Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

Hayotiy voqea va hikoyalar

8 years 8 months ago #341 Самира

  • Platinum Member
  • Platinum Member
  • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Арабларда хозирам киз тугилса камситиладими. Ёки уткан тарихда колганлардан ёзилганмикин. Жуда таъсирли экан. Ажойиб ёритилган.
    Шу мавзуда янги изох пайдо булса укишга хеч шошилмиман атайин очмиман. Вактимни бемаролмаслиги учун. Кутаман. Качон бемарол хикояни тушуниб укий олишга имконим булсагина очаман.
    Рахмат Муслима.

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 8 months ago #342 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic Hayotiy voqea va hikoyalar

    Самира wrote: Арабларда хозирам киз тугилса камситиладими. Ёки уткан тарихда колганлардан ёзилганмикин. Жуда таъсирли экан. Ажойиб ёритилган.
    Шу мавзуда янги изох пайдо булса укишга хеч шошилмиман атайин очмиман. Вактимни бемаролмаслиги учун. Кутаман. Качон бемарол хикояни тушуниб укий олишга имконим булсагина очаман.
    Рахмат Муслима.

    yo'q unaqa qilishmidi hozir. lekin bunoq o'ylab qarasa bunaqa odamlar o'zbeklar orasida ko'p

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: mesoo, Soliha7770, Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 8 months ago #343 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Ayol qalbi
    Men azoblarimni hech kimga bildirmayman. Mening yigʻlashim mumkin emas, chunki koʻz yoshlarim mening qasamimni buzishga majbur qilishi mumkin. Faqat tunda, yolgʻiz qolganimda, yostiqqa yuzimni bosib, toʻyib-toʻyib yigʻlardim. Odamlar koʻziga esa men oʻzimni quvnoq va xushchaqchaq qilib koʻrsatishim kerak, yuzimdan tabassum arimasligi kerak.

    Umidlardan xoli hayot, faqat azob-uqubatlardan iborat kunlar qanchalik befayz boʻlishini bilsang edi!

    Sen esa, dugonajon, yana mendan baxtlimisan, deb soʻraysan. Boshimga tushgan gʻamlardan senga loaqal bittasini ham ravo koʻrmas edim. Men doim qoʻrquvda yashayman, toki mening eng yaqin kishim – sevimli opam meni kuydirib kul qilayotgan doʻzaxiy alangani sezmasin. Aks holda bu alanga hech bir gunohi boʻlmagan opamni ham jizgʻinak qilishi mumkin. Men unga baxtsizlik keltiraman, oʻzimni esa bir umr nadomat azobiga mubtalo qilaman. Hamdardlik dardni yengillashtiradi. Men shundan ham mahrumman.

    Sen mening taqdirimni bilmoqchimisan? Mayli, aytsam ayta qolay.

    Buning boshlanganiga ancha boʻldi. Yorqin quvnoqlik, baxtga umidvorlik menga ham hamroh edi. Barchasi koʻz yosh va azob bilan yakunlandi. Xabaring bor: men va opam ota-ona mehridan erta judo boʻlgan edik. Erta yetim qolgach, amakim Abu Jasimnikida panoh topdik. Amakim bizga ota, xotini esa onalik qildi. Ular bizning ota-onamiz yoʻqligini bildirmaslikka harchand harakat qilishmasin, baribir ona mehrini nima ham bosa olardi?

    Men bolaligimdan uyatchan va orzularga berilgan edim. Opamdan farqli ravishda oʻzim oʻylab topgan xayol va orzular olamida kezar edim. Amakim va kelinoyim menga mehribon edilar, lekin men oʻzimni begona his qilar edim. Biz ulgʻayib borardik. Amakimning oʻgʻillari Jasim va Abdulvahob ham oʻsib borishar edi. Kichkinaligimizda biz doim birga oʻynar edik. Yoshlik pallasi yetganda doʻstlik nozik bogʻliqlikka aylandi. Biz endi opam bilan maktabni tugatib, boshqa oʻqishga bormadik, oʻsha paytdagi odatga koʻra kun boʻyi uyda oʻtirar edik. Bir kuni men amakim xotiniga mana bunday deyotganini eshitib qoldim: «Xassa, qizlarimiz boʻy yetib qolishdi. Gʻanima Jasimga juda munosib, Xadicha esa Abdulvahobga mos. Uzukka koʻz qoʻyganday ular». Oʻsha kundan boshlab men Abdulvahobga boshqacha koʻz bilan qaraydigan boʻlib qoldim. Kutilmaganda men unda oʻzim orzu qilgan yigit timsolini koʻrdim. Nazarimda, u menga umr yoʻldoshim sifatida taqdir yoshligimda olib qoʻygan muhabbat va mehrni qaytarishi mumkinday edi.

    Nigohlarimiz toʻqnashgan paytlarda hayajondan yuragim hapriqib ketar, yuzlarim anorday qizarib, koʻnglim bir dunyo quvonchga toʻlib, oʻz xonamga uchib kirardim. Men unga yoqishimni va uning qalbini zabt etganimni his qilardim. Biz hech qachon muhabbatimizni bir-birimizga oshkor qilmas edik. Biroq ikkimiz ham koʻnglimizdan kechayotgan tuygʻularni sezib turar, nigohlarimiz uchrashganda vujudimizni kuchli hayajon bosar edi. Men kelajak haqida orzu qilar, xayolimda shinamgina uy, quvnoq bolakaylarimiz qiy-chuviga toʻlgan uyda yashayotganday boʻlar edim. Abdulvahob ishdan qaytganda, qoʻlimda goʻdak bilan uni quchib olishimni tasavvur qilardim. Men quvonch bilan baxtimni kutar edim. Lekin doim ham bandasining aytgani boʻlavermas ekan, dengizchilar tili bilan soʻzlaganda, kemaga kerakli shamollar vaqtida kerakli tomonga esmas ekan. Jasim Londonga oʻqishga ketdi. Bir yildan soʻng uning ketidan Abdulvahob ham oʻsha yoqqa yoʻl oldi. Biz opam bilan kun sanab, ularning qaytishini kutar edik.

    Kunlardan bir kun amakim uyga chuqur qaygʻuga botib keldi. U oʻz odatiga xilof tarzda hech kimga kulib ham qaramadi va tezgina oʻz xonasiga kirib ketdi. Kelinoyim izidan xonaga kirdi-yu, uning yigʻlagani qulogʻimizga chalindi. Biz ichkariga chopib kirdik. Kelinoyim yerda behush yotar edi. Avvaliga biz oʻzimizni yoʻqotib qoʻydik, keyin esa uni oʻziga keltira boshladik. Oʻziga kelgach, u boshiga urib: «Oh, bolajonim!» deb faryod qila boshladi. Amakim unsizgina yigʻlar edi. Jasim oʻlgan edi. Butun uy faryodga toʻldi, biz alamdan kiyimlarimizni yirtar edik.

    Oʻsha kundan boshlab uyimizdan xursandchilik yuz oʻgirdi. Men opamga hamdard boʻlib koʻz yoshi toʻkar edim. Bolaligim yodgori, jigarim, hayotdan tez ketgan doʻstim Jasimga aza tutar edim. Men taqdirning kutilmagan zarbasi natijasida sochi oqargan amakim va kelinoyimning dardiga sherik boʻlib, koʻz yoshi toʻkar edim. Lekin koʻnglimning tub-tubidan Abdulvahob oʻlmaganiga xursand edim.

    Gʻam-anduhga koʻmilgan xonadonda qaygʻuli kunlar boshlandi. Amakim hech yoqqa chiqmas, koʻz oʻngimda soʻlib borar edi. Doʻstlari uni bu tashvishlardan chalgʻitishga urinsalar ham foydasi yoʻq edi. Agar birov noxos uni «Abu Jasim» deb chaqirib qolsa, u musofir yurtida juvonmarg boʻlgan toʻngʻich oʻgʻli tirilib kelgandek alang-jalang boʻlardi.

    Vaqt oʻtib borardi, Allohga astoydil sajda qila-qila alamlardan biroz oʻziga kelib qolgan boʻlsa-da, amakimning yuzidagi tabassum bir umrga soʻngan edi. Odamlar, hamma narsa mayda-chuydadan boshlanadi, deyishadi. Lekin biz yaqinlarimizdan judo boʻlganimizda buning aksi boʻladi. Dastlab dard benihoya ogʻir boʻlib, juda sekinlik bilan unutiladi, oxiri elas-elas xotiralargina qoladi. Opamda ham shunday boʻldi. Dastlab u ancha kun tuz totmadi, alahsiradi, betoqat boʻldi. Lekin vaqt oʻtishi bilan u oʻzini tutib oldi. Sogʻligʻi ham tiklandi.

    Uch yil oʻtgach, Abdulvahob uyga qaytdi. U yetilib, haqiqiy erkak boʻlgan edi. Ayriliq, kutish azoblari tugadi. Biz yana nigohlarimiz toʻqnashganda andishadan hayajonlanib, qizara boshladik, qalblarimizda yashirinib yotgan soʻzlarni eshitardik. Abdulvahob kelgach, uni uylantirish haqida gap qoʻzgʻala boshladi. Bu gaplarni har eshitganda qotib qolar edim va tezroq toʻy boʻlishini ich-ichimdan xohlar edim. Bir kuni tushlikdan keyin mehmonxonada oʻtirgan edim, amakim bilan Abdulvahob kirib kelishdi. Odob yuzasidan men xonadan chiqdim va oshxonada ularga choy damlay boshladim. Eshikka yaqinlashganimda, amakimning soʻzlari qulogʻimga chalinib qoldi:
    – Amakingning qizi senga juda munosib, Abdulvahob.
    – Biroq men unga akasidayman-ku! Axir, qanday qilib er-xotin boʻlamiz?

