Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

Hayotiy voqea va hikoyalar

10 years 2 months ago #201 zakiya

  • Elite Member
  • Elite Member

  • Izohlari: 290
  • Rahmat olgan: 372

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by zakiya on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Бир жойга
    йиғилишга жуда шошиб
    кетаётгандим. Йўл юзида қўл
    кўтардим. Оппоқ “Ласетти” тўхтади.
    Пулини келишмасдан хам ўтириб
    олдим. Йўлда кетарканмиз фикру-
    хаёлим мажлисга кечикмаслик.
    Бироз юргач радиодан
    эшитилаётган сокин мусиқа
    тинчлантира бошлади. Насиб қилган
    вақтда етиб бораманда. Машина
    ичига разм сола
    бошладим. Дид билан безатилган,
    кўриниб турардики хайдовчи йигит
    унга қаттиқ эътибор беради. Кўзим
    олд ойнанинг бурчагига
    бириктирилган суратга тушди. Оппоқ
    рўмолдаги юзлари нурли онахон
    сурати эди.
    - Онангизми? - чидолмай сўрадим.
    - Ха - деди йигит.
    - Узрку, хаётмилар?
    - Худога шукр, нега қизиқдиз?
    - Ўзи, узр…
    Бироз сукунатдан кейин йигитнинг
    ўзи гап бошлади:
    - Биласизми, кўпчилик қизиқади
    нега суратни ёпиштирдинг деб.
    Икки сабаби бор. Бири - катта
    тезликни яхши кўраман.
    Машина кам йўлга тушиб қолсам
    оёғим беихтиёр газни босади
    қаттиқроқ. Онамнинг
    суратларига кўзим тушгач эса
    тезликни камайтираман. Битта
    ўғилман, манга бир нарса бўлса
    онам ғамни кўтара олмайди деб
    қўрқаман…
    Унинг гапларида жон бор эди.
    “Тўғри” дедимку ўйланиб қолдим -
    барча тез юрадиганлар шундай
    қилса бўларкан деб.
    - Кечирасиз ука, иккинчи сабабини
    айтмадингиз?- деб сўрадим.
    - Иккинчиси ва асосийси - онам
    доим кўз олдимда. Кўчадаги ишлар,
    ташвишлардан сиқилиб кетсам
    уларнинг юзларини кўриб барчасини
    орқага ташлайман.
    Онам суратини куни билан кўрсам
    хам қаттиқ соғинаман барибир. Уйга
    шошиламан. Пешонамдан ўпиб кутиб
    олишларини тасаввур қилсам
    ишларимни янаям тезроқ битиришга
    уринаман.
    - Соғинсез тез-тез телефон хам
    қилиб турасизми?
    - Албатта. Икики соатдан ортиқ
    овозларини эшитмасам ўзимни
    қўярга жой тополмайман.
    - Яхши…
    Ичимда эса “Мақтанчоқ эканми,
    гўёки бошқалар онасини яхши
    кўрмайди” деган хаёл келди. Ўйлай
    бошладим, у билан ўзимни беихтиёр
    солиштириб. Онамнинг расмлари
    йўқ ёнимда. Телефонимда папкалар
    ичида чанг босиб ётганини
    айтмаганда. Уйга хам бу йигитдек
    шошмайман. Телефонда эса… Шу
    пайт унга қўнғироқ бўлди. Мендан
    узр сўраб машинани четга олди.
    Узоқ гаплашгани йўқ, лекин шу
    қисқа вақт ичида “Онажон”,
    “Лаббай”, “Хўп бўлади” каби
    сўзларни ишлатар, жуда
    хушмуомила бўлиб гапирарди. Унга
    разм сола бошладим. Телефонда
    гаплашяптику хар сафар “Хўп
    бўлади” деганда эгилиб кетай
    деяпти, гўёки онаси қаршисида
    тургандек. Кўзларида эса қувончни
    кўрса бўларди. Худди ёш болакай
    онасига талпингандаги қувончдек.
    Фарқи шунда эдики ёнимда ёш бола
    эмас, кап-катта йигит ўтирар эди. У
    болаликдаги ўша мехрни сақлаб
    қолган эди. Унга хавасим келарди.
    Агар бу йигитни онамлар
    кўрганларида эди - унинг онасига
    уларнинг хам хаваслари келиши
    аниқ эди. Ёки мендан қаттиқ
    ўксинардилар, шу йигитчалик
    эътиборли бўлмаганим учун.
    Негадир ичимдан бир аччиқ нарса
    тошиб кела бошлади. Овозим
    бўғилиб, хиқилдоғимга келиб
    тақалди. Манзилга қандай етиб
    борганимни билмайман. Мажлисга
    хам нинани устида ўтиргандек
    бўлдим. Тушлик пайти эса уйга
    шошдим, қўлимда онам севган
    гуллардан гулдаста. Уйга
    яқинлашганим сайин кайфиятим
    кўтарила бошлади. Мен жуда
    хурсанд эдим, онамни эса қанчалик
    севинишларини ўйлаб юзимда
    табассум билан эшик қўнғироғини
    чалдим.
    - Ассалому алайкум онажон.
    - Ваалейкум ассалом. Тинчликми, бу
    пайтда келмасдинг-ку? - хавотир
    олиб сўрадилар.
    Орқамда яшириб турган гулдастани
    узатдим:
    - Сизни жуда соғиниб
    кетдим!
    "Ҳидоят"
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: hiona, Oymomo, ShukroNa, Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #202 zakiya

