Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

She'riyatga oshno qalblar

8 years 5 months ago #341 madina95

  • Platinum Member
  • Platinum Member
  • Only Allah can change our fate!

  • Izohlari: 781
  • Rahmat olgan: 653

  • Gender: Female
  • Birthdate: 18 Aug 1995
  • Replied by madina95 on topic She'riyatga oshno qalblar
    __Уйғондингми дўстим?!
    ___Ооо, табрикларим!
    ____Минг шукур саломат экан жону~тан...
    _____Бугун бир қизиқдим,
    ______Ҳар тонг эрталаб,
    _____Ўн саккиз минг инсон уйғонмас экан!

    _Ёмон туш кўрдингми,
    __Бу эмас қайғу!
    __"Нималар кирмайди тушга...",~деганлар,
    __Тасаввур қилгина,
    _____Миллионлаб бемор,
    ______Тунлари бир чимдим ухламасканлар!

    _Дастурхон ёзилди хонадонингда,
    __Қош уйма, салгина суви қочган НОН,
    ____Қайдадир ўқидим,
    ____Бир бурда нонга,
    ______Зор экан бир миллион саккиз юз инсон.

    _Болалар шовқини ёқмас қулоққа,
    __Шукур қил,
    ___Улғайиб қолдилар анча,
    ____Эҳ дўстим, НОЛИМА, ёруғ оламда,
    _____Тирноққа зор бўлиб юрганлар қанча...

    _Минг шукур,
    __Юртинг тинч,
    ___Рўзғоринг бутун,
    ____Томоқдан сув ўтар, кўзларинг равшан...
    _____Билмасанг билиб қўй,
    ______Минглаб МУСОФИР,
    _______Сен тепган тупроқни топмай...
    Йиғларкан !
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan, Soliha7770, Oymomo, Nigora2013, Zahroxon, ☆ZIZI☆

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #342 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    Derazamning oldida bir tup o'rik oppoq b.b gullabdi...
    Novdalarni bezab g'unchalar
    Tongda aytdi hayot otini
    Va wabboda qurg'ur ilk sahar
    Olib ketdi gulning totini.
    Har bahorda wu bo'lar takror,
    Har bahor ham wunday o'tadi.
    Qancha tiriwsamam u beor
    Yillar meni aldab ketadi.
    Mayli deyman va qilmayman g'aw,
    Hayolimni gulga o'rayman.
    Har bahorga chiqqanda yakkaw
    Baxtim bormi deya so'rayman.
    Yuzlarimni silab siypalab
    Baxting bor deb esadi yellar
    Etgan kabi go'yo bir talab
    Baxting bor deb quwlar chiyillar.
    Hamma narsa meni qarwilar
    Har bir kurtak menga so'ylar roz,
    Sen yurganda bog'larga to'lar
    Faqat baxtni kuylagan ovoz.
    Derazamning oldida bir tup
    O'rik oppoq b.b gullabdi...
    Zulfiya. Betakror misralar
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Dilnozaxon, ☆ZIZI☆

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #343 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    Yuragim sal telbaroq
    Qo'y deganni bilmaydi.
    Sendan o'zga yurakni
    Nazariga ilmaydi.
    Senga sodiq qul emiw,
    Menga quloq solmaydi,
    Qaysar huddi o'zimday
    Unga gapim o'tmaydi.
    Tunda rosa uruwdim
    Tong otguncha og'ridi
    Wo'rlik mendan arazlab
    Seni rosa sog'indi. :sevgi
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #344 Dilnozaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 604
  • Rahmat olgan: 704

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Diamond wrote: Derazamning oldida bir tup o'rik oppoq b.b gullabdi...
    Novdalarni bezab g'unchalar
    Tongda aytdi hayot otini
    Va wabboda qurg'ur ilk sahar
    Olib ketdi gulning totini.
    Har bahorda wu bo'lar takror,
    Har bahor ham wunday o'tadi.
    Qancha tiriwsamam u beor
    Yillar meni aldab ketadi.
    Mayli deyman va qilmayman g'aw,
    Hayolimni gulga o'rayman.
    Har bahorga chiqqanda yakkaw
    Baxtim bormi deya so'rayman.
    Yuzlarimni silab siypalab
    Baxting bor deb esadi yellar
    Etgan kabi go'yo bir talab
    Baxting bor deb quwlar chiyillar.
    Hamma narsa meni qarwilar
    Har bir kurtak menga so'ylar roz,
    Sen yurganda bog'larga to'lar
    Faqat baxtni kuylagan ovoz.
    Derazamning oldida bir tup
    O'rik oppoq b.b gullabdi...
    Zulfiya. Betakror misralar