    Koʻz oldim qorongʻilashib ketdi! Bu gaplarni Abdulvahob aytayaptimi?

    Nahotki, oʻylagan narsalar faqat orzu boʻlib qolsa? Koʻzlaridagi haligi muhabbat-chi? Nahotki, bu ham koʻzboʻyamachilik boʻlsa? Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas! Men bunga ishonmayman. Yoʻq, ishonmayman! U meni sevishini uning qarashlaridan, uchrashganimizda roʻy beradigan sururli hayajonlardan sezardim-ku! Nahotki, u shunday osonlik bilan mendan voz kechsa?

    Men birovlar gapini oʻgʻrincha eshitishni xush koʻrmas edim, lekin eshik ortidagi gaplar qulogʻimga oʻzi baralla eshitilmoqda edi.
    – Men seni oʻstirdim, ma’lumotli qildim, – derdi amakim, – seni yoʻqotgim kelmayapti. Ha, oʻgʻlim, amakingning qizi senga juda munosib.
    – Meni ham tushuning, ota. Alloh shohidki, sizni norozi qilish niyatim yoʻq. Lekin bu qiz menga singil qatori boʻlib qolgan.
    – Yana oʻsha gapmi? Men bu soʻzlarni eshitishni istamayman. Sen unga uylanasan.
    – Otajon! Oʻtinaman!
    – Gapim – gap: unga uylansang ham uylanasan, uylanmasang ham uylanasan!

    Bu qanday gap? Nahotki, sevgilimni tortib oladigan boshqasi paydo boʻlgan boʻlsa? Kim u?

    Tuni bilan yigʻlab chiqdim, yuragim zim-ziyo edi. Ertalab men Abdulvahobning koʻzlarida meni maftun qilgan hamon oʻsha mehribonlikni koʻrdim, lekin endi avvalgi xursandlik oʻrnini qandaydir ma’yuslik egallagan. Yoʻq, mening qalbimni aldash qiyin. U faqat meni sevadi. Lekin nimaga u menga uylanishga qarshi? Balki bironta bashang ayolning makriga ilingandir? Mayli, menga u baxtli boʻlsa boʻldi. Xohlaganiga uylansin. Men esa Allohdan uning baxtini soʻrab, koʻz yosh toʻkaman. Oʻzingni qurbon qilish ham bir baxt. Men uni majbur qilolmayman.

    Bugun ham oʻsha gaplarni eshitdim. Lekin oxiri Abdulvahob rozi boʻldi. U xuddi oʻlimga ketayotgan odamga oʻxshardi. Nahotki men unga shunchalar jirkanch koʻrinsam? Men uni sevaman, lekin bunday nikohga rozi emasman. Men rozi boʻlolmayman. Unga ortiqcha dahmaza boʻlishni istamayman.

    Endi uyda faqat boʻlajak toʻy haqidagina gaplashishar edi. Men va Abdulvahobdan boshqa hamma buni xursandchilik bilan kutmoqda. Men oʻzimni haqoratlangandek his qilardim. Abdulvahob esa tobora qaygʻuga choʻkib, soʻnib borardi. Unga achinardim-u, ammo nima qilishni bilmasdim.

    Nihoyat, men hammasidan xabar topdim.

    Ma’lum boʻlishicha, turmushga men emas, opam chiqayotgan ekan. Katta qiz kichkinasidan oldin turmushga chiqishi kerak. Bu bor gap. Bu yerda sevgi-pevgining hech qanday ahamiyati yoʻq. Men tentak esam, Abdulvahobni xiyonatda ayblab, ranjib yuribman. Aslida men ham, u ham taqdir va odat qurbonlari boʻlgan ekanmiz, xolos. Mening opamdan xafa boʻlishga haqim yoʻq edi – uning hech gapdan xabari yoʻq-da. Abdulvahobdan ham ranjishga haqqim yoʻq. U ota yuziga oyoq bosolmasdi. Uning uchun otaning norozi boʻlishidan dahshatli narsa yoʻq. Nima boʻlganda ham bizning bundan buyongi hayotimiz doʻzaxga aylanadigan boʻldi-da.

    Toʻy kuni yuragim zardobga toʻlib ketgan boʻlsa-da, oʻlganimning kunidan jilmayar edim. Kelin-kuyov yolgʻiz qolishganda men alamimni yigʻidan olardim. Ichimdan oʻtganini oʻzim bilaman, rashkdan kuyib-yonsam ham sir boy bermasligim kerak. Men endi unga qaray olmayman, chunki u endi opamning eri. Men endi oʻz tuygʻularimni unutib, shu hayotga koʻnikishim kerak. Opam hozir farzand kutmoqda. Oiladagi tinchlikni buzgandan oʻlganim afzal. Men opamni yaxshi koʻraman.

    Amakim esa oʻz burchimni bajardim deb, xursand. Endi ular kelinoyim bilan qanday qilib nabira boqishni oʻylashar edi. Sen mendan endi nima qilmoqchi ekanimni soʻrayapsan. Hech nima. Abdulvahob meni unutishini istayman. Balki u oʻzini qoʻlga olar va uning nigohidagi meni yondiruvchi oʻt soʻnar. Boʻlmasa, men ham chidolmayman. Shikoyat qilgandan nima foyda, dugonajon! Baxtsiz bu dunyoda bir men emasman-ku! Menga oʻxshab, dardini ichiga yutgan qizlar qancha! Kunlar qanchalik bir-biriga oʻxshash zerikarli! Kun botganda oʻzingda bir qadar yengillik sezasan, lekin keyingi tong kun yanada uzunroq kelishini bashorat qiladi.

    Sen Abdulvahob bor gapni otasiga gapirib, kurasha olmasmidi, deb soʻraysan. Buning iloji yoʻq. Nega bunga rozi boʻlding, deysanmi? Oʻzing ayt-chi, bizga oʻxshash qizlar qachon koʻnglidagini ayta olgan?

    Mening baxtsiz taqdirim haqidagi gaplar shular, dugonajon! Sendan iltimos, bu hikoyani odamlarga aytib ber, toki ular ayolning ham qalbi borligi, faqat boshqalar tikkan alam va qaygʻu libosini kiymasdan, u ham oʻz taqdirini oʻzi hal

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #344 juli
    • juli

    • Visitor
    • Visitor

  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by juli on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    muslima hikoyalaringiz ko'pi arablar hayotidan olinganmi turklarnikiga ham o'xshab ketadi

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #345 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic Hayotiy voqea va hikoyalar

    juli wrote: muslima hikoyalaringiz ko'pi arablar hayotidan olinganmi turklarnikiga ham o'xshab ketadi

    oxirgi qo'ygan hikoyalarim arab adabiyotidan, manga turk va arab adabiyoti yoqadi :lol:

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #346 juli
    • juli

    • Visitor
    • Visitor

  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by juli on topic Hayotiy voqea va hikoyalar

    muslima1 wrote:

    juli wrote: muslima hikoyalaringiz ko'pi arablar hayotidan olinganmi turklarnikiga ham o'xshab ketadi

    oxirgi qo'ygan hikoyalarim arab adabiyotidan, manga turk va arab adabiyoti yoqadi :lol:

    menga ham turk adabiyoti yoqadi ko'proq ahmad lutfiy qozonchining asarlarini o'qiyman

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #347 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Ahmad lutfi Qozonchinig asarlari manga ham yoqadi

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #348 Sofiyya.

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 508
  • Rahmat olgan: 490

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sofiyya. on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Η 8 ёшли боланинг онаси вафот этиши билан дадаси фарзандини ёлғиз қолишидан қўрқиб, она меҳридан айрилиб, қийналиб қолмасин деб, бошқа аёлга уйланишга мажбур бўлди. Орадан бир неча кун ўтгач ота фарзандини бағрига босиб, эркалаб: - Тойчоғим, янги онанг билан эски онангни орасида қандай фарқ бор, деб сýраб қолди. Бола жудаям беғуборлик билан жавоб берди: - Хақиқий онам менга ёлғон гапирардилар, аммо иккинчи онам хамма айтган гапларида содиқ турадилар. Ота таъжубланиб сўради: -Қанақасига, болажоним? Ўғил: -Ўйнаб ўтирганимда онамга ёқмайдиган иш қилсам, менга айтардилар: "Агарда қулоқ солмасликни бас қилмасанг ва менга зулм қилаверсанг сенга овқат бермай қўяман", дердилар.. гапларига парво ҳам қилмасдим. Баъзан, кўчада кўп ўйнаб қолиб кетсам, чиқиб мени кўчама кўча излардилар, мени топмагунларича оёқлари қаерга бошласа ўша ерга кетаверардилар. Ва ниҳоят мени топганларидан кейин юз кўзларимдан ўпиб, мени уйга олиб борардилар ва мазали таомлари билан сийлардилар. Энди эса янги онам,"агар yйинни бас қилмасанг сенга овқат йўқ", дедилар. Мана икки кундан бери қорним оч, Менга ёлғончи онамни қайтариб беринг, илтимос дада. Ёлғончи онамни жуда соғиндим.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan, Soliha7770, Oymomo, Самира, Dilnozaxon, muslima1, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #349 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Ismoilham bayram kuni otasining koʻlini oʻpdi. Otasi ham uni bagʻriga oldi, kuchoqladi, yuzlaridan oʻpdi. Bayramda choʻntagiga tushgan beshoʻn kurush va kiygan yangi liboslari oʻz yoʻliga, Ismoilni quvontirgan — ota quchogʻida besh daqiqa oʻtirish, ota chehrasini

    ochiq koʻrib,shirin soʻz eshitish edi. Hatto oʻgay onasi uni suyib, quchoqlab oʻpdi.