    • Elite Member
    • Elite Member

  • Izohlari: 290
  • Rahmat olgan: 372

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by zakiya on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    ISYON
    Bugungi ish kunim ham qolganlaridan farqsiz yakunlanishi
    mumkin edi, agar…
    Qabulim ohirlab qolganida Muhlisa ismli qizaloqni olib kelishdi.
    Besh yoshli bemorimning tomog’i qizarib, bir oz yo’talayotgan
    ekan. Qizchani ko’rikdan o’tkazib, kerakli muolajalarni
    yozayotgan chog’im uning anchayin asabiy ekani diqqatimni
    tortdi. Muhlisa ko’ylagiga qadalgan pushti tugmachani tishlab
    torta boshlagach oyisini savolga tutdim:
    - Uyda urush-janjal bo’lmaydimi?
    - Tushunmadim, do’htir?!
    Savolim oddiy va tushunarli bo’lgani holda, qizchaning oyisini
    ta’jubga solib qo’ygani menga g’alati tuyuldi. Qizcha bo’lsa
    paytdan foydalanib, stolim ustidan qalam va qog’oz olib indamay
    rasm chiza boshladi.
    Beihtiyor uning chizgulariga ko’z tashladim.
    Qog’oz yuzida avval mo’jazgina uycha paydo bo’ldi. Uning tomi,
    kichikkina derazasi ham chizildi. Derazaga tortilgan pardaning mittigina gulchalari ham juda chiroyli chiqdi. Uycha atrofida gullar, osmonda nur dochayotgan quyosh aksi ham o'rin oldi. Daraht shohi va moviy osmonda parvoz qolayotgan bir juft qush ham paydo bo' ldi.
    Aytish joizki qizcha yoshiga nisbatan ziyrak va iste'dodli edi. Afsus rangli qalamlarim yo'q ekanda. Bu "san'at asari" qizil,sariq,yashil ,moviy ranglar bilan bo'yalganda bormi...Uni kuzatishda davom etdim. Ana yo'lakcha ,unda alaqayoqqa chopib ketayotgan kuchukka o'xshash jonivor ham paydo bo'ldi. Hamma narsa bor ammo nega rasmda odamlar yo'q? Odatda bolalar chiroyli chizgan suratlarida hech bo'lmasa o'zlarini tasvirlab qo'yishni yaxshi ko'rishadi. Ba'zi bolalar esa oilasini aks etishni qoyillatishadi. Qing'ir-qiyshiq qilib bo'lsada yuz, ko'zli odam yaqinlari-qadrdonlarini chizib ,qo'llarni birlashtirib qo'yishni uddalashadi.
    Nima uchun qizcha o’zi, oyisi yoki dadasining rasmini chizmadi?
    Balki hali odam shaklini chizishga qiynalar desam uning yoshida bu unchalik ham qiyin emas. Qolaversa chizayotgan rasmining o'ziyoq qizaloqda tug'ma qobiliyat borligini namoyon etib turibdi. Yoki…Ko’nglimga
    kelgan savol bilan onasiga murojaat qilmoqchi edim,
    Muhlisa yana diqqatimni tortdi.
    Beihtiyor uning harakatlari jadallashdi. Qo'lidagi qora qalam bilan boyagina o’zi chizgan uy
    derazasini bo’yab tashladi. Bo’yasa ham mayli,
    deraza tagidagi qog’oz qalamdan teshilgandagina tinchlandi.
    - Hammasi tushunarli,- dedim, qizchaning oyisiga. –Agar hafa bo'lmasangiz sizga farzandingiz ruhiyati bilan bogliq savollarim bor edi .
    Ona qizchasi qalam bilan teshib tashlagan o'z uyining qorongu derazasidan ko'z uzmay rozi bo'ldi.
    - Qizingizning xarakatiga diqqat qildingizmi? Garchi asbiylashib turgan bo'lsa uyingizni mehr bilan chizdi. Pardalari gulchali derazangizni ham ajoyib tasvirladi. Endi bo'lsa q'og'oz yirtilgunga qadar jazavali xarakatlariga qarang!
    Murg’ak go’dak nima demoqchi? Uning bu qiligi oddiy sho'hlik emas. Farzandingiz o'z o’z qobig’iga kirib
    olgan. Odatda bolalar , yurakcjalarinidagi bor hissiyotlarini
    yashayotgan uylari shaklida chizib bizga aytolayotgan yoki biz eshitishni xoxlamayotgan gaplarini ham qalamlar yordamida chizib ko'rsatishadi. Uy tashqarisini qarang atigi bittagina rang bilan bo'lsada tabiatning butun muruvati va go'zalligi bilan ifodalangan.Osmon, gullar, daraxt xattoki dumini viqor bilan ko'tarib ketayotgan itsimon jonivor ham bor.Ammo uy tashqarisidagi bu olamga qaratilgan derazaga gard tekkan.Boyagina gulchalari mayda pardalar shu mo'jizani yaratgan qora qalam hujumida tirilib ketdi...Keyin... Rasmda siz ham, otasi ham yo’q. Hattoki, o’zini ham topa
    olmayapti.
    Shu vaqt g’alati hodisa yuz berdi. Muhlisa uy tomi tepasida omonat
    o’tirgan qizcha shaklini chiza boshladi. Qizig’i, qizchaning
    qanotlari ham bor edi. Uning yuz-ko’zlari ham chizilgach, Muhlisa
    titroq barmoqchalari bilan rasmni silay boshladi. Ko’zidan bir
    tomchi billurdek yosh uzilib rasmdagi qizchaning ko’ylakchasiga
    tomdi. Kattalar hayratlanib turganimizda Muhlisa, o’zi chizgan
    qizchaga qarab chuqur ho’rsindi. Uni o’pib, “Hayr, singiljon!” deb
    o’pkasi to’lib rasmni burdalab yirtib tashladi...
    Onasi avval hayron bo’ldi, so’ng...so'ng nimadir yodiga tushdi shekilli,
    qizini mahkam quchib, izzillab yig’lab yubordi.
    - Demak, sen o’shanda hammasini tushungansan. Kechir!
    Kechir meni bolajonim!
    Men mutahassis sifatida oilaga ichida qandaydir mudhish falokat ro'y berib turganini tahmin qilib tursam ham qizini quchoqlab yiglayotgan onaizorga savol bermadim.Bir qancha muddatdan so'ng mijjalaridagi yoshni to'xtatishga kuchi yetmayotgan ayol hammasini o'zi gapirib berdi.
    Uning aytishicha Muhlisa uyda yagona farzand. U tugilganida turmush o'rtog'i qanchalik quvonmasin baribir keyingisi o'g'il bo'lishini juda xoxlagan. Har bir o'zbek xonadonida bo'lgani kabi bu oila ham kelinning navbatdagi xomiladorligini kutishardi. Ammo negadir tongich to'rtga qadam qo'ysada gumonadan nishona bolavermas, keti uzilmay olinayotgan muolajalar ta'siri sezilmasdi.
    -Tavba Allohning ishlariga ham hayron qolasan!-derdi ba'zida qaynonam,- Muhlisani bir chiroylik tug'g'dingiz..Lecheniya ham olmabsiza?! Nega endi bunaqa cho'zilyapti? Yoki o'g'il nevara shunaqa qimmat bo'larmikin?
    Men hech narsa deya olmasdim. Menga qolsaku o'g'ilmi-qizmi tili choqqanidan beri "chaqaloq olib keyin"deb bijirlab qolgan Muhlisamga aherik bo'lsa, to'rt muchchasi but,aqli raso tugilsa ham katta baht edi..Ammo kelin atalmish kelgindining faqat o'gil chaqaloq bilangina oilada mavqei mustahkamlanishini bilganim uchun ham tinmay Allohdan o'g'il so'rardim. Turmush o'rtog'im ham tinmay o'rtoqlarining o'g'illarini maqtayveradi , pichinglari bilan toy nevara kutayotgan buvi-buvaning ko'zi ham fikri-zikri ham do'mpaymayotgan qornimda.
    Ammo bir yil muqaddam yana mo'jiza ro'y berdi. Yana xomilador ekanim ma'lum bo'ldi.
    Ikki oy meni o'tqazgani joy topisha olmay. Judayam erkalashdi. Muhlisani bo'lsaku "opacha! Ukasinig opasi" deb og'zidan chiqqanini muhayyo qilishadi. Afsus...afsus bu shodiyonalar xomilaning jinsi aniqlangunga qadar davom etdi. Men uni kim bo'lishidan qattiy nazar tug'ardim.Ammo atayin tanish do'xtirga olib borgan qaynonamning va erimning fikri bo'lak edi...Bir kuni Xomilani oldirish yoki qoldirish haqida turmush o’rtog’im bilan qattiq
    bilan bahslashayotganida Muhlisa yonimizda bo’lgan. Ammo na men,na turmush o'rtog'im xozirgiday begubor rasm chizayotgan qizimizga e'tibor bermadik. To’rt yosh bola nimaga ham aqli etadi” debman.
    - Hozir bunisi ortiqcha! Do’htir qiz debdiku! Ana, bitta qiz yetadi! Agar tugmoqchi bolsang ,bor katta ko'cha tug'aver. Faqat bu uyda emas.Men...men onamning aytganlaridan chiqmayman.Xozirgi zamonga bir qiz ham yetarli!
    Shu so'zlar yangragan zahoti jajji Muhlisaning qolidagi qalami tushib ketib buvijonisiga yugurdi. "Chaqaloqni o'ldirmang buvijon.Qayang man qanaqa aqlli qizchaman" deb yiglaganini korsangiz edi. Ammo uning aytgani,xattoki Allohning buyurgani ham bolmadi.Oilaning tarozusi badfelgina qaynonam qolida....Xomila oldirildi. Shundan so'ng doimo quvnoq yuradigan qizcham butunlay
    o’zgargan.
    Na xomilamdan osongina qutulgan qaynonam, erim buni sezishmaydi. Sezishsa ham kormaganga olishadi. Avvallari hech kasal bolmaydigan qizim esa mana bir yildan buyon kun ora doktorlar huzurida sarson.Immuniteti past deyishadi. Eng qimmat dorilar bilan davolaymizu hammasi vaqtincha.Hech kimga tegmaydigan yengil shabboda ham uni kasal qilub qo'yaveradi.
    Qizchani obdon kuzatdim. Ammo uning g'am to'la murg'ak nigohiga qarashga kuchim yetmadi. Oyisiga uni davolashga oud tavsiya va maslahatlar berdim ammo o’zim ham shu tobda ruhshunos yordamiga juda
    muhtoj edim.
    “Bolalarda uchraydigan ko’p surunkali hastaliklar ruhiy zo’riqish
    oqibatida kelib chiqadi” desam, ba’zi ota- onalar kinoya bilan
    qarashadi. “Bularda asab nima qilsin?” deydiganlari ham uchrab
    turadi.
    Eh kattalar! Bolajonlarimizni o’zimiz kasal qilamizu, keyin murg’ak
    vujudlarini dorixonaga aylantirib davolayveramiz. Mehrni o’z
    tarozimizda o’lchab beramiz! Bolalarning qalbiga- o’zlari chizgan
    uychalardagi derazalar orqali qarash lozimligi yodimizdan chiqib
    qoladi.
    O’sha kuni uyga qaytishda kasalhona yonidagi do’konga kirdim.
    Har doim ishxonaga faqat qora qalam olar ekanman. Bu safar
    rangli qalamlarga qo’l uzatdim. Ilohim kichkintoylar chizayotgan
    rasmlarda faqat kamalak jilolari, hayotning munavvar lahzalari va bolalikning eng ma'sum, shirin xotiralarigina aks etaversin!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Soliha7770, ruxshon, Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #203 ruxshon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Farzandlarimiz -hayotimiz mazmuni