    Oo, Shahnozaxon, bular haqiqatdan betakror misralar
    Ushbu hayotga chorlovchi ajoyib she'r Zulfiyaning turmush o'rtoqlari Hamid Olimjon qalamiga mansub.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #345 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    Uzr adawibman. Ularni we'rlarini juda yaxwi kuraman. Ajoyib

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #346 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    Fursat degan sekundlar
    Qanotida ucharlar.
    Kecha bugun b.gan kun
    Bugun mana kechadir.
    12 wohli daraxt
    To'kdi bir bir yaprog'in,
    Wamol uchurib ketdi
    Qalendarning varog'in.
    Qaytmas b.b o'tdi kun
    Yetolmaydi yugurgan
    Kechadan o'z haqqini
    Olib qoldi ulgurgan.
    O'tgan kundan bir odat
    Mehru muhabbat qoldi,
    Birovga olam quvonch
    Birovga armon qoldi.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #347 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    Keksa qayrag'ochning ildizin ochib,
    Tortdilar qo'w arqon solib belidan,
    Lekin u tuproqqa panjasin sanchib
    Sira qo'zg'almasdi ungan yeridan.
    Nihoyat gurs etib yerga quladi,
    Wundan so'ng ko'tarib ketdilar biroq
    U o'z panjasida olib jo'nadi
    Yawagan yeridan bir siqim tuproq...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Самира, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #348 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    Bow tebratar soat kapgiri,
    Der: qadrimni bilmas odamlar,
    Sekundlarim gavhar har biri,
    Nega parvo qilmas odamlar.
    Bow tebratar soat kapgiri,
    Wowil odam o'tmoqdadir on,
    Har lahzaning bo'lar ohiri
    Bow tebratib qolmiw so'ng inson.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Самира, Nigora2013, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #349 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Қизларууу, орамизда шеър ёзиб турадиганлар борми, туғрироғи шунчаки утди кетдимас, бировни шеърини туғрилайдиган даражада проффисонал шоираларимиз борми?
    Маъно қофияларни жой жойига қуйиб туғрилатадиган шеърим бор. Маъноси қофияларини келтириб туғрилатмоқчи эдим.
    Шеър ёзмаганимга аааанча булиб кетибди, маъноли сузлар хам эсимдан чиқибди.
    Гап шундаки бир қизни хаётини шеърий тарзда ёзгандим. Қофиялар хуууув тарафларга кетиб қолиб маъноси чиқмаяпди, маънони судраб келсам қофиялар ортига қарамасдан қочиб кетяпди ^xoxo$
    Оймоможонуууу шоиралик қилиб турасизми сизам. (узбек тилчилар шоираям булишадию)

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #350 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • Replied by Oymomo on topic She'riyatga oshno qalblar
    Samira, she'r yozish huuuuuv bolaligimda qolib ketgan ^xoxo$ Lekin odamiga aytdingiz, bo'lajak adabiyotshunos sifatida eplolsak kerak. She'ringizni behijolat ko'rsatavering, qo'ldan kelgan yordamimni beraman. "Qo'sha-qo'sha farzand ko'ringlar" hikoyasidagi she'rni ham o'zingiz yozdingizmi?

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #351 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Oymomojon shaxsiy xabar bilan yubordim. Kril xarfida yozilgan, bir ikki joyida lotin xarfida to'g'rilagan joylarim bor, tushunib olasizda.
    Oldindan katta :rah#

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #352 Niratsan

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Nowadays the world needs some love not medicine!

  • Izohlari: 1429
  • Rahmat olgan: 2274

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Aug 1992
  • Replied by Niratsan on topic She'riyatga oshno qalblar
    Samira opa manga xam yuboring xarakat qilib korardim. Insitutda kop werlarni qofiyasini manga togirlatib turishardi. Qani esimdamikin? Shoiralik paytlarim disam :lol:
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #353 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    Ayolga shirin so'zni,
    Eri aytib turmasa,
    Katta xolasi kelib
    Aytadimi bo'lmasa?

    Hududin ajratadi,
    Erkak bo'lmay o'larsan!
    Bizning hududlargayam
    Qo'l uzatib qolarsan.

    Ikki kishilik yotoq,
    To'shagimga, o'rtaga,
    Atirguldan "ip" toprib
    Bo'lvolaman jo'rtaga.

    Erim: - Bu nima? -desa
    Biroz hurpayib pati,
    Aytaman: - Bu - tamojniy-
    Chegara nazorati.

    O'ng tomini - sizniki,
    Chapi - mening hududim.
    Nogoh sizning tomonga,
    O'tib ketmasin qo'lim.

    Ehtiyot bo'lib yoting,
    Tikani bor, bilasiz.
    Menda ishingiz bo'lsa,
    Viza bilan kirasiz.

    Hali jahli chiqadi,
    Deydi: - Bu nima qiliq?
    Deyman: Endi yashaymiz,
    Qoidali, sip-silliq.