    Bayram qanday goʻzal, qanday totli! Har kun bayram boʻlsaydi, deb oʻyladn. Avval buni doʻstlariga anglatishni oʻyladi. Otam meni suydi demoqchi boʻldi. Keyin bu fikridan voz kechdi. Uydan chiqib toʻgʻri Fotima opasining eshigiga yurdi. Nima uchun? Uni tushungan yolgʻiz u boʻldi, koʻzyoshini u sidirdi, har nedan ortik, muhtoj boʻlgani — shafqatni, mehrni undan koʻrdi. Qay vaqt kaltaklansa, Fotima opa hamdard boʻldi. Koʻngli tasalli topdi. Shuning

    Uchun Ismoil eng avval uning uyiga yoʻl oldi.

    Eshik Ismoil qoʻl uzatmasdan avval ochildi, ochiq chehra Fotima opa uni taklif etdi. Kelishini derazadan koʻrdi.
    — Opa... — deya unga talpindi.
    — Kirmaysanmi? Qochadiganga oʻxshab turibsan. Shundaymi? Dunyoda seni yolgʻiz tashlab koʻymayman.

    Ismonlningoʻzi ham kirishni, besh daqiqa opasining yonida oʻtirishni judayam istardi. Ammo uning vayron koʻnglidan, tushunarmikan, istamay qolmasmikan dega hadiklar oʻtdi. U kechirayotgan hayot — mehrga muhtojli hech kim tomonidan sevilmaslik hissini koʻngliga sing dirib yuborgan boʻlib, Fotima opasi yonida oʻtirish unp yuk, malol kelishi mumkinligini oʻylamokda edi. Yuqori chiqdi. Qoʻllar oʻpildi, duolar qilindi,
    — Bugun otam meni suydi, opa. Bagʻriga olib erkaladi
    — Bu — tabiiy, Ismoil, u — sening otang. Albatta shunday qiladi.
    — Harkun bunday emasku...
    — Endi shunday boʻladi, inshooloh.
    — Ismoil uzatilgan qandlardan bir dona oldi.
    — Yana ol, Ismoil
    — Yetadi, opa. Boʻladi. Rahmat.

    Yoʻq, boʻlmaydi, mana buni men uchun ol. Meni yaxshi koʻrsang, ol.

    Ismoil yana bir dona oldi. U nimanidir aytmoqchi edi. Boshini sal egdi:
    — Opa, sizga bir gap aytaymi?
    — Ayt, Ismoil.
    — Kechqurun otam meni mozorga olib bordi. Menga onamning qabrini koʻrsatdi. «Qara, oʻgʻlim, bu yerda onang yotibdi. Oʻqi!» — dedi.
    — Oʻqidingmi?!
    — «Fotiha» oʻqidim, opa, «Alham»ni. Ammo, rosa yigʻladim.

    U Fotimaga bu gaplarni ayta turib koʻzlariga kelgan yosh tomchilarini toʻxtatolmadi. Ketmoqchi boʻlib, oʻrnidan turdi. Fotima darhol qoʻllaridan tutdi.
    — Qayoqqa borasan, Ismoil? Mening bilan shunchagina oʻtirasanmi? Odam opasining yonidan ham shunchatez ketadimi?

    Ismoil Fotima opasining koʻnglini koʻtarish uchun yana qaytib oʻtirdi. Sal fursat oʻtgach:
    — Endi ketay, opa, — deb qoʻzgʻaldi.
    — Mayli, bor. Ammo yana kel, kutaman.

    Ismoil chiqdi. Soʻng qayoqqa ketganini hech kim bilmaydi. U ancha vaqt mahallada koʻrinmadi.

    Agar goʻrkov oʻsha kuni joyida boʻlganida, oltiyetti yoshlardagi bir bolaning eshikdan kirib, shoshapisha qabriston oralab ketganini koʻrgan boʻlardi. Bu bola oʻsha tunda ziyorat qilgani kelib, onasining qabrini bilib olgan Ismoil edi. Undan boshqa bola bunga qodir emasdi. U dunyoda shu bir uyum tuprokdagidekaftni hech yerdan, hatto otasidan ham topolmagani va shuning uchunmikan otasi bilan oʻzi oʻrtasida begonalik paydo boʻlganidan bu yergayeldi.Chopib keldi. Har kim koʻngilxushlik uchun shoshgan bayram ayyomida toʻyibtoʻyib yigʻlamoq, yillar koʻngliga choʻktirgan dardlarining bir qismini yengillatmok, uchun kelgandi Ismoil...

    Bayram oʻn besh kechakunduz boʻldi. Oʻgay onaning Ismonl toʻgʻrisida bergan ma’lumoti otani oʻylantirib koʻydi. Uning aytishicha, Ismoil teztez qayoqlargadir ketar,yarim soat, bir soatgacha xech kim uni koʻrmasmish. Oʻzidan soʻralsa:
    — Oʻynadim, — deb koʻya qolar, boshqa javob olinmasdi.

    Yangi xotinning ra’yiga qarab bugungacha oʻz oʻgʻliga oʻgay ota qatorida boʻlmoqdan boshqa narsa koʻlidan kelmagan otani oʻy bosdi. Bola qayoqqa ketishi mumkin?

    Boshqa mahallalarga oʻynagani borib, u yerda bolalardan tayoq yeb qaytgani esiga tushdi. Ezildi. Ismoil oʻzi uchun muglaqo xuzursiz bu uydan uzoqlashishi tabiiy emasmi?! Ikkinchi marotaba uylanganidan keyin ota sifatida oʻgʻli uchun hech narsa qilmadi. Ota buni ilk bora bugun xis etdi va oʻz qilmishlarining kechirilmas gunoh ekanligini anglaganday boʻldi. Uni ichidan qaynab chiqayotgan bir nido ezardi: vijdonli bir oʻgay ota Ismoilga sendan koʻra yaxshiroq muomala qilar, mehrliroq boʻlardi. Turdi. Tashqariga chikdi. Koʻzyoshlarini sidirmokdan boshqa bir chora topolmayotgandi.

    Ikkn kun oʻtdi. Havo ancha ilib qoldi. Doʻkonlarning eshiklari ochildi. Koʻkraklarni toʻldirib-toʻldirib bahor xavosini oladigan zavqli damlar boshlandi. Bir doʻstinikida mexmondorchilikda oʻtirib, choyning oxirgi yutumini hoʻplarkan koʻzlari birdan katta-katta ochilib ketdi. U koʻchada yugurib ketayotgan Ismoilni koʻrib qoldi. Mezbon bilan xayr xoʻshlashishga ham sabri chidamasdan Ismoilning ortidan tushdi. Ismoil orqasiga qaray demasdi. Besh daqiqalardan soʻng qabriston eshigidan avval olti yoshlardagi bola, undan keyin bir kishi kirdilar. Uning qaydaligi endi ma’lum edi. Avval mozorchiga uchradi. Mozorchn bu bola bir ikki haftadirki, qabristonga serqatnov boʻlib qolganini, shoshapisha, hatto yugurib kelishi va birozdan soʻng qaytishini aytdi.

    Mozor boshlarida hech kim koʻzga tashlanmasdi. Ota ajablangan koʻyi Ismoilni axtara boshladi. Oʻgʻli hadeb koʻzga tashlanavermagach, Fotiha oʻqib ketishuchun marhuma xotinining qabri tomon yoʻnaldi. Oʻn odimcha masofa qolgan ediyamki, mozorning narigi tarafidagi gʻalati butaga koʻzi tushdi. Butaga yaqinlashib, shoxni koʻtarish

    uchun egilishi bilan hayratdan dong qotdi. Koʻzlari koasidan chiqkuday boʻlib, bir hamlada buta shoxini chetga tirdi. Buta tagida Ismoilning zaif vujudi koʻrindi. Chuqurligi bir qarichcha keladigan, yotganda Ismoilning boʻyiga mos bir joy qazilgan. Ismoil shu chuqurda ozi mozorga tegar darajada yotibdi, yuziga boʻz parchasi qilgan. Ustidan buta olinishini sezar-sezmas Ismoil yotgan joyidan irgʻib turdi. Qarshisida otasini soʻrdi. Sakrab turarkan birinchi qilgan ishi yuzidagi boʻz tarchasini choʻntagiga solmoq boʻldi. Har ikkisi kutilmagan bu uchrashuv hayajoni ichra qoʻrquv va hayrat aralash bir-biriga tikilib qoldilar.

    Ismoil oyoq tovushlarini eshitgan, biroq ziyoratchi uni sezmasdan oʻtib ketishiga ishonib, jim yotgan edi. Koʻrdiki qarshisida otasi turibdi. Shu onda tuproqqa aylangan onasi va yetimlik jamiki ozorlarini chekishiga sabab boʻlgan otasi orasida edi u. Qochish kerakmikan? Nima qilsa ekan? Ismoil hozir bu savollarga javob bera oladigan holatda emasdi.
    — Bu yerda nima qilyapsan, oʻgʻlim?
    — Onamning kuchogʻida yotibman.
    — Shunday xam boʻladimi, bolam? Onangoʻlganiga necha shil boʻldi?! Axir u tuproqqa aylanib ketganku
    — Mayli. Men unnng tuprogʻini ham yaxshi koʻraman. Endi bu yer mening uyim, — dedi u qoʻli bilan qazilgan koyga ishora qilib.

    Ota boshqa chidayolmadi, Onasining tuprogʻidan boshqa oʻkinadigan yeri va kimsasi qolmaganini anglagan bolasini bagʻriga bosib xoʻng-hoʻng yigʻlay boshladi.