  • Izohlari: 587
  • Rahmat olgan: 554

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ruxshon on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Ha bunaqa oilalardan ,qaynonalardan o'zi asrasin .
    Maniyam qaynonam bilan xo'jayinim ikkinchisi. o'g'il bo'lishini judayam xoxlashgandi. buni ochiq aytishmasalar ham bilinib turardi . Toksikozim yana birinchisiday qaytarilayotganidan va kalendar hisobi bo'yicha qiz. bo'ladigan o'xshayapti .Qaynonamga iymanib ikkinchisiyam qiz bo'ladi shekilli desam mult: . Koyib berdilar mayli qiz bo'lsaham sog'lom bo'lsa bo'ldi unaqa demiydi odam tirnoqqa zor odamlar bor dedilar Ularga yanayam hurmatim oshdi shu payt quchoqlab o'pib olgim keldiyu lekin skypda gaplashayotgan edikga ^xoxo$ Hozirdan qizim. menga oyim qiz chaqaloq opkeladilar deb xursand bo'lib ketyapti. uree@@ Yana oyi nega tez opkelmayapsiz man chaqaloqa qaragim kelyapti unga butilkada ovqat beraman o'zimni kalyaskamda sayr qildiraman unga kanfet bermiyman u hali kichkinaku deb mani kuldirib o'tiradi ha-ha
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan, zakiya, Soliha7770, Oymomo, Sakura, Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #204 Soliha7770

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 654
  • Rahmat olgan: 1794

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Ja boshqacha aqlli qiziz borde, Ruxshon! @upi@ . Bir miriqiib gaplashgim keladi qizalog'iz bilan :sevgi

    Davlat va mansabni ALLOH suygan bandasiga ham, suymaganiga ham beradi. Lekin iymon atalmish bebaho ne'matini faqat suygan bandasiga ravo ko'rarkan. Shu bebaho ne'matimiz doimo salomat va umriboqiy bo'lsin!...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ruxshon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #205 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Рухшон Аллохни берганида, илойим она-бола соглом булинглар.
    Мени овсинимни 1чиси киз, эри иккинчисини угил тугасан деб буйрук бергандай килибди. Таксикозини хар бир майда чуйда элементларигача эътибор бериб юрибди, хаммаси олдингисини такрорлармиш. 3 марта УЗИга тушибди икки мартасида аник айтиш кийин дебди, 3 марта угилга ухшаяпди, аник куриш имкони булмаяпди дебди. Дард келган куни эри Россияда булгани учун, кайн синглим тугрукхонага олиб борса озгина эртарок кечка якин коладиган булиб келинглар дебди. Овсиним шурлик шу вактдаям УЗИга тушишка вакти борлигидан хурсанд булиб яхши курсадади, аник айтади полини деб одамлар мактаган УЗИга узокда жойлашканига карамасдан боришга карор килибди. УЗИга бориб анча очеред кутиб зурга хонага киришса, УЗИда курадиган аёл, "Вой хозир тугиб куясиз болайиз тугилишга тайёр тезда кетинг" дебди, шундаям "угилми-кизми деса," "бола угирилиб турибди узоги билан 3-4соатда билиб оласиз" дебди. Бечорани дардиям кизиники сингари аччик булибди. Хуллас угилмас "киз" эканига шунчалар узини ишонтириб турган вактда, угил тугилибди.
    Кизболаям Яхшику, Аллох умри ва ризки билан берсин.