    Desa agar: - Yig'ishtir!
    Deyman: - Janob, urmang do'q.
    Muxabbat vizasisiz,
    Bu tomonga o'tish yo'q.

    "Seniki-meniki"mish,
    Noshukur, mullagarang.
    Kech kirsa, qaysi go'rda
    Qolar ekan chegarang.

    Shunday ekan, yashayver,
    Qilmasdan g'iring-piring.
    Endi, baribir boshqa,
    Uylanishga kechikding.

    Bu yog'i qancha qoldi?
    Yerga urmay, poshnagni,
    Holin ko'r oltmish yoshda,
    Beva qolgan oshnangni.

    Uylanay desa chiqqan
    Qizlari tumtayadi.
    "Kirin yuvyapmiz-ku", deb
    Kelinlar xumpayadi.

    Tayyor xizmatkor bo'lsam,
    Sen uchun pishir-kuydir.
    Shukrimni qilmaysanmi,
    Ruchkang boshingda qolgur?!

    Qariganda ne kerak,
    Marhaboga, bir kaft osh.
    Tinchlik, sog'liq, muxabbat,
    Va bir dono suhbatdosh.

    Sen esa yuravergin
    Haqman, deb, gap yo'riqlab.
    Muxabbatsiz bir pullik
    Hududingni qo'riqlab.

    Odamlar kulmasa-ku,
    Ayrilib, toq o'tardim.
    Yo bir dono chol bo'lsa,
    Erga tegib ketardim.

    Tovba, tovba, yo, Rabbiy!
    O'zing shohid har nega,
    Shu injiqqa uchratding,
    O'zing sabr ber menga.

    Faqat Mahshar kun chorlab,
    Ayt: "Marhabo, kela qol,
    Senga mukofot -jannat,
    Na'im, Ma'vo, tanlab ol".

    Shu er bilan o'tdimmi,
    Jinni bo'lmay, o'lay man.
    Jannati Firdavsingdan
    Boshqasiga ko'nmayman

    Marhabo Karimova
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, madina95, dilnozz, ☆ZIZI☆

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #354 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    SENSIZ
    Mana, bir umrni yashadim sensiz,
    Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib,
    Tobuting boshida cho’kkanimda tiz,
    Farzandlar ko’tardi qo’limdan tutib.

    Shundan beri tikman. Har nega qalqon,
    Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga.
    Birov azasida yig’layman qon-qon,
    To’yida yayrayman o’xshab ohuga.

    Lekin qolganimda qalbim-la tanho,
    Tuyg’ular zoriga solganda quloq.
    O’zni zaif, chanqoq sezganda goho,
    Alamdan beraman javobsiz so’roq:

    Tirik ekan nega tashlab ketmading?
    Mendan nafisroqning husniga oshiq,
    Mendan yoniqrog’i tortmadi sani,
    Edi nigohingga bor jannat ochiq,

    Seni majnun etib bir yer go’zali,
    Nega meni tashlab ketavermading?
    Tirik ayrilishning dog’I og’irmish,
    Xo’rlik kemirarmish umrni chaynab!

    Bu-mudhish egovga berardim turish,
    Ketsang ham menga jon tuyg’ungdan aynab.
    Bilardim, qaydadir olasan nafas,
    Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik.

    Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas,
    Bugungi qadaming kechadan yirik.
    Nega, nega meni tashlab ketmading?
    Bilaman, rashk meni etardi halok,

    Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim,
    Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok,
    Hayotda men uchun qolarding tirik,
    Qalaming mujdasin kutardim mushtoq.

    Ma’yus taqdiringga yashab men sherik,
    Mushkul bo’layotir shodlik yaratmoq.
    Nega tirik ekan tashlab ketmading,
    Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?

    Zulfiyaning wu we'ini maktab davrimda doim yoddan aytib yurardim ajoyib we'r
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, mahfuza

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #355 mahfuza

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • hayotning har lahzasi shirin

  • Izohlari: 2643
  • Rahmat olgan: 1311

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Sep 1991
  • Replied by mahfuza on topic She'riyatga oshno qalblar
    diamond ajoyib sher uchun rahmat zulfiyani deyarlik hamma sherlari menga yoqadi ayniqsa turmush ortogi hamid olimjonga atab yozgan sheri gul#
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Diamond

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #356 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Niratsan wrote: Samira opa manga xam yuboring xarakat qilib korardim. Insitutda kop werlarni qofiyasini manga togirlatib turishardi. Qani esimdamikin? Shoiralik paytlarim disam :lol:


    Албатта юбораман Сингилжоним.

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #357 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    MUSILMON"
    "ERKAK YIG'LIYDI!"
    Ezgu orzulari bo'lganida puch,
    Ayol xiyonatiga kelganida duch.
    Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch,
    Alamdan ezilib, erkak yig'liydi.