    Bir muddat shunday yigʻlagach:
    — Yur, oʻgʻlim, ketamiz, — deb koʻlidan tutdi va u yerdan chiqdilar. Oʻn-oʻn besh qadam tashlagach bir nima esiga tushib soʻradi:
    — Yuzingta yopib olganing nimaydi, oʻgʻlim?
    — Ismoil kissasidan boʻz parchasini chiqardi:

    Onamning koʻylagidan uzib oldim .Bunda uning hidi bor.
    (o'gay onadan parcha Lutfi Qozonchi shu asarni 11 yoshligimda o'qiganimda anan shu joyida yeg'lab bolalarcha tasirlangandim, onamni yoqotishdan qo'rqandim hozir esa ko'zimga mo'ltiragan farzandlarim ko'rinadi....)

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Самира, Dilnozaxon, Mubina1995, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #350 uzbaby

    • Administrator
    • Administrator
    • Sizning xizmatingizdaman!

  • Izohlari: 2597
  • Rahmat olgan: 4666

  • Gender: Female
  • Birthdate: 07 Jul 1981
  • Replied by uzbaby on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Amakivachalar haqidagi hikoyani o'qib hayron qolaman. Bu hikoya qachon yozilgan o'zi? qadim zamondami? Amakivachchalar bir biri bilan turmush qursa tug'iladigan bola yoki undan keyingi bolalar genetik kasalliklarga duch kelishlarini biladilarmi?
    Ahir shncha shu haqda ilmiy tadqiqotlar mavjud, baribir huddi ibtidoiy jamoada turgandek yaqin qarindoshlar quda bo'ladilar.
    Axir tug'ilajak bolalarda nima ayd? Nega ular kattalar deb noguron bo'lishga majbur?
    Turmush o'rtog'imning xolalalri ammalarini o'g'liga kelin bo'lganlar. 4 farzandlaridan ikkisi nogiron. Aynan genetik nogironlik.
    Hudo asrasin. Hammasini Ollohning qo'lida, lekin bila turib shunday to'ylarga yo'l qo'yish o'ta loqaydlik deb o'ylayman.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Soliha7770, Dilnozaxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #351 muxsiya
    • muxsiya

    • Visitor
    • Visitor

  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muxsiya on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    menimcha bu odat arab xalqlari orasida saqlanib qolgan bo'lsa kerak men ham ko'p o'qiganman shunga o'xshash yaqin qarindoshlar orasidagi nikoh yoritilgan hikoyalarni

    facebookda mana bu hikoyani o'qib ko'zimga yosh keldi
    keksa nuroniy otaxon telefon tuzatish ustaxonasiga kirib keldi va ustaga telefonini berib,
    - o'g'lim mana bu matohni ko'rib bergin, ishlamayapti, dedi. Telefonni ko'zdan kechirgan usta
    - otaxon telefoningiz yaxshi ishlayaptiku, hech joyi buzilmagan
    - shundaymi, unda nega farzandlarim menga tel qilishmayapti, men buzilib qolgan deb o'ylovdim dedi ko'zi namlanib.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #352 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Ибратли ҳикоя.
    #ҚУДУҚ
    Бир куни бир эшак қудуқга тушиб кетди ва одамларни ёрдамга чақириш учун бор овози билан ханграй бошлади. Уни овозини эшитган хўжайини югуриб келди ва уни қудуқдан чиқариб олиш учун қўлидан келганини қилди. Эшакни қудуқдан чиқариб олишни иложи йўқлигини билгач, хўжайин шундай фикр қилди:
    «Эшагим анча қариб қолди, яқин орада кетиб қолиши аниқ, ўзи шу сиз хам ёшроқ ва бақувватроқ эшак олмоқчи бўлиб юргандим, қолаверса бу қудуқ ҳам анча қуруб қолди, уни анчадан бери кўмиб юбориб янги қудуқ қазимоқчи бўлиб юргандим. Нега энди битта ўқ билан икки қуённи урмайин, бирдан эшак ва қудуқни кўмиб қўя қоламан».
    Кўп ўйлаб ўтирмасдан қўшниларини ёрдамга чақириб, кетмон-куракларини олиб қудуқни тупроқ билан тўлдира бошлашди. Нима бўлаётганини билган эшак, овози борича ханграй бошлади. Лекин одамлар унинг ханграшига эътибор бермасдан, қудуқга тупроқ ташлашда давом этишарди. Бир маҳал эшак жим бўлиб қолди. Қачон ки хўжайин қудуқга қараганда ажойиб бир манзарани кўрди. Эшак ўзининг устига тушган тупроқни бир силкиниб, тушириб юбориб, оёқлари остига оларди. Бироз вақт ўтгандан кейин эшак барчани хайратда қолдириб, тупроқларни оёқлари билан тепкилаб-тепкилаб юқорига кўтарилиб, қудуқдан чиқиб олган эди !
    Хулоса...
    Балки сизнинг ҳаётингизда ҳам кўп қийинчиликлар, нохушликлар бўлгандир ва келажакда сизга янгидан янги яхшиликлар келтирар. Хар қачон сизни кўмишмоқчи бўлиб устингизга тупроқ ташласалар, сиз елкангизга ташланган тупроқни бир силкиб ташлаб ва мана шу тупроқга шукр қилган ҳолатда юқорига кўтарилаверинг. Мана шундай қилиб секин-секин энг чуқур қудуқ остидан юқорига чиқа олиш мумкин.
    Хар қандай муаммо – сизга отилган тошдир. Мана шу тошлар ёрдамида сиз юқори даражаларга кўтарилиб борасиз!
    Оддий бешта қоидани ёдингизда тутинг!
    1. Қалбингизни ҳасад ва ёмон сифатлардан халос этинг. Ким сизни ҳақ ёки ноҳақ хафа қилган бўлса барчаларини кечириб юборинг. Аллоҳ таоло барчасини кўриб-билиб турибди.
    2. Қалбингизни хавотирлардан халос этинг! Аллоҳнинг ҳоҳлагани бўлади.
    3. Ҳаётингизни тинч ва хотиржаъм ўтказинг ва борига шукр қилинг!
    4. Кўпроқ беринг!
    5. Камроқ кутинг!
    Шунда ҳаётингиз гўзал бўлади!

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Soliha7770, Oymomo, Dilnozaxon, muslima1, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #353 Soliha7770

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 654
  • Rahmat olgan: 1794

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Мисрлик йигит қиссаси.

    Мен болаларни жуда яхши кўраман. Умрим бўйи уйланиб, фарзанд кўриш, уни ўйнатиб, катта қилишни орзу қилиб келганман.

    Бир қизни яхши кўрардим. Шунчаки яхши кўриб қолмай, ҳақиқий ошиқ эдим. Усиз ҳаётимни тасаввур қила олмасдим.

    800 жунайҳ* ойлик олиб, бир фирмада ишлар эдим. Бир куни севгилим экспорт-импорт билан шуғулланадиган фирмада ойлиги 1500 жунайҳ бўлган бўш иш ўрни борлиги ҳақидаги эълонни ўқиганини айтиб қолди. Пул миқдорини эшитиб, типирчилаб қолдим: у ҳозирги ойлигимдан деярли икки баробар кўп эди. Тезда бошлиғимдан рухсат олиб, ўша фирмада суҳбатдан ўтиш учун чиқиб кетдим. Йўлда шошиб кетар эканман, бир машина катта тезликда келиб мени уриб юборди. Рулда аёл киши ўтирганди...

    Мен янги ишга жойлашиш иштиёқида қаттиқ хурсанд бўлганимдан атрофга қарамай кетаётган, мақсадим шу ишни қўлга киритиб, севгилимни хурсанд қилиш, унинг улкан орзу-истаклари, талабларини адо қилиш бўлган эди.

    Шу бўйи касалхонада кўзимни очдим, лекин ўнг оёғимнинг тиззадан пастини ҳис қилмас эдим. Ҳушимга келганимда қўлида гулдаста ушлаб турган, ниҳоятда чиройли қизни кўрдим. У олдимда нимтабассум билан менга қараб турарди.

    — Сиз кимсиз? Мен қаердаман? — деб сўрадим.
    — Тинчланинг, — деди у, — Ҳаммасини вақти-соати билан билиб оласиз.
    — Оёғим оғрияпти, — деб бақириб юбордим.

    Овозимни эшитган шифокор хонага кириб, тинчлантирувчи укол қилиб,

    — Тинчланинг, ўнг оёғингиз эзилиб кетгани учун кесиб ташладик, — деди.

    Йиғлаб юбордим, машина уриб юборганида асабларим заифлашиб қолган экан.
    Ҳалиги қиз эса келиб, ёнимга ўтирди:
    — Афсусдаман, бунга мен сабабчиман, — деб нима бўлганини айтиб берди,
    — Мен хато қилдим. Йўлда жуда катта тезликда келаётган эдим...

    Қўл телефонимни олиб, севгилимга телефон қилдим, бўлган воқеани айтдим. У тезда касалхонага етиб келди. Мени бу ҳолатда кўриб, даҳшатга тушди ва
    — Афсус, тезроқ тузалиб кетишингизни тилайман, — деб чиқиб кетди.

    Ярим соат ўтмай туриб, ундан телефонимга хат келди: "Афсус... Сиз билан муносабатларимизни давом эттира олмайман. Менга бошқа йигитдан совчи келди. Уйдагилар унга турмушга чиқишимга мажбурлашди..."

    Шу хатни ёзганидан кейин телефонини ўчириб қўйди, қўнғироқларимга жавоб бермади. Кейинчалик билсам, рақамини ўзгартирган экан.
    Бу воқеалар бўлаётган бир вақтда мени уриб юборган қиз ҳар куни олдимга кўришга келар эди... Орадан икки ҳафта ўтиб, шифокорлар ногиронлар аравачасига ўтириб, уйга кетишимга рухсат беришди. Ҳалиги қиз мени уйимга олиб бориб қўйди.