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: zakiya, ruxshon, Oymomo, Sakura

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #206 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • Replied by Oymomo on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Samira fikrizga qo'shilaman. Qiz bola ota onasiga mehribon, g'amxo'r bo'ladi. Qayerda bo'lmasin qizlik uyiga talpinib turadi, bizga o'xshab. Bir kelinoyimda 2xil toksikoz bo'lib, 2xil qorin solib ikkalasidayam qiz tuqqan. Lekin ikkinchisi o'g'il bolaga o'xshaydi. Uchinchisiga homilador. Ajabmas Allohim ularga o'g'il farzand ato qilsa. Allohim barcha erkaklarimizni ham tobutkashlari bo'ladigan o'g'illardan benasib qilmasin!!!

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: zakiya, Sakura, Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago - 10 years 1 month ago #207 ruxshon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Farzandlarimiz -hayotimiz mazmuni

  • Izohlari: 587
  • Rahmat olgan: 554

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ruxshon on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    ^xoxo$

    Soliha7770 wrote: Ja boshqacha aqlli qiziz borde, Ruxshon! @upi@ . Bir miriqiib gaplashgim keladi qizalog'iz bilan :sevgi

    Rahmat Soliha . qizim bazi sabablarga ko'raga o'zidan katta gruppada boradi . o'zi 4 ga kiradiyu grupasida 6-7 yoshlilar ko'p . shungayam ancha yoshiga nisbatan kattalarday gapiradi fikrliydi o'ziman unga kichkina boladay muommila qilolmaymanda Dadasi bilan qizimiz judayam mehribon opa bo'ladi deb xursand bo'lamiz . ilohim shu kunlarga yetkasin
    Last edit: 10 years 1 month ago by ruxshon.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan, Soliha7770, Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #208 zakiya

    • Elite Member
    • Elite Member

  • Izohlari: 290
  • Rahmat olgan: 372

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by zakiya on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Аёлнинг ватани унинг эридир.....
    Эрим ҳар куни ишга кетиш олдидан, онаси типратикан учадими, дейди. Мен эса, ҳа, дадаси албатта учади, лекин сал пастроқ учади, дейман. Сутчи, унинг ранги оқми қорами, агар сиз оқ десангиз оқ қора десангиз қора дейман. Бу сўзлар менинг яқин дугонамнинг иқрори. Аввалларига ундан жаҳлим чиқарди, нима ўзингни мустақил фикринг йўқми, эрингга типратикан ҳам учадими, сутнинг ранги қора эмас оқ, деб айта олмайсанми, дер эдим. У эса, эрим ҳам, мен ҳам фитратан биламиз типратиканнинг учмаслигини сутнинг ранги оқлигини, аммо бу менинг итоатимнинг рамзий белгиси, деди у бир куни. Аёллар ўзи табиатан шикоятчи ва ношукурроқ бўлади. Уч тўрттамиз йиғилиб қолсак буни исботлашга ҳожат қолмайди. Бир куни бир дугонам эридан шикоят қилиб қолди. Эшитганларнинг кўпчилиги, ажраш шу эрингдан, қўлингда гулдай ҳунаринг бор, битта ўзинг ҳам эплай оласан рўзғорни,дейишди. Аммо мен уларнинг фикрига қўшила олмадим. Унга ўз фикримни айтиб қўя қолдим: Сенга ажраш, деяётганларнинг ҳаммасининг эри бор, улар эрларидан ажрашиб кўрмаган. Гуёки боши йўқ танага ўхшаб қоласан. Ҳунар эр ёки ота бўлмайди. Биласанми сен ҳозир манзилни йўқотиб қўйдинг, ўзи шикоят қилишимиз керак бўлган манзил бор. Бир марта эримдан шикоят қилиб беш ой ҳаловатимни,итоатимни йўқотиб қўйганман, ишонавер. Мен яхши эслайман бобом кўп номаъқулчиликлар қилар эди, аммо кечқурун уйга қайтганларида бувим уларни ювиб тараб ҳеч нима бўлмагандек яшаб кетаверишарди, дейди Сурхондарёнинг бир чеккасидан келган дугонам. Нима учун аёл эрталаб вақтли туриб эри ва болалари учун нонушта тайёрлайди? Оила бўлгани учун менимча. Чет эл сериаллари ва киноларида томоша қиламиз, хотин ўзи учун қаҳва тайёрлаб ичади эр ўзи учун. Хотин бўлиш осонми? Бу жуда қийин. Бу ўзини фидо қилиш дегани. Шунинг учун ҳам ер шарининг айрим ўлкаларида оила тушунчаси буткул йўқолиб кетмоқда. Европада яшаб юрган ўртоғим дабдурустдан қайтиб келди. Нега келдинг, ахир одамлар Европага орзу қилиб ета олмаяпти-ку,-дедим. У: “ Қизим 14, ўғлим 13 ёшга тўлди. У ерда 15 ёшдан кейин болалар ота-онасидан алоҳида яшайди. Болангни тергай олмайсан. Ҳар ҳафтада бир марта мактабида сўровнома тарқатишади. Ота-онанггиз сизнинг эркинлигингизга дахл қилмаяптими, агар шундай бўлса бизга мурожаат қилинг, биз сизни ҳимоя қиламиз, деган мазмунда. Ўша юртда бир ажнабий танишим саккиз йилга озодликдан маҳрум этилди, сабаби ўсмир қизининг истакларига қарши чиққани учун”- деб жавоб берди. Бир дугонам Кореяда биттаси Туркияда, болалари уйда отаси билан қолган. Эр уйда хонанишин,албатта. Улар ишлаб пул топаётгандир, аммо пулдан-да қимматроқ нарсаларни йўқотаётганига ишончим комил. Ёзувчи Абдулла Қаҳҳорнинг турмуш ўртоғи Кибриё Қаҳҳор ўз хотираларида шундай ёзади: Ҳеч қачон исмимни айтиб чақирмаганлар. Бирга бозорга тушар эдик агар мен одамлар гавжум жойда йўқолиб қолсам, “Қанисиз? Қанисиз?” деб чақирар эдилар. Мана буни шарқона оила деб атайдилар. “Аёлнинг ватани унинг эридир”, дейилади илоҳий китобларимизда. Унинг ватани борми, демак масжиди ҳам бор. Оиласининг энг тўри унинг масжидидир. Масжидим ва ватанимдан айрилмаслик учун бемалол иқрор бўла оламан: Типратикан учади, сутнинг эса ранги қора.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: uzbaby, Asal, Soliha7770, ruxshon, Oymomo, zahro, Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #209 istak

    • Premium Member
    • Premium Member

  • Izohlari: 149
  • Rahmat olgan: 532

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by istak on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Mavzu Hayotiy hikoyalar deb nomlangan bo'lsa ham kop voqealar gazeta va int sahifalaridan ko'chirma ekan.Real hayotiy bir voqeani yozib ketishni ma'qul ko'rdim.Kimgadir foydasi tegsa voqea qahramoni bo'lgan ayolni duo qilib qo'yinglar.

