavkatlar yog‘dir,
    Yo, qodir Olloh,
    Tuproqlariga
    Rahmatlar yog‘dir,
    Rahmatlar yog‘dir.

    Muhammad Yusuf…
    Muhammad Yusuf…

    2001, avgust. Sirojiddin Sayyid.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Самира, begoyim, Nigora2013

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 9 months ago #317 begoyim

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2687
  • Rahmat olgan: 1915

  • Gender: Female
  • Birthdate: 24 Oct 1991
  • Replied by begoyim on topic She'riyatga oshno qalblar
    Эру хотин аразлашдик,
    Навбатдаги ади-бади.
    Сувга бўккан "дока рўмол "
    — Уч кундаям қуримади.

    Гапирмайсиз, ёзилмайсиз,
    Гарчи "дук-дук " юрак урар.
    Тунда, ҳатто, ётоқдаям —
    Ўртада бир "девор " турар

    Бир деворки, қалин, баланд,
    Қуш ҳам учиб ўтмас, тайин.
    Гўё уни қуриб кетган
    Искандар-ул Зулқарнайн.

    Бир деворки ўргимчактўр,
    Нафис, нозик тузилади.
    Қайсар ғурур бўлмаса-ю
    «Пуф» деб қўйсанг бузилади.

    Дейишади: араз уч кун.
    Учинчи кун келди, мана.
    Ярашишим керак бугун,
    Уришмаям қолайин-а!

    Ўзи нега тортишдим ман?
    Ҳеч қачон ҳақ бўлармидим?!
    Мана, қанча дилхиралик,
    "Хўп " деб қўйсам ўлармидим ?!

    Гўё олтин қўрғон сизу
    Дорвозангиз тақатақ берк
    "Калитингиз " ўттиз икки —
    Соқчи пойлаб туради тек.

    Эьлон қилдим кўнглингизга —
    Ишқ-муҳаббат "урушини"
    Бошлавордим Искандарнинг
    Буюк ҳарбий "юришини".

    Ололмаган қўрғоним — Сиз,
    Мен-чи мағлуб, хор Саркарда,
    Тонгда қўшин тўплаб бориб,
    Шом бўламан пароканда.

    Қўшинларим — назокатим,
    Ишва, жилва, латофатим,
    Афсус, улар сонидан кўп,
    Жангда кўрган талофатим.

    Қошларимни камон қилсам,
    Нигоҳим — зарб бўлармикин ?
    Сочларимнинг мушк-ўқидин
    Шу қўрғон забт бўлармикин ?

    Қўллаб кўрдим юз хил усул,
    Сарҳадидан ўтолмадим.
    Пойтахтига муҳаббатнинг —
    Байроғини тиколмадим.

    Деворингиз метин экан,
    Замбараклар топсаммикин ?
    Соқчиларин ғурур деган,
    Қилич билан чопсаммикин?

    Тугамас бу маҳораба,
    "Ё ўлиш, ё қолиш " керак,
    Жон кетса ҳам, шу қўрғонни,
    Олиш керак, олиш керак!

    Агар олсам шу қўрғонни,
    Жангда ғолиб келар эдим.
    Ўз-ўзимга генераллик,
    Унвонини берар эдим.

    Ҳар лаҳзада минг бор юрак,
    Майдонлари қонланади,
    Энди менга макру ҳийла,
    Аскар бўлиб "ёлланади".

    Туфлингизнинг ичига бир —
    Оқ атиргул солиб қўйдим.
    Ёстиғингиз оқ жилдига
    "Айлавью" деб ёзиб қўйдим.

    Костюмингиз чўнтагидан
    Олма чиқар — буям ўгит
    Хатиям бор, ёзиб қўйдим:
    "Танишайлик, яхши йигит".

    Сиз-чи, уйиб қовоқларни,
    Мен томонга қарамайсиз,
    Қўлим чўзсам, жимжилоқни —
    Узатишга ярамайсиз.