    Уйга киришим биланоқ бор овозим билан ўкириб йиғлай бошладим:

    "Эй Роббим, нима учун?!
    Нега севгилим мени ташлаб кетди?
    Нега мен ишимдан айрилдим?
    Нега умримни ожизликда ўтказадиган қилиб қўйдинг?
    Нега, нима учун, эй Роббим?!"

    Орадан кунлар ўтар, ҳалиги қиз ҳар куни мени кўргани келиб турарди. У бирон кун белгиланган вақтдан кечикиб қолса, ўзимни етим қолгандек ҳис қилардим.

    Икки ойдан кейин менга ҳарбий хизматдан чақирув қоғози келди. Ҳолатимни текшириб кўришгач, хизматдан озод қилишди. Мен хизматга боришим керак бўлган ҳарбий қисмга ўрнимга бир дўстим кетди. Лекин орадан бир неча кун ўтиб, ўша ҳарбий қисм ёнидаги газ қуйиш омборида катта портлаш бўлгани, бунинг натижасида дўстим ҳам ҳалок бўлганини эшитдим. Унинг вафотига қайғурдим, айни пайтда мени омон қолдиргани учун Аллоҳга шукр қилдим.

    Орадан бироз муддат ўтиб, дўстларимдан бири собиқ севгилим ҳақида гапириб қолди: у қўшнисига турмушга чиққан, шифокорлар қизнинг фарзанд кўра олмаслигини айтгани учун ораларида ҳар куни бир жанжал бўлар экан. Гарчи мендан юз ўгириб кетган бўлса-да, унинг ҳолатига ачиндим. Бошқа томондан эса Аллоҳга шукр қилдим, чунки мен фарзандсиз яшай олмас эдим.

    Шу орада газеталарни варақлаб ўтирар эканман, мен ишга жойлашмоқчи бўлган импорт-экспорт фирмаси банклардан олган қарзлари туфайли банкрот бўлиб, барча ходимларини ишдан бўшатгани тўғрисидаги эълонни ўқиб қолдим. Аллоҳнинг менга раҳматини кўриб, яна бир бор шукр қилдим.

    Бу воқеаларнинг ҳаммаси автоҳалокатга учраган пайтимдан бошлаб 70 кундан ортиқроқ вақт ичида содир бўлди.

    Мени машинасида уриб юборган ҳалиги қиз эса ҳар куни уйимга келиб, у-бу ишларни қилишда ёрдамлашиб кетарди.

    Бир куни "Ундан қўлини сўраб кўрмайманми?" — деб ўйлаб қолдим. Лекин таклифимни рад этишидан, шу билан уйимга келмай қўйишидан қўрқардим. Шундай бўлса-да, ўша куни уйимга келиб, чой дамлаб олдимга қўйганида уйланиш ҳақида гапиришга жазм қилдим.

    Энди гапирмоқчи бўлиб турсам, ўзи сўз бошлаб қолди:
    — Менга уйланасизми?
    Унинг бу гапига жавоб топа олмай қолдим. Бироздан кейин:
    — Нима дедингиз? — деб сўрадим.
    — Менга уйланасизми?
    Бирдан ўжарлигим тутиб:
    — Мен ҳеч кимнинг меҳр-шафқатига зор эмасман, — дедим.
    — Аллоҳга қасамки, мен меҳр-шафқат кўрсатиш учун бу гапни айтмадим. Мен ҳақиқатдан сизни яхши кўриб қолдим. Сиз билан яшамоқчиман, — деди.
    — Оёғим йўқ бўлса, — деб кесилган оёғимга ишора қилдим, — бошқа одамларга ўхшаб иш қила олмайман.
    — Менга уйлансангиз, отамнинг фирмаларидан бирини бошқаришингиз мумкин бўлади. Уёқ-буёққа бориб юриш шарт эмас, ишингиз офисда бўлади.
    Ҳозиргина бўлган гап-сўзлардан қаттиқ ҳайратга тушгандим. Тилимда фақат "Роббим, мени кечир", деган сўз айланар, кўзёшимни тўхтата олмас эдим...

    Эй Роббим! Мени кечир, афв эт!

    Мен Сенинг етук ҳикматинг ва тақдирингга қарши чиқдим. Агар ўша автоҳалокат бўлмаганида:

    1. Ўзидан бошқани севмайдиган, туғмас хотинга уйланган бўлар эдим. Ўзингга ҳамд бўлсин-ки, вақт ўтмасидан олдин буни менга кўрсатиб қўйдинг.

    2. Ҳарбий хизматга борган ва вафот этган бўлишим мумкин эди. Ўнг оёғимни олган бўлсанг ҳам мени тирик қолдирдинг.

    3. Охири узоққа чўзилмайдиган ишга жойлашиш учун ҳаракат қилган эдим. Сен эса менга хаёлимга ҳам келмаган бир ишни бердинг....

    ***

    Доимо Аллоҳ сизга энг яхши неъматларини ихтиёр қилишига ишонинг. У сиздан бирон нарсани олиб қўйса, хафа бўлманг. Қатъий ишонинг-ки, тез орада бундан кўра яхшироғини беради

    Davlat va mansabni ALLOH suygan bandasiga ham, suymaganiga ham beradi. Lekin iymon atalmish bebaho ne'matini faqat suygan bandasiga ravo ko'rarkan. Shu bebaho ne'matimiz doimo salomat va umriboqiy bo'lsin!...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan, zakiya, Oymomo, Самира, Mubina1995, mahfuza, Nigora2013, muslima1, Zahroxon and 1 other people also said thanks.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #354 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • Replied by Oymomo on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Бир мамлакатда подшоҳ роппа-роса ўн йилдан кейин тахтдан тушириларкан. Сўнг қайиққа ўтқазиб уни кимсасиз оролга ташлаб келишаркан. Навбатдаги подшоҳ тахтга ўтиргач, у маъюсланиб вазирига дебдики:
    -Наҳот менинг ҳам қисматим шу бўлса? Наҳот мен ҳам кимсасиз оролнинг чўлу биёбонида жазирама азобларида яшашга ҳукм этилсам?
    Доно вазир шундай маслаҳат берибди:
    -Муҳтарам шоҳим, сиз кимсасиз оролда яшашни истамасангиз, шоҳлик даврини беҳуда айш-ишратлар билан совурмай, умрингизни ва мол-давлатингизни ўша оролни обод қилишга сарф этинг.
    Подшоҳ мулоҳаза қилиб кўрсаки, вазир ҳақ экан…
    Мазкур ривоятни шарҳлашга уриниб кўрамиз: подшоҳ — шахснинг ўзи. Яъни ҳар бир одам ўзи учун ўзи шоҳдир. Ақли ва иймони унинг вазиридир. Ақл ва иймон ҳудди эгизак сингари ҳамиша биргадир. Ақл йўқ жойда иймонни изламанг, иймон йўқ ерда ақлни қидирманг. Демак, ақлимиз ва иймонимиз бизга доно маслаҳатчидир. Кема — тобут. Одамнинг қисмати шу — бир кунмас бир кун ўз тахтидан тушади, ўша кема — тобутга солиб олиб борадилар. Кимсасиз орол — йўқлик дунёси, биз борадиган жой. Бошқача айтганда, охират ороли. Агар биз бу дунёйимизни ҳою ҳавасларга совурсак, ўша орол чиндан ҳам кимсасиз бўлади, чиндан ҳам чўлу биёбондан иборат бўлади. Агар Ҳақ йўлидан юриб, яхши ишлар билан банд бўлсак, ўша кимсасиз оролни обод қилган бўламиз. Борар жойимиз саҳро — дўзох азоблари эмас, жаннат боғлари бўлади, инша Аллоҳ! «Охиратинг обод бўлсин!» деб дуо қилишганда шу назарда тутилса керак.

    Tohir Malikning "Hayot qayig'i" asaridan.