    Qizgina go'zal va lobar edi.Bolaligi yetimlikda o'tgani uchun oilada hamma uginaning ko'ngliga qarar edi.Bu erkinlikni ta'mi va shuuridan mast qizgina sevib qoldi va ne bahtki sevildi ham.Bu sevgiga atrofda hamma qarshi edi.Sevgi sohiblarini ko'zlari ko'r quloqlari kar edi.Oshiqni va mashuqa'nida oilasidagilar har qancha qarshilik qilmasinlar o'z ahdlaridan qaytmadilar va qarshiliklarni yengib o'tish chorasi sifatida sevgilari sharobini nikohdan avval ta'tib ko'rishlikni ma'qul topdilar.Bu mastlikdan habar topgan har ikkilarini onaizorlari chor nochor nikohga rozi bo'ldilar.Oila atalmish qo'rg'on ichida asl hayotni ta'mi nikohdan avval ta'tilgan ishq sharobidan farqli edi.Oshiq o'zgargan.Ma'shuqani sabri tugallangan .Asablar tarang tortilgan orada farzandlar dunyoga kelgan.Oshiqni qalbini shubhayu gumonlar ma'shuqasini o'z soyasidanda rashk qilishgacha olib keladi.Rash shu qadar ko'r ko'ronaki jonimdan ortiq sevaman o'zimdan ham qizg'onaman deb asraguvchi mashuqani hushidan ayrilar darajada do'pposlab uradi.Hovuridan tushgach yalinib uzr so'rab o'tiradi.Ta'bir joiz bo'lsa Ko'r muhabbat edi endi ularni orasidagi oshiq ma'shuqlik.Bu ikki yoshni orasiga tushaverib qaynona qon bosimi oshadigan dardga chalindi.Ayni tarzda 4 farzandni voyaga yetkazdilar.Ma'shuqaga sabrdan haykal qo'yish joiz degan tarif berildi mahalla va atrofdan.Vaqt hamma narsaga davo va chora deganlaridek so'nmas va tugallanmas ko'ringan buyuk sevgi oshiqni qalbida kulllar qoldirib hayrlashgani habari keldi.Yani o'shiq endi boshqa bir go'zalga oshiq edi.Ma'shuqa va to'rt farzand nonga zor holatida kunlariga shukr qilib yashayotgan holatida,oshiqni ko'ngli o'zga yorni istadi.Ma'shuqa ko'zlarida yosh bilan seviklisini hotirjamligi va hayotdan ko'ngli to'lishi uchun istagan istagiga rozi bo'ldi.Oshiq o'zga go'zal bilan nikohga shaylanyabdi bechoragina ma'shuqa koz;arida yosh bilan oshig'ini sevikli ta'omini tayyorlayabdi o'zga uyga go'zal kayfiyat bilan yo'l olishiga zamin tayyorlayabdi.Yuragini kemirayotgan alamlarni ko'z yoshiga sizdirmaslikka harakat qilib lablarini tishlayverganidan lablari shishib ketgan.Shu tarzda oshiq ikki ma'shuqani yuragiga sig'dira oldi.Bechora birinchi ma'shuqa oshig'ini qo'msab uni sog'ingan uning shirin so'zlari hattoki rashkdan kaltaklagandagi azoblarini sog'inar va bu sog'incha darmon istab oshig'ini yuvishga tashlagan kiyimlarini hidi ketguncha bag'riga bosib tunlar o'tkazadi.Kechalari oshig'ini sog'inchi kunduzlarda o'smir yoshga yaqinlashib qolgan farznadlarini ko'zlari mo'ltirab otasini istashlariga otalarini aybdor qilmaydigan javob izlab umr o'tkazdi.Vaqtda baraka yoq vaqt yugurik.Yillar juda tez o'tdi ma'shuqa erli beva ekanini o'zi bilib o'zgaga sezdirmay qizlarini uzta boshladi.Qizlar uzatildi ketma ket nabiralar tug'ildi.O'zbekchilik degan baloyu ofat bechora mashuqani yeb ado qildiki bugunda o'zini ayol bir vaqtlar olamlarga ta'tigulik muhabbat egasi bo'lgan ma'shuqa ekanini unuttirdi bu hayot tashvishlari.Bugunda qadimgi oshig'i uchun ham,uni deb yuzlariga oyoq qo'ygan yaqinlari uchun ham,kechayu kunduz tinim bilmay harakat qilgan farzandlari uchun ham oddiygina qarzdor bir ONA siymosi qoldi bugun unda.Kasalvand jismiga rohat istar ko'ngliga bir dardkash va suyanchga zor ammo buni tiliga chiqaza olmaydigan bir ayolga aylandi .

    Ona hayosi bilan go'zal.Bola odobi bilan aziz!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan, hiona

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #210 hiona

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Go'zal hayot o'zi kelmaydi, harakat qilish kerak

  • Izohlari: 1978
  • Rahmat olgan: 1650

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by hiona on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Siz buni sevgi dip o'ylisizmi rostanam?
    Menimcha bu haqiqiy sevgi bo'lmagan haqiqiy sevgida unga erishgandan keyin ko'ngil boshqaga talpinolmasligi kerak edi.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ruxshon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #211 hiona

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Go'zal hayot o'zi kelmaydi, harakat qilish kerak

  • Izohlari: 1978
  • Rahmat olgan: 1650

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by hiona on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Voqea qahramoniga esa Olloh o'zi yengillik bersin hayotni unga atagan yahshiliklari tezroq birga bo'lishini so'rimiz. Juda alamli holat.......
    Shunaqa voqealani o'qisam usha "ERKAK"ga biram "hurmatim" oshib toshib ketadiki otgani o'q topilmaydi.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: istak

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #212 istak

    • Premium Member
    • Premium Member

  • Izohlari: 149
  • Rahmat olgan: 532

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by istak on topic Hayotiy voqea va hikoyalar

    hiona wrote: Siz buni sevgi dip o'ylisizmi rostanam?
    Menimcha bu haqiqiy sevgi bo'lmagan haqiqiy sevgida unga erishgandan keyin ko'ngil boshqaga talpinolmasligi kerak edi.


    Ehhh singilginam bu munosabatni sog'lom oila ham deya olmayman.Nafaqat sevgi ammo voqea qahramoni bo'lgan ayol uchun bu SEVGI VA BUYUK MUHABBAT.Majburiyatlar va bosim ostida bir tom ostida yashashlikni hotirjam oila deyishlikdan uzoqdaman.

    Ona hayosi bilan go'zal.Bola odobi bilan aziz!

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #213 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • istak wrote:

    hiona wrote: Siz buni sevgi dip o'ylisizmi rostanam?
    Menimcha bu haqiqiy sevgi bo'lmagan haqiqiy sevgida unga erishgandan keyin ko'ngil boshqaga talpinolmasligi kerak edi.