    Xaqiqat olovdir, yolg'on bir shisha,
    Xaq gapni etmoqdan qilmam andisha.
    Qizi nogox bo'lib qolsa ,,,,,,,, <bu yerdagi so'zni yozolmadim>
    Xammadan yashirib erkak yig'liydi.

    Cheksiz xasratlarga qolganda botib,
    Ayriliq dog'ini ko'rganda totib.
    Bolasini tobutin qolsa ko'tarib,
    Yurakdan o'kirib, erkak yig'liydi.

    Xizmat qilolmasa tikib jonini,
    Rozi qilolmasa otajonini.
    Tuproqqa qo'yganda onajonini,
    Uyalmay bo'kirib, erkak yig'liydi.

    Do'sti sotib ketsa og'ir kunida,
    Dardkashi bo'lmasa aslo yonida.
    Omadi chopmasa ish maydonida,
    Bir chetga o'tirib, erkak yig'liydi.

    Shayton quchog'ida yotsa bolasi,
    Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
    Qariyalar uyiga otsa bolasi,
    Ajalin chaqirib, erkak yig'liydi.

    Xaromni tanlasa, xalol turganda,
    Navqiron yoshligini uvol qilganda.
    Qirq do'sti bo'lmasa, qirqqa kirganda,
    Chin dildan o'rtanib, erkak yig'liydi.

    Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin,
    Xech masjid tomonga burmasa yo'lin.
    Bir kuni tushunsa adashganligin,
    Umriga achinib, erkak yig'liydi.

    Toshdan ham qattiqdir yetimlik noni,
    Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.
    Ming bir azoblarda qolganda joni,
    Ko'ngliga suyanib, erkak yig'liydi.

    Maylaru sharobga bo'lsa u oshiq,
    Jirkanch odatlargami yashasa sodiq.
    Nom qozonolmasa ablaxdan ortiq,
    Bir kuni og'rinib, erkak yig'liydi.

    Xech ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir,
    Og'zim oshga yetdi deganda asl.
    Ajal sari "ketdik" desa Azroil,
    "E vox", deb baqirib, erkak yig'liydi.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: madina95, mahfuza

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #358 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    Otajon so'zingiz ajib bir hikmat,
    Hech bir kitoblardan topmam qidirib.
    Umr yo'lingizda yashaydi qat-qat,
    Halollik ustuni turar bilinib

    Yuzingiz sahnida yashirin yillar,
    Mehringiz bosadi oftob taftini.
    O'sha siz o'tqazgan daraxtlar bilar,
    Mehnatkash qo'lingiz qadoqlarini.

    Nafosat Sodiqova
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Dilnozaxon, mahfuza, ☆ZIZI☆

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #359 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    Ko'ngil ma'yus tortdi yilning so'ngida
    Bilmam nimang b.n sehrlading qor.
    Mana kuppa kunduz ko'zim o'ngida
    Yana bir yowimni o'g'irlading qor.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 5 months ago #360 Diamond

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 402
  • Rahmat olgan: 333

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Diamond on topic She'riyatga oshno qalblar
    Эсингдами илк бор учрашув,
    Тўқнаш келган эдик иккимиз...
    Эсингдами, узоқ термулиб,
    Ортимдан келганинг изма-из...

    Биласанми, билмайсанми йўқ,
    Сендан умид узолмадим мен..
    Лекин тарк этган эдинг мени,
    Манзилимни билиб олиб сен...

    Ўша кундан ойнага қараб,
    Йўлларингга интизор эдим...
    Тилагандим Аллохдан сўраб,
    Лекин дийдорингни кўрмадим..

    Мана келди яна сокин куз,
    Хамон ўртамизда фироқлар...
    Хамон йўлларингга қарайман,
    Шитирласа сариқ япроқлар...

    Балки эслолмайсан энди сен,
    Мен эса сени зор кутардим...
    Юрагимда илк бор кўришдек,
    Севгини пинхона тутардим...

    Сокин кузнинг сўнги кунлари,
    Ўша боғни кездим бир ўзим....
    Умид билан атрофга боқиб,
    Сени излар эди бу кўзим....

    Шунда кўрдим мен болакайни,
    Эркаладим ўзим билмасдан...
    Ортида сен ва рафиқангни,
    Дийдорини кўриб,кўрмасдан...

    Эсингдами,деди кўзларим,
    Кўзларингга боққанича жим...
    Сен учун шунчаки эдими,
    Менинг ардоқлаган хисларим...?

    Такрорладим ўзим ўзимга,
    Қани эди кўрмаса кўзим..
    Майли эди умидлар билан,
    Яшайверсам бўлмасмиди жим...

    Эсингдами олтик куз эди...?
    ЗУЛХУМОР БАХОДИРКИЗИ
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Самира, Dilnozaxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.577 seconds

    Kitob do'koni