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan, Самира, Dilnozaxon, Mubina1995, mahfuza, Nigora2013, muslima1, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago #355 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Tog'ora.
    Ayol yosh vaqtidayoq eridan ayrilib, undan qolgan yolg'iz o'g'lini tarbiyalab o'stirish uchun tish-tinog'i bilan harakat qildi. Uning orzusi bu o'g'lini hech kimga muhtoj qilmay o'qitish edi. Kunlarini shu niyat bilan kechirdi. Yosh va go'zal edi,ammo turmush qurish haqidagi takliflarni ortga surib keldi, yoshligini o'g'lini boshqa o'llarga qaratmaslik uchun qurbon qilmoqchi bo'ldi.Birovlarning kirini yuvdi,lekin bolasini hech kimga muhtoj qilmadi. O'g'lini o'qitmoqchi,kasb egallagach, qolgan umrini uning yonida egallamoqchi bo'ldi. Shu hayollar bilan oradan yillar o'tdi....
    Nihoyat o'g'li huquqshunoslik fakultetini bitirib,hakamlik vazifasida ish boshladi. Onaning sevinchi yeru ko'kka sig'amasdi. Navbat o'g'liga munosib kelin topishga keldi. Shu orzusi tezroq amalga oshsa edi....Uni rosa ahtardi,izalb-izlab topdi. U zohiran o'zi izlagan qiz edi,botinan esa noma'lum. Ko'rinishi yahshi, Ichini kim bilsin. Kelinini o'z farzandiday yahshi ko'rar,bir soat bo'lsa ham oldinroq to'y bo'lishini hohlardi. Go'yo o'zi turmush qurayotganday. Bir lahza bo'lsin avvalroq kelinini tushirmoq, yangi uylariga ko'chmoq istardi. Bir go'shaga chekinib nabiralarini erkalashni istardi. Hotiralariga,shirin hayollarga cho'mishni istardi... Nikoh kuniga bir oy qolgan edi. Kuyov kelinni olib yangi uyga joylashadigan ashyolarni o'rinlari o'lchovi, mo'ljalini olmoq uchun kelishdi. Yangi uy go'zaltus oldi. Bo'lajak kelin qaylig'iga:
    - Jahonbey, hammasi chiroyli, yahshi bo'ldi,ammo shu tog'orani qayerga joylashtiramiz? - dedi.Yigit ajablandi:
    - Shunday katta uyda bitta tog'oraga joy topolmayapsanmi?Peshtahta ostiga qo'yaqol,- dedi.
    - Yo'q, bo'lmaydi.
    - Ravoqqa qo'yrsan. Bo'lajak kelin bosh chayqadi.
    - Hech bo'lmasa eshik tagiga qo'y.
    - U yerga to'g'ri kelmaydi.
    - Bitta tog'orani joylashtirolmaysanmi?
    - Uni emas, jonim, tog'ora deb onagizni aytyapman, onangizni!
    Yosh qizdan bunday gaplarni eshitgan yigit muzlab qoldi.Hayotida boshini toji bo'lgan onajonisi, o'g'li uchun el eshigida ishlagan, onasi tog'ora o'rnida ko'rilmoqda. Demak onasi tog'ora, mayda chuyda narsa tashlanadigan quti. Nahot o'sh jafokash, fidokor ayolni joniday sevgan onasini joylashtirish uchun o'rin yo'q. Bo'lajak yostiqdoshi onasini tog'ora, bir quti o'rnida ko'rmoqda....Jahon hech narsa demadi.Uyga qaytgach ham gapirmadi. Bechora ona bo'lajak kelinini o'zi haqidagi fikrlarini bilmay, tinmay uni so'rar va maqtardi. O'g'il bu holga achchiq jilmayish bilan javob qildi. Nihoyat nikoh kuni keldi.Hozirliklar ko'rildi. Mashinalr qatorlashdi. Salon odamga to'ldi. Odamlar kelin-kuyovni ko'rish ishtiyoqida. Va nihoyat Ma'mur kelindan so'radi:
    - Qizim, Ahmad o'g'li Jahonni zavjalikka qabul qildingizmi?
    - Ha, qabul qildim.
    - Yahshi. O'g'lim siz Zaynab qizi Zalihani zavjalikka qabul qildingizmi?
    - Yo'q!... Yo'q! Qabul qilmadim.
    Bu so'zdan hamma oyoqqa turdi. Hayrat bilan hamma kuyovga qarar edi. Ma'mur hayajonlanib, shoshib qoldi.
    - Ho'sh, hozirgacha qayerda edingiz?
    - Taqsir,otamdan erta qoldim. Ularni vafotidan keyin onam meni ota bo'lib ulg'aytirdi. Bu yo'lda birovlarning eshigida ishladi. Meni muhtoj qilmaslik uchun kechani kecha, kunduzni kunduz, issiqni issiq,sovuqni sovuq demay ishladi. Yemay yedirdi, kiymay kiydirdi,meni o'qitdi, odam qildi. Onam endi mening yonimda o'tirib rohat ko'radigan huzur topadigan paytlarda siz ko'rib turgan mana bu kelin onamni tog'oraga,qutiga(ahlat qutisi deyolmadi)tenglashtirib, unga o'z uyidan joy berishni hohlamadi.Onamni tog'ora deb uni hohlamadi. Mening onamni hohlamagan unga bunday muomala qilgan ayolni men ham hohlamayman! Marhamat qilib onasini tog'ora degizadiganga tegsin!- dedida o'rnidan turib, onasini qo'ltiqlab hayratlar va ko'zyoshlar aro to'yhonadan chiqib ketdi...
    Bu hodisadan keyin qiz uyiga qaytdi.Oradan 20yil o'tdi. Hali hanuz turmushgachiqmadi, chiqolmadi.Hanuz boshi ochiq.

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: muxsiya, Oymomo, Dilnozaxon, mahfuza, Zahroxon, ☆ZIZI☆

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 6 months ago #356 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Қария ва ўғли
    Арабчадан Абу Жаъфар ал–Бухорий таржимаси

    Айтишларича, бир одам йигирма беш ёшли ўғли билан поездда келар экан, дераза олдида ўтириб келаётган йигитнинг юзидаги ҳаяжони сезилиб турар эди. У, қўлини деразадан чиқариб шамолнинг қандай келаётганини ҳис этди ва:
    – Дадажон, ҳамма дарахтлар орқамиздан югуриб келаяпти!,– деди.
    Қария ўғлининг қувонишини кўриб жилмайди.
    Уларнинг ёнларида ўтирган эр ва хотин ота билан ўғил ўртасидаги суҳбатни эшитиб, бир оз бўлсада ҳайратга тушдилар: Наҳотки, йигирма беш ёшга кирган йигит ёш боладек бўлса?!
    Баногоҳ, йигит яна қичқириб:
    – Дадажон, қўрадаги ҳавонларни қаранг! Булутлар ҳам поезд билан бирга кетаяпти!,– деди.
    Эр ва хотин йигитнинг гапларидан яна ҳайратланишди. Бирдан ёмғир ёға бошлади. Ёмғир томчилари йигитнинг қўлига тушиб, йигитнинг юзлари қувончдан порлаб кетди ва яна бир бор қичқириб:
    – Дадажон, қаранг, ёмғирлар ёғиб, қўлимга ҳам тегди!,– деди.
    Бу ҳолат эр ва хотиннинг сабрини тугатди ва улар қарияга юзланиб:
    – Нега докторнинг олдига бориб, фарзандингизни даволатмайсиз?,– дейишди.
    Уларнинг гапларини эшитган қария:
    – Биз касалхонадан келаяпмиз. Бу ўғлим ҳаётида биринчи марта кўзи очилиб, дунёни кўрмоқда!,– деб жавоб берди.

    Қиссанинг ҳиссаси:
    Барча ҳақиқатларни билмай туриб хулоса чиқарманг!