    Ehhh singilginam bu munosabatni sog'lom oila ham deya olmayman.Nafaqat sevgi ammo voqea qahramoni bo'lgan ayol uchun bu SEVGI VA BUYUK MUHABBAT.Majburiyatlar va bosim ostida bir tom ostida yashashlikni hotirjam oila deyishlikdan uzoqdaman.


    кизлар номусидан ажраб кейин турмушга чиккан вокеаларни купини укисам, эшитсам ёки узим гувохи булсам 10%ям бахтлимас. Канчалар севмасин, улиб ёнмасин киз бола узига махкамрок булиши керак, севгани унга тезрок етишиш истагида кийинчилик курса ёки курмасаям кейинчалигам яхши яшашади. Номусини бериб кейин турмуш курганлар 1умр эрини олдидаям бошкани олдидаям тили кисик холда, узи пиширган ошни узи еб, чидаб яшайди. Ёки енгил табиат булса бошка енгил йулини куриб хаётини барбод килиб яшайди.
    Энди уша озгина жойини яхши сакласа, иккиси бир бирига етишмай колган такдирдаям уша киз бошка бир инсонга албатта турмушга чикади.

    Вокеа кахрамонига сабр тилайман.
    Кариганда фарзандларимизга кадрли ардокли булиб, рохат фарогатда яшаш насиб килсин.

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan, istak

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #214 istak

    • Premium Member
    • Premium Member

  • Izohlari: 149
  • Rahmat olgan: 532

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by istak on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Sizlarga yana bir ibratlik qissani ilindim.

    Yigit juda quvnoq edi.Atrofdan hamma unga shunday ta'rif berar edi.U quvnoq bo'lishga majbur edimi yoki chindan tabiatan quvnoq edimi yolg'izgina o'ziga ayon bu sirni o'zi bilan olib ketganiga 15 yil bo'ldi.14 farzandni dunyoga keltirib,bulardan 10 nafarini barchasini birin ketin tuproqqa qoyib yuragi zada onasi uchun ham u quvnoq bolishga majbur edi.10 bolani alam va azoblari kamdek bir tom ostida yillardan buyon telbavor qasam oqibatida nafaqat mehr bir kalima yahshi so'zni so'zlashmay bolasini hursandligi uchun "er hotin" ro'lida yashayotgan onaizori uchun u quvnoq inson bolishi shart edi.Bu suhbati jonon aqli,yigitlik g'ururi osmonlar qadar yigit uylandi.9 og'a ini ichida yayrab yashnagan parivashni o'ziga malak qilib sayladi.Alloh qalbi qadar go'zal muhabbat berdi bu quvnoq bandasiga.Malaksifat pariro'yi jonu jahoni bilan sevdi va sevildi.Atrofda hamma havas qilardi bu juftlikka.Qalbi farzandlar dog'i va oila atalmish qo'rg'onni zarablaridan zada onaizor hotirjamlik va baht ta'mini tuya boshladi.Malaksifat kelin o'g'ilgina nabirasiga onajon etib saylandi.Allohni bu ne'mati onaizorga qanotlar berdi.Eshiklaridan tashrif buyurgan baht vaqtinchalik chora ekanini hech birlari hayol qila olmasdilar.Kunlardan bir kun go'zal tilaklar ila tarozuni ikki pallasi onaizori va go'zal parivashiga hush kayfiyat tilab safarga oshiqdi yigitgina.Qoddar Alloh bu safardan yigitginani sovuq jasadini keltirishdi.Avtomobil hodisasi..Onaizor tilsiz hushsi bir telbaga aylandi.Parivash sanam hushsiz majnuna holatiga tushdi.Ikki qanotini jasadsiz qoldirib uchdi ketdi yigitgina.Pariroy sanamgina ikkinchi farzandiga homilasi gumonda ekan elga e'lon qildilar.Ayol qanchalar sadoqat va poklik timsoli ekanini shu navnihol malaksifat kelinchakka qarab yanada his qilaman.Jufti qaro yerga kirdi telbavor qaynonasi va ikki go'dakni barcha injiqliklariga bardosh berdi.Qaynona qaro yerga ketganiga ham ko'p vaqt bo'ldi.Parivashgina ko'ngil begidan ayrilganida 21 yosh edi uylanmagan yigitlar haridor bo'ldilar atrofidagilari zorlab ko'ndira olmadilar qayta turmushga.Tushda ko'rgandek 3 yillik oilaviy hayot hotirasi bilan umrini, sadoqatini ikki o'g'liga bahshida qilib yashayabdi.Alloh sadoqati va saodatini farzandlari sababi bilan mukofotlasin bu go'zalni.

    Ona hayosi bilan go'zal.Bola odobi bilan aziz!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Mukhlisa, Niratsan, zakiya, Soliha7770, ruxshon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 3 weeks ago #215 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • АЯМ КЕЛСА КАЙТАРАМИЗ АММАЖОН!!!
    Қўлларимдан ўйманг АММА оғритиб..
    Олсам бурда нон чой учун ўғри деб...
    Россиядан аям келсалар кириб..
    Қайтарамиз нон чойингиз аммажон!!!
    Сочларимдан тортиб ювманг оғрийди...
    Сув ташитманг этакларим ивийди...
    Кириб келса аяжоним қанийди..
    Қайтарамиз чойнонингиз аммажон!!!
    Ширин эди уйкуларим ўшанда..
    Аям билан тўла эди гўшанга...
    Боғлаб қўйманг қўлларимни кишанда..
    Қайтарамиз хизматингиз аммажон!!!
    Дадам тутди қўлингизда жонларин..
    Худо қилсин жаннат аро жойларин..
    Керакмиди дадам қурган уйларин..
    Майли сизга кайтарамиз аммажон!!!
    Дарсларининг мазмунини билмайман..
    Азобингиз жондан ўтди ўлмайман..
    Аяжоним келса хеч арз килмайман..
    Қайтарамиз нон чойингиз аммажон!!!
    Бизни сизга тобе килди бу қисмат..
    Бунча бўлди аммажон мехр қиммат..
    Аяжоним келсалар кириб албат...
    Қайтарамиз чой нонингиз аммажон!!