    Ўзингизча, бефарқдайсиз,
    Лек йиғлайсиз сўлиб қолсам,
    Не бўлади шу аразда
    Ё сиз, ё мен ўлиб қолсам?

    Вой-вой, Худо кўрсатмасин,
    Эрга осий бўлмоқликни,
    Дўст, биродар, қўшни, жигар,
    Араз ҳолда ўлмоқликни.

    Елкангизни қитиқлайман,
    Жимсиз, сирли йўталаман,
    Белингиздан ачом қилиб,
    "Оқ байроғим" кўтараман.

    Ёришади юзларингиз,
    Учрашгандай Хизр билан.
    Ўликниям тирилтирса,
    Бўларкан-а ҳазил билан

    Дейман: Мен ғўр канизингиз,
    Сиз — Подшо бўлақолинг,
    Кулворасиз — зўрға турган —
    Экансиз-а, ўлақолинг.

    Урра! Урра! Уруш тамом!
    Ишқ қўшини қучди зафар,
    Жисмим бўйлаб етмиш икки,
    Томиримда кетди хабар.

    Қўйдим "қилич қалқонимни",
    Бекор бўлди ҳарбий ҳолат.
    Генераллик нишонини
    Тақиш қолди энди фақат.

    Доно Шарқнинг иши қизиқ,
    Уйлаб, кўнглим завққа тўлар.
    Аёл шундай саркардаки,
    Бош эгганда ғолиб бўлар.

    Ҳар уйда бир олтин қўрғон,
    Ҳар уйда бир зўр саркарда.
    Эру хотин шундай ширин
    Рўзғор қилар ўзбекларда.

    Мархабо Каримова шеъри.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Soliha7770, Oymomo, Самира, Dilnozaxon, madina95, Nigora2013, Sofiyya., Zahroxon, komilabegim, Shaxnoz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 9 months ago - 8 years 9 months ago #318 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Sohildagi go‘dak nidosi.

    Murg‘ak bu tanamga bo‘zlab yig‘lama,
    Ko‘ngilni g‘ashlama, yurak tig‘lama.
    Balki, yig‘la, ummat, ojizligingga,
    Bo‘zla, insoniyat, nochizligingga.

    Inson huquqidan so‘z ochma, bashar,
    Loaqal jim turgin, insonsan, agar.
    Nifoqu yolg‘onga to‘lgan, ey olam,
    Bir nafas sukut qil, so‘zlayin men ham.

    Dunyoga kelgandim, ko‘p vaqt bo‘lmadi,
    Balog‘atga hali yoshim to‘lmadi.
    Ota-onam bilan yashardim sokin,
    Sevardim, o‘pardim vatanim xokin.

    Men o‘ynab yurgandim mutlaq beozor,
    Hech kimga ko‘nglimda yo‘q edi g‘ubor.
    O‘zgalar oyog‘i bosh bo‘lmish bizga,
    O‘z qo‘limiz yetmas hattoki tizga.

    Aybimiz – qo‘rqarmish bizdan qo‘shnimiz,
    Semizroq ekandir yana qo‘zimiz.
    Banogoh uyimni tutdi bir olov,
    O‘tinlar xo‘p yonar, ko‘rinmas kosov.

    Bir-birin o‘mardi qadim qardoshlar,
    Qo‘l-oyoq uzildi, kesildi boshlar.
    Boshlarda aql yo‘q, ko‘z ko‘r, til soqov,
    Qo‘l-oyoq xiyorsiz, bir-biriga yov.

    Men olovdan qochib, cho‘kdim dengizga,
    Dunyoni tark etdim, odamlar, sizga.
    Dengiz ham vujudim yuta olmadi,
    Dardimni ummon ham ko‘tarolmadi.

    Suvining sho‘rligi ko‘zim yoshidan,
    To‘lqinlar yuragim yutgan toshidan.
    Bugun men yotibman sohilda sokin,
    Yuzlarim o‘parmish o‘zga yurt xokin.

    Ko‘z yoshimni dengiz yuvib yotibdi,
    Boshimni to‘lqinlar silab yotibdi.
    Mayli, jonsiz tanam ko‘rsin ham dunyo,
    Vijdonsiz nigohlar tushmasin ammo.