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Soliha7770, ☆ZIZI☆

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 6 months ago #357 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Shifoxonaning jarrohlik bölimiga apendisit axvolida bemorni olib keliwdi. Bemor yow qiz bb ota onasining yolg'iz farzandi edi. Aperatsiya muvaffaqiyatli ötgach,3kundan söng qizchani palataga ötkaziwdi. Uwa kuni otasi qizini körgani keldi va bir oy suxbatlawib ötiriwdi. Keyin otasi zarur iwlari bor ekanini aytib,qizin bn xayrlawib ketdi. Bir mahal qizchaning közi stol ustida qolib ketgan hamyonga tuwdi va u hamyon otasiniki bb uni otasiga beriw u.n shifoxona tawqarisiga chiqdi. Qarasa jarrohlik bölimiga yonma yon joylawgan tug'rugxonadan otasi qölida chaqaloq kötarib chiqayotgan ekan. Qizcha hayron bb otasining yoniga yugurib bordida,hamyonini unutib qoldirganligini aytib,qöliga berdi. Söng "Dadajon bu kimning chaqalog'i?"dedi ajablanib. Otasi wowib qoldi.Otasi"Haa...bumi?1döstimning bolasi.özi kela olmagani u.n man olib ketgani keldim. Endi tez palatanga qayt. Senga köp yuriw mumkin emas.",db turganida ichkaridan 1ayol chiqib kelib,"Adasi bu qizcha kim,taniysizmi?",deganida otasi dovdirab,"A.v.v.v bilamadim... Bu qizchani tanimayman. Men seni yoninga kelayotib,yölda hamyonim tuwib qolgan ekan. Wu qiz topib olib,ketimdan özimga beriw u.n kelibdi"dedi. Bu gaplardan qizcha otasini taniyolmay,hayron qolgancha,lol qotib qoldi. Söng otasi u ayolni qizining köz öngida mawinaga ötkazib ketdi. Qizcha közlari qatra-qatra yowga tölgancha boqib qolaverdi. Bu holat qizchaga og'ir botsada,u wu voqeani ichida saqlab,sir tutiwga öziga özi söz berdi. Tuzalib uyga qaytganida ham onasiga xich nima demadi,chunki otasini juda yaxwi körardi va ajraliwni istamasdi. Lekin aksiga olib,otasi uyga kech kelib kuniga janjallawiwar,qizcha wovqindan yostiqlar bn quloqlarini yopib olar,ba'zida öwa kungi voqeani aytib bergisi kelib,ota onasi oldiga yugurib chiqanida,vajoxatidan otasi jim bb qolar edi. Aybi bor edi-da,haqiqat owkor bb qoliwidan qörqar edi Lekin vaqt kelib,otasining 2xotini erini oilalik ekanini bilib qolib,1-xotiniga tel qb bor gapni aytib berganida,hammasi tamom bdi. Onasi qizchani olib uydan ketib qoldi va 1oy vaqt ötib ular qonunan ajrawiwdi. Qizcha onasi qölida qoldi. Otasi esa 2-ayolini uyiga olib kelib yaway bowladi. Qizchasini unutdi. Qiz ulg'ayib bir aqlli xuwli,boy badavlat yigitga turmuwga chiqdi. 1-farzandini tug'ib tug'ruqxonada yotganida uning palatasiga yonma yon xonadan 1ayolni dod faryod solib yig'layotganini ewitadi. Karidorga chiqib yig'i ovozi kelayotgan xonaning ewigi qiya ochiq bb,undan möralab qaraydi. Xona ichkarisida 1ayol tinmay dodlab,"Nega meni bolam ölib qolaveradi?Bowqalarning bolalari yawaydiku... Nahot bu dunyodan farzandsiz ötsam,qaysi qilgan gunohlarim u.n Ey Xudo",deya zorlanib yig'lar edi. 1mahal ayolni tinchlantirayotgan vrachlar,eri chaqirtiriwlarini buyurdi va buni ewtib qiz xonadan chetlawib öy palatasiga kirib,ewikni qiya ochib qöyib,öwa holatni tomowa qiliwda davom etdi. Söng ayolni eri kelib uni tiriwib,zöriqib,dodlab yig'lawiga qaramay uni kötarib olib chiqib ketiwga urundi. Ne köz bn körsinki u kiwi qizning otasi edi. Qiz wowib qoli,otasiga körinmaslik u.n xona ewigini warta yopib,bir zum jim bölib qoldi. Jim bb qolganiga weriklari hayron bb boqiwar edi. Ming afsuslarda,alamlarini ichga yutib,derazaga yaqin keldi. Tawqarida otasini ayolni zörlab mawinaga ötqizolmay qiynalib,besaramjon axvolini kördi. Ayol mawinaga ötirmas,otasi uni mahkam uwlab oliwiga qaramay,ayol tinmay yig'lardi,otasi ham. Ayol mawinadan tuwib ketar,telbalarcha yerga yotib olardi.Qizning ayolga rahmi kelib yig'lab yuborganida,weriklari"Tavba qizig'akansizu,birovlarning tawviwiga yiglab ötiribsizmi?"db hayron edilar. E hayot...ular qizning könglidan nelar ötayotganini qayerdan biliwsin axir.( Yillar ötib otasining ayoli befarzandli dardida,alamdan öz joniga qasd qilib olamdan ötadi. Natijada otasi katta xovlida yolg'iz,qarovsiz qolib ketadi. Bundan xabar topgan qiz otasini körgani,yowlik davri ötgan uyiga boradi. Darvoza ochiq,daraxt hazonlari bn tözg'ib yotgan xovliga ohista kirib borarkan,yowlikdagi xotiralar köz öngidan birma bir ötadi. Xovli ichkarisidan otasining ovozi ewtilganday böladi. Qiz devorga suyanib,xovliga nazar tawlarkan,otasi qarwisiga qizning yowlikda tuwgan sur'atini qöyib olib,"Xozir ikkalamiz bir pasda kirlarni yuvib olamiz. Bilaman sen menga yordam bera olmaysan.sen faqat kulib tursan böldi.",db hayolan qizi bn yelkalari bukilib qolgan, suxbatlawib kir yuvib ötira edi. Bu holatni körib,jimgina tinglab turgan qizning közlaridan tinmay yow oqardi. Qizning otasini yoniga borib,"Dadajon mana men yonginangizdaman. Sizni körgani keldim. Sizni judayam sog'inganman."deb yow boladek böynidan quchib,köksiga bow q6yib köriwgisi keldi. Lekin yig'idan özini tutib tura olmasdi va bu axvolda otasiga körinib,vayron könglini ezgisi kelmadi Jimgina sezdirmay köchaga chiqib uyiga ketib qoladi. Uyiga yöl böyi otasini sözlarini eslab xörligi kelib,yig'lab ketdi. 1hafta ötar ötmas otasi vafot etib,olamni tark etadi. Bu xabar qizga juda kech yetib boradi. Qiz qanchalik otasini söngi yölga kuzatiwga owiqmasin,ulgurolmadi. Köcha bowida otasini tobutini kötarib ketayotgan odamlar ortidan,"Dadajon nega meni tawlab ketdingiz?"deb hayqirgancha qolib ketdi. Essiz... Ohlari olamni larzaga solsada,endi kech bölgandi. Yig'i bn otasi qaytib tirilmas,vaqt ortga qaytmas edi. Qiz yerga ötirib jon jaxti bn,dili vayron bölib,"Mehrim sarson böldiku Dadajon. Butun umr mehringizga ichikib yawar edimku. Endi diydoringiz qiyomatga qoldimi Dadajon. Jannati böling Dadajon.",db yig'laganida,yig'lamagan odam qolmadi.
    ~Sog'inch~
    Mehribonim dadajonim,sog'indim sizni.
    Bilaman sog'inasiz,diydorim kuzatasiz zimdan.
    Shamol bölib yuzim silaysiz. Sözlaysiz sog'inch sözlaringizni.
    Lek yuragim sezadi,bezovta bölib, Garchi ewitolmay,körolmasam ham...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Самира, madina95

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 6 months ago - 8 years 6 months ago #358 Niratsan

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Nowadays the world needs some love not medicine!

  • Izohlari: 1429
  • Rahmat olgan: 2274

  • Gender: Female
  • Birthdate: 20 Aug 1992
  • Replied by Niratsan on topic Hayotiy voqea va hikoyalar


    Ғоятда камбағал бир аёл радио дастурига қўнғироқ қилиб, Аллоҳ учун ёрдам беришлигини илтимос қилади. Ҳудди шу дастурни эшитиб ўтирган атеист, аёлнинг гапларини тинглаб туриб, уни мазаҳ қилиш фикри ҳаёлига келибди.
    Радиодан аёлнинг манзилини олиб, котибасини чақиртириб дебди:
    - Ҳозироқ бозорга бориб, катта миқдорда озиқ-овқат махсулотларини сотиб оласиз-да, мана бу манзилга элтиб берасиз.
    Агар аёл сиздан:
    - "Булар кимнинг номидан" деб сўраса, унга:
    - "Булар шайтоннинг номидан" деб айтасиз, тшунарлими? деб буйруқ берибди.
    Ва ниҳоят атеистнинг котибаси аёлнинг манзилига етиб келиб, аёлга маҳсулотларни топширибди. Аёл озиқ-овқатларни кўплигини кўриб, жудаям хурсанд бўлиб кетибди. Ва ёрдам учун ўзининг чексиз миннатдорчилигини изхор этиб, катта миқдордаги озиқ-овқатларни кичкинагина кулбаси ичига бирин-кетин ташибди. Шунда котиба аёлдан кулиб сўрабди:
    - Бу озиқ-овқатлар кимнинг номидан эканлигига қизиқмайсизми?
    Аёл жавоб берибди:
    - Йўқ, менга бунинг қизиғи йўқ. Чунки Аллоҳ амр этиб турганда, уни қутқариб қолиш учун ҳаттоки шайтонлар ҳам шай бўлиб турар эканлар.
    Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламдан сўрадилар:
    - "Қайси хислатлар исломда энг яхшидир?".
    Айтдилар:
    - "Очларга таом бермоғинг ва таниган ё танимаганга салом бермоғинг".
    Last edit: 8 years 6 months ago by Niratsan.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Самира, madina95, ☆ZIZI☆

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 6 months ago #359 ☆ZIZI☆

    • Moderator
    • Moderator
    • Dunyolarga alishmasman seni qizalog'im....

  • Izohlari: 2158
  • Rahmat olgan: 2151

  • Gender: Female
  • Birthdate: 03 Jul 1991
  • Бир қиз йýлдан адашиб автобусидан қолиб кетади. Нима қиларини билмай, энг яқин уйга бориб, ЭШИКНИ* тақиллатади.... --Эшикни бир йигит очиб, қизни кýриб ҳайрон қолади. Қиздан "КИМ СИЗ" ~деб сýрайди. Қиз ýзини талаба эканлигини, бу ерга мактаби билан бирга автобусда келганини, улар билмасдан қизни қолдириб кетишганлигини ва ортга қайтиш йýлини билмаслигини бирма~бир айтиб берди. -- Йигит: ~"Бу ер бир ташландиқ қишлоқ, сиз бора олмаётган шаҳарча ЖАНУБ* тарафда, сиз эса шимол тарафдасиз. Бу ерда ҳеч ким яша майди. Келинг бу кечани шу ерда ýтказинг, эрта тонг билан сизни шаҳар чангизга элтиб қýяман, деди.... ....Қизни уйига киргазиб, ýзининг ётоғини қизга бýшатди, ýзи эса ХОНАНИНГ* бир чекка сида ухлашини айтди.... --Хонанинг ýртасидан парда тутди. Қиз кýрпасига ýраниб олиб, қýрқув аралаш йигитни кузатиб ётди. Йигит эса хонанинг бир чеккасида китобини ушлаб ýтирар эди. --Орадан бироз вақт ýтгач йигит тýсатдан китобини ёпиб, рýпарасида турган <<ШАМГА>> қараб ҳаёл сура бошлади.... --Олдин бош бармоғини шамга то КУЙГУНЧА ТУТИБ ТУРДИ. Кейин қолганларини ҳам шу тариқа куйдиришни бошлади.... --Қиз йигитни кузатар экан, уни бир "қандайдир диний маросимларини ýтказаётган жин бýлса керак", ~деган фикрга келиб, овозини чиқаришдан қýрқиб, ич~ичидан йиғларди.... --Иккиси хам ухлолмасдан шу тариқа тонг оттиришди. --Тонгда эса йигит қизни шаҳарчасига кузатиб қýйди. Қиз уйига келиб бу ҳикояни ҳаммасини оқизмай~томизмай отасига сýзлаб берди. Лекин ота бу ҳикояга ИШОНМАДИ, аксига олиб қиз қаттиқ қýрққанидан касал бýлиб ётиб қолди. -- Эртаси куни, ота йигитни олдига келиб, ҳудди бир йýловчидай ýзини кýрсатиб, йýлни тушунтириб юборишини сýради. --Йигит билганича тшунтириб бýлгач, ота йигитга ташаккур этди. Сýнг гап орасида боғланган қýлига ИШОРА* қилиб, нима сабабдан куйганини сýради.... --Йигит: ~" Кеча бир гýзал қиз адашиб қолиб, мажбуран меникида тунаб қолди. Шунда ШАЙТОН мени ВАСВАСА қила бошлади. Хар васваса қилган сари охират оловини эслашим учун аввал битта кейн қолган бармоқларимни куйдирдим.... --Иблис мени ýз ҳийласига тортишидан аввал мен бармоғим билан ШАЙТОННИНГ* шаҳватини куйдириб ташладим.... --Қизга хужум қилиш фикри мени куйган бармоқларимдан ҳам кýпроқ азобларди. Йигит қизнинг отасига жуда ёқиб қолди ва ýзини кимлигини айтмасдан йигитни уйига таклиФ қилди. Ва ýша гýзал адашиб қолган қизини йигитга беришга қарор қилди.... --Ҳа, азизлар! Сабрни таги "ОЛТИНДАН", ~деб бекорга айтишмас экан. Йигит ýзининг сабри ва ақли билан бир кунги ҳаром тунни қýлга киритиш эвазига, бутун умрини ҳалоллик билан ýтказиш бахтига муяссар бýлди. Ким Аллоҳ учун ёмонликдан воз кечса, Аллоҳ эвазига яхшилиги билан сийлайди.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Soliha7770, Oymomo, Самира, Nigora2013, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 6 months ago #360 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Эркалатиб эркимни йўқотдим.