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Mukhlisa, zakiya, Sakura

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 weeks ago #216 zakiya

    • Elite Member
    • Elite Member

  • Izohlari: 290
  • Rahmat olgan: 372

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by zakiya on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Эрталаб чой ичиб ўтиргандим аёлим келиб ёнимга ўтирди. Пиёлага чой қуйиб узатаркан, аста гап бошлади: - Дадаси, бугун сиз бошқа бир аёлни кечки овқатга таклиф қилишингизни истайман....Чайнаб турган ноним тиқилиб қолди. -Тинчликми онаси, қанақа аёл билан кечки овқатга бораман, кўрганлар нима дейди, эсингни едингми?- дедим ўзимни ўнглаб... - Ман сизни қаттиқ севаман, ҳаммадан қизғонаман, лекин аниқ биламанки у аёл сизни манданда ортиқ севади, ва сиз билан бир сония бўлсада бирга суҳбат қуриб, дийдорингизга тўйишни истайди, бу инсон сизни онангиз,- деди аёлим....Чуқур ўйга толиб қолдим.... “мана 19 йилдирки онам дадамсиз, биргина укам билан қишлоқда яшайди. Учта бола ва аёлимни яхши кийинтириб яхши боқаман деб, бирор марта тузукроқ онамга эътибор бермабман...ўлеееее ўғил бўлмай, тур ўрнингдан”, дея ўзимни ўзим койиб ўрнимдан турдим. Телефонимни олиб онамга қўнғироқ қилдим. Трубкани кўтарибоқ, “тинчликми болам, нима бўлди, бунча барвақт телефон қилдинг”, деб қолдилар. - Онажон, хавотирланманг, нега фақат ёмон нарса бўлиши керакми саҳарлаб қўнғироқ қилишим учун, сизни соғиндим, -дедим нафасим қисилиб... Онам қулоқларига ишонмадилар шекилли, чунки бу гапни анча йиллардан бер биринчи марта айтишим эди...- Болам гапларинг ёқмаябди, худди ўлимидан олдин васият қиладиганларга ўхшаб гапирма, нима бўлди?-дея яна сўрадилар. -Ҳеч нарсамас онажон, майлими бугун кечга сизни бирор ресторанга кечки овқатга таклиф қилсам, иккаламиз шу оқшомни бирга ўтказсак?...Бир оз жим қолдиларда, “Жон жон дейман болам”- дедиларда, пиқиллаб йиғлаб юбордилар. Кечга машинамни миниб онамни уйи томон кетарканман, худди узоқ кутган севгилиси билан учрашув олдидан ҳаяжонга тушиб қоладиган ошиқдек, балки ундан ҳам бадтар холга тушиб юрагим тез ура бошлади...Етиб келиб тўхтаганимда, ҳаво совуқ бўлишига қарамай, онам дарвоза олдида кутиб турардилар. - Онажон, нега чиқиб олдингиз, келиб ўзим олиб чиқардим, совуқда музлабсизу...Онам келиб пешонамдан ўпиб сўрашдиларда, “болам юрагим тоқат қилмай чиқиб олдим”...Онам худди учрашувга чиққандек ясаниб олганлар...Холатларини кўриб дам кулгим келарди, дам ўзимни ёмон кўрардим, “нега шу пайтгача онангни бир марта бўлсада шундай хурсанд қилмадинг”, деб...Машинага ўтирар эканлар, “дугоналаримга бугун ўғлим мани ресторанга таклиф қилди десам, ҳаммаси манга ҳаваслари келди”, -дедилар...Шаҳар марказидаги шинамгина ресторанга кирдик. Кирар эканмиз, онам қўлимдан ушлаб олиб, виқор билан, худди шаҳарни биринчи рақамли хонимидек юриб борардилар...кўзларидаги қувончни яширишни имкони йўқ эди...Столга ўтирар эканмиз, менюни олиб ўқидим. Онам анча кўздан қолибдилар, фақат катта ҳарфларни кўра олдилар холос...- Сен болалигингда ўқишни билмасдинг, менюни мен ўқирдим, сен эса эркаланиб бирор нарса танлагунингча анча вақт ўтарди, энди эса сенинг навбатинг келибди, дедилар онам узоқ ўтмишни эслаб...Узоқ ўтирдик суҳбат қуриб, вақт алламаҳал бўлганини ҳам сезмабмиз. Қалбимда қандайдир ширин хотиралар, нотаниш илиқлик жўш ура бошлади...Қанчалар ажойиб кеча бўлди. “Шундай аёлни нега шу пайтгача бир марта бўлсада ресторанга таклиф қилмабман, бу шунчалар ажойиб эканку” дея ўзимни ўзим тергай бошладим. Онамни уйларига қўярканман, “Болам сен билан яна ўша ерга боришни истайман”,- дедилар. - Бажону дил онажон, бу ҳафта борамиз,- дедим. - Лекин бу сафар ман тўлайман ресторанни пулини,- дедилар қайсарлик билан. - Майли онажон, сиз нима десангиз шу, -дедим. Уйга қайтагнимда аёлимга раҳмат айтдим, ахир у ман учун ажойиб бир оқшомни ўтказишимда катта ёрдам бердида...Орадан икки кун ўтмай сахарда укам телефон қилиб, “ака тез келинг, онамни юраклари хуруж қилди”, деб қолди. Онамни тирик кўриш насиб қилмади. Боргунимча жонлари узилибди... Маъракалардан кейин укам бир конверт тутқазди, онам бериб қўйган эканлар. Очдим. У ерда бир парча қоғозга хат қолдирибдилар: “Болам, ваъда қилганимдек, аввалдан бориб ресторанга икки кишилик кечки овқатни ҳисоблатиб пулини тўлаб келдим, квитанцияси ҳам шу ерда. Мумкин ўша кунгача ман етиб бормайман, лекин сан албатта боргин, аёлингни олиб бориб, иккаламиз ўтирган жойда ўтириб овқатланинглар..Ман сани жонимдан ортиқ яхши кўраман болажоним....” Қанийди шу хатни ёзган аёл тирик бўлсалар, ҳар кун у аёлни бошимда кўтариб ресторанларга, паркларга, энг яхши жойларга олиб борсам, суҳбатларидан сармаст бўлсам...қанийди яна бир бор шундай оқшом насиб этса....лекин энди онам йўқ эдилар....Оналаримизни тириклигида қадрларига етайлик азизлар! ( Йигитни исми сирлигича колсин. )
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: hiona, Soliha7770, ruxshon, zahro, Sakura, Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 weeks ago #217 hiona

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Go'zal hayot o'zi kelmaydi, harakat qilish kerak

  • Izohlari: 1978
  • Rahmat olgan: 1650

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by hiona on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Rahmat Zakiya hikoyani yeg'lab yeg'lab o'qidim. hayot, oila tashvishlari bilan o'ralashib qolib onasini unutganlar uchun juda ibratli hikoya ekan hammamiz ham shu holatdamiz aslida.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: zakiya, Soliha7770, ruxshon, zahro, Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 weeks ago #218 istak