    Boshim silamasin, qilurman hazar,
    Zolimga uzalgan qo‘l bo‘lsa agar.
    Sovugan jasadim o‘pmangiz, zinhor,
    Haqqa ochilmagan labdan etgum or.

    Boqmang kimligimga, sabab so‘ramang,
    Bir inson farzandi inson deb qarang.
    Hali, ey insonlar, berasiz javob,
    Murg‘ak bu jonimdan so‘ralur hisob.

    Demangiz cho‘kmishdir jajji bir badan,
    Islomiy hamiyat, insonlik cho‘kkan.
    Jonim olib qochdim, borganim ajal,
    Qorningiz to‘qlikdan yorilgan mahal.

    Menku jannat sari uchdim qush bo‘lib,
    Qardoshlarim asrang, ketmasin o‘lib.
    Otam Ibrohimga yetishdim omon,
    Sizlarni kutmasin Fir’avnu Homon.

    Ko‘zni oching, qayting o‘zlingizga,
    Bo‘ldi, rasm chizmang ko‘zligingizga.
    Musulmon musulmon zulmidan qochsa,
    O‘zgalar unga o‘z eshigin ochsa,

    Arablar eshigin qoqmasa arab,
    O‘zga ostonada tursa mo‘ltirab,
    Ey Ummat, hayotdan kechganing yaxshi,
    Dengizlarga cho‘kib ketganing yaxshi!

    Husaynxon Yahyo Abdulmajid

    Izoh tahrir qilindi. Izohda yuklangan surat olib tashlandi. Uzr Farida, lekin bu suratga qarash juda qiyin. Homilador qizlarimizga qattiq ta'sir qiladi.
    Last edit: 8 years 9 months ago by uzbaby.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: OYISHA NUR, Самира, begoyim, Shaxnoz

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 9 months ago #319 OYISHA NUR

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ONALIK BAXTIGA YETKAZGANIGA SHUKUR

  • Izohlari: 2922
  • Rahmat olgan: 2239

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Jan 1991
  • farida :rah# ^yiglash ^yiglash kozyosh kozyosh kozyosh kozyosh kozyosh kozyosh kozyosh kozyosh kozyosh
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Nigora2013

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 9 months ago #320 Shaxnoz

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 367
  • Rahmat olgan: 279

  • Gender: Female
  • Birthdate: 26 Sep 1994
  • Replied by Shaxnoz on topic She'riyatga oshno qalblar
    Qismatimda necha baxtli damlarim bor
    Ko‘zim to‘la sevinchlarim namlarim bor.
    Tuproqdan yarakgana ajdodim zotim.
    Mening taqdir kulbasida g‘amlarim bor.
    Ishq ummoni to‘fonlarga aylandimi?
    Muhabbatim qasos bo‘lib shaylandimi?
    Sabir toqat peshonasi toshdan ekan.
    Yorim ko‘ngling o‘zga yorga boylandimi?
    Zaxarlidur istexzoning tabasumi?
    Tovonimga botsin qonli ko‘zyoshlarim.
    Yulin olgin peshonamning sochkarini?
    Yoril toshga aylanganda bardoshlarim.
    Gul yuzimga sen xazinlar solding yorim.
    Yuragimdan baxtni yulib olding yorim.
    Qora ko‘zlar uvollar tutsin bir kun.
    Fatishtalar qatg‘ishiga qogin yorim?
    Baxt kitobi varaqlri g‘ijim g‘ijim.
    Istirobning liboslri pora pora.
    Yog‘izlikning kechari buncha uzun.
    Xiyonatning ko‘zlarini ko‘rsam zora.
    Suyib suyib menga g‘amlar ato etding.
    Yog‘ilmoqda sukunatng xasratlari
    Hajr o‘tida bujudimni? ado etding.
    Beva qoldi muhabbatning xasadlar
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Nigora2013

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.985 seconds

    Kitob do'koni