    Раҳматли онам ҳеч биримизни "асалим, шакарим, жоним” деб эркаламаган бўлса-да, ҳар доим унинг меҳрини сезиб турардик. Бўй етиб узатилдик, она бўлдик. Уч ўғилдан кейин қизли бўлдим. Унга Асал деб исм қўйдик. Қизим оппоқ, қош-кўзи попукдек, сочлари жингалак, исми жисмига мос эди. Дадаси ҳам, мен ҳам уни еру-кўкка ишонмас, акалари хафа қилса, ёнини олиб, ҳар кимдан ҳимоя қилиб ўстирдик. 12-13 ёшларида у гапга кирмайдиган, ўзи билганидан қолмайдиган, арзимаган нарсага аразлайдиган одат чиқарди. Дарс қилақолсин деб уй юмушларини ўзим бажарганим сари қулоғидан телефон тушмайдиган, танбеҳ берсам, бетга сапчийдиган бўлди. Катта ўғлимни уйлантирдик. Келин келса, яхши томонга ўзгарар, қайсарликлари қуюлиб, ювош тортар, деб ўйлагандим. Афсус, икки куннинг бирида келинойисига ҳам гап қайтариб, ҳар бир ишидан қийиқ топиб, янги келинчакнинг ҳам юрагини доғ қилди.
    Мактабни бир амаллаб битириб, тиббиёт коллежига ўқишга кирди, тўғрироғи таниш-билиш қилиб тўғриладик. Шундан сўнг баттар бебош бўлди. Алламбало кийимларни кияди, сочини пешонасига тушириб, бошига кўзойнакни қўндириб олади. Оёғида баланд пошна, кўчага пардозсиз чиқмайди. Отасидан пул олиб, ўзига ёққан нарсани сотиб олади. Дадасига "Пул берманг, талтайиб кетяпти”, десам, "Менинг давримда ўйнаб қолсин”, деб баттар эркалатдилар. Коллежни тамомлагач, олий ўқув юртига ўқишга киритдик. Дадасини мансабига учиб, Асални келин қиламан деганлар кўпайиб кетди. Мен эса қизимнинг бир хонадонга бориб, у ерга мослашиб кетишига кўзим етмасди. Онасини беҳурмат қилиб гап қайтарган, ҳар бир ишни ўзи билганча ҳал қиладиган қизнинг янги уйда қўним топишига ишонгим келмасди. Ниҳоят, Асални 19 ёшида, институтнинг 1-босқичини якунлаш арафасида турмушга бердик. Қудаларимиз бамаъни, обрўли, зиёли одамлар бўлгани учун икки йил чурқ этган товуш чиқмади. Мен эса хотиржам эмасдим. Барибир бир кун сабрлари тугагач, гап чиқишини ичимдан сезардим. Қизимнинг эрка-тантиқлиги ошган бўлса ошгандики, камаймаганди. Ҳатто фарзандли бўлса ҳам ўша-ўша шаддод, жиззаки, буйсунмас эди. Уйга ҳар икки ҳафтада келар, қудаларимнинг ҳол-аҳволини сўрасам, қўрс жавоб берар, бундоқ фарзандга ўхшаб "Она тузукмисиз, дадам яхшимилар, акаларим яхши юришибдими”, деб қизиқмасди ҳам. Болани ташлаб, аёллар салонига югурар, сочини, тирноғини бўятиб, бозорга тушиб янги кийим олар, боласи йиғладими, қорни оч қолдими, иши йўқ эди. Мен қудаларим биздан истиҳола қилганлари учун ҳам қизимнинг феъл-атворига қаноат қилиб яшаётганларини ҳис этардим ва улар олдида қарздор ва уятли эдим. Куёвим қизимдан тўққиз ёш катта бўлгани учун уни аяр, қаттиқ гапирмасди. Аммо сабрнинг ҳам чегараси бор деганларидек, қизим институтни тамомлаб, уйда қолгач, рўзғор иши, уй юмушларига дош беролмади. "Бўлак бўлса, ўзи учун қилади”, деб қудаларим кенжа ўғлини уйлантириш арафасида қизим ва куёвимни алоҳида квартирага кўчириб чиқаришди. Бечора қудаларим қизимнинг айбини хаспўшлаб, ёпиб юришган экан. "Дом”га чиққач, унинг шалтоқлиги аён бўлди-қолди. Эрининг ишдан келишига овқат тайёр эмас, куйлаги ювилмаган, уйлар ивирсиқ. На боласига қойиллатиб қарай олди, на уйини эплади. Бир куни қудам келиб, "юринг, Асалхонникига кетяпмиз, набирамни бирам соғиндимки, хабар олиб келамиз”, деб қўярда-қўймай олиб кетдилар. Борганимга минг пушаймон едим, қудам олдида ер ёрилмади, кириб кетмадим. Асал телевизор кўриб, писта чақиб ўтирган экан, мебеллар чанг, ошхонасидаги газ, чойгумга қараб бўлмайди. Чирки чиқиб кетибди. Қозонда кечаги макарон қандай бўлса, шундай турибди. Қизим овқатни кичикроқ тоғорачага бўшатиб, музлатгичга ҳам қўймаган. Набирам ўз ҳолича ўйнаб ўтирибди. Асал бизни хушламайгина қарши олди ва эриниб у ер-бу ерни йиғиштира бошлади. Ўша пайтдаги ҳолатимни сўз билан тасвирлаб беролмайман. Эҳ, қудаларимга минг раҳмат, тепса-тебранмас қизимга чидаб ўтирганларига, дедим ўзимга ўзим. Қудам сир бой бермай, "Асалхон, халтадаги гўшт, ҳўл меваларни музлатгичга олиб қўйинг, набирам кўз олдимдан ўтавериб, дадангизга айтмай келавердим. Бош набира барибир бошқача бўларкан”, деб, дарҳол фартукни тақиб, ошхонани йиғиштиришга тушиб кетди.
    Ўша куни қайтишда қудам уйга ташлаб кетдилар. Машинада келаётганимизда ичимдан нима ўтаётганини билдилар шекили, Асал ҳақида ҳеч нарса демадилар. Шу бир оғиз гапирмаганлари мен учун тарсакидан баттар эди. Чунки қудам гапирмасдан қизимнинг аслида қандайлигини менга кўрсатиш учун олиб келгандилар.
    Орадан бир муддат ўтиб қизим аразлаб келди. Телевизор кўриб ўтириб, овқат тагига олиб, қирмочи чиқиб кетибди. Куёвим ишдан қорни очиқиб келган экан, жаҳл устида Асални уришса, у гап қайтарибди. Кейин эридан калтак ебди. Менинг аччиғим чиқиб, "Ҳаммасига ўзинг айбдорсан, яхши хотин бўлганингда, ҳаммаёқни чинни чироқ қилиб қўярдинг, на болангни эплайсан, на эрингни”, дегандим, "Ўзингиз айбдорсиз, бошидан эркалатиб, уй ишларига аралаштирмагансиз, юмушга ўргатмагансиз, энди эса юзимга соляпсиз”, деб ҳаммасини ўзимга ағдарди-қўйди. Бир кун, икки кун ўтди, куёвим келиб қолар деб йўл пойладим. Йўқ, келмади. Қизим ҳам ўзига етгунча, телефон қилмади, ялинмади. Иккита мағрурнинг бир-бирига бош эггиси келмади. Охир-оқибат, яшаб турган уйини қизимга ташлаб, куёвим уйдан чиқиб кетди. Қудаларим ўғлига ҳар қанча насиҳат қилишмасин, ортга қайтмайман, у менга хотинлик қилмайди”, деб кўнмади. Бир йилдан сўнг улар суд орқали ажрашишди.
    Мана, энди ўз уйимда эмас, қизимнинг хизматкори бўлиб унинг раъйига қараб яшаяпман. Набирамни боғчага бердик. Уни олиб бориб, олиб келиш, уй тозалаш, кир-чир, идиш, товоқ, ўчоқ-қозон, деганларидек, ҳаммаси менинг зиммамда. Қизим ишга тушган. Эрта кетиб, кеч келади. Ҳеч нарса билан иши йўқ. Мен эса шу уйга ипсиз боғланиб ўтирибман. Бир жойга бемалол бориб келолмайман, маҳалла-кўйда одамлардан уяламан. Бировга қизингдан шикоят қилсанг, нотўғри тушунади, қолаверса, фарзанд тарбияси учун ота-она жавобгар. Барибир гап айланиб ўзимга келади. Шунинг учун дардимни айтолмай ичимга ютаман. Ҳеч кимга бундай тақдирни раво кўрмайман. Бошқаларга ҳам шуни такрорлайман: тарбияни бола она қорнидалигидаёқ бошлаш керак экан. Акс ҳолда менга ўхшаб фарзандингизга сўзингиз ўтмай куйиб ўтирманг!
    Sabo gazetasidan.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Самира, Zahroxon, ☆ZIZI☆

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.691 seconds

    Kitob do'koni