    • Premium Member
    • Premium Member

  • Izohlari: 149
  • Rahmat olgan: 532

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by istak on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Ғазабланиш оқибати ёхуд синган ойнанинг оғир бадали
    Дам олиш куни. Бир бола уй ичида ўйнар эди. Ўйнаб туриб бехостан деразани синдириб қўйди. Ойнанинг қарсиллаб синган товушини эшитган онаси кела солиб айюҳаннос қила кетди. “Ҳа, қўлгинангузилиб тушсин сани илойим!.. Дадаси мана бу ярамасни қилган ишига қарамайсизми, деразани синдирди?!.. Қачон бундо ота бўлиб, болангизни уришасиз а?!..”.
    Бу гаплар эрга оғир ботди ва ғазаб билан келиб, бор аччиғини болага сочди. Қараса ҳовлининг бир четида тахта бўлаги ётган эди. Ўшани олиб болани савалай кетди. Ҳали санмисан ойнани синдирадиган, дея боланинг кафтларини очиб таёқ билан шарақлатиб роса урди. Бола йиғлаб, чинқирар эди. Аммо ота шу топда нима қилаётганининг ҳам фарқида эмасди. Чунки, хотиннинг бояги ачитма гаплари уни ўз мувозанатидан чиқарганди. Яхши гапга илон инидан чиқади, ёмон гапга мусулмон динидан, деган сўз гўё мана шу ҳолатда ўз ифодасини топгандек эди.
    У жонидан ортиқ кўрувчи ўғлини, жигарпорасини уриб чарчагач, бошини чангаллаганча ҳолсизланиб ерга ўтириб қолди. Куннинг аввалиданоқ бутун кайфияти бузилиб, дили хуфтон бўлди. Кейин сиқилиб кетганидан кўчага чиқиб кетди.
    Бола эса оғриқдан ингранган кўйи базўр ўрнига етиб олди. Анча вақтгача кўз ёшлари тинмай, нафас олишга ҳам қийналиб, ўпкаси тўлиб, ҳиқиллаб ётди. Кўзлари бир нуқтага қадалиб қолган, даҳшатдан ўзини билмай ҳиқиллаб ётарди. Баданидаги оғриқлардан ҳам кўра, қалбига етган зарбалар алами уни кўпроқ қийнарди. Зеро, у дадасини жуда ҳам яхши кўрарди. Дадаси ҳам уни чексиз яхши кўрар, мен сен билан фахрланаман ўғлим, сен менинг ҳаётим давомчисисан, катта бўлсанг олим бўлиб, қори бўлиб мени масъуд қиласан, қиёматда бошимга тож кийдирасан, дея алқаб қўярди. Аммо бугун у отасини умуман танимай қолганди

    Ona hayosi bilan go'zal.Bola odobi bilan aziz!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Mukhlisa, zakiya

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 weeks ago #219 istak

    • Premium Member
    • Premium Member

  • Izohlari: 149
  • Rahmat olgan: 532

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by istak on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    У кечани ҳам мана шу алфозда ўтказди. Унинг бадани, айниқса икки қўллари кўкариб мўматалоқ бўлиб кетганди. Норасиданинг бу аҳволига осмон ҳам, Ер ҳам унсиз йиғлар, самодаги тўлин ой ҳам қовоғини солиб, маъюс тортган эди. Теварак атроф маъюс сукунат қаърига чўмган, золим, жоҳил отага эса гўё барча юлдузлар, атрофдаги барча дов-дарахту жонзотлар ҳам лисони ҳоли билан лаънат ўқиётгандек эди гўё...
    У бир неча кун ўрнидан турмади. Ейдиган овқатини ҳам онаси ётган жойига олиб келиб берарди. Баданини
    кўкарган жойларини бир-икки кунда ўтиб кетади, деб ўйлаб, докторга ҳам олиб боришмади.
    Бир неча кундан кейин онаси эрталаб ўғлини уйғотишга келиб, қараса кафтининг кўкарган жойлари тарқашни ўрнига қоп-қора тусга кирган эди. Буни кўрган заҳоти “войдод, дадаси тез буёққа келинг!” деб қичқириб юборди. Ота шарт ўрнидан туриб, ўғлининг хонасига югурди. Юз-кўзини даҳшат ва саросима қоплаб олганди. Ўғлининг қорая бошлаган қўлларини кўрдию, ўша заҳоти касалхонага олиб борди.
    Шифокор болани кўрикдан ўтказгач, унинг қўллаларида қорасон (гангрена) пайдо бўлганини аниқлади. Боланинг кафтлари заҳарланган эди. Маълум бўлишича, ота боласини урган ёғочда эски, занглаган майда михлар бор экан. Боланинг кафтларига урилганда ўша михлар унинг терисига кириб, зангнинг заҳри қон орқали баданига ўтиб кетган экан. Ота ўша вақтда азбаройи ғазаби қайнаб турганидан ёғочдаги михларга эътибор ҳам бермаган экан.
    Шифокор боланинг икки қўлини билагидан жарроҳлик йўли билан кесиб ташлаш зарурлигини айтди. Агар кесилмаса, улардаги заҳар ва чириш тананинг бошқа аъзоларига ҳам ўтиб кетар экан. Ота бу гапдан тамоман гангиб, карахт бўлиб қолди. Нима деб жавоб беришни ҳам билмасди.

    Ona hayosi bilan go'zal.Bola odobi bilan aziz!

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 weeks ago #220 istak

    • Premium Member
    • Premium Member

  • Izohlari: 149
  • Rahmat olgan: 532

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by istak on topic Hayotiy voqea va hikoyalar
    Шунда табиб: “Бу амалиётни дарҳол қилишимиз зарур, орқага суриш асло мумкин эмас”, - деди, - “бугун кафтни кесиш керак бўлса, эртага тирсаккача кесишга тўғри келиши мумкин, индинга эса бу ҳолат елкагача етиб боради. Вақт ўтган сари иллат баданга кўпроқ тарқайди. Охири амалиёт ҳам фойда бермай қолиши ва бу ҳолат ўлим билан тугаши мумкин!”.
    Отанинг жарроҳлик амалиёти ўтказишга рози бўлишдан ўзга чораси қолмади ва ахири бунга қарши эмаслиги ҳақида ноилож тилхатга имзо қўйиб берди. Боланинг икки кафти кесиб ташланди.
    Бола наркоздан уйғонгач қараса, қўллари йўқ эди. Шунда у отасига мўлтиллаб боқиб: “дадажон илтимос мени кечиринг!.., илтимос!.., қўлларимни қайтариб беринг”.., бошқа ҳеч қачон ойна синдирмайман, энди яхши бола бўламан, бугундан бошлаб ҳечам тўполон қилмайман, мени кечиринглар!.. илтимо-о-о-с, қўлимни берақолинглар!..”, дея йиғлаб отасига ялина бошлади. У, ҳали ҳам отам мендан хафа ва қилган ишимга жазо тариқасида қўлларимни олиб қўйган, деб ўйларди.
    Ота бундай оғир зарбага дош беролмади. Бундай аянчли кўргуликдан қочиб қутулгани жой тополмасди. О�
    Охири қаттиқ руҳий изтиробга тушиб қолганидан, шифохонанинг юқори қаватида жойлашган беморхонанинг деразасидан ўзини ташлаб жонига қасд қилди, ўз ҳаётига якун ясади.

    Ona hayosi bilan go'zal.Bola odobi bilan aziz!

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.765 seconds

    Kitob do'koni